Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi


Bu tarbiyachiga «Tarbiyachiga qo‘yilgan talablar» bo‘yicha izohlar bering



Download 2,28 Mb.
bet222/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Bu tarbiyachiga «Tarbiyachiga qo‘yilgan talablar» bo‘yicha izohlar bering.

  1. a) Surayyo 3—4 yoshli nogiron (tayanch-harakat appara- ti buzilgan) bolalar guruhida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Guruh­dagi bolalarni navbati bilan ko‘tarib, ovutib yurishiga, pampers- larini ham almashtirishiga to‘g‘ri keladi. Har kuni bolalar bilan shug‘ullanish uchun logoped keladi. Oyligi ham yuqori.

  1. Umida oddiy 3—4 yoshli bolalar guruhida tarbiyachi bo‘lib ishlaydi. Guruhda 36 ta bola. Har kungi reja asosida o‘z vazifasini bajaradi. Oyligi Surayyoga nisbatan pastroq.

Savol: Qaysi tarbiyachining ishi og‘irroq, nima uchun? Siz qaysi guruhda ishlashni xohlar edingiz, nima uchun?

  1. 5 yoshli Shuhrat bog‘chaga bormaydi. Oilada guvernyor- tarbiyachi nazoratida shug‘ullanadi. Soat 16.00 dan so‘ng kompyuter oldidan turmaydi. Kompyuter o‘chirilsa, DVD- da multfilm ko‘rishga shoshadi. Ishdan charchab kelgan ota- onaning ham gapiga quloq solmaydi. Kompyuter yoki DVD majburan o‘chirilsa yig‘i-sig‘i, dod-faryod, uyqusi ham notinch o‘tadi. Bunday hollarda ota-ona qanday yo‘l tutishga hayron.

Savol: Agar Siz bu oilada guvernyor-tarbiyachi bo‘lsangiz bola­ning 16.00 dan keyingi holati uchun ota-onasiga nima tavsiya qi- lar edingiz? Bolaning oiladagi (yolg‘iz o‘zi) ta’lim-tarbiyasi bi­lan bolalar bog‘chasidagi ta’lim-tarbiyaviy jarayon o‘rtasidagi farq nimada?


438





  1. Ko‘pchilik bolalar bog‘chadan uylariga borib kompyuter oldidan turishmaydi. Ko‘chalarda ochilgan kompyuter xona- lari ham bolalar bilan to‘lgan. Qizig‘i shundaki ular asosan kompyuter o‘yinlarini o‘ynashadi.

Savol: Bolalarning kompyuter bilan muloqotining ijobiy va salbiy tomonlarini sanab bering. Bola necha yoshdan boshlab kompyuter bilan shug‘ullanishi mumkin, necha yoshda necha soatdan, qanday mavzularda?

  1. «Mening katta farzandlarim qo‘rqinchli kinoli disklarni olib kelib tomosha qilishadi. Goho televizorda ham bunday kinolar qo‘yiladi. 4 yoshli o‘g‘lim ham ko‘raman deb xarxasha qiladi. Bir-ikki ruxsat berdim qo‘rqmayapti, o‘rganib qoldi» — deydi ona.

Savol: Necha yoshdan boshlab bolalarga qo‘rqinchli «Ujas», «Vampir»lar haqidagi kinolarni ko‘rishga ruxsat berish mum- kin? Kunning qaysi vaqtlarida? Bu mazmundagi kinolarni ko‘rish natij asida bolada qanday xarakter xislatlari paydo bo‘lishi mumkin?

  1. Bir ona shunday deydi: «O‘g‘lim endi 4 yoshga kir- gan, lekin u bola emas bir balo. Haddan tashqari sho‘x va to‘polonchi. U qo‘pol so‘zli emas, yumshoq muomalali bola, ba’zi vaqtda juda qobil bo‘ladi, ba’zan esa to‘nini teskari ki- yib oladi. Hech qanday pand-nasihat foyda bermaydi: kechirim so‘rab, endi qilmayman deydi-yu, darrov yana avvalgi qilig‘ini qilaveradi. Unga tanbeh bersang, kulimsirab turadida: «Oyi- jon achchiqlanmang» — deydi. Uning bu gapiga beixtiyor kul- ging ham keladi. Yana bir odati o‘yinchoqlarni saqlay olmaydi. Ularni bog‘chasiga olib boradi-da yo‘qotib keladi yoki bolalar­ga ulashib beradi. Men uni qizg‘anchiq bo‘lmasin deyman, le­kin o‘yinchoqlarni ehtiyot qilib tutish kerak-ku axir!»

Savol: Bolaning xulq-atvorini qanday izohlaysiz? Onaga qanday maslahat berar edingiz?

  1. Bir ota: »O‘g‘lim televizor ko‘raman deb janjal qila- di, shunda bolani qiynamaslik uchun kechki teletomoshalarni ko‘rishiga ruxsat beraman; pultli yangi mashina olib berishim- ni xohlab qoladi, uni xafa qilmaslik uchun talabini bajarishim kerakmi? Keyin yana nimanidir oldirish uchun janjal..


439



Savol: Bolaning injiqliklariga sabab nima? Uning injiq- liklariga ko‘naverish to‘g‘ri bo‘ladimi?

  1. 5 yoshli Anvar uyga bir o‘yinchoq olib keldi. Ona- si o‘yinchoqni qayerdan olganini so‘raganda: «O‘rtog‘im o‘ynab turishga berdi», — deb javob qaytardi. Bir necha kundan keyin ona tasodifan o‘g‘li o‘yinchoqni ruxsatsiz ol- ganini bilib qoldi.

Savol: Ona Anvar bilan qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Ba’zi bolalar bolalar bog‘chasidan o‘yinchoqlarni berkitib uyla- riga olib ketadilar, lekin ular «Men o‘g‘rilamadim, o‘ynab tu- rish uchun oldim!» — deb izohlaydilar. Bunday hollarda tarbi­yachi va ota-onalar qanday yo‘l tutishi kerak?

  1. Bolalar bog‘chasida Madina o‘zini odobli tutadi. O‘yin- choqlarni o‘rtoqlaridan qizg‘anmaydi, kattalarga joy beradi, boshqa bolalarga yordamlashadi. Uyida esa o‘zini butunlay boshqacha tutadi. Ovqat vaqtida unga hammadan oldin choy berilmasa, u: «Menga nima uchun choy quyib bermadingiz?»

  • deb baqiradi. Onasi shoshib-pishib unga choy quyib beradi va stolga vazada konfet qo‘yadi. Madina yaxshi ko‘rgan kon- fetlarini tezgina vazadan olib, o‘z oldiga qo‘yadi. Onasi vazani yana konfet bilan to‘ldirib qo‘ymoqchi bo‘lsa, Madina: «Kon- fetning qolganini vazaga solmang. Menga olib qo‘ying. Uni ertaga men yeyman!» — deydi.

Savol: Madinaning bolalar bog‘chasi va uyda o‘zini qan- day tulishiga baho bering. Nima uchun Madina uyda o‘zini shunday tutadi? Onasi Madinaga bo‘lgan munosabatini qanday o‘zgartirishi kerak?

  1. «Odiljon, avval ovqatingni yeb ol, keyin shokolad be- raman» — deydi ona bir marta. Odiljon yig‘lab, yo‘q deb be- rishni talab qiladi. «Mumkin emas!» — deydi ona. Odiljon yana yig‘laydi, yana shokolad talab qiladi, bu hol uchinchi, to‘rtinchi marta takrorlanadi. Beshinchi martada ona taslim bo‘ladi: «Mana shokolad, yeya qol, faqat ovozingni o‘chir, hadeb jo- nimga tegaverma!» — deydi. Endi Odiljon «Mumkin emas!» degan so‘zning kuchi yo‘qligini, ust-ustiga talab qilaversa, har bir xohlagan narsasi muhayyo qilinishini biladi.

Savol: Onaning xatosini tahlil qiling.


440



  1. 5 yoshli Ma’sud otasining soati qanday tuzilganini bi- lishga qiziqib qoldi. U soatni astagina olib, qulog‘ini bura- di. Keyin soatning ichini ochib, undagi g‘ildirakchalarni ush- lab ko‘rdi; g‘ildirakchalar ko‘p edi. soat to‘xtab qoldi. Ma’sud yig‘lay boshladi. Onasi soatni yurgiza olmadi.
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish