Asosiy adabiyotlar:
1. Qosimova K., Matjonov S., G‘ulomova X., Yo‘ldosheva Sh., Sariyev Sh. Ona tili o‘qitish metodikasi. –T.: Noshir, 2009. – 163 b.
3. Matchanov S., G‘ulomova X., Yo’ldasheva Sh., A. Nisanbaeva. Ana tilin oqыtu әdіstemesі. –T.: TDPU, 2013. – 277 b.
4. Raxmatullaeva L.I. Metodika prepodavaniya rodnogo yazыka rodnogo yazыka. –T.: Uchebnoe posobie. Moliya Iktisod, 2007.
5.Husanboyeva.Q, Shodiyev.F, Hazratqulov.M. Boshlang’ich sinflarda adabiyot o’qitish metodikasi. SamDU.2019.332 b.
6.Ona tili va o’qish savodxonligi.1-qism. Darslik. 2-sinf uchun. K.Mavlonova va boshq. -Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021.-120 b.
9-MAVZU
|
Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish metodikasi
|
Ma’ruza mashg`ulotining o`qitish texnologiyasi
Vaqti: 2 soat
|
Talabalar soni: 90 ta
|
Mashg`ulot shakli
|
Anjuman ma’ruza
|
Ma’ruza rejasi
|
1. Kishilik olmoshlari haqida dastlabki tushunchalarni shakllantirish.
2. Kishilik olmoshlarining turlanishini o`tish
|
O`quv mashg`ulotning maqsadi: Talabalarni boshlang`ich sinflarda kishilik olmoshlari o`rgatish usullari bilan tanishtirish
|
O`qituvchining vazifasi:
Talabalarning kishilik olmoshlarini o`rganish yuzasidan bilimlarini aniqlash.
Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini o`rganish bo`yicha dastur talablari bilan tanishtirish.
Boshlang`ich ta’limda kishilik olmoshlarini o`rganish izchilligi bilan tanishtirish.
Boshlang`ich sinflarda kishilik olmoshlarini o`rganishda qo`llanadigan metod va usullarni o`rgatish.
Kishilik olmoshlarini o`tidsha mashqlar tizimidan to`g`ri foydalana olishga o`rgatish.
Ma’ruza davomida talabalarning faoliyatini kuzatish va baholash (5 ball asosida).
|
O`quv faoliyatining natijasi
Talabalar bilishi kerak
1. Kishilik olmoshlari turkumini o`rganish bo`yicha davlat ta’lim standarti va ona tili dasturi talablarini bilib olish.
2. Kishilik olmoshlarini o`rganish bosqichlari va ularda qo`llanadigan metodilarni egallashlari.
3. Kishilik olmoshlarini o`tishda mashqlardan to`g`ri foydalana olish.
4. Kishilik olmoshlarini o`rganishda ko`rgazmali qurollardan foydalana bilish.
5.Darsda faol ishtirok etish.
|
Ta’lim metodi va texnikasi
|
Suhbat, izlanish, mustaqil ish, AKTdan foydalanish, “Charxpalak metodi“, Bliss metodi.
|
Ta’lim vositasi
|
Proyektor
|
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich. Kirish.
(5 daqiqa)
|
1. Ma’ruza mavzusini
(Olmosh, kishilik olmoshlarini o`rganish metodikasi) s
2. Ma’ruza maqsadini
3.Ma’ruza rejasini e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish (5 daqiqa)
|
1. So`zlar qaysi tamoyillar asosida turkumlarga ajratiladi?
2. Kishilik olmoshlari deganda nimani tushunasiz?
3. Boshlang`ich sinflarda dastur talablariga ko`ra kishilik olmoshlarining qaysi qaysi grammatik xususiyatlari o`rganiladi?
4. Kishilik olmoshlarini o`rganishning ta’limiy va amaliy ahamiyati nimada?
5. Kishilik olmoshlarini o`rganishda qaysi metodlarni samarali deb hisoblaysiz?
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Axborot berish
(65 daqiqa)
|
1. Ma’ruza: 20 daqiqa
2. Topshiriq: 1. K.Qosimovaning “Ona tili o`qitish metodikasi“da kishilik olmoshlarining qaysi belgilari o`rganiladi deyilgan?
2. Boshlang`ich sinflarda kishilik olmoshlari qanday izchillikda o`rganiladi?
3. Kishilik olmoshlarini o`rganish bo`yicha DTS va dastur talablari ayting.
4. Boshlang`ich sinfda kishilik olmoshlarini suhbat, yarim izlanish; muammoli metod, analitik, sintetik, induktiv metodlardan qaysi birida o`rganish yaxshi samara beradi?
5. Kishilik olmoshlarini o`rganish necha bosqichga bo`linadi? Bu bosqichlarning vazifalari nimalardan iborat?
6. Kishilik olmoshlarini o`rganishdagi mashqlar tizimi misollar bilan yoriting.
Uning mahokamasi: 10 daqiqa
3. Taqdimot: 5 daqiqa
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
1. Kishilik olmoshlarini o`rgatishda qo`llanadigan mashqlarni namoyish qilish.
2. Kishilik olmoshlariga doir mashqlar tizimini ishlab chiqing.
3. Kishilik olmoshlarini o`rgatishda qo`llanadigan ta’limiy o`yinlardan namunalar namoyish qilish.
4. Bliss texnologiyasi va test asosida mavzu yuzasidan talabalar bilimini aniqlash
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |