368
di, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga in-
tilish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishga
intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning
kundalik munosabat-
larida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqali insoni-
yat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammallik
tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy
shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bi-
lan muloqot paytida o‘zlashtirilgan axloqiy xulq odatlari, odam-
lar bilan o‘zaro aloqa paytida yutuq va yo‘qotishlarni birga emot-
sional boshdan kechirishlar tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan
davr mobaynida ong darajasi o‘zgaradi va buning oqibatida bola-
lar axloq qoidalarini bajarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi
bolalar qoidalarga amal
qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha
mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol-
maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoidaga
rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda bola-
lar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki boshqa
bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur
va uyat-
chanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda
katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan
bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi.
Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatla-
nish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilatlari (jasurlik, rostgo‘ylik,
boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) uchun ham, g‘urur his-
sini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy baholanadigan namuna bilan
o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos
bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning
ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Maktab-
gacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan yomon-
roq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan namunadan
chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan holda ham
vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, qizg‘anchiqlik,
qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyaladi. Kichik
va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kattalarga bog‘liqligi
369
saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi
bola faoliyatining ham
faollashishiga sabab bo‘ladi.
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilol-
sa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa,
bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz
damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga tayyor
bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, ularga isho-
nadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqaga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga
begonalarcha muomalasi
uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bola o‘zi
bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi, o‘ziga
bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, teng-
doshlariga nisbatan tajovuskor bo‘lib qoladi. Aksariyat kattalar
tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar boshlagan ishlarini
to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar.
Bolalarni boshqa
qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, lekin bunga qaramay ish-
ni samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq
ko‘rsatayotgan salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni kel-
tirib chiqaradi: bola yo begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam
bilan aloqa o‘rnatishga intiladi, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib
qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan
tashnalik va biron odamga mehr berish
istagi birinchi daraja-
li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan
mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin egallaydi. Uning barcha ehtiyoj lari
ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya
hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevosi-
ta mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘l bilan
uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa ona-
siga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin,
vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlar-
ga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nisbatan ehtiyoj
seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa o‘rnatish va uni
saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilab beradigan yetak-
chi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bilan o‘zaro aloqasi ko‘p
hollarda kattalar tomonidan unga nisbatan qilinadigan muoma-
laga bog‘liq bo‘ladi.
370
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida
bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoliya-
tida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob-axloq
qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixoh-
lik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratadi.
Undan
uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi-
na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi
bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi
quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin:
odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik,
lagan-
bardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emotsional
munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi kerak. Bola-
ga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak emas
(katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksincha o‘ziga xos
muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhiti-
ni tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tan-
beh shaklida qo‘llanilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: