Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


 ‘z-o ‘zini tekshirish uchun savollar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

0 ‘z-o ‘zini tekshirish uchun savollar
1. Kichik guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib bering.
2. 0 ‘rtaguruhda vaqt tasawurlarinishakllantirish jarayonini aytib bering.
3. Katta guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib bering.
4. Tayyorlov guruhda vaqt tasawurlarini shakllantirish jarayonini aytib
bering.
Tayanch so‘z
Sutka boMaklari — ertalab, kunduzi, kechqurun, tun.


V ВО В. M AXSUS MUASSASALARDA AQLI ZAIF
BOLALARNING TASVIRIY FAOLIYATINI
SHAKLLANTIRISH
5.1. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning ruhiy rivojlanishi
va tasviriy faoliyat
Maktabgacha yoshda tasviriy faoliyat bola ruhiyatining ko‘p 
tomonlariga bola shaxsiga bir butunlikcha rivojlantiruvchi ta ’sir 
ko‘rsatadi. Tasviriy faoliyat bolaning umumiy va ruhiy rivojlanishi bilan 
o‘zaro uzviyligi uni diagnostik maqsadlarda keng qo‘llash imkonini 
beradi, defektologiyada esa aqli zaif bolalar psixikasidagi nuqsonlarni 
korreksiyalovchi, ta’sir ko‘rsatuvchi vositasi sifatida qo‘llaniladi.
Biroq tasviriy faoliyat korreksion-rivojlantiruvchi vosita 
bo‘lishi uchun nuqsonlariga qarab, uning rivojlanish qonuniyatlarini, 
shuningdek, psixik rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga 
olish kerak.
Me’yorda rivojlanayotgan tengdoshlariga nisbatan, aqli zaif 
bolalaming tasviriy faoliyatni egallashdagi yutuqlari ko‘p jihatdan ta’lim 
usuliga bog‘liq bo‘ladi Shuning uchun samarali usullar va ta’lim 
mazmunini tanlash muhim hisoblanadi.
Aqli zaif bolalami tasviriy faoliyatga o‘rgatishni to‘g‘ri tashkil qilish 
uchun ularning yosh xususiyatlarini yaxshi tasawur qilish lozim. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy faoliyatining o‘ziga xosligi 
shundan iboratki, kichik yoshli bola tasvirlash jarayoniga kirishganda, 
ko‘pincha o‘z oldiga katta yoshli rassom uni tushunganidek tasviriy 
maqsad qo‘ymaydi.
Agar katta odam yakuniy maqsad yo‘lida, ya’ni rasm chizish, 
skulptura yasash uchun ijod qilsa, kichik bola uchun, faoliyat 
jarayonining o‘zi muhim bo‘ladi.
Bola qanchalik kichik yoshda bo‘lsa, faoliyat jarayoni, vaziyatni 
ma’noli aks etish uni shunchalik ko‘proq jalb qiladi. Aynan shu yerdan 
bolalar rasmlarining sxemaliligi, ular grafikasining to‘liqsizligi kelib 
chiqadi. Bola faqat o‘ylangan mazmunni ochib berish uchun kerakli 
bo‘lgan narsalarni chizadi, u rasmda tasvirlangandan ko‘ra ko‘proq 
narsani ko‘radi. Rasm chizish davomidagi tushuntirishlar, ishoralar, 
real harakatlar tasviming to‘liqsizligini kompensatsiyalaydi.
Tasvir, nutq va o‘yin maktabgacha yoshdagi bolalaming tasviriy 
faoliyatida uzviylikni hosil qiladi.


Mana shuning uchun kichik bolalami, ayniqsa aqli zaif bolalami 
kattalar tasvirlari nuqtayi nazaridan tasviriy faoliyatini baholashda 
tarbiyachilar, faoliyatning muhim komponenti bo‘lgan nutq va o‘yinni 
rad etib, kechirilmas xatoga yo‘l qo‘yadilar. Nutqiy va o‘yin daqiqalaridan 
mahrum bo‘lgan maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyati 
mazkur vaziyatda boladan, u bajara olmaydigan mazmunni faqat tasviriy 
vositalar bilan ifodalashni talab qiladilar. Biroq, ko‘pincha, tarbiyachilar 
diqqatlarini asosan loy yoki plastilin bilan ishlash, applikatsiya, rasm 
chizish malakalarini rivojlantirishda turli usullardan foydalanishga, 
faoliyatning texnik tomonga qaratadilar. Bunda faoliyat jarayonida 
bolalaming o‘yinga yo‘nalganligi qo‘llab-quwatlanmaydi va hisobga 
olinmaydi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalaming o‘yinga yo‘nalganligi 
qo‘llab-quwatlanmaydi va hisobga olinmaydi. Tasviriy faoliyat 
jarayonida nutqni rivojlantirishga yetarli ahamiyat berilmaydi.
Bolalar tasviriy ijodini o‘rganuvchi taniqli tadqiqotchi N.P. Sakulina 
bolalar rasmlarida o‘yin tendensiyalariga kattalar ehtiyotkor munosabatda 
bo‘lishlarini, ularni ta’lim jarayonida saqlanishini alohida ta’kidlaydi. 
0 ‘yin va rasmning o‘zaro bog‘liqligi maktabgacha yoshning barcha 
davrlarida o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
kichik yoshdagi bolalarda tasviriy faoliyat jarayonida o‘yin birinchi 
darajali ahamiyatga ega bo‘lib, maqsadga yo‘naltirilgan o‘qitish 
sharoitidagina tasviriy vazifalar birinchi o‘ringa chiqadi, ammo 
maktabgacha yoshning oxiriga qadar o‘yin bolalar tasviriy ijodining 
mazmunini va uni olg‘a siljituvchi kuch bo‘lib qoladi. 0 ‘z tengdoshlari 
bilan birga o‘ynash malakalari shakllanmagan va tevarak-atrofdagi 
hayotiy vaziyatlami o‘z o‘yinlarida qo‘llay olmagan bolalar, sujetli- 
rolli o‘yinlami yaxshi o‘ynay olmaydilar, shu bilan birga sujetli rasmlami 
ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o‘ynash malakalari yaxshi 
shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini tasvirlovchi sujetli 
rasmlar chizish erta shakllanadi. Ularda tasviriy o‘yin fikrlay olish erta 
hosil bo‘ladi va ular o‘z rasmlarida ulardan foydalanishga harakat 
qiladilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan 
tasviriy faoliyat bo‘yicha ishlami tashkil qilganda, ulaming mustaqil 
o‘ynash darajalarini hattoki katta bo‘lmagan o‘yin tajribalarini hisobga 
olish kerak. Yuqorida ta ’kidlanganidek, nutqiy uzviylik tasviriy 
faoliyatning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy 
faoliyatning strukturasiga uning muhim elementi sifatida turli shakllarda 
namoyon bo‘ladi.


Sujetli va rolli o‘yinlarni yaxshi o‘ynay olmaydilar. Shu bilan birga 
sujetli rasmlami ham chiza olmaydilar. Buning aksi sifatida o‘ynash 
malakalari yaxshi shakllangan bolalarda hayotiy va o‘yin tajribalarini 
tasvirlovchi sujetli rasmlar chizish erta shakllanadi.
Ularda tasviriy o‘yin, fikrlash erta hosil bo‘ladi va ular o‘z rasmlarida 
ulardan foydalanishga harakat qiladilar.
Shuning uchun maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan tasviriy 
faoliyat bo‘yicha ishlami tashkil qilganda, ulaming mustaqil o‘ynash 
darajalarini, hattoki katta bo‘lmagan o‘yin tajribalarini hisobga olish kerak.
Yuqorida ta ’kidlaganidek, nutqiy uzviylik tasviriy faoliyatni 
rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Nutq tasviriy faoliyatining 
strukturasi uning muhim elementi sifatida turli shakllarda namoyon 
bo‘ladi. So‘z tufayli bolalarning ijodiy ishlari atrofdagilar uchun 
tushunarli va predmetli tus oladi.
Shu vaqtdan boshlab nutq tayyor natijani belgilash (nima hosil 
bo‘ladi?) uni tushuntirish (bola nimani chizdi va yana nima chizadi?), 
so‘ngra rejalashtirish (ishni ketma-ketligini so‘z orqali ifodalash) 
vazifalarini o‘taydi.
Aqli zaif bolalarni tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida nutqni 
rivojlantirishni ta’minlovchi asosiy shartlaridan biri suhbat davomida 
ularga erkin gapirishga, shuningdek, faoliyat jarayonining o‘zida mavjud 
narsani ko‘zdan kechirish, rasmni, o‘yinchoqni tomosha qilish, ishini 
baholash imkonini berish hisoblanadi. Tarbiyachining mashg‘ulotda 
bu imkoniyatni tinch o‘tirish uchun qurbon qilayotganini uchratish 
mumkin. «Gaplashmaslik» talabi bola uchun o‘zlarini mashg‘ulotda 
tutishning asosiy shakli bo‘lib qoladi.
Tayyor ishni tahlil qUishda, shuningdek, tasvimi bajarishdan oldingi 
suhbat o‘tkazayotib, ba’zi tarbiyachilar bolalarga maxsus ruxsat bilan 
(qo‘l ko‘tarib) gapirishga rozi bo‘ladilar. Bunda bolalar albatta 
o‘rinlaridan turishlari kerak. Bu maktab talabalari salkam kichik 
guruhdan boshlab qo‘yiladi, pedagoglar esa buni aqli zaif bolalar, 
me’yorda rivojlanayotgan nisbatan impulsiv, tartibsiz bo‘lganlari uchun 
axloqiy tashkillashtirilishni erta boshlash kerakligi bilan izohlaydilar. 
Lekin, ko‘p hollarda bolalar ruxsat olgandan keyin javob bermay, jim 
turishlari kuzatiladi. Bu ularning gaplari yodlaridan chiqqan yoki 
o‘rinlaridan turmasdan awal javob berib bo‘lganliklari sababli sodir 
bo‘ladi. Kattalar erkin shaklda suhbat o‘tkazishsa, bolalar javoblarida 
suhbat predmeti haqidagi tasawur aniqroq bo‘ladi.


Tasvirlashga nima turtki bo‘lganini, bu qiziqarli faoliyat nimasi bilan 
jalb qilayotganini aniq tasawur etmaydilar. Tasviriy faoliyatni amalga 
oshirish uchun ikkita asosiy omil zarur — intellektual va jismoniy omillar.
Bir tomondan tasvimi yaratish uchun aniq predmetlar obrazi haqida 
to‘liq va turg‘un tasawur bo‘lishi kerak. Boshqa tomondan, bolani 
faoliyatga qo‘zg‘atuvchi kuchli hissiy stimulsiz bolani faoliyatga yo‘llab 
bo‘lmaydi. Aynan kuchli hissiyot bolada atrofdagi hayotni obrazli 
shaklda, ya’ni rasm, loy yoki plastilin bilan aks ettirish ehtiyojini 
tug‘diradi, shuning uchun bolada u yoki bu mazmunni tasvirlash 
ehtiyojining shakllanishi ayniqsa, ta’limga hissiy-iroda 'sohasining 
rivojlanmaganligi yetakchi nuqsoni bo‘lgan aqli zaif bolalar jalb 
qilinganda pedagoglarning doimiy diqqat markazida bo‘lishi kerak.
Odatda, maktabgacha muassasaga kirish davriga kelib (bu 5 yoshda 
yuz beradi) aqli zaif bolalarda hatto faoliyatning elementar malakalari 
shakllanmagan bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi nafaqat atrof hayotni aks 
ettirish imkonini tushunmaydilar, balki ba’zida qog‘oz, qalam va 
boshqalardan to‘g‘ri foydalanishni bilmaydilar. Bundan tashqari ular 
bilan ko‘p sonli noadekvat, qo‘pol (ularni otib yuboradilar, qog‘ozni 
qalam bilan yirtadilar, og‘zilariga soladilar va boshqalar) harakatlar 
bajaradilar, bular esa ularni ushlab ko‘rish, paypaslashga olib keladi. 
Aqli zaif bolalaming oz qismini ba’zi tasvirlarni bajarish qobiliyatiga 
ega. Ulaming tasvirlaridan uycha, bayroqcha, stulcha va boshqalaming 
elementlarini ilg‘ash mumkin.
Odatga ko‘ra bunday bolalar maxsuslashtirilgan yasli-bog‘chalarga 
qatnaganlar yoki ular bilan ota-onalari uyda shug‘ullangan bo‘ladilar. 
Shu bilan biiga bu tasvirlar taqlidiy xarakterga ega bo‘lib, primitiv, 
tanib boimaydigan holdadir. Aqli zaif bolalar bu yoshda (maxsus 
o‘qitishsiz) hech qachon rasmlarida, qurilmalarida o‘z hayotlarining 
biror-bir lahzasini aks ettirishga, qurilishni keyingi o‘yinlari uchun 
yasashga harakat qilm aydilar. Maxsus m aktabgacha tarbiya 
m uassasalarining katta guruhlarda ham, ko‘pchilik aqli zaif 
tarbiyalanuvchilar mashg‘ulotda bo‘sh vaqtda rasm chizishni xohlaydilar, 
rasmni faqat kattalar talabiga ко‘га chizadilar. 0 ‘ta layoqatlik ularda 
nafaqat chizishdan awal, balki chizish jarayonida yoki o‘zlarining tayyor 
tasvirlarga nisbatan ham kuzatiladi. Ular ishlarini qadrlamaydilar, yirtib, 
g‘ijimlab tashlab yuboradilar.
Xuddi shunday munosabat ularda ko‘rish-yasash faoliyatida 
kuzatiladi.


Bu vaqtga kelib me’yorida rivojlanayotgan bolada nafaqat predmetli 
rasm paydo bo‘ladi. Tevarak-atrofdan olgan taassurotlarini ifodalashning 
shakllaridan biri bo‘lib qoladi. Bolaning tavsirlashga bo‘lgan chegarasidan 
uzoqlashgan bo‘ladi.
Aqli zaif bolalar faoliyatining past darajaligi, ko‘pincha, pedagoglarga, 
ta ’lim jarayonining noto‘g‘ri metodik yo‘naltirishni tug‘diruvchi, 
bolalarda tasvirlash qobiliyatining shakllanishi mumkinligi haqida 
pessimistik qarashlarga sabab boiadi. Pedagoglar oddiy metodlami 
(namoyish, diktant) qoilash orqali bolalami predmetlar chizishga tezroq 
o‘rgatishga intilishadi. Aytish kerakki, bunda ular xohlayotgan natijaga 
erishadilar. Bolalar nafaqat katta odam ko‘rsatgan, balki aynan 
mashg‘ulotda boigan predmetlami tasvirlash malakalarini egallaydilar.
Kattalar yordamisiz bajarilgan tasvirlar esa shakl va mazmun jihatidan 
juda oddiy boiadi. Eng awalo, aqli zaif bolalar rasmlaridagi predmet 
obrazining butunligi juda sekin idrok qilishni ta’kidlash joiz. Predmet 
qismlari fazoda boiganligi kuzatiladi. Ulami bir butunga birlashtirishda, 
qismlarning bir-biriga nisbatan joylashtirishda qo‘pol buzilishlar 
(odamning qoilari boshidan o‘sayotgani, uyning tomi yon tomonda, 
daraxtning shoxlari bir tomonida) kuzatiladi. Yaxshi tanish predmetlami 
chizayotib, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar atrofdagi predmetlar 
ko‘rsatmasini yetarli anglab yetmasligi, o‘yinchoqlar bilan harakatlarda 
kam tajribaga ega ekanligi, predmet-o‘yinli harakatlami yetarlicha 
rivojlanmaganligi natijasi boigan ikkilamchi detallarga e’tibor qaratib, 
eng asosiy detallami aks ettirmaydilar 

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish