Bolalar psixologiyasining fanlararo bog‘liqligi
Bolalar psixologiyasi o‘z predmetini o‘rganishda umumiy psixologiyaning inson psixikasi haqida qo‘lga kiritilgan yu- tuqlariga asoslanadi. Masalan, umumiy psixologiyaning psixik jarayonlar, psixik holatlar, xususiyatlar, inson shaxsi va uning faoliyati haqidagi ta’limotlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanadi. O‘z navbatida umumiy psixologiya ham bolalar psixologiyasining yutuqlariga asoslanadi. Umumiy psixologiya normal taraqqiy etgan katta yoshdagi odamlarning psixik jarayonlari va individual-psixologik xususiyatlarini o‘rganar ekan, bu psixik jarayonlar va individual-psixologik xususiyatlarning paydo bo‘lishini bilish kerak bo‘ladi. Psixik jarayonlar va shaxsiy psixologik xususiyatlarning turli yoshdagi bolalarda paydo bo‘lishi masalasi bilan yosh davrlari psixologiyasi shug‘ullanadi. Demak, bolalar psixologiyasi bilan umumiy psixologiya hamda yosh davrlari psixologiyasi fani o‘zaro uzviy bog‘liq fandir.
Bolalar psixologiyasi anatomiya va fiziologiya fanlari tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlardan ham keng foydalanadi. Bunda bolalar psixologiyasi xususan bolalar nerv sistemasi va oliy nerv faoliyatining ma’lumotlaridan foydalanmay ish ko‘ra olmaydi. Bolalar nerv sistemasining sog‘lom rivojlanishi va me’yoriy ishlashi bola psixikasi rivojlanishining muhim shart- laridandir. Shuning uchun bolalar psixologiyasi mutaxassislari bola nerv sistemasining taraqqiyot masalalari bilan bevosita ta- nish bo‘lishlari lozim.
Bolalar psixologiyasi pedagogika fani bilan ham yaqindan aloqadadir. Pedagogika fani yoshlarga ta’lim-tarbiya berish va ularni har tomonlama rivojlantirish haqidagi fandir. Bolalar psixologiyasi ta’lim-tarbiyaning maqsadi, yo‘l-yo‘riqlari va vazifalariga doir fikrlarni pedagogika fanidan oladi hamda un- ga yaqindan yordam beradi. Bolaning aqliy taraqqiyoti qonun- laridan xabardor bo‘lish turli yoshdagi bolalar bilan ta’lim-tar- biya ishlarini to‘g‘ri tashkil qilish imkoniyatini beradi.
228
Ta’lim-tarbiya berishga yo‘naltirilgan maxsus fanlar bolalar psixologiyasi negizida ish ko‘radi. Bolalarda hosil qili- nishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va odatlarni shakllantirishda ularning psixik taraqqiyotini hisobga ola- di va yondashadi. Bolalar psixologiyasi bolalar gigiyena- si, bolalardagi kasalliklarni o‘rganuvchi pediatriya va bolalar psixopatologiyasi bilan ham bog‘liqdir. Bu fanlar bolalar psixologiyasi namoyandalariga bolalar psixik taraqqiyoti- ning normal borayotganini chuqurroq bilish va normal ta- raqqiyotdan burilish sabablarini aniqlash imkonini beradi. Bolalar psixologiyasi esa, o‘z navbatida, bolalarning normal psixik taraqqiyotini aniqlab berishi bilan birga shifokorlar- ning bola psixologiyasini yanada yaxshiroq tushunib olish- lariga yordam beradi. Psixik taraqqiyotdan kechikayotgan va rivojlanishida nuqsoni bor bo‘lgan bolalar psixikasini maxsus psixologiya fani o‘rganadi. Logopediya nutq faoliyati bu- zilishining sabablari, mexanizmlari, belgilari, yo‘nalishlarini o‘rganadi. Defektologiya fani ko‘rinishida, eshitishida nuqsoni bo‘lgan, psixik rivojlanishi orqada qolgan, aqli zaif, nutq nuqsoniga ega bo‘lgan, tayanch apparatida nuqsoni bor bola- lar, serebral falaj (markaziy nerv sistemasining shikastlani- shi), autizm sindromiga chalingan bolalarni o‘rganadi va korreksion ishlar olib boradi.
Bolalar psixologiyasi bola shaxsi va shaxsiy psixologik xususi- yatlarining tarkib topishini o‘rganishda bolalar adabiyotidan, xususan, avtobiografik asarlardan keng foydalanadi. Har bir bola ertak eshitib ulg‘ayadi. Xalq og‘zaki ijodi, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, matallar, masallar va boshqa janrlar bolani o‘zining sehrli olamiga yetaklaydi. Bola unda katta hayotni ko‘radi, olam bilan tanishadi, jonli va jonsiz dunyoni ko‘radi. Ertaklar bolalarda ijobiy xulq-atvorni mustahkamlaydi, kelajak hayotga ho- zirlaydi.
Shunday qilib, bolalar psixologiyasi bolalarning murak- kab psixik jarayonlari va shaxsiy psixologik xususiyatlarini o‘rganishda bir qator fanlarning qo‘lga kiritgan yutuqlaridan foydalanadi hamda bu fanlarga ham o‘z predmetlarini chuqur- roq o‘rganishlarida yaqindan yordam beradi.
229
Nazorat savollari:
Bolalar psixologiyasi nimani o‘rganadi?
Bolalar psixologiyasi qaysi fanlar bilan bog‘langan?
Bolalar psixologiyasining predmeti nimani o‘rganadi?
Bolalar psixologiyasining anatomiya va fiziologiya fanlari bilan bog‘liqligini aytib bering.
Pedagogika fani bilan aloqasi nimada ko‘rinadi?
Pediatriya va bolalar psixopatologiyasi, maxsus psixologiya, logopediya, defektologiya fani bilan bog‘liqligini aytib bering.
Psixik taraqqiyotning asosiy qonuniyatlari.
Bola psixik taraqqiyoti haqida tushuncha
Bola psixikasining taraqqiyoti haqida gapirishdan oldin ta- raqqiyotning tub mohiyatini tushunib olish kerak. Rivojlanish haqida fikr yuritilganda odatda «o‘sish» va «taraqqiy etish» so‘zlaridan foydalaniladi. Masalan, bolaning jismoniy jihatdan o‘sishi va psixik jihatdan taraqqiy etishi degan tushunchalar qo‘llaniladi. O‘sish bilan taraqqiyot tushunchalari aynan bir ma’noni anglatuvchi tushunchalar emas. O‘sish deganda miq- doriy jihatdan ortish, ulg‘ayish tushuniladi. Taraqqiyot degan- da esa, faqat miqdoriy jihatdangina emas, balki sifat jihatidan ham o‘zgarish tushuniladi. Shuning uchun o‘sish jarayoniga qaraganda taraqqiyot jarayoni ancha murakkab jarayondir. Ta- raqqiyot oddiy miqdoriy ortishdan tashqari bir shakldan ik- kinchi shaklga o‘tish bilan ham bog‘liqdir. Ana shuning uchun taraqqiyotning tub mohiyatidan yaxshi xabardor bo‘lish kerak, aks holda bu murakkab jarayonni tushunish qiyin bo‘ladi.
Bolaning psixik taraqqiyoti qarama-qarshiliklar kurashi asosida yuz beradi. Bu o‘rinda qanday qarama-qarshiliklar bolaning psixik jihatdan taraqqiy etishiga sabab bo‘ladi, degan savol tug‘iladi. Bolaning psixik taraqqiyotini yuzaga keltiruvchi qarama-qarshiliklar asosan quyidagilardan iborat:
Bolaning shu choqqacha erishgan imkoniyatlari darajasi bilan yangi ehtiyojlari o‘rtasida tug‘iladigan qarama-qarshilik. Ya’ni, bolaning ehtiyojlari tez ortib boradi, lekin bu ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari juda sekin yuzaga keladi. Natijada bolaning xilma-xil ehtiyojlari bilan tor imkoniyatlari o‘rtasida
230
jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Bola ana shu ziddiyatni, ana shu qarama-qarshilikni hal etish jarayonida psixik jihatdan taraqqiy etadi. Masalan, ilk yoshdagi bolaning tili endi chiqayotgan bo‘ladi. Uning so‘z zaxirasi deyarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari ular so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta olmaydilar. Shu sababli bu yoshdagi bolalarning tilini hamma ham bemalol tushuna olmaydi. Lekin bolaning mustaqil yura olishi, o‘zgalarning nut- qiga tushunishi unda boshqalar bilan faol munosabatda bo‘lish ehtiyojini yuzaga keltiradi. Biroq, bolaning hozirgi taraqqiyot darajasi, imkoniyatlari, ya’ni so‘z zaxirasining nihoyatda ozli- gi, talaffuzda qiynalishi atrofdagilar bilan faolroq munosabatda bo‘lish ehtiyojini qondira olmaydi. Bolaning faol munosabatga intilishi bilan imkoniyati yo‘qligi o‘rtasidagi qarama-qarshilik nutqni tez o‘zlashtirish jarayonida hal etiladi. Buning natijasida bola psixik jihatdan ma’lum taraqqiyotga erishadi. Bolaning imkoniyatlari ana shu tariqa oshib borgan sari ehtiyojlari yana- da ko‘payib boraveradi.
Bolaning eski xulq-atvor formalari bilan yangi xatti- harakatlari, yangi tashabbuslari o‘rtasidagi qarama-qarshilik. Masalan, bolaning kichik davridagi asosiy faoliyati kattalarga taqlid qilishdan iborat bo‘ladi. Taqlidiy harakatlarda mustaqillik, tashabbuskorlik deyarli bo‘lmaydi. Bola o‘sib ulg‘aygan sari uning o‘z shaxsiy tajribasi, mustaqilligi, tashabbusi ortib bo- radi. Bola mustaqil harakatda, ya’ni har bir narsani o‘zi bilga- nicha qilishga (tashabbus ko‘rsatishga) intila boshlaydi. Bunda bolaning ko‘pdan beri o‘rganib qolgan taqlidiy (bir qolipdagi) harakatlari bilan mustaqil va tashabbuskorona harakatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu qarama-qar- shilikni hal qilish jarayonida, ya’ni odatlanib qolgan taqlidiy harakatlarini yengib, mustaqil harakat formalariga o‘tish jarayonida bola psixik jihatdan taraqqiy etadi.
Quruq taqlid bilan bog‘liq bo‘lmagan mustaqil va erkin harakatlar bolalarga bir qator yangi malaka va odatlarni o‘zlashtirish hamda o‘z shaxsiy hayot tajribalarini kengaytirish imkonini beradi. Bolalar mustaqil tashabbus ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarida ilgari o‘zlashtirgan turli bilimlari- ni yangi sharoitlarga tatbiq qilishga o‘rganadilar.
231
Bola hayotining mazmuni bilan uning shakli (muhiti) o‘rtasida maydonga keladigan qarama-qarshilik. Odatda hayotning mazmuni uning shaklidan biroz oldinda boradi. Masalan, bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qatnay boshlashidan oldin oiladagi hayot sharoitiga odatlangan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga kelganidan keyin esa u o‘zi uchun tamo- mila yangicha bo‘lgan guruh hayotining talab va qoidalariga duch keladi. Bolalar guruhiga yangi kelgan bola darhol bu ha- yotga ko‘nika olmaydi. Bolaning oiladagi xulq-atvori, tuyg‘u va hissiyotlari maktabgacha ta’lim muassasasidagi guruh hayoti- ga to‘g‘ri kelmaydi. Natijada bolaning oiladagi hayot mazmuni bilan maktabgacha ta’lim muassasasidagi yangicha hayot mazmuni o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bola yangicha hayot mazmunini o‘zlashtirish jarayonida bu qarama-qar- shilikni yengib, psixik jihatdan yanada taraqqiy etadi va uning shaxsiy tajribasi ortadi.
Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki, bolaning psixik ta- raqqiyoti juda murakkab jarayondir. Bolaning psixik taraqqi- yoti qanday shakllanishidan qat’i nazar, u muayyan qonuniyat- larga bo‘ysunadi. Bu qonuniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlari hayot sharoitiga, faoliyatiga va tarbiyaga bog‘liqdir.
Psixik taraqqiyot qonuniyatlariga:
notekislik qonuni;
psixika integratsiyasi qonuni;
plastiklik va kompensatsiya qonuni kiradi.
Psixik rivojlanishning notekisligi shundan iboratki, har qanday sharoitda, hatto ta’lim tarbiyaning eng qulay sharoitla- rida ham shaxsning turli psixik belgilari, psixik funksiyalari va psixik xususiyatlari rivojlanishining bitta darajasida to‘xtab turmaydi. Bolalarga bir xil tarbiya berilsa ham bolalar uni turlicha qabul qiladilar. Chunki, ularning o‘ziga xos individual xususiyatlari mavjud, nerv tizimining xususiyatlari, tiplari turlicha, yashash sharoiti, tarbiyaviy ta’sirlari turlicha bo‘lgani uchun ham psixik taraqqiyot tezlashib yoki sekin- lashib, ba’zan to‘xtab yoki tutilib qolishi mumkin. Shu sabab- li psixik taraqqiyot notekis rivojlanishi mumkin deb e’tirof etiladi.
232
Integratsiya qonuni inson psixikasini o‘z taraqqiyoti da- vomida tobora ko‘proq yaxlitlik, birlik, mustaqillik va doi- miylik xususiyatlarini kasb eta borishidir. Bunda yoshlikda hosil bo‘lgan psixik xususiyatlar taraqqiyot davomida bora-bora kishining asosiy xususiyatiga yoki xarakter xislatiga aylanadi va bu xislat shu kishining hayotida yaqqol ko‘zga tashlanadigan bo‘lib qoladi. Bu qonunga binoan psixik rivojlanish psixik ho- latlarning asta-sekin o‘sib, shaxs xislatlariga aylanishidan iborat bo‘lgan qonundir.
Plastiklik va kompensatsiya imkoniyati qonuni. Bu qonun asab tizimining plastiklik xususiyati bilan bog‘liqdir. Yosh bola ijtimoiy munosabatlarga kirishar ekan u albatta ularni o‘ziga o‘zlashtiradi, taqlid qiladi. Natijada u aqliy tomondan shaklla- nadi. Ta’lim-tarbiya sharoitida bolani, maktab o‘quvchisining psixikasini maqsadga muvofiq o‘zlashtirishning boy imkoniya- ti asab tizimining ana shu plastikligiga asoslanadi. Plastiklik kompensatsiya (to‘ldiruvchanlik, tovon, badal) uchun ham yo‘l ochib beradi. Ba’zi psixik funksiyaning rivojlanishi zaif yoki nuqsonli bo‘lsa, uning faoliyatini zo‘r uyushganligi va aniqli- gi bilan kompensatsiya qilish mumkin; ko‘rishdagi nuqsonlar qisman, eshitish analizatorining o‘tkir darajada rivojlanishi bilan kompensatsiya qilinadi. Tarbiyachi va o‘qituvchilar bolaga ta’lim-tarbiya berish jarayonida psixik taraqqiyotning qonun- lariga amal qilishlari va bolaning taraqqiyot xususiyatlarini bi- lishlari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |