187
di. Tavakkalchilikda yutuq bilan yo‘qotish uyg‘unlashib keladi,
yutuq quvonch nashidasini uyg‘otsa, omadsizlik jazo, moddiy va
ma’naviy yo‘qotishni keltirib chiqaradi. Shunga qaramay, inson-
lar tavakkal qilish harakatidan voz kechmaydilar. Tavakkalchilik
harakatining ikki sababi farqlanadi:
1)
yutuqqa umidvorlik hissi, yani ehtimol tutilgan mag‘lubiyat
oqibati ko‘rsatkichidan yuksakroq bo‘lishiga ishonch;
2) xatti-harakatning xavfli yo‘lini afzal bilish, yoki, «tavakkal-
chining tavakkalchiligidir». Shaxsdagi tavakkalchilikni riskometr
degan asbobda o‘lchash mumkin.
Irodasi zaif kishilar ulkan ishlarni bajarish u yoqda tursin kun-
dalik hayotda uchraydigan vazifalarning ham uddasidan chiqa
olmaydilar, yetarli darajada ishchan bo‘lmaydilar, boshqalarning
yordamiga muhtoj bo‘ladilar. Ularda ana shu xususiyatlarni yen-
gish uchun iroda kuchi yetishmaydi. Iroda kuchsizligining pata-
logiyasi mavjud bo‘lib u
abuliya
(yunon. abuliya – qat’iyatsizlik)
miya patalogiyasi negizida vujudga keladigan faoliyatda intilish-
ning
mavjud emasligi, harakat qilish,
amalga oshirish uchun
qaror qabul qilish zarurligini anglagan holda shunday qila ol-
maslikdan iborat inson ojizligidir.
Apraksiya
– (yunon. apraxiya
– hara katsizlik) miya tuzilishining shikastlanishi tufayli yuzaga
keladigan harakatlar maqsadga muvofiqligining murakkab buzi-
lishidir. Abu liya va apraksiya psixikasi xasta insonlarga xos, no-
yob fenomenal psixopatologik hodisadir.
Irodaning nerv-fiziologik asoslari
I.M. Sechenovning so‘zlari bilan aytganda har qanday xatti-
harakatning dastlabki sababi tashqi hissiy qo‘zg‘alishdir. Keyin-
chalik hayot tajribasi asosida ko‘pgina
xatti-harakatlar bevosita
hissiy qo‘zgalmasdan unga qarama-qarshi tarzda amalga oshiri-
ladi. Tashqi qo‘zgatuvchi masalan, televizor kishini qiziqarli
ko‘rsatuvlarni tomosha qilishga undaydi, u bo‘lsa burch haqidagi
yoki ish bajarilmay qoladigan bo‘lsa ro‘y beradigan noqulay oqi-
batlar
haqidagi fikrga amal qilib, ishlash uchun o‘tiradi.
Irodaviy harakatning fiziologik asosi miya po‘stlog‘ida avval-
gi tajriba natijsida ilgari hosil bo‘lgan nerv aloqalarining ikkinchi
signal sistemasidir. Bu sistemalar irodaviy harakat paytiga kelib
188
qo‘zg‘algan bo‘ladi. Bu esa ayrim harakatlarni amalga oshirishga
imkon beradi, natijada kishi o‘zini, garchi televizordagi ko‘rsatuv
qiziqarli bo‘lsa ham uni ko‘rishga emas, balki ishlashga majbur
qiladi.
Qo‘zgatuvchi vosita – so‘z irodaviy harakatda alohida o‘rin
egallaydi. So‘z kishiga tashqaridan ta’sir qiladigan signal bo‘lishi
mumkin. Lekin u ko‘pincha kishining o‘z-o‘ziga ichki talabi,
mustaqil buyrug‘i ham hisoblanadi. Hamma hollarda ular javob
tariqasida ixtiyoriy harakat uchun real qo‘zgatuvchi bo‘ladilar.
Qo‘zg‘alishning barqaror manbai mavjud bo‘lgan kishi o‘z oldiga
qo‘yilgan maqsadiga erishadi. Bizning harakatlarimizni boshqa-
rib turadigan miya hujayralari katta yarimsharlar po‘stlog‘idagi
boshqa hujayralar bilan hamisha bog‘langan bo‘ladi. Har qanday
boshqarishni nazoratsiz yoki tuzatish kiritmasdan amalga oshirib
bo‘lmaydi. Kishi o‘z harakatlarini va ishlarini boshqarishga qodir
bo‘ladi va haqiqatdan ham boshqara oladi. Bunga sabab: miya
hujayralari bir tomondan gavda muskullariga impulslar yuborib
turadi, ikkinchi tomondan harakat a’zolaridan amalga oshirilgan
ish to‘grisida qaytish signallarini olib turadi. Miya po‘stlog‘ida
shu axborotlar qayta ishlanadi va
u yerdan harakatga kiritili-
shi lozim tuzatishlar haqida yana signallar keladi. Katta yarim-
sharlar po‘stlog‘idagi tormozlanish jarayonlari ortiqcha ixtiyor-
siz harakatlarni to‘xtatib qoladi. Bu jarayonlar haddan tashqari
qo‘zg‘alishni (mas. affektiv holatdagi) bostirib turadi va vazmin-
lik o‘zini tuta bilish, chidam harakatlar izchilligi va hokazolar-
ning paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Iroda katta yarimsharlar
po‘stlog‘ining miya po‘stlog‘i osti ishini boshqarib turish qobili-
yatiga to‘gridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Miya po‘stlog‘ining osti
kishi organizmidagi ko‘pgina qo‘zgatuvchi jarayonlarning (ins-
tinktlar, mayllar, affektlar va h.k.) manbai hisoblanadi.
Irodaviy sifatlar, tuzilishi va talqini
Kishi faoliyati jarayonida irodaviy xatti-harakatlarni amalga
oshirar ekan, o‘zida o‘z shaxsini xarakterlab beradigan va hayo-
ti hamda mehnati uchun juda katta
ahamiyatga ega sifatlar-
ni hosil qiladi. Ayrim xususiyatlar kishini yanada faol qiladi, bu
hol yarimsharlar po‘stlog‘ida qo‘zg‘alish jarayonlarining ustunlik
189
qilishi bilan bog‘langan bo‘ladi. Boshqa sifatlar yoqimsiz psixik
jarayonlarga va harakatlarga xalaqit berishda ularni to‘xtatib qo-
lishda, yo‘q qilishda namoyon bo‘ladi.
1. Faollik bilan bog‘liq bo‘lgan sifatlarga qat’iylik, dadillik,
sabot-matonat, mustaqillik kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: