Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash



Download 60,86 Kb.
bet1/4
Sana10.12.2022
Hajmi60,86 Kb.
#883314
  1   2   3   4
Bog'liq
2 mavzuMaktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.


Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash.

I.KIRISH…………………………………………………………………………..
II. ASOSIY QISM……………………………………………………………………..

1.“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining boshqa fanlar bilan aloqasi…………………………………………………………


2.Bolalarni rivojlantirish va maktab ta’limiga tayyorlash bosqichlari…………………
3.BOLALARNI MAKTAB TA`LIMIGA TAYYORLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI………
4.Bolaning maktabda o‘qishga jismoniy tayyorligi……………………………………………
5.Bolaning maktabda o‘qishga axloqiy-irodaviy tayyorligi……………………………….
III.XULOSA……………………………………………………………………….
IV. ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………………………………………………………

I.KIRISH
Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz tomonidan “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29- dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin egallamoqda. Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega.
Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliyirodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida ahamiyatli sanaladi. 4 Bolalarni maktabga tayyorlashda bu boradagi metodik bilimlarga tayanish, aniq tizim va ketma-ketlikka asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda bolalar bog‘chalari tarbiyachilariga kerakli ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ilmiy-nazariy asoslari, metodikasi va amaliyotiga oid zamonaviy tehnologiyalar bilan tanishtirish, bu boradagi ta’lim tehnologiyalari va didaktik usullarining qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berishdan iborat. O‘quv qo‘llanmadan zaruriy adabiyotlar ro‘yxati, muhim tushunchalar izohini o‘z ichiga olgan glossariy o‘rin olgan. Bu esa soha mutaxassislari uchun kerakli ma’lumotlar bilan tanishish imkonini beradi.

Download 60,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish