«Sifat yasovchi qo`shimchalar» mavzusini o`tish darsini kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar Darsning yangi mavzu o`rganiladigan qismi bo`yicha: 1. Sifat yasovchi qo`shimchali o`quv materialining ta’limiy - tarbiyaviy holati
2. Tanlangan matn yuzasidan tuzilgan savol-topshiriqlarning aniqligi va izchilligi, mavzuning muhim tomonlarini qamrab olishi
3. Sifat yasovchi qo`shimchalarning so`zning leksik ma’nosini o`zgartirishini o`quvchilar tushunchasiga yetkazilishi
4. Sifatni tartibga ko`ra tahlili
5. Sifat yasovchi qo`shimchalar bilan ot yasovchi qo`shimchalarni farqlashga o`rgatish bo`yicha qilingan ishlar.
Darsni mustahkamlash qismi bo`yicha:
1. O`quvchilar nutqini yangi sifatlar bilan boyitishning ahvoli
2. Sifatlardan nutqda o`rinli foydalanish ko`nikmasini o`stirish ustidagi ishlar
3. Sifatlarning imloviy shakli ustida ishlash
4. Yozma, mustaqil va ijodiy ishlarning tashkil etilishi
«Sifatlarning ma’no turlari (4-sinf)» mavzusini o`tish bo`yicha topshiriqlar 1. Metodik adabiyotlarda sifatlarning ma’no turlarini o`rgatish bo`yicha berilgan tavsiyalarni o`rganing.
2. 4-sinfda sifatning qaysi ma’no turlari o`rganilishini aniqlang. Ularni o`rganilishi tartibga munosabatingizni bildiring.
3. Sifatning ma’no turlari bo`yicha 4-sinf «Ona tili» darsligida berilgan amaliy mashq turlarini o`rganing va unga munosabat bildiring.
4. Sifatlarning ma’no turlari bo`yicha lug`aviy mashqlar ishlab chiqing.
5. «O`qish kitobi» dagi matnlar asosida xususiyat bildiruvchi sifatlar bo`yicha tarqatma materiallar tayyorlang.
6. «Matndagi sifatlarga asoslanib rasm chizing» shartiga doir matn tanlang.
7. Uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarning xususiyatini ochib berish bo`yicha o`quvchilarga ko`rsatmalar tayyorlang.
«Sifatning ma’no turlari» mavzusini o`tish darsini kuzatish bo`yicha ko`rsatmalar. Darsning yangi mavzu o`rganiladigan qismi bo`yicha: 1. Sifatni ma’no turlarini tushuntirishda o`qituvchining foydalangan o`quv materiali
2. Sifatning ma’no turlarini tushuntirishda o`quv materiali ustida ishlash metodi va usullari
3. Sifatlarning shaxs va narsalarning qanday belgilarni bildirishi bo`yicha xulosalarning chiqarilishi.
4. Rang bildiruvchi sifatlar bo`yicha suhbatda o`quvchilar faolligini oshirilishi.
5. Ta’m-bildiruvchi sifatlarni o`rganishda o`quvchilar lug`aviy boyligining ahvoli ya’ni nechta ta’m bildiruvchi sifatni bilishi
6. Xil-xususiyat so`zi ma’nosini yoritilishi
7. Sifatlarning ma’no turlarini o`rgatishda jadvallardan foydalanish
8. O`quvchilarning sifatlarni ma’no turlarini o`zlashtirishni aniqlash usuli