Ro`ziboyev Murodjon 12-21 guruh
Kinoteatr - kinofilmlarni ommaviy namoyish qilish uchun asbob-uskunalar bilan jihozlangan jamoat binosi yoki uning bir qismi. Kinoteatrning asosiy xonasi - bu katta ekranli va ovozni qayta ishlab chiqarish tizimiga ega tomosha zali. Zamonaviy kinoteatrlarda ovoz chiqarish tizimi ovoz kuchaytiruvchi bir nechta karnaylardan iborat.
Birinchi kinoteatr 1896-yil 26 iyunda AQSHning Yangi Orlean shahrida ochilgan va u 400 o'rinli bo’lgan. Dunyodagi birinchi kinoteatrning nomi “Vitascope Hall” bo'lib, uning asoschisi Uilyam Rok.
DUNYODAGI BIRINCHI KINOTEATR
Kinoteatrlar tomosha ko'rsatuvchi binolarning eng ommaviylashgan turidir. Keng ekranli tasmalar syomkada tasvirni qisqartirib, proyeksiyada eniga kengaytirib beradigan maxsus optika yordamida suratga olinadi va namoyish etiladi.
Boshqacha sistemaga asoslangan keng o'lchamli tasmalar esa eniga nisbatan ikki baravar (70 mm) katta bo'lib, kadrning nisbatlari 1:2,2 ni tashkil etadi. Bu sistema bo'yicha ishlab chiqiladigan filmlar ancha qimmatga tushadi va shu bilan birga ularni faqat 800 va undan ortiq kishi sig'adigan katta zallardagina namoyish etish mumkin.
Sig'imi 800 o'ringacha bo'lgan kinoteatrlarda ham oddiy, ham keng ekranli filmlarni namoyish qilish uchun ular keng ekran bilan jihozlangan bo'lishi kerak.
IMAX formatidagi filmlarni namoyish qilish uchun maxsus ishlab chiqilgan kinoteatrlarning alohida toifasi. U odatiy ekran o'lchamlaridan farq qilib, an'anaviydan bir necha baravar katta.
Tomosha zali shunday hisoblanganki, tomoshabinlar ekranga yaqin joylashadi, natijada u butun ko‘rish maydonini qamrab oladi. Bu mavjudlik ta'sirini oshiradi va sahnaga to'liq cho'mishni ta'minlaydi.
Me’yoriy (normativ) hujjatlarda kinoteatrlaming quyidagi asosiy tiplari qayd etiladi:
- bir zalli — 150, 200, 30, 500, 800 o'rinli;
- ikki zalli - 200*300, 300*500, 500*800 o'rinli;
- uch va to'rt zalli - 100*200*300(500), 100*200*200*300(500) o'rinli;
- bolalar uchun — 300 va 500 o'rinli 200*300, 300*500 o'rinli, klub xonalari bilan birga 150 va 200 o'rinli (qishloq joylari uchun);
- kafe (50 o'rinli) va klub xonalari bilan birlashgan 200*300 o'rinli, 100 o'rinli kafesi bilan 300*500 o'rinli;
- yozgi yopiq — 500 va 800 o'rinli;
- yozgi ochiq (kino maydoncha) — 500, 800, 1200 o'rinli;
- kombinatsiyali: 300 o'rinli 500 o'rinli kino maydonchasi bilan;
- 500 o'rinli 800 o'rinli kino maydonchasi bilan, normalarda universal holda ishlatiladigan (kino, konsert va anjumanlar o'tkaziladigan) va individual holda loyihalanadigan, katta sig'imga ega bo'lgan zalli kinoteatrlar ham ko'zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |