Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi



Download 2,28 Mb.
bet194/253
Sana20.08.2021
Hajmi2,28 Mb.
#152585
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

qishlari ko‘proq shaxslararo munosabatlarga qaratilgan. Qizlar yumshoq fe’lli, quvnoq va ko‘ngilchan tengdosh qizlarni yoq- tirishadi.

Jinsga mansublik va o‘yinchoq tanlash. O‘yinchoqlar o‘yinning tayanch materiali bo‘lib xizmat qiladi, o‘yin sujeti- ning rivojlanishiga yordam beradi va ularni tanlash bolalarning qaysi jinsga mansubligiga ko‘ra amalga oshiriladi.

Maxsus tajriba vaqtida bolalarga to‘rt xil to‘plamdagi o‘yinchoqlardan ikkitasini erkin tanlash sharti taklif qilindi. To‘rt patnisda quyidagi o‘yinchoqlar turi taklif qilindi: mashi- na, turli idish-tovoqlar, kubiklar, qo‘g‘irchoqlar. Boladan barcha o‘yinchoqlarga nom berishni, ko‘proq yoqtirgan o‘yinchoqlar joylashgan ikki patnisni olishni va bu o‘yinchoqlarni o‘ynash so‘raldi. Ularning barcha harakatlari yozib borildi. Oqibatda o‘g‘il va qiz bolalarda to‘rt yoshdan boshlab, o‘yinchoq tan- lashda farq yuzaga kelishi aniqlandi. Mashina, kubiklar asosan o‘g‘il bolalar tomonidan, qo‘g‘irchoq va turli idishlar qizlar to- monidan tanlanishi ma’lum bo‘ldi.

Maktabgacha davr oxiriga kelib bola jinsga mansublik abadiy ekanligini tushunadi va shunga qarab o‘z xulqini shakllantira- di. Bu vaqtda bolalarda boshqa jinsdagilarga nisbatan o‘ziga xos munosabat yuzaga keladi. Bunday munosabatlar har bir bola­da o‘ziga xos ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, o‘g‘il bola tengdosh qizni yoki kattaroq yoshdagi chiroyli qizni ko‘rganda, xursand bo‘lishi, munosabatga intilishi mumkin. Kattalar bolaning his- tuyg‘ulariga hurmat bilan qarashlari lozim. Bunday instinkt- lar kichik yoshdayoq ko‘zga tashlanadi. Chiroyli qizlarni sochi- dan tortish, o‘ziga yoqqan qizni himoya qilish, avaylash, mehr ko‘rsatish kabilar tabiiy ravishda shakllanib boradi. Kattalar- ning «Guruhingda eng chiroyli qiz kim?» kabi savollari ham bunga turtki bo‘ladi. Lekin bolaning qiziquvchanligini kuchay- tirib yuborish ham to‘g‘ri emas, aksincha, uning e’tiborini boshqa narsaga, uning tuyg‘ulari va xayolini yangi kuch bilan o‘ziga jalb qila oladigan narsaga qaratish lozim.

Yosh bolalarga xos qiziquvchanlik, yoqtirish maylini katta­larning sevgi, uylanish va bolalik bo‘lish haqidagi tushuncha- laridan ajrata olish lozim.


394



O‘z jinsini ajratish. Bolada bu yoshga kelib odam tanasiga va o‘z tanasining tuzilishiga qiziqish paydo bo‘ladi. O‘zini qay- si jinsga mansubligini anglash «shaxs»ning tuzilishiga ulanadi. Kattalardan: «Sen o‘g‘il bolasan!» yoki «Sen qiz bolasan!» de­gan so‘zlarni eshitgach, bola bunday tushunchalar uning jinsiy xislatlari bilan bog‘liqligini anglay boshlaydi. Bola o‘z tanasiga va jinsiy organiga nisbatan qiziquvchan bo‘ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ulg‘aygani sari begona odamlar oldida yechi- nishda o‘zlarini noqulay sezadilar. Xijolatlik, uyat hissi tarbi- yaviy ta’sir natijasidir.

Ko‘p hollarda hozirgi bolalar qiz va o‘g‘il bola tanasi­ga xos bo‘lgan belgini ancha erta o‘zlashtirmoqda. Bundan tashqari ular kattalarning tanaga bo‘lgan munosabatini ham o‘zlashtirmoqdalar. Aksariyat kattalar kiyimsiz tanaga qarash- ni taqiqlaydilar, o‘zlari esa bunday tomoshalarni bola oldida ko‘raveradilar. Go‘yoki bola hali hech narsani tushunmaydi deb o‘ylaydilar. Agar ota-ona kiyim almashtirishda boladan xijolat tortsa, bu xislat bolaga ham o‘tadi. Agar ota-ona o‘zini tabiiy tutsa, bola ham yalang‘och tanani ko‘rganda xijolat bo‘lmaydi. Ammo bu holda hammaning o‘z chuqur o‘ylangan yondashuvi bo‘lishi kerak. Jinsiy tarbiya erkin yo‘lga qo‘yilgan ba’zi oilalar- da, shifokorlar, rassomlar, hayvonlar hayoti bilan tanish bo‘lgan qishloq bolalarida ba’zan jinsiy organlarni rasmda aks ettir- ganlarini ko‘rish mumkin. O‘g‘il bolalar hayvonlar va erkak- larni jinsiy organlarini qizlarga qaraganda ko‘proq chizadilar. Bu holatni o‘g‘il bolalar o‘z tanasining jismoniy ko‘rinishiga o‘xshatadilar. Ko‘p maktabgacha yoshdagi bolalar odamlarning jismoniy ko‘rinishidagi farqini nafaqat xayollariga keltiradilar, balki bu farqni kiyimsiz naturaga qaraganda ham ko‘rmaydilar.

Maxsus tajriba o‘tkazilganda har bir boladan kiyimsiz (o‘g‘il va qiz bola) qo‘g‘irchoqning rasmini chizish so‘raldi. Ularni tana tuzilishi o‘g‘il va qiz bolalarning jismoniy tuzilishiga mos kelishi kerak edi. Ba’zi bolalar qo‘g‘irchoqqa qarab chizishga harakat qi- lishadi, lekin shunda ham ular jinsni farqlovchi xislatlarni shun- chaki sezmaydilar. Ularning tasvirlarida o‘g‘il bola qo‘g‘irchoq va qiz bola qo‘g‘irchoq bir-biridan hech farq qilmaydi. Masa- lan, «Biz yaqinda bir qizni yuzini yasadik va chizdik. Lekin


395





menimcha libosdagi qizni chizgandik. O‘xshamasachi? O‘g‘il va qiz bolalar o‘xshaydilar. Ular jingalak soch bo‘ladilar va ayyo- rona jilmayadilar. O‘g‘il bola bilan qiz bolaning farqini topish kerakmi? O‘g‘il bolalar ko‘z rangi to‘q, qizlarniki och bo‘ladi. Fe’li har xil bo‘ladi: haqiqiy erkak yig‘lamaydi. Boshqa farq- ni men ko‘rmayapman». Ba’zi bolalar oilada jinsiy tarbiya haqi- dagi tushunchadan shunchalar «himoya qilinganlarki», kiyimsiz naturada jins farqiga e’tibor berib, to‘g‘ri chizishni so‘rashganda ham, jins farqini ko‘rmaydilar. Bolalarni boshqa qismi umri- da birinchi marta kiyimsiz o‘g‘il bola va qiz bola qo‘g‘irchoqni ko‘rib, darhol uning jismoniy qiyofasidagi farqiga e’tibor qara- tadilar. Bunda bir xil bolalar xotirjamlik bilan o‘g‘il va qiz bolalarning tasvirini tushirishga, boshqalari esa, qo‘g‘irchoqni ko‘rinishidan uyalib, ko‘zlarini yashiradilar. E’tirof etish kerak- ki, bolalar ulg‘aygani sari, ular orasida kiyimsiz qo‘g‘irchoqlarni ko‘rganda uyat hissi kuchayadi. Bolalar qiqirlashni, teskari qa- rashni, qo‘llari bilan ko‘zlarini yopishni boshlaydilar. Odat- da bunday bolalar talab qilingan naturani hech ham chizishni xohlamaydilar (V.S. Muxina materiallaridan).

Maktabgacha yoshdagi davrda jinsiy tarbiya.
Jinsga man- sublik, har bir oilada individual ravishda olib boriladi. Har bir xalqning o‘z mentalitetini hisobga oladigan bo‘lsak, o‘zbeklarda jins tarbiyasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bolaga juda yoshli- gidanoq milliy liboslarga xos kiyinish, ya’ni qiz bola ko‘ylak va lozim (o‘z nomi bilan «lozim») kiyishi, o‘g‘il bolaga xos kiyim- larini kiymaslik, qiliqlarini qilmaslik, orastalik, muloyimlik va boshqa xarakter xislatlari singdirib boriladi. Bola bog‘chadagi davrida o‘g‘il bolalar shortikda, qizlar yubkada yurishlari ko‘p- gina bog‘chalarda saqlanib qolgan. Lekin afsuski milliylikka e’tibor bola katta bo‘lgan sari g‘arb tarbiyasi ostida yo‘qolib bormoqda. Bunday munosabat bola oilasida va uning atrofida- gilarda bo‘lgan axloq andazalari ta’sirining natijasidir. Katta­lar tomonidan to‘g‘ri, axloqiy va aqlli ko‘rsatmalar bolada jins- lar farqiga va aloqasiga sog‘lom munosabatni shakllantiradi. Bola ota-onasiga va tarbiyachiga jinslar farqi haqida, bolalar paydo bo‘lishi yo‘llari va hokazo haqida savollar berishi mum­kin. Ko‘p bolalar o‘zaro bu savollarni muhokama qilishadi.


396





Bunday savollarga bo‘lgan tabiiy qiziquvchanlik kattalar to- monidan to‘g‘ri tushuntirilishi kerak. Shuning uchun bolalar berishi mumkin bo‘lgan savollarga oldindan javob tayyorlash foydalidir. Katta yoshli odam bu muammoga shaxsning axlo- qiy tarbiyasiga bo‘lgandek jiddiy munosabat bildirishi lozim. U bola bilan suhbatlasha turib, zaruriy odob saqlashi va har bir bolaning yoshini va psixologik xususiyatini inobatga olishi ke­rak. Bolaga haqiqatni uyalmasdan gapirish kerak, lekin bu un­ga kattalar ega bo‘lgan bor ma’lumotlar zaxirasini ochish ke­rak degani emas.

Tarbiyachi ota-onalarning bolalarni jinsiy tarbiyalashga bo‘lgan fikrini bilishi lozim va ular bilan, ayniqsa bu muammoga nisbatan xurofotga ega bo‘lgan ota-onalar bilan ma’rifiy ishlarni olib borishi kerak. Bolaning o‘z tanasini begona ko‘zlardan tabiiy himoya qilish zaruriyatini kattalar hurmat qilishlari va bolaning uyatchanligini iloji boricha asrab qolishlari kerak.


Download 2,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish