Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning pedagogik asoslari mavzusida yozgan mundarija kirish I bob. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib qoidalarga o’rgatishning nazariy asoslari



Download 318,5 Kb.
bet14/22
Sana05.06.2022
Hajmi318,5 Kb.
#637343
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Maktabgacha yoshdagi bo

Baliq skleti- bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. U bolalarni tizimli fikrlash, tuzilmaga keltirish, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Bunda ham bolalar birinchi bo‘lib, chizmani tuzish qoidasi bilan tanishadilar. Alohida kichik guruhlarda muammoni ifodalaydi, pastda esa, ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillar yoziladi. Bolalar kichik guruhlarga birlashadilar, taqqoslaydilar, o‘zlarining chizmalarini to‘ldiradilar. Umumiy chizmaga keltiradilar. Ish natijalari taqdimoti o‘tkaziladi va bolalar o‘zlari chizgan chizmani ifodalab beradilar.
Pedagogik texnologiyaning samarali metodlaridan yana biri bu - klasterdir. «Klaster» so'zi “g'ujum”, “bog'lam” ma'nosini anglatadi. Bu usul ko'p variantli fikrlashni o'rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o'rtasida aloqa o'rnatish malakalarini rivojlantiradi. Klasterlar asosan yangi fikrlarni uyg'otish, mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo'lib, muayyan mavzu bo'yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzishda guruhdagi barcha bolalarning ishtirok etishi lozim bo’ladi.
Ushbu metodlardan maktabgacha ta’lim muassasasining maktabga tayyorlov guruhlarida soddalashtirilgan holda foydalanish maqsadga muvofiq bo’lib, boshlang’ich sinflarda o’qish jarayoniga bevosita tayyorgarlik bosqichini ham o’taydi.
Maktabga tayyorlov guruhlarida tartib - qoidalarga o’rgatishda didaktik o’yinlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu ularning yosh xususiyatlari bilan bog’liq bo’lib, mashg’ulotlarni turli didaktik o’yinlar asosida tashkil etishni nazarda tutadi. Didaktik о‘yin usullarini cheksiz, takrorlash va о‘zgartirish, unga turli yangiliklar kiritish imkoni bor. Masalan, biz «Jimjitlik» о‘yinining 5–7 xilini butun guruh bilan hamda ayrim bolalar bilan 10 martadan kо‘proq takrorlab о‘tkazdik, «Nima о‘zgardi?» turidagi о‘yin 5 xil turli kо‘rsatmali material bilan о‘tkazildi. Natijada о‘yin malakalarining bir xilda va mustahkam bо‘lishiga hamda о‘yinning har bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilinishiga erishish imkonini berdi. Bolalar g‘olib chiqish maqsadida jon-dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir topshiriqni albatta bajarishga odatlanib qoladilar, natijada ularda didaktik topshiriqlarni bajarishga bо‘lgan qiziqish orta boradi. Didaktik о‘yinlar har bir mashg’ulotning maqsadini, har bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.
Didaktik о‘yinlar ta’limning kо‘rgazmaliligini, tarbiyachining nutqini va bolalar harakatini о‘z ichiga oladi, buning natijasida idrokda (kо‘rish, eshitish, teri sezgisi belgilarida) birlik tug‘iladi. Bu esa tarbiyachining aytganlarini bolalarning о‘ylab olishiga va aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik о‘yin qoidalarini о‘zlari bajarishlariga undaydi. Didaktik о‘yinlarning bu tarzda tuzilish xususiyatlari bolalar faoliyatini tahlil qilish imkonini beradi. Shuning uchun ham barcha bolalar о‘yin vaqtida zо‘r qiziqish bilan harakat qiladilar.
Didaktik о‘yinlar bolaning his-tuyg‘usiga ta’sir etib, unda о‘qishga ijobiy munosabat va qiziqish xislatini tarkib toptiradi. Bolalar о‘yinda zо‘r mamnuniyat bilan ishtirok etadilar. О‘yin boshlanishini sabrsizlik bilan kutadilar, ularning ongida beixtiyor ertangi kunning quvonchli manzarasi gavdalanadi.
Bundan tashqari, о‘yin jarayonida hatto bolalardan ba’zi birlari ishtirok etmasa ham, ular о‘yinda imo-ishoralar bilan qatnashadilar. Masalan, kо‘zlarini yumib, kim necha marta taqillatganini tinglaydilar.
Didaktik о‘yinlarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?
Tajriba davomida shunga amin bo’ldikki, didaktik о‘yinlar hamjihatlik va tartiblilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir о‘yin g‘alaba qozonishga intilish bilan bog‘liq bо‘lib, о‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni talab etadi. Didaktik о‘yinlar о‘tkazilish jarayonida bolalarning о‘zlarini mustaqil boshqara olishga о‘rganishlarini ta’kidlab о‘tish lozim.

Download 318,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish