4- sinf, 15- maktab, 22- mart, 2008-yil O`n beshinchi maktab, to`rtinchi sinf, yigirma ikkinchi mart, ikki ming sakkizinchi yil
Quyidagi mashqda o`quvchilarga qanday topshiriq berasiz va u o`quvchilarni nimaga o`rgatadi?
To`rtinchi sinf, yigirmanchi asr, o`ttizinchi aprel Quyidagi mashqda o`quvchilarga qanday topshiriq berasiz va u o`quvchilarni nimaga o`rgatadi?
Ikki+ov,olti+ov, yetti+ov, uch+ala, to`rt+ala. Quyidagi mashqda o`quvchilarga qanday topshiriq berasiz u o`quvchilarni nimaga o`rgatadi?
Uch-uch, yuz-yuz, qirq-qirq. Uch soniga shakldosh so`z toping. U nimani bildiryapti?
Quyidagi mashqda o`quvchilarga qanday topshiriq berasiz?
Qanday usulda bajartirasiz?
So`zlar
So`z turkumlari
Ot
Sifat
Fe’l
Son
Kitob
Shirin
Ikki
Tingladi
Sakkiz
Qalam
Ona
Shodlandi
o`ttiz ikki
Ulkan
16 - ilova Topshiriq. Quyidagi so`zlarning qaysi so`z turkumiga tegishliligini aniqlang.
Bajarish usuli. O`quvchilar guruhlarga bo`linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaqa tarqatiladi. Topshiriqni bajarganlaridan so`ng ularning ishlari boshqa guruhdagi o`quvchilarga uzatiladi, oxiri xato va kamchiliklari tuzatilgan holda yana shu guruhga qaytib keladi. Keyin o`qituvchi to`g`ri javobni ko`rsatadi.
17 -ilova “Aql charxi“ metodida uyushtiriladigan mashq. Quyidagi mashqda o`quvchilarga qanday topshiriq berasiz?
Qanday usulda bajartirasiz?
1-o`quvchi: ikki.
2- o`quvchi: ikki - yetti.
3- o`quvchi: ikki – yetti - sakkiz
4- o`quvchi: ikki - yetti – sakkiz - o`ttiz.
Yoki:
1-o`quvchi: ikkinchi.
2- o`quvchi: ikkinchi - yettinchi.
3- o`quvchi: ikkinchi – yettinchi - sakkizinchi.
4- o`quvchi: ikkinchi - yettinchi – sakkizinchi - o`ttizinchi 3-4ta o`quvchi tanlanadi. 1-o`quvchi berilgan topshiriqka mos so`z aytadi. Masalan,“Tarkibida ikkita bir xil undosh bo`lgan son ayting“. 2-o`quvchi 1- o`quvchi aytgan sonni qaytaradi va o`zi ham shunday son topib qo`shadi. 3-4-o`quvchilar o`yinni shu tarzda davom ettiradilar.
19 -ilova
2- sinf o`quvchilarini “Sanoq va tartib bildiran so`zlar” mavzusi o`rganishga tayyorlang.
20 -ilova
O`quvchilarning oldingi bilimlarini aniqlash.
Biz qaysi so`zlarga so`roq berishni o`rgandik? (Shaxs va narsa, belgi, harakat bildirgan so`zlarga so`roq berishni o`rgandik.)
Kim?, nima? so`roqlari qaysi so`zlarga beriladi?
Qanday?, qanaqa? so`roqlari-chi?
Nima qildi?, nima qilyati? so`roqlari-chi?
Sinf taxtasiga:
Akram daraxt shoxidan uchta shaftoli uzdi. Sharifa uchinchi partada o`tiradi. gaplari yoziladi. Bolalar yuqoridagi savollar asosida narsa va Shaxs bildiruvchi so`zlarni belgilaydilar: Akram, daraxt, shaftoli, Sharifa, parta
21 -ilova
2- sinfda “Sanoq va tartibni bildirgan so`zlar“ mavzusini quyidagi o`quv materiali asosida tushuntiring.
Akram daraxt shoxidan uchta shaftoli uzdi. Sharifa uchinchi partada o`tiradi. O`qituvchi:
Birinchi gapni o`qing.
Shaftoli so`ziga so`roq bering. U nimani bildiryapti? (U narsani bildiryapti.)
Shaftoli so`zi orqali uchta so`ziga so`roq bering. Uchta so`zi qaysi so`roqqa javob bo`lyapti? (Nechta?) U shaftolining nimasini bildiryapti? U shaftolining belgisini bildiryaptimi yoki harakatini bildiryaptimi? (Yo`q) Bolalar javob bera olmaydi.
O`qituvchi doskadagi uchta so`zining tagiga to`lqinli chiziq chizadi va strelka bilan shaftoli so`ziga bog`laydi. Uchta shaftolining sanog`ini bildiryapti. Shuning uchun nechta? so`rog`iga javob bo`lyapti.
Demak, uchta so`zi sanoqni bildiradigan so`z. U narsaning sanog`ini bildiradi tarzida tushuntiradi.
Shundan so`ng nechanchi? so`rog`iga javob bo`ladigan holatga o`tiladi.
O`qituvchi:
Ikkinchi gapni o`qing. Shu gapdagi yil so`zi orqali uchinchi so`ziga so`roq bering. (nechanchi? yili)
Uchinchi so`zi qaysi so`roqqa javob bo`lyapti? (nechanchi?) Yilning nimasini bildiryapti? Belgisini bildiryaptimi? (yo`q). Bolalar javob berolmaydi. O`qituvchi sinf taxtasiga quyidagi birikmalarni yozadi:
birinchi yili
uchinichi yili
ikkinchi yili
Tartib bo`yicha qaysi oldin turadi? (1) bimrinchi yili; 2) ikkinchi yili; 3) uchinchi yili; ) Ko`rdingizmi? 1-, 2-, 3-, yilning, narsaning (predmetning) tartibini bildiryapti.
Siz nechanchi sinfda o`qiysiz? Siz qaysi sinfdan keyin turasiz? (1-sinf) qaysi sinfdan oldin turasiz? (2-sinf).
22 -ilova
Ko`rgazmali jadvallar
2- sinfda “Sanoq va tartibni bildirgan so`zlar“ mavzusiga doir darslarda qanday jadvallardan foydalanasiz?
23 -ilova
3- sinfda son so`z turkumini o`rganishda qanday jadvallardan foydalanasiz?
24 -ilova
4- sinfda son so`z turkumini o`rganishda qanday jadvallardan foydalanasiz?
25 -ilova
Aqliy hujum.
Son turkumiga doir so`zlar qaysi janrdagi asarlarda ko`p uchraydi?
26 -ilova