L.S. Vigotskiy (1896-1934)
238
biyachi ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning hozirgi taraqqiyot bosqichini hisobga olib, kelajakda qanday taraqqiyot dara- jasiga erishishini tasavvur eta olishi hamda bolani ana shu mo‘ljallangan taraqqiyot darajasiga erishtirish uchun aniq re- jalarga ega bo‘lishi kerak.
Ma’lumki, bolaning har bir yosh davri ma’lum bilimlarni birmuncha ortiq darajada o‘zlashtirishga nisbatan sezgir bo‘ladi. Masalan, shunday yosh davrlari borki, bunda ta’lim- tarbiya bolaning psixik taraqqiyotiga ortiq darajada ta’sir qiladi. Ana shunday yosh davrlarini odatda psixik taraqqiyotning senzitiv davri deb yuritiladi. O‘tkazilgan tajribalardan ma’lum bo‘lishicha, bolaning maktabgacha ta’lim muassasasi yoshidagi davri psixik taraqqiyotga nisbatan umuman senzitiv davr hisoblanadi.
Psixik taraqqiyotning mazmuni tashqi faoliyat turlarining sekin-astalik bilan ichki psixik harakatlarga aylanishidan (ya’ni eksteriorizatsiyaning interiorizatsiyaga aylanishidan) iboratdir. Shuning uchun bolalarni ma’lum ish-harakatlar- ni yoki faoliyat turlarini o‘zlashtirishda ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga mos keladigan faoliyat turlaridan biriga jalb qilish kerak.
Ta’lim jarayoni bolalarning ehtiyojlari va qiziqishlarini hisobga olgan holda tashkil qilinsa, bu jarayon dasturlashtiril- gan ta’limga aylanadi. Hozirgi vaqtda axborot kommunikat- siya texnologiyalarining rivojlanish bosqichi, uning ta’lim jarayonida keng qo‘llanilishida dasturlashtirilgan ta’lim katta ahamiyatga egadir. Ana shu nuqtayi nazardan olganda maktabgacha ta’lim muassasasidagi dasturlashtirilgan ta’lim bolalarda maktab ta’limi uchun kerak bo‘ladigan sifatlarni rivoj- lantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Bolaning psixik taraqqiyotida biologik va ijtimoiy faktor- lardan tashqari bolaning shaxsiy faolligi ham muhim ahami- yatga egadir. Bola psixikasining taraqqiyotida bolaning shaxsiy faolligini to‘g‘ri tashkil qilib, yo‘lga solib turilsa, undagi mavjud sifatlar faoliyatining har xil turlarida namoyon bo‘lib o‘sayotganini hisobga olib tursagina tarbiya muvaffaqiyatli bo‘ladi.
239
Bola psixikasi o‘yin, ta’lim, mehnat, ijtimoiy faoliyat va munosabatlar jarayonida taraqqiy etadi. Har bir faoliyat bola- ning hayotini o‘zgarishi bilan turli yoshda turlicha xarakter kasb etadi. Agar maktabgacha davrdagi bolalarning yetakchi faoliyati o‘yin bo‘lsa, maktab yoshidagi bolalar faoliyati o‘qish, o‘rganishdan ibolatdir. O‘yin, o‘qish, o‘rganish, mehnat yoki ijtimoiy faoliyat turlari orasida keskin chegara bo‘lishi mumkin emas. Maktab yoshi davrida o‘yin ham saqlanadi, u hatto katta yoshli kishilar hayotida ham muhim ahamiyat kasb eta- di. Mehnat faoliyatiga esa biz bolalarni juda yoshligidan jalb qilamiz. Lekin har bir faoliyat turi o‘z mazmuni, tashkil etili- shi bilan bolaning ham jismoniy, ham psixik faolligini rivojla- ntirish imkonini beradi.
Psixik taraqqiyot va yosh bosqichlari
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida ma’lum notekislik mav- juddir. Bu notekislik, birinchidan, bola tug‘ilib o‘sadigan muhit bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, bolalarning individual imkoniyatlari bilan bog‘liqdir. Darhaqiqat, ayrim bolalar psixik taraqqiyot uchun ko‘p pog‘onali oilada o‘sib rivojlansalar, boshqa bir bolalar faqat ishlaydigan ota-onasidan tashqari hech kimi yo‘q oilada o‘sib rivojlanadilar.
Biz bilamizki, bolaning psixik jihatdan rivojlanishida uning katta odamlar bilan qiladigan faol munosabatlari juda katta o‘rin egallaydi. Bola katta odamlar bilan bo‘ladigan munosabatlarida o‘zining son-sanoqsiz savollariga javob oladi. Binobarin, u yan- gi-yangi informatsiyalarga ega bo‘lib, psixik jihatdan rivojlana- di. Yuqoridagi birinchi holatda, ya’ni bola ko‘p kishilik (buvilik va buvalik) oilada o‘sib rivojlanganda tez-tez katta odamlar bilan faol munosabatga kirishib, ulardan ko‘p narsalarni bilib oladi. Ikkinchi holatda esa, o‘z holicha qolib ketib, psixik jihatdan yaxshi rivojlana olmaydi. Bu bolalarning notekis rivojlanishida- gi tashqi sabablardir.
Bolalar har xil individual imkoniyatlar, ya’ni layoqatlar bilan tug‘iladilar. Shuning uchun bolalarda psixik jihatdan rivojlanishlariga ta’sir qiladigan ichki, ya’ni nasliy xususiyatlar har xil bo‘ladi. Nasliy xususiyatlar, ya’ni turli sohalarga
240
nisbatan bo‘lgan tug‘ma layoqatlar hamma bolalarda bir xil bo‘lmaydi. Masalan, bir bola matematikaga layoqatli bo‘lib tug‘ilsa, boshqa bir bola musiqaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘iladi. Kimning qaysi sohaga nisbatan layoqatli bo‘lib tug‘ilishi genetika fanining muhim muammolaridandir.
O‘tkazilgan kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, bolalarning psixik taraqqiyotlari nisbatan sekinlik bilan yuzaga kelsa, ya’ni uzoq muddat davomida jiddiy o‘zgarishlar sezilmasa, ayrim davrlarda bolalarning psixik taraqqiyotlari qandaydir sakrash yo‘li bilan jadal amalga oshadi. Bolalarning psixik taraqqiyot- laridagi ana shunday sakrash yo‘li bilan amalga oshiriladigan jadal davrni taraqqiyotning krizis (inqiroz) davri deb ataladi.
Psixik taraqqiyotning ana shunday inqiroz davrlari bir xil sharoitda yashaydigan hamma bolalarda aniq bir yosh davrida maydonga keladi. Shuning uchun bolalar psixik taraqqiyotida paydo bo‘ladigan inqiroz davrlari hamma bolalarni ma’lum yosh davrlariga ajratish imkoniyatini beradi.
Bolalarni turli yosh davrlariga ajratishda turlicha fikrlar juda qadim zamonlardan beri fanga ma’lumdir. Sharq mutaf- akkiri Abu Ali ibn Sino ham bolalikni quyidagi davrlarga aj- ratgan:
Podsholik davri - 5 yoshgacha.
Qullik davri - (6-12 yoshgacha).
O‘rtoqlik, do‘stlik davri deb bolaning keyingi taraqqiyoti davrini nazarda tutgan.
Podsholik davrida bolaning yoshligi, uning aytganini katta- lar tomonidan bajarilishi, bolaning «shirin» qiliqlari, gaplari bilan kattalarni o‘ziga rom qilishi e’tiborga olinadi. 6-12 yoshgacha bo‘lgan davrda bolani xulq-atvorga o‘rgatish, kishilar bilan o‘zaro munosabatlarda qoida-qonunlarga bo‘ysunish, mehnatga o‘rgatish, unga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirish, bilim olish, o‘qish, o‘rganish, mehnat qilishda qiyinchiliklarga bar- dosh berish, kattalarning mehnatini qadrlash kabilarga muhabbat ruhida tarbiyalashda bolaga nisbatan e’tibor qaratgan.
Do‘stlik davrida esa bolaga do‘stlarcha munosabatda bo‘lish, ularni hurmat qilish, qilgan ishlarini qadrlash, munosabatlarda samimiy bo‘lish lozimligi nazarda tutiladi.
241
Shveysariyalik psixolog J. Pia-
je bolaning aql-idrokiga xos bo‘lgan
xususiyatlariga qarab:
sensomotor intellekti (0-2 yosh-
gacha);
operatsiyalardan ilgarigi tafak-
kur davri (2-7 yoshgacha)
aniq operatsiyalar davri (7-12
yoshgacha);
rasmiy operatsiyalar davri deb
ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |