Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


Men «kecha», «bugun», «ertaga» atamalarini quyidagicha q o‘llaydilar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

Men «kecha», «bugun», «ertaga» atamalarini quyidagicha q o‘llaydilar:
«M en ertaga oyim bilan hayvonot bog‘iga bordim», «Ertaga buvimnikiga
bordim». Ushbu atamalarni noto‘g ‘ri qQ‘llaydilar.
Shuning uchun har bir mashg‘ulotni suhbatdan boshlash yaxshi natija 
beradi. Masalan, «Bugun kim navbatchi? Kecha kim navbatchi edi? Ertaga 
kim navbatchilik qiladi? Kecha kim navbatchi edi?» Har bir kun o‘miga 
boshqa kun kelishi tushuntiriladi. Bugun ular nima bilan shug‘ullanishlari 
ustida suhbat o‘tkaziladi. Kecha nima ish qilganliklari eslatiladi.
Kunning oxirida bolalarga ertaga qanaqa voqea va hodisalar 
kutayotganligini ma’lum qilinadi. Natijada bolalarda ayrim tajribalar 
to‘planib boradi, ular «kecha», «bugun», «ertaga» tushunchalarini 
o‘zlashtirib, ulami farqlab, muayyan hodisa va voqealar bilan bog‘lashga


o‘iganadilar. Bolalaming diqqati vaqtning o‘tuvchanligiga qaratiladi; nimaiki 
bugun yuz bersa, ertaga o‘tkazishga ketadi va «kecha» atamasi bilan 
bog‘lanadi. Vaqtning o‘tuvchanligini ob-havo kalendari yordamida ko‘rsatish 
qulaydir. Bunda kecha ob-havo qanday, bugun ob-havo qanday, ertaga 
ob-havo qanday ekanligini bolalar zlari kalendarga belgilab boradilar.
Ob-havo kalendari
Ko‘pincha navbatchilik kalendarida kecha navbatchilik qilgan, 
bugungi navbatchilik va ertaga navbatchilik qiluvchi bolalaming ismlari 
yozib qyilgan kartochkalar qo‘yiladi.
Navbatchilik kalendari bolalami vaqt atamalari ustida mashq qildirish 
uchun so‘zli didaktik o‘yinlar hamda o‘yin mashqlaridan, masalan, 
«Davom ettir!» o‘yinidan foydalaniladi. Bu mashqni koptok bilan 
o‘ynaladigan o‘yin shaklida o‘tkazish mumkin. Bolalar doira bo‘lib 
turadilar. Tarbiyachi qisqa jumla aytib, koptokni tashlaydi. Kim koptokni 
ushlab olsa, o‘sha bola tegishli vaqtni aytadi. Masalan, tarbiyachi 
koptokni tashlab; «Biz do‘konga bordik», — deydi. Bola esa koptokni 
ushlab olib, «Kecha» — deb jumlani tugatadi. «Matematika bo‘yicha 
mashg‘ulot bo‘ladi», «bugun». «Biz rasm chizamiz», «ertaga» va hokazo.
«Kecha», «bugun», «ertaga» tushunchalari ustida ishlash jarayonida 
navbatchilik kalendaridan ham foydalanish mumkin.
Yil fasllari haqidagi bilimlarni shakllantirishda rasmlar hamda 
hikoyalar, she’rlar, topishmoqlar kabi og‘zaki m ateriallardan 
foydalanilganda yaxshi natijalar beradi.
Yil fasllari haqidagi bilimlarni shakllantirishda dastlab qish-yoz, 
bahor-kuz tasvirlangan rasmlar ko‘rsatiladi. Bolalardan rasmda yilning 
qaysi fasli tasvirlanganligi so‘raladi.Bolalaming bilimlarini mustahkam- 
lash uchun yil fasllariga mos materiallardan foydalaniladi.
Masalan, bolalarga yilning to‘rt fasli tasvirlangan turli rasmlar 
tarqatiladi va qisqa she’r-topishmoq o‘qiladi. Bolalar javob rasmlarini 
ko‘taradilar va topishmoq yilning qaysi fasli haqida ekanligini va nima 
uchun ular xuddi shu rasmni ko‘targanliklarini gapirib beradilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar hamma topishmoqni 
topganlaridan keyin, yozdan so‘ng, qishdan so‘ng, kuzdan so‘ng, 
bahordan so‘ng yilning qaysi fasli kelishi so‘raladi. Rasmlarni yil 
fasllarining ketma-ket kelishi tartibida qo‘yish taklif qilinadi.
Bolalar yil fasllarining ketma-ketligini yaxshi eslab qolishlari uchun


yil fasllari simvollaridan foydalaniladi. Bu to‘rtta teng qismga bo‘lingan 
va har qaysi qismi turii rangga bo‘yalgan doiradan iborat.
Bolalardan «Yil fasllaridan qaysinisini bilasiz? — Yil fasllari hammasi 
bo‘lib nechta?» — deb so‘raladi.
Shundan keyin doirani ko‘rsatib, «Mana bu yil bo‘lsa, u to ‘rt qismga 
bo‘lingan» deb tushuntiriladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar doira qismlarini ko‘zdan 
kechirishadi. Bolalarga doiradagi har bir qismning rangini mos yil fasli 
va uning xarakterli belgilari bilan taqqoslash taklif qilinadi.
Doiraning oq qismi qishni bildiradi. Qishda hammayoq oppoq qor 
bilan qoplanadi.
Qizil qismi yozni bildiradi. Yozda qizil quyosh yorqin nur sochadi. 
Doiraning yashil qismi bahomi bildiradi. Bahorda yam-yashil o‘tlar 
chiqadi, daraxtlar yashil yaproqlarini yozadi. Kuz sariq rang bilan 
belgilanadi. Kuzda daraxtlaming yaproqlari sarg‘ayadi.
Yil fasllarini strelka ko‘rsatib turadi. Bolalar esa ularni istalganidan 
boshlab ketma-ket aytadilar.
Strelka bilan doiraning u yoki bu qismini ko‘rsatdi. Bolalar esa 
tarqatma materiallardan yilning u yoki bu fasliga mos keladiganini 
topishadi yoki yilning bu fasliga mos she’r o‘qishadi, topishmoq va 
maqol aytishi kerak bo‘ladi.
Vaqtni his etishni o‘stirish bolalaming uyushqoq, intizomli bo‘lishiga 
yordam beradi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish