Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlarni tashkil qilish



Download 308,67 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/17
Sana19.02.2022
Hajmi308,67 Kb.
#457601
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Maktabgacha tarbiya yoshi davrida guruhiy psixokorreksion ishlar(1)

Amaliy tavsiyalar 
Bizningcha, shaxslararo nizolarning o‘smirlarning shaxslilik rivojlanishidagi ijobiy roli 
haqidagi taxminlar chuqur nazariy ishlab chiqishni talab etadi. Shuningdek shaxslararo nizolarni 
keltirib chiqaruvchi omillar psixokorreksiyasi tasvirlangan metodlarining korreksion ta’sir 
mexanizmlari ham chuqur nazariy tahlilga muhtoj. 
1.Tadqiqotchilarning diqqat e’tibori korreksion ish davomida yuzaga keluvchi 
emotsional va kognitiv o‘zgarishlar qonuniyatlariga qaratilishi kerak.
2.Psixik o‘zgarishlarning ichki mazmunini o‘rganishga bag‘ishlangan maxsus 
tadqiqotlar zarur. 
3.Bizning diqqat markazimizdan tashqarida qolgan muhim muammolardan biri – 
psixokorreksion jarayon qatnashchilarida shakllanadigan ichki shaxslilik va shaxslararo yangi 
tuzilmalardir. 
4. Maktab psixologining nizoli vaziyatga tushib qolgan o‘smirlarning ota-onalari va 
o‘qituvchilari bilan o‘zaro ta’siri masalasi ham bizning tadqiqot ob’ektimiz tashqarisida qoldi , 
ularni o‘rganishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqish kerak.
5.Maktab psixologi psixokorreksion faoliyatining turli shakllari va metodlarini tahlil 
qila turib, biz asosiy diqqatimizni darsdan tashqari ishlarga qaratdik, chunki, shu narsa aniqki, 
dars, hamkorlikdagi faoliyatning alohida shakli sifatida, maktab psixologining o‘smirlardagi 
shaxslararo nizolar vaziyatidagi psixokorreksion ishini tashkil etish uchun qo‘shimcha 
sharoitlarni ham o‘z ichiga oladi. 
6. Biz tomondan taklif etilayotgan maktab psixologining psixokorreksion faoliyati 
modeli maktab sinflari darajasida amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan va maktabni o‘zidagi 
kommunikatsiyalar, an’analar, rahbarlik maromi xususiyatlari va maktabdagi ichki hayotning 
boshqa xususiyatlari bilan o‘zaro aloqador yagona organizm sifatida qaramaydi, shunga ko‘ra 
uni keng qamrovli o‘rganish darkor.
7. Maktab konfliktologiyasining ahamiyatli muammosi o‘quvchilar o‘rtasida 
shaxslararo nizolarni yuzaga kelish omillari va shart-sharoitlarini o‘rganishdir. Maktabda 
psixokorreksion ishni tashkil etish bo‘yicha bizning tajribamiz shundan dalolat beradiki, ijtimoiy 
psixologiyada to‘plangan empirik ma’lumotlar to‘plami zamonaviy maktabdagi ta’lim-tarbiya 
maxsus sharoitlariga toza tarzda ko‘chirilib bo‘lmaydi, ularni adekvat baholay bilish shart. 
8. O‘quvchilar o‘rtasidagi shaxslararo nizolarning keng doiradagi amaliy vazifalarini 
hal qilish psixokorreksiya va psixoprofilaktikaning alohida metodologiyasini yaratish, psixologik 
nizolar va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha psixologik xizmatni tashkil 
etishning turli jabhalarini tadqiq etishni rivojlantirishni talab etadi. 
9. Bizning fikrimizcha, maktab psixologining o‘smirlar o‘rtasidagi shaxslararo nizolar 
sharoitidagi psixokorreksion faoliyati tahliliga faoliyatning umumpsixologik modelini qo‘llash 


41
istiqbollidir. Biroq, psixokorreksion faoliyat maxsus modellarini ishlab chiqish maqsadga 
muvofiqligini ta’kidlash joiz. Biz faoliyatning umumpsixologik modeli mantiqan individual 
faoliyat modeli ekanligi fikridan kelib chiqamiz.
Shu munosabat bilan shunday taxminni ilgari suramizki, a) psixokorreksion modelni 
loyihalashtirish va tahlili etishda umumpsixologik (individual va birgalikdagi faoliyat) hamda 
maxsus (jumladan transakt tahlil) metodlarini qo‘llash mumkin; b) ularni tanlash va qo‘llash 
konkret holatda tadqiqot vazifasi, uning bazaviy paradigmasi bilan belgilanadi; v) bu sohadagi 
tadqiqotlar hali keng istiqbolga egaligini ta’kidlab o‘tish mumkin. 
10. O‘smirlardagi nizolarni yengish va profilaktika qilishga psixokorreksion yondashuv 
ularni munosabatlarning maxsus tashkil etilgan tizimiga kiritishni nazarda tutadi, bu esa 
shaxslilik rivojlanishi jarayonini optimallashtirish uchun ob’ektiv manbani shakllantiruvchi
sub’ektlilikning turli shakllarini kamol toptiruvchi, xulq-atvorning nizosiz ko‘rinishlari arsenalini
hamda shaxslararo nizolarni konstruktiv hal qilish ko‘nikmalarini kengaaytiruvchi, o‘z xulq-
atvorini tanqidiy baholash, boshqa odamlar va o‘ziga bo‘lgan munosabatni qayta ko‘rib chiqish 
uchun sharoit yaratadi. 
Psixologning vositachilik faoliyati salohiyati bizning ishimizda bolalar va voyaga 
yetmagan inspektorlar amaliy ishida ham ko‘rinadi. 

Download 308,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish