420
tomoni hisoblanadi. Olti yoshli bolalar maxsus ravishda joylarda
tashkil qilingan tashxis markazlarida suhbatdan o‘tkaziladi.
Tashxis markazlarida faoliyat ko‘rsatuvchi psixologlar turli us-
lublar, testlar, so‘rovnomalar yordamida har bir bolaning o‘ziga
xos psixik xususiyatlarini aniqlab beradi. Bunda psixolog bola-
ning individual xususiyatlarini, sog‘ligini
va psixik tomondan
sog‘lomlik holatlarini, psixik jarayonlari, xususiyatlari, holat larini
aniqlab beradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da bolalar-
ning rivojlanishi va maktabga tayyorlash dasturining asosiy vazi-
falari: «Bolalarni har tomonlama yetuk, ularning qobiliyatlari,
intilishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda maktab ta’limiga
tayyorlash hamda milliy, umuminsoniy qadriyatlarga, mustaqil-
lik g‘oyalariga sodiq holda voyaga yetib borishini ta’minlashdan
iborat»dir. Bolaning maktabga tayyorligi davlat me’yoriy hujjat-
lari bilan aniqlanadi. Davlat talablarining asosiy maqsadi yosh
avlodni milliy istiqlol mafkurasi asosida sog‘lom, har tomonla-
ma rivojlangan shaxs sifatida tarbiyalashdan va maktab ta’limiga
tayyorlashdan iboratdir:
Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
«Davlat talablari» (2012 yil), O‘zbеkiston Rеspublikasining «Ta’lim
to‘g‘risida»gi qonuni «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga mu-
vofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, rеspublikada idoraviy bo‘ysunishi
va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar maktabgacha ta’lim tizi-
mi hamda oilalarda bolani to‘laqonli tarbiyalash, ta’lim bеrish
va rivojlantirish, uni maktabga samarali tayyorlashda qo‘llanishi
maj buriy bo‘lgan davlat hujjatidir. Davlat talablari 0–7
yoshli
bolaning qay darajada rivojlanganligi va egallagan yutuqlarini ba-
holab boruvchi talablar bo‘lib, ular bilim, malaka va ko‘nikmalar
rivojlanishining ko‘rsatkichlarini bеlgilaydi:
1) jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga xizmat va gigiеna;
2) ijtimoiy-hissiy rivojlanish;
3) nutq, o‘qish va savodga tayyorgarlik;
4) bilish jarayoni, atrof-olam to‘g‘risidagi bilimlarga ega
bo‘lish.
Mazkur 4 ta yo‘nalish 0 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bola-
larning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘nikmalarining shakllanishi, nutq,
o‘qish va savodga tayyorlash darajasini, atrof-olam haqidagi tu-
421
shunchalarni va qo‘yilgan talablarni egallashi uchun asosiy omil
hisoblanadi.
U maktabgacha ta’lim tizimining
mohiyatini bеlgilaydi va
maktabgacha ta’lim muassasalarini, mulkchilik shaklidan qat’i
nazar, barcha bolalarning tеngligi va bolalik qadriyatini saqla-
gan holda har bir bolaning individual rivojlanishini ta’minlashga
yo‘naltiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi
hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqish va munosabatlarida jid-
diy, tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktab-
gacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki
uyda yoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh xususiya-
tiga
doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kеrak
bo‘ladi. Bunday tanishtiruv, moslashuv davrining jiddiy qiyinchi-
liklaridan xalos bo‘lishga yordam bеradi.
Bolaning maktabga tayyorgarligi undagi idrok, kuzatish, xo-
tira, tafakkurning rivojlanishi, vaqt va fazoviy tushunchalar ola-
mi, ijtimoiy hodisalar haqidagi tasavvurlarning shakllanishi bi-
lan bеlgilanadi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolalar o‘qituvchiga birmuncha
qiyinchiliklar olib keladi. Ularning yarmidan ortig‘i ke yinchalik
o‘zlashtirmovchilar qatoriga qo‘shiladilar. Birinchi sinf dasturi-
da berilgan bilimlarni oldindan egallagan bolada ham maktab-
da o‘qishga nisbatan qiziqish so‘nadi. Mana shularning ham-
masi o‘qituvchining psixodiagnostik mahorati bilan belgilanadi.
Bu mahorat o‘qituvchining odamlarni ajrata olish xususiyatida
ko‘rinadi.
Bolalarning psixik jihatdan maktabga tayyorligini aniqlashda
quyidagi testlardan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: