Melanxolik mijozli bolalar
Bu tipdagi bolaning ichki dunyosini sirli olam deyish mumkin. Ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msab, o‘zini chetga tortadi, tinch o‘yinlarni izlaydi. Kayfiyatiga moslashish juda qiyin. Qachon qarasangiz g‘amgin bo‘lib yuradi, uni kuldi- rish amri mahol. O‘z yoshiga nisbatan aqlli ko‘rinadi, uning mantiqan fikr yuritishlari kishini hayratda qoldiradi. Lekin unda «kichkintoy» odatlarini ham ko‘rish mumkin, bar- moqlarini og‘ziga solishi, tirnoqlarini tishlashi va boshqalar g‘ashingizga tegadi-ki, uni ko‘p koyiysiz. Rasm solish, kitob o‘qish jonu dili, bema’ni hikoyalar, qo‘rqinchli voqealar, turli ertaklarni yoqtiradi. Ma’qul ko‘rgan odamlari bilan emin-er- kin gaplashadi, aksincha uning diliga kalit topish juda qiyin, u «indamaslar» qatoridan o‘rin olgan. Kam harakat ekani, uyquga kech yotishi, kun bo‘yi yolg‘iz bo‘lib aqliy faoliyat bilan shug‘ullanishi sababli boshi og‘rishi mumkin. Uyqusida bezovta bo‘lishi, ishtahasi bo‘g‘ilishi mumkin. Ohista yuradi,
206
qaddi bukchayadi, tez-tez charchoqni sezadi va yanada odam- ovi bo‘lib, o‘zini chetga tortadi. Tabiatan nozik bo‘lib, kasal- mand odamga o‘xshaydi. U katta-yu kichikka, tengdoshlari- ga doimo yordamga tayyor.
Temperament ustida ishlash odamga o‘z temperamentining quliga aylanib qolmaslik, balki uni idora qila bilish imkoniyat- larini beradigan iroda va mustahkam xarakterni tarbiyalash bilan uzviy ravishda bog‘lanib ketadi.
Nazorat savollari:
Temperament nima?
Temperament tiplarining tavsifini qanday muhim sifatlar yordamida aniqlash mumkun?
Temperamentning 4 tipiga tavsiya bering.
I.P. Pavlov oliy nerv faoliyatining qanday asosiy xususiyatlarini belgilab chiqqan?
Bolaning temperament tipini qanday aniqlash mumkin?
Bolalar temperamentiga tavsifnoma bering.
207
G.Y. Ayzenkning temperament tipini aniqlash test-so‘rovnomasi
Berilgan savollarga «ha» yoki «yo‘q» javoblaridan birini tanlang:
Kuchli hayajonni sinash uchun sizda yangilikka intilish seziladimi?
Sizni tushunadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan do‘st ke- rakligini his qilasizmi?
Siz o‘zingizni tashvishi yo‘q odam deb hisoblaysizmi?
O‘ylagan rejalaringizdan qiyinchiliksiz voz kecha olasizmi?
Bir ish qilishdan oldin, o‘ylab ish tutasizmi?
Hatto sizga foydasi bo‘lmasa ham, va’dangizda turasizmi?
Ruhiyatingiz tez tushib, tez ko‘tariladimi?
Ko‘p o‘ylamay, tez ish yurita olasizmi?
Ba’zida jiddiy sabab bo‘lmasa ham, o‘zingizni baxtsiz, deb hisoblaysizmi?
Birov bilan bahslashsangiz, o‘zingizni ko‘p narsaga qodir ekanligingizga ishonasizmi?
Sizga yoqqan qarama-qarshi jinsli kishi bilan tanishsan- giz, uyalasizmi?
Jahlingiz chiqqanda o‘zingizni yo‘qotasizmi?
Ko‘pincha o‘ylamasdan sharoitga qarab ish tutasizmi?
Gapirmasam bo‘lar edi, shu ishni qilmasam bo‘lar edi, degan xayol sizni tez-tez bezovta qiladimi?
Sizga kitob o‘qishga nisbatan odamlar bilan uchrashuv afzalmi?
Hamma narsani o‘zingizga olaverasizmi?
Do‘stlar davrasida bo‘lishni yoqtirasizmi?
Birovlar bilishini istamagan sirlaringiz bormi?
Ba’zan g‘ayratingiz jo‘shib qadamingizdan o‘t chaqnay- di, ba’zan esa hamma ishdan xafsalangiz pir bo‘lib, loqayd bo‘lishingiz haqiqatmi?
Do‘stlaringiz davrasini eng yaqin do‘stlaringiz bilan chegaralanishini istaysizmi?
Siz ko‘p narsani orzu qilasizmi?
Sizga baqirib gapirishsa, Siz ham shunday javob qayta- ra olasizmi?
208
Ba’zan o‘zingizni biron narsada aybdorman deb his qilasizmi?
Siz o‘z odatlaringizni yaxshi ekanligiga ishonasizmi?
O‘z hislaringizga erk berib, do‘stlar davrasida o‘zingizni betashvish his qilasizmi?
Asabingiz tarang bo‘lgan paytlar ko‘p bo‘ladimi?
Sizni xushchaqchaq va ziyrak odam deb hisoblasha- dimi?
Biror ishni bajarib bo‘lgandan keyin, shu ishni bundan ham yaxshiroq bajarishingiz mumkinligi haqida o‘ylaysizmi?
Katta davralarda o‘zingizni xotirjam his qilasizmi?
Siz g‘iybat qilasizmi?
Har xil fikrlar boshingizda o‘ralashganidan uxlay ol- magan paytlaringiz bo‘ladimi?
Siz biror narsani bilishni istasangiz, do‘stlaringizdan so‘rab-surishtirishga nisbatan tezroq kitobdan qidirib topish- ni ma’qul ko‘rasizmi?
Yuragingiz tez-tez urib turadigan paytlar bo‘ladimi?
Diqqat talab qilinadigan ish sizga yoqadimi?
Sizda qaltiroq bosish holatlari bo‘ladimi?
Siz doim haq gapirasizmi?
Bir-birini kamsitadigan davrada o‘zingizni xotirjam his qilasizmi?
Siz serjahlmisiz?
Tez harakat qiladigan ishlar sizga yoqadimi?
Hammasi yaxshilik bilan tugagan, lekin yomon oqibat- larga olib kelishi mumkin bo‘lgan voqealar sizning xayolingiz- ni bezovta qiladimi?
Harakatingiz sekin, chaqqon emasligingiz to‘g‘rimi?
Biror marta ishga yoki uchrashuvga kechikkanmisiz?
Bema’ni tushlar ko‘rasizmi?
Siz shunday gapirishni yoqtirasizki, hatto notanish odam bilan ham gaplashish mumkin bo‘lgan paytni hech qa- chon boy bermaslikka harakat qilasizmi?
Sizni biror og‘riq bezovta qiladimi?
Do‘stlaringiz bilan uzoq uchrashmasangiz xafa bo‘lasizmi?
O‘zingizni asabi yomon kishi deb, hisoblaysizmi?
209
Do'stlaringiz bilan baham: |