268
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi bola nerv sistemasining rivoj-
lanishida ham nerv tolalarining miyelinizatsiyalanishi
davom
etadi. Bu davrda asosan bosh miya yarimsharlaridagi nerv hu-
jayralarini bir-biri bilan bog‘lovchi nerv tolalari miyelin pardasi
bilan qoplanib, bir-biridan ajratiladi. Bola psixikasining rivojla-
nishida buning ahamiyati g‘oyat kattadir. Chunki shu munosabat
bilan, ya’ni miyelinizatsiya orqali nerv
tolalarining bir-biridan
ajratilishi bilan turli taasurotlar (qo‘zg‘alishlar) nerv sistemasida
tezroq tarqaladi va ravshanroq aks ettiriladi. Nerv hujayralarini
bir-biri bilan bog‘laydigan juda ham nozik nerv tolalari ning mi-
yelin pardasi bilan qoplanib, bir-biridan aj ratilishi butun nerv sis-
temasining tobora uyg‘un va puxta ishlashiga yordam beradi. Bu
miya po‘sti nerv sistemasidagi barcha quyi boblar faoliyatini asta-
sekin o‘ziga bo‘ysundira boradi. Shu tariqa bolaning butun hayo-
tida oliy nerv faoliyatining roli orta boradi.
Ilk yoshdagi bolalarda shartli reflekslar tez va osonlik bilan
yuzaga keladi, xili orta boradi. Bog‘chagacha
tarbiya yoshidagi
bolalar nerv sistemasining rivojlanishidagi eng xarakterli tomon-
lardan biri shundan iboratki, bu davrda shartli tormozlanish ning
oddiy turlari yuzaga kela boshlaydi. Shartli tormozlanishning
ishlay boshlashi tufayli bu yoshdagi bolalar ayrim harakatlardan
o‘zlarini darhol to‘xtata oladigan bo‘ladilar. Masalan, ikki yoshli
bolaga «tegma», «jim bo‘l», «to‘xta», «yo‘q» kabi so‘zlarni tegish-
li qo‘l yoki boshqa ishoralar bilan aytilsa, u o‘zini ba’zi harakat-
lardan tiya oladi. Shartli tormozlar ko‘paya borgan sari ularning
hosil bo‘lishi ham yengillasha boraveradi va bola o‘z xatti-harakat-
larini ifoda qila olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Oliy nerv faoli-
yatining ishida signallar sistemasining nisbati o‘zgaradi. Agar bir
yoshgacha bo‘lgan bola asosan birinchi signallar sistemasi orqali
tashqi muhitni aks ettirsa, ikki yoshga to‘lgandan so‘ng ikkinchi
signallar sistema si ham ishga tusha boshlaydi. Lekin bog‘chagacha
tarbiya yoshidagi davrda birinchi signallar sistemasining faoliya-
ti ustun bo‘ladi. Bu davrda ikkinchi signallar sistemasi doirasida,
ya’ni nutq materiallari, so‘zlar, gaplarga nisbatan shartli reflekslar
yuzaga kela boshlaydi. Bu yoshdagi bolalar anchagina so‘zlarning
ma’nosini to‘gri tushuna oladigan bo‘ladilar.
269
Bog‘chagacha tarbiya yoshidagi
bolalar analizatorlari ham
tobora takomillashib boradi. Ularning ko‘rish, eshitish, ta’m
va
hid bilish, teri hamda harakat sezgilarining sezgirligi ancha
o‘tkirlashadi. Ana shularning hammasi bog‘chagacha
tarbiya
yoshidagi bolalar psixikasining yanada rivojlanishi uchun qulay
sharoit tug‘diradi.
Ma’lumki, bolaning bog‘chagacha tarbiya yoshidagi davri bu-
tun sezgi a’zolarining jadal taraqqiy etish davri, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: