Bolangiz o‘jar: nima qilganingiz ma’qul?
Bolasi o‘jarlik yo‘liga o‘tgan onalarga quyidagilar tavsiya qi linadi:
●
Bolaning o‘jarligi va qaysarligiga qarama-qarshi tomonlar-
ning kurashi emas, balki bolani tarbiyalash imkoniyati deb
qarang. Bola qaysarligini bartaraf etishda izchil va qat’iyat bilan
harakat qiling.
●
Agar farzandingiz odamlar orasida qaysarlik qilsa, «boshqalar
nima deb o‘ylaydi», deb tashvishlanmang, buning o‘rniga butun
diqqatingizni yig‘layotgan bolaga qarating va iloji boricha uni
boshqa joyga olib keting.
●
Agar do‘kondan bolangiz aytgan narsani olib bermasan giz
va u xarxasha qilishni boshlasa, yig‘lab to‘polon qilishga o‘tsa,
450
tashvishlanmang yoki asabiylashmang, bunday paytda quyidagi
fikrni yodda tuting: o‘z aytganingizda qat’iy tursangiz, bolaning
bu kabi qiliqlari asta-sekin yo‘qolib boradi.
●
Farzandingizni mehmondorchilikda yoki qarindoshlarin-
giznikida biror nojo‘ya harakati yoki talabi uchun jazolasan-
giz va u yig‘lab, atrofdagilarning qiqqatini tortsa, Siz atrof-
dagilarga o‘z pozitsiyangizni tushuntiring: «Biz farzandimizga
odam istagan hamma narsasini olaverishi mumkin emas, deb
o‘rgatmoqchimiz. Bu bizning tarbiya usulimizdir. Agar bu bilan
sizlarga noqulaylik tug‘dirgan bo‘lsak, uzr so‘rayman», – deb
aytib qo‘yaqoling.
●
Agar farzandingiz yig‘lab, «dod-voy» solib to‘polon qilayot-
gan bo‘lsa, atrofda uning tanasiga zarar etkazadigan narsalar (pi-
choq, vilka va h.k.) yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
●
Ba’zi bolalar yerga yotib yig‘lashadi. Bu holda bola yig‘lab
bo‘lguncha kutgan ma’qul. Ba’zida janjal sizning to‘g‘ri qaror qabul
qilganingiz natijasida ham bo‘lishi mumkin. Bunday paytda o‘z
qaroringizda qat’iy turing. Bolaga o‘z so‘zingizda qat’iy turishin-
gizni va gapingizdan qaytmasligingizni ayting. Shuningdek, unga
o‘zini boshqacha tutishi mumkinligini va uning me’yorlarini tu-
shuntiring.
●
Ba’zi bolalar yerga yotib yig‘layotganlarida ularni ko‘tarsak,
yanada qattiqroq chinqirib yig‘lashi mumkin. Hechqisi yo‘q, bo-
la birpas qo‘lingizda yig‘lay qolsin.
●
Ba’zida bolalar shunchalik qattiq chinqirib yig‘lashadiki,
onaning xayoliga «bolam xushini yo‘qotib qo‘ymasmikan» de-
gan vahimali fikr kelishi mumkin. Bunday holda bolani birpasga
bo‘lsa ham chalg‘itishga urinib ko‘ring. Bola chalg‘ib, chuqur na-
fas olganidan so‘ng yig‘isida davom etaversin.
●
Bola xarxasha qilganda unga istagan narsasini muloyim-
lik bilan so‘rashi kerakligini, maqsadga yomon xulq yoki to‘polon
bilan emas, xushxulqlik bilan ham erishish mumkinligini tu-
shuntiring va undan shuni talab qiling.
●
Ota-onalar, boladagi tarbiya nuqsonlarni faqat izchil va
qat’iyatli harakatlarimiz orqaligina bartaraf etishimiz mumkin-
ligini doimo yodda tuting.
451
Do'stlaringiz bilan baham: |