Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar



Download 2,28 Mb.
bet98/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bola psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy omillar

Bolalar psixologiyasi fanining asosiy maqsadi bola psixik ta- raqqiyotini o‘rganishdan iborat ekan, bu masalani hal qilishda, uni tushuntirib berishda turli xil qarashlarni o‘rganish muhim- dir. Inson shaxsining tarkib topishini tushuntirishga intiluvchi biogenetik va sotsiogenetik oqim XIX asrning ikkinchi yarmi- da maydonga kelgan.

Bola psixik xususiyatlarining tug‘ma tabiati haqidagi ta’limot shu vaqtga qadar aksariyat psixologiya maktablari- ning asosini tashkil etib kelmoqda. Biogenetik konsepsiyada inson psixikasining barcha umumiy va individual xususiyat-


233





lari tabiat tomonidan belgilangan, uning biologik tuzilishiga tenglashtirilgandir. Psixik rivojlanish esa nasliy yo‘l bilan azal- dan belgilanib, inson organizmiga joylashtirilgan shu xususi- yatlarning maromiga yetilish jarayonidan iborat deb ta’kidlaydi. Ma’lumki, nasliy xususiyatlar tug‘ma yo‘l bilan nasldan-naslga tayyor holda beriladi, biroq shunday bo‘lishiga qaramay bu oqim namoyandalari inson shaxsi va uning barcha xususiyat- lari «ichki qonunlar» asosida, ya’ni nasliy xususiyatlar negizida maydonga keladigan narsa, biologik omillarga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydilar. Biogenetik ta’limotda inson qobiliyatlarining rivojlanish darajasi taqdir tomonidan belgilanib qo‘yilganligini, bola imkoniyatlari va qobiliyatlarini maxsus testlar yordamida aniqlab, undan so‘ng ta’lim jarayonini uning irsiyat tomonidan belgilangan taraqqiyot darajasiga moslashtirish, ularning asliy iste’dod darajalariga qarab turli mavqedagi maktablarda tahsil olishi zarur deb ta’kidlanadi.

Amerikalik psixolog E. Torndayk bolalarning «tabiiy kuchlari» va «tug‘ma mayllar»ini psixik rivojlanishning ye- takchi omili qilib ko‘rsatib, muhitning, ta’lim-tarbiyaning ta’siri ikkinchi darajalidir, deb aytadi.

Avstraliyalik psixolog K. Byuler bolalarning faqat aqliy ta- raqqiyotigina emas, balki axloqiy rivojlanishi ham nasliy to­mondan belgilangandir, deb ta’kidlaydi.

Amerikalik pedagog va psixolog D. Dyui, inson tabiati- ni o‘zgartirib bo‘lmaydi, odam ehtiyojlari va psixik xususiyat­lari bilan tug‘iladi. Bu ehtiyojlar va psixik xususiyatlar tarbiya jarayonida namoyon bo‘lib, ba’zida o‘zgarishi tarbiyaning miq- dorini belgilab beruvchi mezondir, deb hisoblaydi.

Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yuzaga kelgan yana bir ta’limot - sotsiogenetik konsepsiya - qobiliyat- larning taraqqiyotini faqat tevarak-atrofdagi muhitning ta’siri bilan tushuntiradi. K. Gelvetsiyning ta’limotiga ko‘ra, barcha odamlar aqliy va axloqiy rivojlanishi uchun tug‘ilishidanoq mutlaqo bir xil tabiiy imkoniyatga ega bo‘ladilar. Shuning uchun odamlarning psixik xususiyatlaridagi farq faqatgina muhit va tarbiyaning turlicha ta’sir qilishi bilan vujudga kela- di, deb tushuntiriladi. Bu nazariyani xorijiy mamlakatlardagi


234





hozirgi turli namoyandalari psixikaning rivojlanishida ijtimoiy muhitning g‘oyat darajada muhim roli borligini e’tirof etadilar.

Inson shaxsining tarkib topishini o‘rganish davomida yu- zaga kelgan sotsiogenetik konsepsiya fanda eksperimentlar- ning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, XVII asrning oxiri va XVIII asrning boshlarida hammaning diqqat-e’tibori mo‘jizakor tajribaga qaratilgan edi. Bu hodisa inson shax­sining tarkib topishi masalasiga ham ta’sir qilmay qolmaydi. Angliyalik olim Djon Lokk dunyoga kelgan yangi chaqaloq bolaning ruhini top-toza doskaga, taxtaga o‘xshatadi. Uning fikricha, bolaning top-toza taxta tarzidagi ruhiga nimalarni yozish mutlaqo katta odamlar ixtiyoridadir. Shuning uchun bolaning qanday odam bo‘lib yetishishi, ya’ni unda qanday shaxsiy fazilatlarning tarkib topishi bola hayotdan oladigan tajribaga, o‘zgalar bilan muloqot jarayonida oladigan hayotiy tushuncha va tasavvurlariga bog‘liqdir, deb ta’kidlaydi.

Bu masalalarni tahlil etgan har ikkala yo‘nalishning namo- yandalari, o‘z manfaatlarining tashqi jihatdan bir-biriga qara- ma-qarshi bo‘lishiga qaramay, insonning psixik xususiyatlarini biologik va ijtimoiy omillar ta’sirida avvaldan belgilangan va o‘zgarmas narsa, deb e’tirof etadilar.

Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoli- yatda tarkib topib boradi, rivojlanadi, uning faolligi namo­yon bo‘ladi. Bolaning psixik jihatdan taraqqiy etishida biologik (nasliy), ijtimoiy, uzoq vaqt davomida beriladigan ta’lim-tar- biya va bolaning shaxsiy faolligi ta’siri muhim o‘rin egallaydi.

Psixologiya fani zamonaviy ta’limotga asoslangan holda in- son shaxsining tarkib topishini asosan uchta omilning ta’siriga bog‘liqligini dalillar asosida izohlab beradi. Nasliy yo‘l bilan odamga to‘g‘ridan to‘g‘ri bir qator tashqi alomatlar, tashqi xu­susiyatlar o‘tishi mumkin. Masalan, bolalar o‘z ota-onalari- ning tashqi jismoniy belgilarini, ya’ni bo‘y-bastini, ko‘zi va so- chining rangini, yuz tuzilishi va shu kabilarni nasliy yo‘l bilan meros qilib oladi. Bolaning psixik taraqqiyotiga xos xususiyat­lar nasliy yo‘l bilan tug‘ma ravishda to‘g‘ridan to‘gri berilmay- di. Lekin bundan nasliy xulusiyatlarning psixik taraqqiyotga mutlaqo aloqasi yo‘q, degan ma’no kelib chiqmaydi. Nasliy xu-


235





susiyatlarning psixik taraqqiyotga taalluqliligi shundaki, ayrim psixik jarayon yoki psixik xususiyatlarning anatomik-fiziologik nishonalari naslga o‘tadi. Lekin psixik taraqqiyot bilan bog‘liq bo‘lgan ana shunday anatomik-fiziologik nishonalar odamga imkoniyat tarzida beriladi. Har qanday imkoniyat ham ro‘yobga chiqavermaydi. Ijtimoiy muhit va ta’lim-tarbiya tizimi noto‘g‘ri olib borilsa, imkoniyat tarzidagi layoqatlar qobiliyatga aylan- may yo‘qolib ketishi mumkin.

Demak, odamga imkoniyat tarzida berilgan nasliy xususi- yatlarning o‘zi tegishli muhit bilan bog‘lanmasa, bola psixik taraqqiyotida deyarli biron hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘la olmaydi.

Bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ijtimoiy muhitda, ya’ni odamlar qurshovida yashay boshlaydi. Ijtimoiy muhit deganda biz dastavval oila muhitini tushunamiz. Lekin «muhit» tushun- chasi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Keng ma’nodagi «muhit» so‘zi odamning butun mamlakati, Vatani bilan bog‘liq bo‘lgan hayot sharoiti bo‘lsa, tor ma’nodagi «muhit»da asosan odam­ning oilaviy turmush sharoiti va oila tevarak-atrofidagi ijtimoiy hayot tushuniladi.

Bolaning psixik jarayonlari (idroki, xotirasi, tafakkuri, xayoli va shu kabilar) va shaxsiy sifatlari (qiziqishlari, qobiliyati, mala- ka va odatlari, xarakteri va h.k.) tug‘ma ravishda belilmaydi. Odamning, shu jumladan, bolaning barcha psixik jarayonlari va shaxsiy sifatlari konkret ijtimoiy sharoitning ta’siri tufayli individual hayoti davomida yuzaga keladi. Bunda eng muhim omil oiladir. Oila hayotining umumiy turmush tarzi bola psixi- kasining taraqqiy etishiga ta’sir etmasdan qolmaydi.

Bola o‘z tabiatiga ko‘ra juda ham taqlidchan bo‘ladi. Taqlid- chanlik bola psixikasi taraqqiyotini belgilovchi omillardan biridir. Bola har doim o‘z oilasidagi katta odamlar qurshovi- da yashar ekan, u hamisha ana shu o‘ziga yaqin odamlarning xatti-harakatlariga taqlid qiladi. Taqlid qilish orqali har xil in- soniy munosabatlar va fazilatlarni o‘ziga sekin-asta singdilib boladi. Tashqi muhitning, ya’ni oila muhitining bola psixi- kasiga ta’siri nutq (til) taraqqiyotida juda yaqqol ko‘rinadi. Bo­la tug‘ilishidan boshlab qanday nutq turi muhitida yashasa,


236





ana shu tilda gapiradigan bo‘ladi. Bola o‘sgan sari muhit doi- rasi ham kengaya boradi. Ijtimoiy muhit (dastavval oila, hovli, ko‘cha, mahalla)dan sekin-asta kengaya borib, shahar, respub- lika va butun mamlakat miqyosiga o‘tadi. Ana shunga mos ra- vishda ijtimoiy muhitning bolaga ta’siri manbalari ham borgan sari kengaya va ko‘paya boradi. Bola oila doirasidan tashqariga chiqqanidan so‘ng unga o‘zgalar ham ta’sir eta boshlaydi. Bola endi faqat o‘z oilasidagi katta odamlarning xulq-atvori va xat- ti-harakatlarigagina emas, balki yaqin atrofidagi boshqa odam- larning, o‘z tengqurlarining xulq-atvorlari va xatti-harakatlari- ga ham taqlid qila boshlaydi. Ana shu tariqa ijtimoiy muhit bolaning psixikasiga bo‘lgan ta’sirini kengaytira boradi.

Shunday qilib, ijtimoiy muhit bolalar psixikasining taraq- qiyotiga faol ta’sir etadigan eng muhim omillardan biri bo‘lib, uning o‘zgarishi bola psixikasining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish