Isming nima?
Sen o‘g‘il bolamisan yoki qiz bolamisan?
Sen bog‘chaga borasanmi?
Bog‘chaga borish senga yoqadimi? Bog‘chaga (bog‘chaga bormasa) borging keladimi?
Bog‘chadan uzoqda turasizlarmi? O‘rtoqlaring (bog‘chaga bormasa) bog‘chaga boradimi?
Muzqaymoqni yaxshi ko‘rasanmi?
Muzqaymoq qanday rangda bo‘ladi?
Qora rangli muzqaymoq eganmisan?
Sen qo‘lda yura olasanmi?
Sen uchishni bilasanmi?
Adajoning qo‘g‘irchoq o‘ynaydilarmi?
Kechasi quyosh chiqadimi?
Bo‘ri quyondan qo‘rqadimi?
Shifokorga borishdan qo‘rqasanmi?
Shifokor kiyimi qanday rangda?
Shifokorlar bolalarning sochini oladimi?
Sening isming... mi? (Boshqa ism aytiladi)
Sigir uchishni biladimi?
Sen hozir uxlayapsanmi?
Sen maktabga borasanmi?
Hozir boshingda qalpog‘ing bormi?
Qishda o‘t bo‘ladimi?
444
Bolaning xususiyatlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Predmetlar, voqea-hodisalarga nisbatan katta qiziqish bildiradi. «Nimaga?» ,«Nima uchun?» , «Nima sababdan?» va boshqa shu kabi savollarni ko‘p beradi.
Odatda kichik yoshdagi bolalar uchun umuman qiziqarli bo‘lmagan «aqlli savollarni» ko‘p beradi.
O‘z nutqida ko‘pgina so‘zlarni aniq va to‘g‘ri talaf- fuz qiladi.
Biron-bir voqeani mahorat va maroq bilan so‘zlab berish qobiliyatiga ega.
Kattalar va kichik yoshdagilar davrasida «intellektual» suhbatlar olib bora oladi.
Jiddiy fikr yuritishga layoqatli. Murakkab va global muammolar bilan qiziqadi (masalan, dunyoning yaralishi va boshq).
Topishmoqlarning yechimini tez topa oladi va o‘zi topishmoqlar o‘ylab topadi. 8.Yoshiga mos bo‘lmagan
|
|
|
|
|
|
445
qiyin, chigal masalalarni tushunadi, ularga to‘g‘ri yondosha oladi, abstrakt tafakkurga ega.
Sanashni biladi, oddiy arifmetik amallarni oson yecha oladi.
1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar farqini yaxshi tushunadi.
Turli sxemalar, uskunalarning qo‘llanishi haqida tengdoshlaridan ko‘ra ko‘proq ma'lumotga ega.
Soat, kalendar, termometr va shu kabi o‘lchov as- boblariga qiziqish bildiradi, ularning vazifalarini tu- shunishga harakat qiladi.
Yangi bilim va ko‘nikmalarni egallashga xohishi juda katta.
Tengdoshlaridan farqli ravishda uzoq vaqt davomida diqqatini jamlash, saqlay olish qobiliyatiga ega.
|
|
|
|
|
|
Natijalar tahlili:
57 baldan 70 balgacha aqliy rivojlanganlikning juda yuqori darajasi;
43 baldan 56 balgacha aqliy rivojlanganlikning yuqori dara- jasi;
29 baldan 42 balgacha aqliy rivojlanganlikning o‘rta darajasi;
15 baldan 28 balgacha aqliy rivojlanganlikning past darajasi;
dan 14 balgacha aqliy rivojlanganlikning juda past darajasi.
Ijodiy (kreativ) qobiliyatni aniqlash bo‘yicha test-savolnoma
Farzandingizni quyida keltirilgan 7 ta savol bo‘yicha baho- lang. Har bir savolga 5 ta shkala bo‘yicha, ya'ni 1 — hech qachon, 2 — kamdan kam, 3 — ba'zida, 4 — tez-tez, 5 — har doim tarzida javob bering.
Demak, mening farzandim qodir:
Ko‘p miqdorda turli g‘oyalarni taklif etishi va ilgari su- rishi.
Turli xil, tip, toifadagi g‘oyalarni taklif etishi.
Biror masala bo‘yicha taxminiy fikr va uning yechimi bo‘yicha qo‘shimcha g‘oya, takliflarni bera oladimi?
Tasavvur doirasi keng, yumor hissi rivojlangan
446
Muammoning original, kutilmagan yechimini taklif etadi.
Biror-bir masalani hal etishda miyasiga kelgan birinchi fikrni aytmasdan, turli g‘oyalarni taklif etadi va ularning ichi- dan eng yaxshisini tanlaydi.
O‘z fikrida qat'iy tura oladi.
Natijalarni hisoblash:
35—28 ball — ijodiy qobiliyati yuqori darajada.
27—17 — ijodiy qobiliyati o‘rta darajada.
16—0 — ijodiy qobiliyati past darajada.
Maktabgacha yoshdagi bolalarda faoliyatning biror sohasidagi iqtidorni aniqlash bo‘yicha test-savolnoma
Quyidagi savollarga «ha» yoki «yo‘q» deb javob bering. Har bir «ha» javobiga 1 balldan beriladi.
Farzandingizning qangaydir buyumni qo‘llashga o‘zga- cha yondashgan vaqtlari ham bo‘lganmi?
U o‘zining qiziqishlarini o‘zgartirib turadimi?
Mavhum rasmlar chizishni yaxshi ko‘radimi?
Hayoliy narsalarning, mavjud bo‘lmagan buyumlarning rasmini chizganmi?
Fantastik filmlarni sevib tomosha qiladimi?
Mustaqil ravishda she’r yoki hikoyalar to‘qiganmi?
Qog‘ozdan qiziqarli shakllar qirqishni yaxshi ko‘radimi?
Do'stlaringiz bilan baham: |