Umurtqalararo disk churrasi kasalligi umurtqaning harakatchan boʻlgan boʻyin va bel qismlarida koʻproq uchraydi. Bemor oʻzida ushbu xastalik rivojlanayotganini mustaqil bila olmaydi. Shifokor koʻrigi vaqtida oʻtkaziladigan kompyuter va magnit rezonans tomografiya tekshiruvi xulosasi orqaligina bu borada aniq tashxis qoʻyilishi mumkin.
Churraning kimda, qachon va qanday paydo boʻlishi mumkinligini oldindan aytish qiyin. Negaki, bu kasallikning muayyan kasb egalari yoki maʼlum bir hududda yashaydiganlarga emas, balki barchaga birdek xavf solishi ehtimoli mavjud. Hatto bir yoshgacha boʻlgan goʻdaklarda ham churralarning tugʻma shakli kuzatiladi. Ammo ogʻir mehnat natijasida ham yuzaga kelishi mumkin.
ayollarda tugʻruq vaqtidagi zoʻriqishlar churra hosil boʻlishiga taʼsir etuvchi omillar hisoblanadi.
Bundan tashqari, mazkur omillarning barchasi churra boʻlganda uning qisilishiga sabab boʻlishi ham mumkin
Umurtqa pog‘onasi disk churrasi (gryja) – bu hozirgi zamonaviy hayot tarzini kechirayotgan insonlarda juda ko‘p uchraydigan kasalliklardan biri hisoblanadi. Og‘ir yuklarni ko‘tarish, kam harakat qilish va o‘tirib ishlash tarzi ko‘p hollarda disk churrasi paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi va bemorlar nevropatologlarga murojaat qiladi.
Ko‘p holatlarda konservativ davolash uslublari yaxshi samara beradi, bemorlar beldagi va oyoqlardagi og‘riqdan xalos bo‘ladi. Bemorlarda dori darmonlar, fiziomuolajalar va manual terapiya kabi davolash uslublari yetarli samara bermasa, bunday holatlarda jarrohlik uslublariga murojaat qilinadi. Jarrohlik amaliyotlari ham bemorga jarohat yetkazish darajasiga qarab bir necha xil uslublarga bo‘linadi
1. Sovuq plazmali nukleoplastika (Xolodnoplazmennaya nukleoplastika)Bu uslub umurtqa pog‘onasida joylashgan disk churralarini kam jarohat yetkazgan holda, xavfsiz va samarali davolashning muvaffaqiyatli uslubi ekanligini namoyon qildi
Bu uslubda nukleoplastikadan farqli ravishda kichik qisqichlar (3 mm) yordamida disk churrasi joylashgan umurtqa pog‘onasi qismidan ko‘proq qismi olishga harakat qilinadi. Maqsad disk ichki bosimini yanada ko‘proq kamaytirish va tashqariga chiqib ketgan diskni ortga qaytarishiga ko‘proq imkon yaratish.
2. Nukleotomiya va annuloplastikaBu uslub nisbatan kattaroq disk churralarida o‘tkaziladigan uslub bo‘lib, nukleoplastika va endoskopik jarrohlik uslublari o‘rtasidagi oraliq jarrohlik amaliyoti hisoblanadi
3. Endoskopik uslubBu uslub har qanday kattalikdagi disk churrasini umurtqa pog‘onasi butunligi va mustahkamligini buzmagan holatda olib tashlash imkonini beruvchi eng zamonaviy uslub hisoblanadi. Operatsiya jarayonida bemor terisi 8 mm kesiladi va umurtqa pog‘onasi disk churrasi joylashgan joyga diametri 6.5 mm bo‘lgan maxsus endoskop yordamida yetib boriladi.
Hozirgi kunda umurtqa pog‘onasi disk churralarini davolashning zamonaviy jarrohlik uslublari Farg‘ona vodiysida «Chinobod Fayz Plyus» xususiy klinikasida yo‘lga qo‘yilgan va yuzlab bemorlar beldagi, oyoqlardagi og‘riqlardan xalos bo‘ldi.