Javoblar
Bolalar mashg’ulotga qiziqib qatnashishlari va unda faol ishtirok etishlari uchun uning mazmuni va metodikasi yaxshilab puxta o’ylanib olinishi kerak. Bolalar o’quv faoliyatini qanchalik puxta egallab olsalar, tarbiyachining e`tibor bilan tinglab, o’yindan mashg’ulotga osonlik bilan o’tadilar.Bolalarning grammatik rivojlanishi boshqarishni pedagog eng avvalo ham bolaning o‘zi bilan (dialog shaklida), ham boshqa bolalar bilan birgalikdagi muloqot faoliyati vositasida amalga oshirishi lozim.
Bolalarda grammatik tuzumni – sintaksis, morfologiya, so‘z hosil qilishni shakllantirish o‘zining alohida xususiyatlariga ega bo‘lib, ularni rivojlantirish uchun pedagog turli vositalarni qo‘llashi darkor. Morfologiya va so‘z hosil qilishni o‘zlashtirish uchun rag‘batlantiruvchi til o‘yinlari; sintaksisni rivojlantirish uchun esa, keng fikr bildirish uchun motivatsiyani yaratish muhim.
Ma’lumki, bolalar o‘z iqtidoriga qarab turlicha darajada rivojlanadi va o‘z navbatida pedagogning rahbarligi ham bosqichli xususiyatga ega bo‘ladi. Bola hayotining beshinchi yilida pedagog rag‘batlantirishga (gap so‘z hosil qilish va so‘z ijodkorligi xususida bormoqda); oltinchi yilda – gap tarkibini eng oddiy tahlil qilish, nutqning grammatik to‘g‘riligini shakllantirishga (so‘z o‘zgartirishda); ettinchi yilda – hosila so‘zlar o‘rtasidagi rasmiy-semantik munosabatlarni oddiy tahlil qilishga, nutqiy ijodkorlikka, murakkab sintaktik tuzilmalarni ixtiyoriy tuzishga alohida e’tibor berishi lozim.
Bolalar og‘zaki nutqini
o‘stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga
o‘rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so‘z boyligiga ega bo‘lish va undan
foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko`rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun
bo`yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so‘zlar yordamida hikoya tuzishga
o‘rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to‘g‘ri, aniq talaffuz etish,
tilning grammatik shakllaridan nutqda to‘g‘ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish,
mazmunni eslab qolish va so‘zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarini ajrata bilish,
obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo‘lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy
jihatdan tayyorlaydi.
Bu vazifalarni bajarishda nutq o‘stirish metodikasi o‘zining usulolohik asosi bo`lgan
pedagogika fani yutuqlariga, g‘oyaviy-nazariy asosi bo`lgan milliy g‘oya va milliy
mafko`ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi. Shuningdek, nutq
o‘stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq o‘stirishni tashkil etishda ilg‘or pedagoglarning
amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikrmuloqazalarga asoslanadi natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur
talqin etadi, eng maqbo`lini ta'limga joriy etadi.
.Bolalarga o’zga tilni o’rgatishda grammatik qoidalar alohida o’zlashtirilishi lozim bo’lgan predmet hisoblanmaydi va uni bolalarga yod olish taklif etilmaydi. Qoidalarni amalda o’zlashtirib olish ko’nikmalari maxsus tashkil etilgan va bolalarning o’rganilayotgan grammatik hodisa mohiyatini tushunib yetishlariga qaratilgan o’yin-mashqlarda shakllantiriladi. O’yindagi harakatlar ko’plikdagi ot ishtirok etgan fikrlarni tuzishdan iborat bo’lmog’i lozim. Bunda boshqa har qanday grammatik qiyinchiliklarni bartaraf etishga intilish talab etiladi. Bolaning minimal o’z fikrini aytishi ikki so’zdan iborat bo’lishi kerak: ikki qo’g’irchoq, beshta ayiqcha, sakkizta koptok va h.q. Bunday jumlalar motivini hosil qilish uchun bir nechta o’yinchoqlar, hayvonlar, narsalar tasvirlangan suratlarni namoyish qilish tavsiya etiladi yoki pedagog (bola) nomlanishi bir xil bo’lgan bir nechta o’yinchoqlarni qo’liga oladi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga mustaqil hikoya-tavsiflar (o’yinlar, narsalar bo’yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to’liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o’ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), xozirgi zamon xaqiqiy sifatdoshlari; old ko’makchilar va bog’lovchilar.
Bolalarning so’z ijodkorligi - qoidalar, umumlashtirmalar, obrazli munosabatlar harakatlarini shakllantirish jarayonining yaqqol ko’rinishidir.
Grammatik elementlarni egallash jarayoni ko’rgazmali tasavvurni shakllantirish asosida ro’y beradi va u bir nechta bosqichlarga ega.
Bugungi kun lingvistikasining asosiy vazifalaridan biri - son-sanoqsiz gaplarni tuzish hamda ularni tushunish qobiliyatini rivojlantirish tabiati va mexanizmini tushunishdan iboratdir.
Bola kattalar tilining kategoriyalar tizimiga amal qilmaydi, aksincha u o’zining «individual» til tizimining ichidagi vazifaviy xususiyatlariga asoslangan o’z so’zlari kategoriyasini yaratadi.
Tilni rivojlantirishning mohiyati (lug’at to’plash bilan parallel ravishda) shundan iboratki, toki o’rganayotgan bola ko’p sonli yangi fikrlar talqinini yaratish uchun qoidalar tizimini egallab olsin.
Ona tilining grammatik ahamiyatlari ma’nosini tushunish - o’sib borayotgan insonning aqli shakllanayotgani va rivojlanayotganidan dalolat beradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqidagi grammatik xatoliklar grammatik ahamiyatni o’zlashtirish jarayoni normal holatda davom etayotganligidan, bolaning o’z ona tilida grammatik ahamiyat mavjudligi haqidagi g’oyani o’zlashtirib olganidan va mazkur ahamiyatni u atrofdagi kattalarning pedagogik qobiliyatidan kelib chiqqan holda egallab olayotganidan dalolat beradi.
Nutqni rivojlantirishga doir mashqlar - ya’ni, nutqiy grammatik modellarni mustahkamlashga doir mashqlar boshqa ishlar (kitob o’qish, rasm chizish, o’yin o’ynash va boshq.) bilan birgalikda bajarilishi lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarga syujetli suratlar asosida mustaqil ravishda hikoyalar tuzishni o’rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o’tkazishda tarbiyachi bolalarning o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha grammatik shakllarni qo’llashlariga erishishi lozim.
Faqat barcha grammatik shakllami o’zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o’qishga yaxshi tayyorlangan bo’ladi.
davr-bog’chagacha bo’lgan davr. (1yoshdan 3 yoshgacha). Bolada birinchi so’zlar paydo bo’lgandan so’ng, tayyorlov davri tugab, aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so’zlarni ko’p marotaba takrorlaydi va o’zi ham so’zlarni talaffuz qiladi. Bola hayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug’at boyligi sezilarli darajada boyib boradi.
Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko’ra bolalarning lug’at boyligini bog’chagacha bo’lgan davrda o’sishi quyidagi raqamlarni ko’rsatadi:1 yoshu 6 oylikda-10-12 ta so’z, 2-yilning oxiriga kelib 300 ta so’z, 3 yoshga borganda -1000 ta so’z.
Bola hayotining 3-yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o’z xohish va iltimoslarini bir so’z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so’zdan iborat sodda jumlalar paydo bo’la boshlaydi.
Uchinchi davr – maktabgacha bo`lgan davr (3 yoshdan 6 yoshgacha). Maktabgacha bo’lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jihatdan oson talaffuz etiladigan: lab-lab, lab-til undoshlari – p, b, m, f, v va boshqalarni o’rganadilar. Artikulyatsion jihatdan etish qiyin bo’lgan: shivirlovchi, sirg’aluvchi (s, z, sh, j, ch) va sonor (r, l), til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashda qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda notog’ri qo’llaydilar yoki talaffuz etmaydilar.
Bu davrda lug’at boyligining o’sishi davom etadi. Bolalarning 4-6 yoshida uning aktiv lug’ati 3000-4000 ta so’zgacha yetadi. Lug’at boyligi o’sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi.
Bola hayotining 4-yiliga kelib, ular o’z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo’llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa, qo’shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo’shimcha savollarsiz hikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo’ladilar.
Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so’ng sonor, shovqinli va sirg’aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydilar. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo’lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni tog’ri talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to’g’ri, aniq gapiradi.
To’rtinchi davr- maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o’ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrladagiga nisbatan ongli ravishda ro’y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o’ynaydi. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o’zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |