Oylar
|
0-1
|
1-2
|
2-3
|
3-4
|
4-5
|
5-6
|
6-7
|
7-8
|
8-9
|
9-10
|
10
11
|
11
12
|
Bo‘yi
(sm)
|
3
|
3
|
2,5
|
2,5
|
2
|
2
|
2
|
2
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
1,5
|
Og‘irligi
(gr)
|
600
|
800
|
800
|
750
|
700
|
650
|
600
|
550
|
550
|
450
|
400
|
400
|
Bolalarda paydo bo‘ladigan skolioz, umurtqa suyagining qiy- shayib qolishi kasalligi ko‘pchilik hollarda bolalar gavdasining normal o‘sishiga ota-onalar va tarbiyachilarning befarq munosabatda bo‘lishlari tufayli yuzaga keladi. Skolioz (bukri) kasalligi juda og‘ir majruhlikka olib keladi. Skolioz asosan ikki yo‘l bilan paydo bo‘ladi. Ulardan birinchisi tug‘ma skolioz bo‘lsa, ikkin- chisi individual hayot davomida orttirilgan skoliozdir. Biz asosan ana shu individual hayot davomida bo‘ladigan skoliozning oldi- ni olishimiz, ya’ni uning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kelak. Skolioz kasalligi dastavval mutlaqo bilinmaydi va juda sekinlik bilan rivojlanadi. Vaqt o‘tishi bilan u ko‘zga tashlana boshlaydi. Skolioz kasalligi juda qiyin davolanadi. Uni davo- lashda ortoped-shifokorlar juda ko‘p qiyinchiliklarga duch ke-
252
ladilar. Qiz bolalarning muskul va skeletlari o‘g‘il bolalarga nisbatan zaifroq bo‘lganligi tufayli ular skolioz kasalligiga moyilroq bo‘ladilar. Skolioz kasalligi bola o‘sib borgan sari uning psixi- kasiga ham salbiy ta’sirini ko‘rsata boshlaydi.
28-rasm. Skolioz kasaliga uchragan bolaning qiyshayib qolgan umurtqa
suyagi.
Skolioz kasalligiga uchramaslik uchun bola yotadigan to‘shak tekis, boshiga qo‘yiladigan yostiq ham ortiqcha baland bo‘lmasligi kerak. Bola yurishga o‘rganayotganida goh o‘ng, goh chap qo‘lidan ushlab unga yordam berish lozim. Ana shu kabilarga rioya qilgandagina bolani skolioz kasalligidan saqlab qolish mumkin.
Yangi tug‘ilgan bolaning bosh suyagi hali yaxshi qotmagan bo‘lib, uning oldingi qismida peshana liqildog‘i va orqa qis- mida esa ensa liqildog‘i bo‘ladi. Bola bir yoshga to‘lguncha uning kalla suyagi qotib, bu bo‘shliqlar (liqildoqlar) tutashib
253
ketadi. Liqildoqlarning biri 2-3 oy mobaynida, ikkinchisi bola 12-14 oylik bo‘lgandagina tutashib, bitib ketadi. Chaqaloq bolalar kalla suyagining hali yaxshi qotmaganligi va ayrim joy- larining tutashmaganligini nazarda tutib, ularni doimo ehtiyot qilish lozim. Bola yoshiga to‘lib, yurib ketgach u jismoniy jihatdan ancha mustahkamlanib boradi.
Chaqaloqlik va go‘daklik davrida bola nerv sistemasining
rivojlanishi
Bola psixik taraqqiyotining anatomik va fiziologik asosi- ni tashkil etuvchi nerv sistemasining rivojlanishi bolaning bir yoshgacha bo‘lgan davrida juda jadal sur’at bilan boradi. Bola anchagina takomillashgan nerv sistemasi bilan tug‘iladi. Biroq chaqaloq bolalarning nerv sistemasi o‘zining tuzilishi va vazi- fasi (funksiyasi) jihatidan katta odamlar nerv sistemasidan kes- kin farq qiladi.
Go‘dak bolalar nerv sistemasining hamma qismlari barobar rivojlanmaydi. Ularda eng oldin nerv sistemasining quyi qism- lari, ya’ni orqa miya, uzunchoq miya takomillashadi. Chunki nerv sistemasining bu qismlari tug‘ma yo‘l bilan o‘tadigan shartsiz reflekslarning markazlari hisoblanadi. Eng keyin nerv sistemasining yuksak qismlari, ya’ni oliy nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan katta miya yarimsharlari va uning po‘stloq qismi takomillashadi.
Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarning katta miya yalim- sharlari o‘zining tuzilishi va tashqi ko‘rinishi jihatidan kat- ta odamlar miyasidan deyarli farq qilmasada, vazni jihatidan keskin farq qiladi. Masalan, yuqorida ko‘rsatib o‘tganimizdek, katta odamlar miyasining o‘rtacha vazni 1400 g bo‘lsa, yangi tug‘ilgan chaqaloq miyasining vazni 350-400 g bo‘ladi. Bundan tashqari, chaqaloq bolalar bosh miya yarimsharlari po‘stining burmalari katta odamlarnikiga qaraganda juda kam bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalar bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarining soni katta odam- larnikidan kam bo‘lmaydi, ya’ni 14-15 mlrd bo‘ladi. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralari (neyron- lar) odamga tug‘ilishdanoq ma’lum miqdorda berilgan bo‘ladi.
254
Keyinchalik odamning individual hayoti davomida bunday nerv hujayralari birorta ham qo‘shilmaydi. Farq faqat shunda- ki, chaqaloq bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralari hali tuzilishi jihatidan juda sodda, hajm jihati- dan kichik, o‘simtalari (dendrit va neyrit) yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Bolalar nerv sistemasining rivojlanishi davomida har bir hujayradan ko‘proq miqdorda dendritlar o‘sib chiqadi. Shu tariqa bolalar bosh miyasi katta yarimsharlari po‘stining sathi orta boradi.
29-rasm. Bolalar va kattalarda bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘idagi nerv hujayralarining tuzilishi.
Bosh miya katta yarimsharlari po‘stidagi nerv hujayralarini birlashtiruvchi nerv tolalarining usti miyelin deb nom olgan maxsus parda bilan qoplana boradi. Bu jarayon bosh miyaning normal faoliyati uchun tayyor ekanini ko‘rsatuvchi belgidir. Nerv tolalarining miyelin qobig‘i bilan sekin-asta qoplanib borishi tabiiy jarayon bo‘lib, bu jarayonni tezlashtirsa bo‘ladi. Chaqaloq bolalarni har gal yo‘rgaklash oldidan biroz harakat- ga solish, ya’ni qo‘l-oyoqlarini harakat qildirish miyelinizatsiya jarayonini tezlashtiradi. Mielinizatsiya jarayonining tezlashuvi bosh miya po‘stining jadal rivojlanishiga yordam beradi.
Bola yoshiga to‘lguncha jismoniy jihatdan tez o‘sar ekan, uning nerv sistemasi ham rivojlanadi. Chunonchi, yangi
255
tug‘ilgan bola miyasining umumiy vazni 1 yoshga to‘lguncha 600 grammga ortadi.
Chaqaloq bolalarning hamma analizatorlari (sezgi a’zolari) tug‘ilishidanoq me’yorida rivojlangan bo‘lib faoliyatga tayyor bo‘ladi. Bola teri analizatorlari orqali haroratni (issiq va sovuq- ni), biron narsa tekkanini va og‘riqni sezadi. Chaqaloq bolaning badani haroratga nisbatan juda sezgir bo‘ladi. Shuning uchun tez sovqotadi. Bola tarbiyalanadigan xonaning harorati 20°C dan kam bo‘lmasligi kerak. Agar bolaning yuzi yoki labi- ga qo‘lingizni tekkizsangiz, u darhol emish harakatlarini qi- la boshlaydi. Bolaning kiyimi yoki yo‘rgaklari buklanib qolib bo‘yniga yoki boshqa bir yeriga botsa, u bezovtalanib yig‘lay boshlaydi. Ana shulardan ko‘rinib turibdiki, chaqaloq bolaning teri analizatorlari dastlabki kunlardanoq yaxshi ishlaydi.
Bolada tug‘ilgan kunidan boshlab, hid va ta’m bilish analizatorlari ham normal ishlay boshlaydi. Chaqaloq bolaning og‘ziga biron taxir yoki achchiq narsa solinsa, u aftini burishti- rib, bezovtalanib, so‘laklari bilan uni chiqarib tashlaydi. Bola qo‘lansa hiddan ham bezovtalanadi. Demak, chaqaloq bolalarda hid va ta’m bilish analizatorlari ham normal holatda bo‘ladi. Ko‘rish va eshitish analizatorlari murakkab analizatorlar hisob- lanadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloq bolalarda bunday murakkab analizatorlar ham faoliyatga tayyor bo‘ladi. Chaqaloq bolalarda ko‘rish refleksini bemalol kuzatish mumkin. Agar biroz qorong‘iroq uyda bola ko‘zlarini ochib yotgan paytida to‘satdan chiroq yoqib yuborilsa, u darhol yorug‘likdan ko‘zlarini yumib oladi. Lekin chaqaloq bolalarning ko‘rish analizatorlari (ko‘zlari) hali yaxshi takomillashmagan va ishlashga muvofiqlashmagan bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bola dastlab faqat ko‘zining to‘g‘risidagi narsalarni ko‘ra oladi. Buning sababi shundaki, chaqaloq bola- larda ko‘z to‘r pardasidagi markaziy qismlargina sezish qobili- yatiga ega bo‘ladi. Ko‘rish retseptorlari joylashgan ko‘z to‘r pardasining chekka qismlari keyinroq ishga tushadi. Shuning uchun chaqaloq bolalar yon tomonlaridagi narsalarni yaxshi ko‘ra olmaydilar. Bundan tashqari, ularda ko‘zni qimirlatadigan muskullar ham yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Ana shu sabab- li chaqaloq har ikkala ko‘zini ayni bir vaqtda barobar qimirlata
256
olmaydi. Natijada bir ko‘zi g‘ilayroqqa o‘xshab turadi. Bola bir oyga to‘lgandan keyin har ikkala ko‘zi moslashgan holda harakat qiladigan bo‘ladi. Ana shu davrdan boshlab bola biron narsaga tikilib qaray olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Yangi tug‘ilgan bola dastlabki bir hafta davomida yaxshi eshitmaydi. U faqat qattiq tovushlarnigina eshitishi mumkin. Bunga sabab shuki, bola ona qornidaligida uning o‘rta qu- loqlari suyuqlik bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. Keyinchalik bu suyuqlik shimilib, singib ketgandan so‘ng o‘rta quloqning havo to‘lqinlari kiradigan yo‘li ochilib, bola eshitadigan bo‘ladi.
Ko‘rish va eshitish kabi murakkab analizatorlarning chaqaloq bolalarda hali yaxshi takomillashmaganligining sabablaridan yana biri yangi tug‘ilgan bolalarda bosh miyaning po‘sti yetarli darajada rivojlanmaganligidir. Barcha analizatorlarning marka- ziy qismlari esa bosh miya po‘stida joylashgan bo‘ladi. Bola tug‘ilgandan keyin birinchi oylarda uning bosh miyasi va, ayniq- sa, bosh miya po‘sti tez rivojlanadi. Miya po‘stida analizatorlar markaziy qismlarining rivojlanishi natijasida dastlabki shartli reflekslarning vujudga kelishi uchun sharoit tug‘iladi. Ana shu tariqa bola bir oylik bo‘lgandan so‘ng uning teri, harakat, hid va ta’m bilish, ko‘rish va eshitish analizatorlarida shartli refleks- lar paydo bo‘la boshlaydi. Bir oylik bolani qo‘lga olishingiz bilan yig‘isi to‘xtab, tinchib qoladi. Bu bolaning qo‘lga o‘rganib qolganini ko‘rsatadi. Bolaning qo‘lga o‘rganishi unda teri, hid, harakat (kinestezik) va ko‘rish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab shartli reflekslar vujudga kelganligini ko‘rsatadi. Shu- ni unutmaslik kerakki, noto‘g‘ri tarbiyalangan bolada bu refleks nihoyat darajada mustahkam o‘rnashib qolib, natijada bola o‘z o‘rnida yotmaydigan va faqat qo‘lda uxlashni talab qiladigan bo‘ladi. Bu esa bolaning normal o‘sishiga zarar yetkazadi.
Bola ulg‘aygan sari ko‘rish va eshitish analizatorlari bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘pgina shartli reflekslar yuzaga kela boshlaydi. Keyinchalik bu analizatorlar bolaning tevarak-atrofdagi muhitni bilib olishida tobora katta rol o‘ynaydi. Bola ikki oylik bo‘lganida, uning deyarli hamma analizatorlarida shartli reflekslar paydo bo‘ladi. Bu shartli reflekslar tobora ko‘payib va murakkablashib, bola psixikasining o‘sishida fiziologik negiz bo‘lib qoladi.
257
Do'stlaringiz bilan baham: |