Logoped bo‘lish uchun nimalar talab etiladi?
1. Logoped o‘z faoliyati jarayonida ta’lim berish bilan shug‘ullanadi, pedagogikadan xabardor bo‘lmay turib buni uddalash amri mahol.
2. Bu mutaxassis tayanch tibbiy bilimlarni ham egallagan bo‘lishi shart, chunki u muayyan kasallik (patologiya) ni davolash bilan shug‘ullanadi. Neyrofiziologiya, nevropatologiya, psixopatologiya, eshitish, gapirish va ko‘rish a’zolari fiziologiyasi hamda genetika asoslari logoped uchun tanish bo‘lishi muhim.
3. Logoped ayni paytda yaxshi psixolog ham bo‘lishi kerak, chunki u bolalar bilan ham, kattalar bilan ham o‘ziga xos aloqa o‘rnatishi lozim.
4. Psixolog va pedagog bo‘lish barobarida bu mutaxassis ona tiliga doir bilimlarni yaxshi o‘zlashtirgan, psixolingvistika bilan tanishib chiqqan bo‘lishi ham kerak.
5. Bu kasb egalarida ayrim o‘ziga xos xususiyatlar bo‘lishi talab etiladi. Bolalarni sevish, xotirjamlik va sabr-toqat, chiqishuvchanlik va aktyorlik shular jumlasidan.
Ushbu maqolani ham o‘qing: Bolangizni dorilardan asrang
6. Va, albatta, logopedning o‘zida nutqiy muammolar bo‘lmasligi kerak.
Savollarga javob topib aniq va lo’nda qilib qo’lyozma qilib rasmga olib tashlanglar.
Buning uchun qunt va e’tibor bilan darslikni o’qing.
Do'stlaringiz bilan baham: |