Bolani jazolash
Tarbiya jarayonida bolaga ta’sir etishning bir qancha uslublarini
qo‘llash mumkin. Lekin farzandga jismoniy jazo berish ta’sir etish
441
uslublarining oxirgisi bo‘lib hisoblanadi. Va bu usulga ota yoki ona
so‘nggi chora sifatidagina murojaat etishi kerak. Afsuski hozir-
gi paytda jismoniy jazoga murojaat yo‘li qisqarib bormoqda va uni
qo‘llash ko‘p jihatdan bolaning xulq-atvori natijalari bilan belgilan-
may, balki ota-onaning tajang holatidan kelib chiqib belgilanmoqda.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra tarbiya jarayonida jismoniy jazoni u yoki
bu hollarda qo‘llash tarafdorlari ko‘pchlikni tashkil etar ekan. Shuni
hisobga olgan holda bu borada ba’zi mulohazalarni taqdim etamiz:
Iloji boricha bolaga jismoniy jazo berishdan o‘zingizni tiying.
Bolani jazolash tarbiyaviy natijani ko‘zda tutgan holda amalga
oshi rilishi kerak. Bolangizni tarbiyalash jarayonida qattiq jahlin-
giz chiqqanda o‘zingizni boshqarishingiz qiyin bo‘lsa, iloji bo-
richa boshqa narsaga chalg‘ishga harakat qiling. Agar bola tarbi-
yasida oila a’zolaridan yana kimdir ishtirok etsa, kelishib olinglar:
kimningdir jahli chiqib, o‘zini idora etishi yo‘qolganda, ikkin-
chisi unga ko‘makka kelishi va iloji boricha uni xotirjam qilish-
ga urinishi kerak. Masalan, alohida xonaga olib kirish, odamni
yengillashtiruvchi so‘zlar aytish, bolani nazorat qilish jarayonini
o‘z qo‘liga olish va hokazo.
Quyidagi uchta jazo turini qo‘llamang
Jismoniy jazo qaysi shaklda bo‘lishidan qat’i nazar, u bo-
la hayoti va sog‘lig‘iga xavf soladi. Bolaga nisbatan jismoniy
jazo qo‘llash bola tomonidan ijtimoiy xulq-atvor me’yorlarining
o‘zlashtirilishini sekinlashtiradi, unda tashabbuskorlikning rivoj-
lanmasligiga, itoatkorlik, xavotirlanish, yolg‘onchilik, tajovuzkor-
likning ortishiga olib keladi.
●
Tanbeh berish, bola harakatlarini taqiqlash, uning shaxsi-
ga nisbatan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki kinoya bilan salbiy munosabat-
da bo‘lish, salbiy baho berish ko‘rinishida bo‘ladi. Buning nati-
jasida bolaning shaxs sifatida rivojlanishi buziladi, ya’ni bolada
o‘z-o‘zini baholash darajasi pasayib, unda mutelik, o‘ziga ishon-
maslik, ichidagini hech kimga aytmaslik, hasadgo‘ylik kabi si-
fatlarning shakllanishiga olib keladi. Ota-ona tomonidan bolaga
turli xil «yorliqlarning yopishtirilishi» unda ota-onasi tomonidan
chetga surib qo‘yilgandek va ular meni yaxshi ko‘rmaydi, degan
xulosaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkin.
442
●
Ota-ona mehridan mahrum qilish. Bunda ota-onalar o‘z
salbiy munosabatlaruni: «Men seni yaxshi ko‘rmayman», «Sen
bizga kerak emassan», «Ortiqcha yuksan» kabi so‘zlar bilan bola-
ga ochiq-oydin bildirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |