Kichik va o‘rta bog‘cha yoshida bola shaxsining shaklla- nishida ijtimoiy muhitning o‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
Kichik va o‘rta yosh davrida boshqa bolalar bilan o‘zaro munosabat qoidalari nimalardan iborat?
Bolalarning tengoshlari bilan munosabatlari qanday ke- chadi?
Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutqning qanday o‘rni bor?
Bola shaxsining shakllanishiga o‘yin faoliyatining ta’siri nimada?
Bolaning axloq motivlari butun bolalik davri davomida qanday o‘zgaradi?
387
9.3. Katta bog‘cha yoshida (5—7 yosh) shaxsning shakllanishi.
Maktabgacha yoshda o‘z-o‘zini anglash
Maktabgacha yoshda axloq motivlarining rivojlanish yo‘llaridan biri bu ongning yuksalishidir. 5-7 yoshga kelib bola o‘zidagi faoliyatga undovchi kuch va o‘z harakatlari- ning oqibati haqida borgan sari aniqroq hisob bera boshlaydi. Bu bolada o‘zini anglash xislati rivojlanayotganini bildira- di, ya’ni u o‘zi kim ekanligi, qanday fazilatlarga ega ekanligi, atrofdagilar unga qanday munosabatda ekanligi va bu muno- sabat nima bilan izohlanishini tushunadi. Bu xislat o‘z yu- tuq va omadsizliklarini, o‘z fazilatlari va imkoniyatlarini bola qanday baholashida, yanada kuchli namoyon bo‘ladi.
O‘zligini anglash zamirida katta bog‘cha yoshining oxirlari- da sodir bo‘ladigan, boshqa odamlardan o‘zini ajratish yotadi. Katta bog‘cha yoshiga kelib, bola o‘z fazilatlari haqida hech ni- ma bilmasada, o‘zining mavjudligini his qiladi. Katta bog‘cha yoshidagi bolada hali o‘zi haqida asosli va to‘g‘ri fikr mavjud emas. Bola kattalar tomonidan ma’qullanadigan ijobiy xislat- larni ko‘r-ko‘rona o‘zlashtiradi. O‘zini tartibli deb hisoblay- digan boladan, «Tartiblilik nima?» - deb so‘ralganda: «Men qo‘rqmayman» deb javob beradi. Boshqa o‘zini tartibliligi haqida gapirgan bolalar ham bu savolga: «Bilmayman», - deb javob beradilar. O‘zini to‘g‘ri baholashga o‘rganish uchun, bola avval boshqalarni, atrofdagi odamlarni baholashni o‘rganishi kerak. Bu esa darhol amalga oshmaydi. Bu davrda bola tengdoshlari- ni baholayotib, kattalarni ular haqida aytgan fikrini takrorlay- di. O‘zini baholashda ham bu holat takrorlanadi: «Men yaxshi bolaman, oyim shunday deydilar».
Bolani boshqalarning harakatlari va fazilatlarini mustaqil ba- holashi, uning ularga bo‘lgan munosabatiga bog‘liq bo‘ladi. Bu asosan hikoya personajlari harakatlarini baholashda ko‘proq bi- linadi. Ijobiy qahramonning har qanday harakati ijobiy bahola- nadi, «salbiy» qahramon esa salbiy baholanadi. Lekin sekin-asta personajlar harakati va fazilatlari bahosi ularga bo‘lgan umumiy munosabatdan ajraladi, va vaziyatni bu harakat va fazilatlarga ega bo‘lgan ma’noni anglash asosida quriladi. «Uycha» ertagini
388
eshitgach, bola savollarga quyidagicha javob beradi: «Ayiq yaxshi ish qildimi?», «Yo‘q, yomon». «Nima uchun yomon?», «Chunki u uychani ezib tashladi». «Senga ayiq o‘zi yoqadi- mi?», «Yoqadi». «Men ayiqchalarni yaxshi ko‘raman».
O‘zlashtirilgan axloq qoidalari bolaning boshqalarni baho- lashida foydalanadigan me’yorlarga aylanib qoladi. Lekin bu me’yorlarni o‘zida qo‘llashi ancha murakkab kechadi. Bolani qamrab olgan, uni u yoki bu harakatni amalga oshirishga un- dovchi kechinmalar, undan bajarayotgan harakatining asl maz- munini yashiradi, ularni beg‘araz baholashiga yo‘l qo‘ymaydi. Bunday beg‘araz baho faqatgina o‘z harakatlari va imkoni- yatlarini boshqalar harakati, fazilati va imkoniyatlari bilan taqqoslaganda amalga oshishi mumkin. O‘zini boshqalar bilan taqqoslay olish bilan bola katta bog‘cha yoshiga kelib to‘g‘ri baholash malakasiga ega bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z afzalliklari va kamchi- liklarini yaxshi biladilar hamda atrofdagilarning bunga muno- sabatini inobatga oladilar. Bu bolada shaxsning rivojlanishida, axloq motivlarini o‘zlashtirishida, ijobiy axloq namunalariga ergashishida katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birga bola atrofdagilarni u yoki bu harakatiga va fazilatiga bo‘lgan muno- sabatidan biror maqsadda foydalanishga qodir bo‘ladi. Bolalar bu yoshda, ko‘pincha qaysarlik axloq me’yorlarining buzilishi ekanligini yaxshi biladilar va ularga yon beradigan kattalarga ataylab qaysarlik qiladilar. Bola o‘z onasiga bolalik xislatlari- ni ko‘rsatgan holda, bola rolini o‘ynashi mumkin. Bu onada mehr uyg‘onishiga va ko‘ngli yumshashiga olib keladi va bola shu tariqa turli xil xursandchiliklarga erishadi.
Bu yoshda bola ataylab o‘z foydasiga yolg‘on gapirishi, hasad yomon xislat ekanligini bilib, atrofdagilardan yashirincha hasad qilishi mumkin. Ammo maktabgacha yoshdagi bola o‘zining ijobiy xislatlari va kamchiliklariga uzoq ahamiyat bermay- di. Bolada tahlil qilish kerakli darajada rivojlangan bo‘lsada, u ko‘proq o‘ziga emas, boshqa shaxslarga qaratilgan bo‘ladi.
Katta bog‘cha yoshiga kelib bola o‘z shaxsiyatining o‘tmishiga qiziqa boshlaydi. «Men kichkinaligimda qanday edim, gapirib bering?» kabi savollarni bera boshlaydi. O‘z o‘tmishiga tushu-
389
nish, ko‘ngilchanlik bilan munosabatda bo‘lish ko‘rina bosh- laydi. Shu bilan birga o‘z shaxsining kelajagi haqida ijobiy fikr- lar bildirilishini istaydi. «Men katta bo‘lganimda...». Bu davrda kelajakka, hozirgi va o‘tgan zamonga bo‘lgan qiziqish borgan sari oshib va chuqurlashib boradi. Endi u kattalarga o‘zi haqi- da gapirib berishlarini so‘rabgina murojaat qilmaydi, balki o‘zi ham o‘zi haqida eslaydi. O‘zining o‘tmishdagi ishlarini u xo- lis muhokama qiladi, bu unga o‘zi haqida tanqidiy fikr bildi- rishiga imkon beradi. Bola uchun uning o‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagi hayotda o‘z o‘rnini anglash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi va o‘zini o‘tmishdagi hayotida baholash va kela- jakni tasavvur qilish imkonini beradi. Bola hayotida istiqbol rejalarining paydo bo‘lishi uning motivatsiya darajasining oshi- shiga imkon beradi va bu o‘z navbatida uning shaxsining ri- vojlanishini belgilaydi. U albatta yaxshi, mehribon va omadli bo‘ladi. Agar u o‘g‘il bola bo‘lsa, kuchli, erkin, aqlli bola, agar qiz bola bo‘lsa, chiroyli, dono qiz bo‘ladi. U shubhasiz doim o‘z yaqinlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatadi, o‘z onasini doim yaxshi ko‘radi. U yer yuzida doim tinchlik bo‘lishi, hamma sog‘ va baxtli bo‘lishi uchun hamma ishni qiladi. U kosmonavt, shi- fokor, bog‘bon va hattoki sehrgar ham bo‘ladi. Shaxs xislatlari to‘g‘ri rivojlanayotgan bola ezgu maqsadlarga boy bo‘ladi, bu unga bugundan boshlab atrofdagilarga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lishiga va o‘zini ijobiy baholashiga asos bo‘ladi.
Bola shaxsining ma’naviy jihatdan shakllanishida ijobiy va salbiy xususiyatlarning o‘rni. Bola shaxsining ma’naviy rivojlanishi quyidagilardan tashkil topgan: axloq me’yorlarini bilish, axloqiy odatlar, axloq me’yorlariga bo‘lgan emotsional munosabat va bolaning o‘zining ichki holati.
Bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun, birinchi navbat- da, axloqiy me’yorlarni bilishi katta ahamiyat kasb etadi. Ilk va maktabgacha yosh davrida bola atrofidagi insonlar (kattalar, tengdoshlar va boshqa yoshdagi bolalar) bilan muloqot orqali axloqning ijtimoiy me’yorlarini egallaydi. Me’yorlarni egallash, birinchidan, bola uni tushuna boshlashi hamda mohiyatiga yeta boshlashini nazarda tutadi. Me’yorlarni egallash, ikkinchidan, bolaning keyinchalik boshqa insonlar bilan muloqoti davomi-
390
da axloqiy odatlari paydo bo‘la boshlaydi. Bola emotsional his qilinadigan odatiy qilmishlarini buzgan holda harakat qilsa, bu unda noqulaylikni keltirib chiqaradi. Me’yorlarni egallash, uchinchidan, bolaning ushbu me’yorlarga bo‘lgan ma’lum bir psixik munosabatga kirishishini ifodalaydi. Axloqiy me’yorlar va ularni bajarishga bo‘lgan aqliy va axloqiy munosabat bolalar- da kattalar bilan muloqot davomida rivojlanadi. Katta odamlar bolalarga ma’lum bir axloqiy xatti-harakatning to‘g‘riligi yoki kerakligi haqida fikrlashga yordam beradilar, katta odamlar bolaning ma’lum bir xatti-harakatiga nisbatan o‘z munosabati bilan ko‘rsatma beradi. Katta odamlarga hissiy bog‘liqlik zamirida bolada tan olinishga intilish rivojlanadi.
Kattalar tomonidan tan olinishga intilish va tan olinish bola- ning eng muhim ehtiyojlaridan biridir. Uning jamiyat ijtimoiy talablariga javob berishi o‘z yutuqlariga yuqori baho berilishiga bo‘lgan intilishiga asoslanadi. Katta bog‘cha yoshida yangi ijtimoiy mazmundagi harakat va faoliyatga bo‘lgan motivlarning ko‘rinishi sodir bo‘ladi. Bu davrda butun motivatsion soha qayta quriladi, shu jumladan tan olinishga bo‘lgan ehtiyojning vujudga kelishi o‘zgaradi. Bolalar o‘zlarining intilishlarini yashira boshlaydilar, o‘z-o‘zini ochiq maqtash kamdan kam hollarda- gina uchraydi. Tan olinishga bo‘lgan intilishning amalga oshi- rilmasligi, bola ataylab yolg‘onni o‘ylab topishi yoki maqtani- shi kabi noma’qul xatti-harakat turlariga olib kelishi mumkin.
Maktabgacha yoshda tan olinishga bo‘lgan ehtiyoj bolada- gi o‘z axloqiy sifatlariga ishonch hosil qilishida ko‘rinadi. Bola o‘zining kelgusi harakatlariga nisbatan boshqalarning muno- sabatini tasavvur qiladi va bunda u insonlar undan minnatdor bo‘lishlari, uning yaxshi ishlarini tan olishlarini xohlaydi. Tan olinishga bo‘lgan intilishni amalga oshirishga ehtiyoj bolalarning o‘z faoliyatlari natijalarini hamda shaxsiy yutuqlari- ni baholash maqsadida kattalarga yanada ko‘proq murojaat qilishlarida ko‘rinadi. Bunday holatda bolani qo‘llab-quvvat- lash juda muhim. Bolaga hech qachon: «Sen buni qila ol- maysan», «Sen buni bilmaysan», «Qo‘lingdan kelmaydi», «Be- korchi savollar bilan boshimni qotirma» va hokazo qabilidagi iboralarni qo‘llamaslik kerak. Kattalarning bunday hurmat-
391
siz iboralari bolada o‘z imkoniyatlariga nisbatan ishonchsiz- likni keltirib chiqaradi. Bolada nomukammallik kompleksi, o‘zining ojizligi hissi paydo bo‘ladi. Nomukammallik kom- pleksi - insonning eng murakkab axloqiy kamchiliklaridan biri bo‘lib u boshqa insonlar bilan muloqotga kirishishni mu- rakkablashtiradi hamda og‘ir ichki hissiyotini keltirib chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |