1. O`qituvchining barcha topshiriqlarini bajarib kelishi.
2. Pedagogik texnologiyalar asosida dars namunasini yaratish.
3. Amaliy mashg`ulotda faol ishtirok etish.
4. «4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo`limidagi mavzularni o`rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish » ni o`rganish dars ishlanmamasini tayyorlash va ishlanmasini amaliy ijro etish.
Ta’lim shakli
|
Yakka tartibdagi savol-javob, kichik guruhlarda ishlash
|
Ta’lim sharti
|
Auditoriya, TSOdan foydalanish
|
Dars bosqichlari va vaqti
|
O`qituvchi
|
Talaba
|
1-bosqich
Kirish
(5 daqiqa)
|
1. Amaliymashg`ulotmavzusini
(4-sinfda "Tovushlar va harflar" bo`limidagi mavzularni o`rganish darslari rеjasini va ishlanmasini tuzish.) s
2. Amaliy mashg`ulot maqsadini
3. Amaliy mashg`ulot rejasini
e’lon qilish.
|
Eshitadi, yozadi, javob beradi.
|
2-bosqich
Bilimlarni aktuallashtirish (5 daqiqa)
|
Metod.Talabalar uch guruhga ajratiladi, ekspert guruhi (3 talabadan iborat) tuziladi. Ular talabalar bilimi, faoliyatini baholab beradi. Talabalarning javobini ham to`ldirib, izohlab turadi.
Nazariy savol-javob. Blits metodi asosida talabalarning Ma’ruzadan olgan bilimlari tekshiriladi.
Blits savollari
1. Boshlang‘ich sinflarda qaysi metod o`quvchilarning yoshi va eslab qolish holatiga asoslanib 3-5 daqiqaga mo`ljallangan?
2. Qaysi metod Boshlang‘ich sinflarda keng qo`llanadigan va shu bosqich o`quvchilari tabiatiga mos sanaladi?
3. Qaysi metodga 1894 yil amerikalik pedagog va psixolog Dyun asos solgan.
4. Rus-tuzem maktablari va tatar o`qituvchilarining faoliyati orqali kirib kelgan metod ko`rsatilgan qatorni toping.
5.Qaysi metodda o`quvchilar o`qituvchi tavsiya etgan til dalillarini kuzatadi, tahlil qiladi va shu asosida xulosa va ta’riflar keltirib chiqaradi?
6. O`quvchi ta’rif, qoida bilan tanishib, uning mohiyatini til dalillari asosida ochadigan metod ko`rsatilgan qatorni ko`rsating.
7. Dasturda 1-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
8. Dasturda 2-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
9. Dasturda 3-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
10. Dasturda 4-sinf uchun “Tovushlar va harflar» qismiga necha soat ajratilgan?
Talabalarning nazariy bilimlarini baholash.
|
Muhokama uchun savol-topshiriqlarga talabalarning javobi
|
3-bosqich
Umumlashtirish
(25 daqiqa)
|
Amaliy ish: 1. Mustaqil ish.
Talabalarga quyidagi jadval tarqatilib, uni to`ldirish so`raladi.
Dars qurilishi
|
Yangi mavzu o`rganiladigan dars
|
Takrorlash darsi
|
1.Tashkiliy qism
2.Uy vazifasini so`rash
|
1.Tashkiliy qism.
2.Uy vazifasini so`rash
|
3. Darslik bilan ishlash. Uch guruhga ajaralgan talabalarga Boshlang‘ich sinf «Ona tili o`qitish metodikasi»darsligidan quyidagi topshiriq beriladi.
1-guruh uchun topshiriq.Jadvalni to`ldiring:
2-sinfda «Tovushlar va harflar» bo`limini o`rganishda
|
O`rganiladigan mavzular
|
Takrorlanadigan mavzular
|
2-guruhga yuqoridagi jadval 3-sinf uchun, 3-guruh 4-sinf uchun
to`ldirish topshiriq qilib beriladi. Guruhlar ish natijalari o`qib
eshittiriladi. Javoblar muhokama qilinadi.
Minidars uyushtirish.Har bir guruh talabalari tayyorlab kelgan
dars ishlanmalarini o`zaro muhokama qilib, bir darsni ko`rsatib
beradilar.Bunda guruhdagi har bir a’zo ishtirok etishi shart.
Eshitilgan dars boshqa guruh a’zolari tomonidan tahlil qilinadi
.O`qituvchi talabalarning fikrlarini umumlashtiradi, xulosalaydi.
|
|
|
4-bosqich
Yakuniy bosqich
(5 daqiqa)
|
Talabalarning ishlari yig’ib olinadi. Mashg‘ulotda qatnashgan talabalarga reyting ballari qo`yilib, mashg‘ulot yakunlanadi.
|
|