Ilk yosh davrining oxiriga borib, bolalarda tasviriy san’at faoliyatining elementlari yuzaga kela boshlaydi. Bola qalam bilan nimalarnidir rasmini chizishga juda qiziqadi. Bu sohada u kattalarga taqlid qila boshlaydi. Garchi bu yoshdagi bolalar- ning chizgan rasmi egri-bugri chiziqlardan iborat va unda hech qanday ma’no bo‘lmasa-da, bu faoliyat ularda xayolning rivoj- lanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bola o‘zining chizgan rasm- larini tushuntirib beradi. Lekin uning tushuntirishi chizgan rasmiga mos bo‘lmasada (kam o‘xshasa ham) uning o‘z xayoli- da narsalarning tasavvurini yuzaga keltira oladi. Bu esa tik- lovchi xayolning o‘sishi uchun katta ahamiyatga egadir.
Nazorat savollari:
Do'stlaringiz bilan baham: |