j.Piaje (1896—1980-yy.) Fransuz olimi, psixolog A. Valon
bolaning jismoniy rivojlanishiga qarab (homilaning ona qornidagi davri, impulsiv harakat davri - 0-6 oygacha, his-tuyg‘u davri - 6 oydan 1 yoshgacha; sensomotor davri - 1-3 yoshgacha; shaxsga aylanish davri - 3-5 yoshgacha; farqlash davri - 6-11 yoshgacha; jinsiy yetilish va o‘spirinlik davri (12-18 yoshgacha) deb ajratgan.
Bola tug‘ilgandan to maktabga borguncha bo‘lgan vaqt mobaynida o‘z boshidan uch xil o‘zgaruvchan sharoitni kechi- radi. Bir yoshli davr, uch yoshli davr va yetti yoshli davr sharoiti bir-biridan keskin farq qiladi.
L.S. Vigotskiy yosh davrlarga ajratishning ilmiy manbai rivojlanishni vujudga keltiruvchi psixik yangilanishlarga taya- nadi va bolalikni quyidagi bosqichlarga ajratadi:
Chaqaloqlik davri - 2 oygacha bo‘lgan davr inqirozi.
Go‘daklik davri - 2 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan davr, 1 yoshdagi inqiroz.
Ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha, 3 yoshdagi inqiroz.
Maktabgacha davr - 3-7 yoshgacha, 7 yoshdagi inqiroz.
Maktab yoshi davri - 8-12 yoshgacha, 13 yoshdagi inqiroz.
Pubertat (jinsiy yetilish) davri - 14-18 yoshgacha, 17 yoshdagi inqiroz.
L.S. Vigotskiy o‘zining yosh davrlarini tabaqalash nazari- yasini ilmiy asoslab, ta’riflab bera olgan. Olim eng muhim psixik yangilanishlar haqida ilmiy va amaliy mulohazalar
242
bildirgan. Biroq bu mulohazalarda ancha munozarali, bahs- li o‘rinlar ham mavjud. Umuman L.S. Vigotskiyning yosh davrlarini tabaqalash nazariyasi ilmiy-tarixiy ahamiyatga ega, uning rivojlanishni amalga oshiruvchi inqirozlar to‘g‘risidagi g‘oyalari hozirgi kunning talablariga mosdir.
D.B. Elkoninning tasnifi yetakchi faoliyat (A.N. Leontev) nazariyasiga, har qaysi rivojlanish bosqichida biror faoliyatning ustunlik qilishi mumkinligiga asoslanadi. Yetakchi faoliyatning inson shaxs sifatida kamol topishidagi roli nazariyaning asosiy mohiyatini tashkil qiladi.
D.B. Elkonin yosh davrlarini quyidagi bosqichlarga ajratish- ni lozim topadi:
go‘daklik davri — tug‘ilgandan 1 yoshgacha, yetakchi faoliyati — bevosita emotsional muloqot;
ilk bolalik davri — 1 yoshdan 3 yoshgacha, yetakchi faoliyat — predmetlar bilan nozik harakatlar qilish;
maktabgacha davr — 3 yoshdan 7 yoshgacha — rolli o‘yinlar;
kichik maktab yoshi davri — 7 yoshdan 10 yoshgacha — o‘qish;
kichik o‘smirlik davri — 10—15 yoshgacha — intim (dilkash, samimiy) muloqot;
katta o‘smirlik yoki ilk o‘spirinlik davri — 16—17 yoshgacha, yetakchi faoliyat — o‘qish, kasb tanlash davri.
D.B. Elkoninning mazkur nazariyasi psixologiya fanida, ay- niqsa yosh davrlari psixologiyasida muhim o‘rin tutadi.
Bolalar psixologiyasi fanining yirik namoyandasi A. A. Lyub- linskaya inson kamolotini yosh davrlariga ajratishda pedagogik psixologiyaga faoliyat nuqtayi nazaridan yondashib quyidagi davrlarni atroflicha ifodalaydi:
chaqaloqlik davri — tug‘ilgandan bir oylikkacha;
kichik maktabgacha davr — 1 oylikdan 1 yoshgacha;
maktabgacha tarbiyadan avvalgi davr — 1 yoshdan 3 yoshgacha;
maktabgacha tarbiya davri — 3 yoshdan 7 yoshgacha;
kichik maktab yoshi davri — 7 yoshdan 11, 12 yosh- gacha;
243
o‘rta maktab yoshi davri (o‘spirin) - 13 yoshdan 15 yoshgacha;
katta maktab yoshi davri - 15 yoshdan 18 yoshgacha.
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik olimlarning bola kamolo-
tini davrlarga ajratish muammolari o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik, ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o‘zgarib turishi va organizmdagi sodir bo‘ladigan xususiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni tavsiya etamiz:
chaqaloqlik davri - 0-1 oygacha;
go‘daklik davri - 1 oydan 1 yoshgacha;
ilk bolalik davri - 1-3 yoshgacha;
maktabgacha yosh davri - 3-7 yoshgacha;
kichik maktab yoshi davri - 6-11 yoshgacha;
o‘smirlik davri - 12-15 yoshgacha;
ilk o‘spirinlik - kollej, litsey davri - 15-18 yoshgacha.
Albatta bu davrlarni bir-biridan qat’iyan bir yosh bilan
chegaralab qo‘yish mumkin emas. Bola o‘zining o‘sish davrida shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog‘lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim psixik tomonlari- gina emas, balki uning umumiy ko‘rinishi, yuz tuzilishi ham boshqacha ko‘rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab ta’lim-tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko‘rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdagi bola belgisi jihatidan bir xil bo‘lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo‘lishi mumkin. Ma’lum yosh bosqichiga tegishli bolalarning faoliyatlarida ham umumiylik bordir. Masalan, chaqaloq bolalarning asosiy faoliyatlari katta odamlar bilan emotsional munosabatga kiri- shishdan, ilk yoshdagi bolalarning asosiy faoliyatlari esa turli narsalar bilan shug‘ullanishdan va nihoyat, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning asosiy faoliyatlari o‘yindan ibo- ratdir.
Kattalar har bir yosh bosqichidagi bolalarga ma’lum talablar qo‘yadi, ular bajarishlari mumkin bo‘lgan huquq va burchlarini belgilaydi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bola o‘sib, rivojlanib borgan
244
sari uning imkoniyatlari ham ortib boradi. Natijada jamiyat to- monidan bolalarga qo‘yilgan talablar, huquq va burchlarning mas’uliyati ham orta boradi. Har bir yosh bosqichining oxi- riga kelganda jamiyat tomonidan belgilangan talablar, huquq va burchlar bolaning imkoniyatlari bilan mos kelmay qoladi, ya’ni bola jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablardan o‘zib ke- tadi. Buning natijasida jamiyatning bolalar yosh bosqichi oldi- ga qo‘ygan talablari, huquq va burchlari, axloq me’yorlari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga ke- ladi. Har bir yosh bosqichida maydonga keladigan krizis, ya’ni inqiroz davri ana shunday jamiyat talablari bilan bolaning imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyatdan paydo bo‘ladi.
Bolalarning har bir yosh bosqichlarida (1,3,7, o‘smirlik davri inqirozlari) yuzaga keladigan krizislarni, ya’ni inqiroz davrlarini akademik I. P. Pavlovning dinamik stereotip haqi- dagi ta’limoti orqali juda yaxshi tushuntirib berish mumkin. Ma’lumki, har bir bola konkret bir oila muhitida yashar ekan, u shu muhit sharoitiga ko‘nikib, o‘rganib qoladi. Bola har ku- ni o‘z ota-onasi, aka-ukalari bilan munosabatda bo‘ladi. U o‘zining ovqatlanadigan idishlarini, atrofdagi o‘yinchoqlarini juda yaxshi tanib oladi, ya’ni bolada mana shu o‘z oila muhiti- dagi hayot tarziga nisbatan mustahkamlanib ketgan muvaqqat aloqalar sistemasi (dinamik stereotip) maydonga keladi. Bola o‘sib, ulg‘ayib, oila muhitidan maktabgacha ta’lim muassasasi- ga borganida muhit o‘zgarishi o‘rtasida tafovut paydo bo‘ladi.
Muhitning mana shunday keskin o‘zgarishi natijasida bola- da krizis, ya’ni inqiroz holati yuzaga keladi. Bunday krizis hola- ti eski dinamik stereotip yoki turmush tarzi batamom yemirilib, uning o‘rniga yangi dinamik stereotip hosil bo‘lgunga qadar da- vom etadi. Bolaning maktabgacha ta’lim muassasasiga borgisi kelmaydi hamda borganida yig‘lab qoladi. Bunday holat bir qan- cha vaqt davom etgandan so‘ng bolada bu muhitga nisbatan yan- gi dinamik stereotip maydonga keladi. Natijada bola hech nar- sani ko‘rmagandek, maktabgacha ta’lim muassasasiga ko‘nikib ketadi. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishida yuzaga keladigan krizis davrlari hamma bolalarda ham bir xilda bo‘lavermaydi.
245
Ayrim bolalarda krizis davri yaqqol namoyon bo‘lsa, boshqa bolalarda deyarli bilinar-bilinmas tarzda o‘tib ketadi. Bu narsa turli yosh bosqichidagi bolalarning nerv sistemalari bilan bog‘liqdir. Masalan, nerv sistemasi mustahkam va egiluvchan (plastik) bolalarda yangi dinamik stereotiplar tez va osonlik bilan yuzaga keladi. Bunday, bolalarning xulq-atvorlarida krizis davri deyarli bilinmaydi. Aksincha, nerv sistemasi zaif bolalar- da yangi dinamik stereotiplar qiyinlik bilan uzoq muddat da- vomida yuzaga keladi va bunday bolalarning xulq-atvorlarida krizis davri yaqqol namoyon bo‘ladi. Ota-onalar va tarbiyachi- lar bolalarning yosh bosqichlarida uchraydigan ana shu hodi- salarni hisobga olgan holda ish olib borishlari kerak.
Bolalarning psixik taraqqiyotlarida muhim individual farq- lar sezilib turadi. Buning asosiy sababi shundaki, bolalarning psixik jarayonlari va psixologik sifat xususiyatlari bolaning yoshi ulg‘ayishi bilan o‘z-o‘zidan yuzaga kelmaydi. Bu psixik jarayonlar, psixologik sifat va xususiyatlar turli yosh bosqichida bolalarning faoliyatlari negizida ta’lim-tarbiyaning ta’siri bilan tarkib topadi. Bolalar dastavval psixik taraqqiyot tempi jihatidan bir-birlaridan farqlanadilar. Hamma bolalar psixik jihatdan, ya’ni sezgi va idroklari, diqqat va xotiralari, nutq va tafakkurlari hamda psixologik sifatlari jihatidan bir xilda rivojlanmaydilar. Masalan, bolalarning bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichiga o‘tishning o‘rtacha bir muddati bor- dir. Ayrim bolalarda krizis davrlari vaqtincha paydo bo‘lib, bir yosh bosqichidan ikkinchi yosh bosqichigacha tez o‘tib ketadi. Boshqa bir bolalarda esa bu jarayon juda cho‘zilib ketadi.
Turli yosh bosqichlaridagi bolalar ayrim faoliyat turlarini o‘zlashtirish tempi jihatidan ham bir-biridan farq qiladilar. Masalan, to‘rt-besh yoshli ayrim bolalar rasm chizishga qiy- naladilar. Ayrimlari yaxshi rasm chizadilar. Besh-olti yoshli ayrim bolalarning diqqat va xotiralari sust bo‘ladi. Ular raqam va harflarni tanishda nihoyatda qiynaladilar. Boshqa bir shu yoshdagi bolalar esa, oz vaqt ichida o‘rganib oladilar. Ayrim shaxsiy psixologik sifatlarning (mustaqillik, batartiblik kabi) yuzaga kelishida ham xuddi shularga o‘xshash individual farqni ko‘rish mumkin.
246
Do'stlaringiz bilan baham: |