Chaqaloqlik davri.
258
Keyinchalik, ya’ni ikki-uch oylik bolalarda analizator- lar faoliyatining takomillashuvi natijasida ta’sir qilayotgan qo‘zg‘atuvchilarni farqlash qobiliyati yuzaga kela boshlaydi. Dastavval turli ovozlarni, so‘ngra ayrim yorqin ranglarni, ta’mlarni, farqlay boshlaydi. Nihoyat, uch oylik bola atrofida- gi juda ko‘p narsalardan odamni farqlaydigan va odamga nis- batan qandaydir boshqacha reaksiya qiladigan bo‘ladi. Uch oy- lik bola oldiga kelgan odamga tikilib, emotsional munosabatda bo‘la boshlaydi. U odamga uzoq vaqt tikilib qaraydi. Lablarini harakatlantirib, tilini aylantirib, go‘yo odamning nutqiga taqlid qilmoqchi bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bolalar bilan im- koni bo‘richa mehribonlik ohangida gaplashib turish kerak. Ana shunday munosabatlar natijasida bolada qandaydir faollik, kat- talarga talpinish reaksiyasi yuzaga keladi. Psixologlar bolalarda kattalar bilan bo‘lgan munosabatdan yuzaga keladigan emotsio- nal reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bu komp- leksda bola o‘zi bilan munosabatda bo‘layotgan odamga mulo- yim tikilib, jilmayadi, qo‘l va oyoqlari bilan talpinib, qandaydir ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi yu- zaga keladi. Lekin shuni unutmaslik kerak-ki, agar bolalar bilan keragidan ortiq darajada munosabatda bo‘lib, ularda jon- lanish kompleksini yuzaga keltiraverilsa, ular kattalarga o‘rganib qoladilar va o‘yinchoqlarga qaramay qo‘yadilar.
Bola yoshiga to‘lguncha juda ko‘p harakatlarni o‘zlashtirib oladi. Bolaning qiladigan turli-tuman harakatlari orasida qo‘l haiakatlari psixik taraqqiyoti uchun muhim bo‘lgan harakat- lardir. To‘rt oylik bola narsalarga qo‘l cho‘zadigan bo‘ladi, ammo u hali o‘zining qo‘l harakatlarini idora qila olmaydi. Bola besh oylik bo‘lgach, narsalarni ushlab, uni paypaslab, timirs- kilab ko‘radigan bo‘ladi. Bolaning qo‘l harakatlari atrofidagi narsalarni bilish quroliga aylanadi, chunki u narsalarni pay- paslab, timirskilab ko‘rish orqali ularning ayrim xususiyatlari- ni bilib oladi.
Bolaning psixik taraqqiyotida murakkab harakatlarni egallab borishi juda katta rol o‘ynaydi. Bola olti oylik bo‘lgach, mustaqil o‘tira oladigan bo‘ladi. Bola o‘tira boshlagandan so‘ng uning nazar doirasi kengayib, unda yangidan yangi taassurotlar
259
paydo bo‘ladi. Bola ko‘z o‘ngida yangi taassurotlarning paydo bo‘lishi idrok, diqqat, xotira kabi psixik jarayonlarning rivoj- lanishiga katta yordam beradi. Bola sakkiz oylik bo‘lgach, yana bir murakkab harakatni, ya’ni emaklashni boshlaydi. Bo- la psixikasining rivojlanishida bu yangi harakatning ahamiyati juda kattadir. Emaklay boshlagach bolaning atrofdagi narsa- lar bilan munosabatda bo‘lish imkoniyati kengayadi. Natijada mustaqil harakat qilib, yangidan yangi narsalarni taniy bosh- laydi. Bolani hamma narsa qiziqtiradi. U bir narsani olib ik- kinchi narsaga urib taqillatadi va chiqayotgan ovozga quloq soladi. Odatda, bu yoshdagi bolalar biron narsaning qopqog‘ini ochib yopishni yoqtiradilar. Bunday harakatlar bolaning qo‘l muskullarini mustahkamlaydi va narsalarning turli xossalarini bilib olishlariga yordam beradi. Og‘ir kasallikka uchramay, jis- moniy jihatdan sog‘lom o‘sgan bola 9—10 oylik bo‘lganida yura boshlaydi. Bolaning mustaqil tarzda yura boshlashi uning hayotida g‘oyat katta hodisadir. Bola yura boshlagandan so‘ng uning psixik taraqqiyoti uchun juda katta imkoniyatlar yuzaga keladi. Yura boshlagan bolaning aktivligi kun sayin ortib, erkin harakat qilish doirasi kengayadi. Bemalol yura oladigan bola tor uy doirasidan tashqariga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa idrok doirasini kengaytirib, mazmundor bo‘lishiga yordam beradi.
Go‘dakning nutqni egallashi. Bolaning atrofidagi katta odamlar — onasi, otasi, akasi, opasi kabilar qaysi tilda gaplash- salar, bola ham shu tilni o‘rganadi. Nutqni egallashdek juda ham qiyin jarayonni bola qisqa muddat davomida uddasidan chiqa boshlaydi. Yangi tug‘ilgan bolada nutqi bo‘lmasada ular- da qandaydir ovoz chiqarish, ya’ni yig‘lash xususiyati bo‘lib, bu xususiyat tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (och- lik, tashnalik) bog‘liq bo‘ladi. Ortiqcha qattiq tovushlar ham bolani cho‘chitib yuboradi. Bola 2—3 haftalik bo‘lgach, un- da tovushlarga nisbatan elementar tarzda bo‘lsa ham reaksiya yuzaga kela boshlaydi. Undan keyingi davrda esa, ya’ni bola 2—3 oylik bo‘lgach tovush bilan tovush chiqarayotgan man- ba o‘rtasida assotsiatsiya maydonga keladi. Bunda bola tovush eshitilayotgan tomonga qarab boshini buradigan bo‘ladi.
260
Ilk yoshidagi bolalar nutqining rivojlanishiga kat- ta ta’sir qiluvchi momentlardan biri atrofidagi kattalar- ning nutq orqali qiladigan munosabatlariga ijobiy qarash- laridir. Bolalar borgan sari katta odamlar bilan ko‘proq munosabatga bo‘lishga intila boshlaydi. Katta odamlarning gaplariga taqlid qiladigan bo‘ladi. Ana shu tariqa sekin-astalik bilan bolaning tili chiqa boshlaydi. Bola 6 oylik bo‘lgach ayrim tovushlarni birlashtirib «aya», «a- yya», «da-da» kabi so‘zlarni qayta-qayta aytadigan bo‘ladi. O‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha, bolalarning so‘zlarini tushunishlari har bir so‘zni ifodalab beruvchi to- vushlarning aniq idrok qila olishl ariga emas, balki tovushlar- ning intonatsiyalarini payqab ola bilishlariga asoslanadi. Masalan: kichik yoshdagi bolaga «chapakka xo-xo chapakka» deb, chapak chalishga o‘rgatiladi. Ana shu so‘z aytilishi bilan bola chapak chalaveradi. Bordiyu ana shu so‘zni boshqa so‘z bilan almashtirib qo‘ysak bola payqamaydi. Bolalar so‘zlarni ifoda- lovchi tovushlarni sekin-astalik bilan farqlaydilar. Bolalar bi- ladigan so‘zlarning miqdori turli bolalarda turlicha bo‘ladi. Bu o‘rinda shuni ham aytib o‘tish lozimki, oiladagi ikki tillik muhit, albatta bolaning tili chiqishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola har ikkala tilni ham barobar egallay boshlaydi va qay- si tilda gapirishni bilmaydi. Ana shuning uchun bola yoshlik chog‘ida o‘z ona tilini egallashi kerak. Ikkinchi til ona tili o‘zlashtirilgandan so‘ng egallay boshlansa, yaxshi bo‘ladi.
Olti-yetti oylik bolalarda taqlid qilish harakatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bola psixikasining taraqqiyotida taqlidning roli juda kattadir. Bola juda ko‘p harakatlarni va nutqni asosan taqlid qilish orqali egallaydi. Bolani besh-olti oyligidan boshlab nutqni tushunishga o‘rgata boshlash lozim. Buning uchun bolaga o‘yinchoq yoki biron narsani bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish kerak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalarning nomi aytilganda u ko‘zlari bilan shu narsani qidirib topadigan bo‘ladi. Bu narsa bolaning kattalar nutqiga tushuna boshlaga- nidan dalak beradi. Bola nutqni ozmi-ko‘pmi tushuna bosh- lagandan so‘ng unga faqat narsalarning nomini emas, balki ayrim sodda harakatlarning ham nomlarini o‘rgata boshlash
261
lozim. Harakatning nomini og‘zaki takrorlab, ayni vaqtda shu harakatning bajarilishini ham bir necha marta ko‘rsatilsa, bo- la harakatning nomini eshitish bilan uni bajarishga o‘rganadi. Masalan, «chapak-chapak» deb takrorlab turib chapak cha- linsa, bola shu so‘z aytilishi bilan chapak chaladigan yoki bolaga «assalomu alaykum» deb ta’zim qilib ko‘rsatilsa, bo- la shu so‘zni eshitishi bilan ta’zim qiladigan bo‘ladi. Bola ayrim so‘zlarga tushuna boshlagach, kattalar bilan ko‘proq alo- qada bo‘lishni xohlaydi. Ana shundan foydalanib, bola bilan imkoni boricha ko‘proq munosabatda bo‘lishga, uning nutqini o‘stirishga harakat qilish lozim. Buning eng oson yo‘li bola bilan shug‘ullanayotgan vaqtda unga eng sodda so‘z elementlarini to‘g‘ri ayta bilishni o‘rgatishdir. Chunonchi, kuchukning ras- mini ko‘rsatib, «mana, vov-vov», mushukning rasmini ko‘rsatib, «mana, miyov-miyov», xo‘roz yoki tovuqning rasmini ko‘rsatib, «mana, quq-qu» deyish kerak. Bunda bolalar «vov-vov», «mi- yov-miyov», «quq-qu» kabi so‘z elementlarini ravon talaffuz qilishga o‘rganadilar. Bundan tashqari 9—10 oylik bolalarga o‘z tana a’zolarining nomlarini ham o‘rgata boshlash kerak. Bola- ga — «mana burni», «mana og‘zi», «mana ko‘zi», «mana qoshi», «mana qo‘li» deb bir necha marta takrorlab ko‘rsatilgandan keyin bola o‘z a’zolarining nomini aytish bilan ularni birin-ke- tin ko‘rsatadigan bo‘ladi. Keyinchalik bolalarda ana shunday sodda so‘zlarni umumlashtirish ko‘nikmasini ham hosil qilish keiak. Bolaga «Oyingni ko‘zi qani?», «Qo‘g‘irchoqning burni qani?», «Akangni qo‘li qani?» kabi savollar berilsa, bola bu a’zolarni to‘g‘ri ko‘rsatishga o‘rganadi.
Go‘dak yarim yoshida ular bilan muloqotga kirishish jara- yoni ikki xil xususiyat kasb etadi. Avval muloqot bir tomon- lama, faqat ta’sir o‘tkazish bilan chegaralansa, endi teska- ri munosabat ham vujudga keladi. Bola kattalarning kiyimini tortqilaydi, ularga qichqiradi va boshqa harakatlar. Mazkur holat bolaning kattalar bilan muloqoti rivojlanishining yuqori bosqichga ko‘tarilishidan dalolat beradi. Bola hayotining ik- kinchi yarim yilligida kattalar nutqini idrok qilish va uni tu- shunishi rivojlanadi. Bolaning hamkorligidagi o‘yin faoliyati ham, his-tuyg‘uga berilishi ham nutq va faoliyati bilan cham-
262
barchas bog‘liq. Bola juda ko‘p harakatlarni taqlid qilish asosida egallaydi. Bolani 5-6 oylikdan nutqni tushunishga o‘rgatish lozim. Buning uchun bolaga o‘yinchoq yoki biror narsaning bir necha marta nomini aytib ko‘rsatish kelak. Keyinchalik bolaga ba’zi narsalarning nomi aytilganda, u ko‘zlari bilan shu narsani qidirib topadi.
Bola dastlabki paytlarda tilga tushuna boshlashi katta odamlarning talaffuz-intonatsiyalari va bolaga ko‘rsatib qiladigan ishora-harakatlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun hali yoshiga to‘lmagan bola- lar har bir so‘zni shu so‘z orqali ifodalangan aniq narsalar bilan bog‘lay olmaydilar. Boshqacha qilib ayt- ganda, yoshiga yetmagan bolalarda ayrim so‘zlarni tushu- nish hali ikkinchi signal darajasiga (ya’ni signalning signa- li darajasiga) ko‘tarilgan emas. Yoshiga yetmagan bolalar so‘zlarni shu so‘zlar orqali ifodalangan narsalar bilan assot- siativ tarzda bog‘lash orqali emas, balki intonatsiya va imo- ishora, harakatlar orqali tushunadilar.
Agar go‘dak 3-4 oyligidan «gu-gu»lashga intilsa 5-6 oyligida ayrim tovushlarni qiyqiriq orqali ifodalaydi. Nutqni idrok qilishni va tushunishning oxirgi bosqichi 9-10 oyligidan boshlanadi. Tadqiqotchi F.I. Fratkina kattalarning go‘dakka qaratilgan nutqidan quyidagicha ta’sirlanish holatlarini aniq- lagan:
Do'stlaringiz bilan baham: |