Jismoniy tarbiya
Bunda xalq о‘yinlaridan, milliy о‘yinlardan foydalanish mumkin. Masalan: "podachi", "otishma", "durra", "qirq tosh", "tо‘pni aylana ichiga tushir", "chaqqonlar", "chavandoz", "chillak" kabi о‘yinlar о‘quvchilarni Vatanni himoya qilishga, chidamlilikka о‘rgatadi.
"Eng chaqqon"
О‘yinda 6-8 bola qatnashadi. Tekis joyga tо‘nka yoki kursi, yashik qо‘yiladi. Uni tо‘nka deyiladi. Kim birinchi, kim ikkinchiligi chek tashlab belgilab olinadi. Bolalar tо‘nka ustiga о‘z buyumlarini qo’yib qо‘yadilar. Sakrashga ruxsat berilgach 1-bola yugurib borib о‘z buyumini olishga harakat qiladi, olib о‘tsa u bir ochko oladi. Ololmasa 0 ochko oladi, agar olayotganda buyumini tushurib yuborsa oldingi ochkosidan mahrum boladi.
Bolalar har kuni har xil, hatto bir kunda bir necha xil о‘yin tashkil etilishini hohlaydilar. Shuning uchun tarbiyachi о‘yin tafsiloti berilgan qо‘llanmalardan, “Maktabgacha ta’lim”, “Gulxan”, "G‘uncha" jurnallarida yoritilgan о‘yinlardan foydalangan holda о‘zi ham ijodiy izlanishi kerak. Ayrim о‘yin elementlarini о‘zgartirib boshqacharoq tashkil etishi yoki murakkabroq о‘yinlarni soddalashtirib bolalarga moslashtirishi maqsadga muvofiq bо‘ladi.
Umuman, didaktik о‘yinlarni bolalar yoshi, ularning bilim darajalari va qobiliyatlariga moslashtirish zarur. Shundagina tashkil etilgan о‘yinlar faqat vaqt о‘tkazish uchungina emas, balki, ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun xizmat qiladi, deyish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatish ish tajribasi har bir tarbiyachi uchun о‘rnak bо‘lishi tabiiydir. Chunki uning asosiy maqsadi milliy va ijodiy qobiliyat asosida komil insonni voyaga yetkazishga qaratilgan.Shuni aytish kerakki, respublikamiz maktabgacha ta’lim muassasalarida bu sohada ish olib borayotgan fidoyi tarbiyachilarni kо‘plab uchratish mumkin. Kuzatishlar, ish tajribalar shuni kо‘rsatadiki, tarbiyachilar mashg‘ulotlarda bolalarning bilim, kо‘nikma va malakalarini oshirishga, ma’naviy - axloqiy saviyasini shakllantirishga alohida ahamiyat beradilar. Bu albatta ijobiy hodisa. Kichik yoshdagi bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda didaktik о‘yinlardan foydalanishning mazmuni shakl va metodlari ishlab chiqilmagan. Shuning uchun ham biz bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda didaktik о‘yinlardan foydalanishning mazmunini ilmiy pedagogik asoslarini aniqlab tarbiyachilarga tavsiya etishga harakat qildik. Bolalarni tartib - qoidalarga o’rgatishda didaktik о‘yinlardan foydalanish kutilgan natijani berdi. Bolalarning hayoti, e’tiqodlari, intilishlariga samimiy qiziqish va hurmat bilan qarash rivojlandi. Didaktik о‘yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin bо‘lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish kо‘zda tutiladi. Didaktik о‘yinlar ishtirokchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, psixologik, estetik, badiiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa kо‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi. О‘yin jarayonida, qiyinchiliklarni, tо‘siqlarni yengishga о‘rgatib boradi. Bularning hammasi asta– sekinlik bilan bolalarda tartiblilikning shakllanishiga sabab bo’ladi. Ushbu metodlardan maktabgacha ta’lim muassasalarida foydalanish bolalarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olishni taqozo qiladi. Demak, bugungi kunda pedagogik texnologiyalarga asoslangan mashg’ulotlarni tashkil etish har bir tarbiyachidan o‘z ustida tinimsiz ishlashni, ijodkorlikni, muntazam malakasini oshirib borishni, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |