0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Kichik guruhda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish bo *yicha ishlar
qanday olib boriladi?
2. 0 ‘rta guruhda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish bo yicha ishlami
aytib bering.
3. Katta guruhda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish bo yicha ishlarni
aytib bering
4. Tayyorlov guruhda fazoviy tasavvurlarni shakllantirish bo‘yicha
ishlami aytib bering
Tayanch so‘z
Fazoviy tushunchalar — oldinda, orqada, chapda, o‘ngda kabilar.
4.4. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning shakllar haqidagi
tasawurlarini shakllantirish
Geometrik shakl haqidagi dastlabki ma’lumotlarni bolalar o‘yin
jarayonida oladilar. 0 ‘quv yilining boshida guruhga sharlar to ‘plami,
ko‘rish materiallar, geometrik mozaika va boshqalar olib kiriladi.
Mana shu davrda aqli zaif bolalaming aqliy qobiliyatini rivojlantirish,
turli geometrik shakllar haqidagi tasavvurlaini shakllantirish muhim
ahamiyatga ega. Kichik gumhda ishni shar va kub bilan tanishtirishdan
boshlash maqsadga muvofiqdir.
Defektolog maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga shami ko‘rsatadi
va nomini aytadi hamda shar yordamida har xil harakatlarni bajaradi:
uni stol ustida kaftlari orasida yumalatib, qo‘ldan-qo‘lga o ‘tkazib
yumalatadi. U harakat jarayonida «shar yumalayapti. Men shami u
qo‘limdan bu qo‘limga yumalatib o‘tkazdim», — deydi. Har bir bolaga
shar olish va xuddi shunday harakatlar qilish taklif etiladi. Keyin har
qaysi boladan uning olgan shari qanday rangdaligini, yumalaydimi-
yo‘qmi sraydi va xulosa qiladi. Komilda qizil shar, u yumalaydi.
Nigorada havorang shar, u yumalaydi. Sobirda yashil, u ham yumalaydi.
Hamma sharlar yumalaydi.
Sharning shakli haqidagi bilimlarni umumlashtirish uchun turli
kattalikdagi sharlar bir-biriga taqqoslanadi. Defektolog bolalarni doira
qilib o‘tqizadi. Ularga har xil rangdagi katta va kichik sharlarni krsatib:
«Bu nima? Sharning rangi qanday? Qaysi shar kattaroq? Qaysinisi
kichikroq?» deb so‘raydi. U bir bolaga kichik bir sharni, boshqasiga
katta shami beradi. Bolalarga sharlami doira bo‘ylab bir-biriga uzatish
taklif etiladi. Oldin katta shar kichik shami quvib yetadi, keyin esa
kichik shar kattasini quvib yetadi.
Shu yo‘l asosida aqli zaif bolalaiga kub haqida tushuncha beriladi.
Defektolog kubni krsatadi va nomini aytadi, keyin esa, turli kattalikdagi
ikki kubni ko‘rsatib: «Bu qanday shakl? Qanaqa rangda? Qaysi katta
(kichik)?» — deb so‘raydi. Bolalar kubni ushlab ko‘radilar, qirralari
bo‘ylab barmoq yurgizib chiqadilar, qo‘llari orasiga oladilar, yumalatib
ko‘radilar va uning tuig‘unligiga ishonch hosil qiladilar. Ular kichik
kubni kattasining ustiga qo‘yadilar, boshqa predmetlar orasidan kublarni
tanlab oladilar. Ulardan eng oddiy qurilishlar yasaydilar va h.k.
Geometrik shaklni ko‘rish va his qilish orqali, harakat tuyg‘ulari
orqali idrok etishni tashkil etish, uning xossalarini namoyon qiluvchi
xilma-xil ishlardan foydalanish, shakllar nomini, ulaming xossalarini
va harakat usullari nomini aytish bolalaming shakl haqidagi tasawurlarini
aniqlash imkonini beradi. So‘ngra bu shakllami taqqoslash va guruhga
ajratish mashqlari o‘tkaziladi.
Bolalarga bir necha shar va kubning juflini namunaga qarab topish
yoki tanlab olish taklif qilinadi: «Kub (shar) ni ko‘rsat» (3—4 shakl
orasidan). «Shu rangda (kattalikda)gi shar(kub)ni top». Bunday holda
shar va kublar bir-biridan rangi va katta-kichikligiga qarab farq qilinadi.
«Hamma katta kublar (sharlar)ni tanlab ol» (Kublar va sharchalar turli
rangga va ikki xil kattalikka ega). Topshiriqni bajargach, bola juft yoki
birguruh predmetlar uchun umumiy bo‘lgan belgilami aytadi («Hamma
kublar katta»).
Kub va sharlami farqlash, predmetlami berilgan belgilari bo‘yicha
tanlash (jufUarini tanlash, guruhlar tuzish) mashqlariga kiradi, ya’ni
to‘plash haqidagi tasawurlarni shakllantirish ishi bilan yaqindan boshlab
olib boriladi.
Geometrik shaklni tekshirish va tegishli tasawurlami hosil qilib borish
ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun bolalaming kesiklariga yassi shakllar:
kvadratlar, doira, uchburchak, to ‘g‘ri burchaklarning modellari
qo‘yiladigan Segen taxtachasidan foydalaniladi. Shar, kub, parallelepi-
ped, uchburchak, prizmalar tushiriladigan yashiklar bUan o‘yinlar tashkil
etiladi.
Har bir shakl faqat o‘z shakliga mos kesik (teshik)ka tushishi va
joylanishi (yoki o‘tishi)ni bolalarga ko‘rsatib, tushuntirib beriladi
(«Sharcha yumaloq, teshikcha ham xuddi shunday yumaloq»).
Defektolog ko‘rsatkich barmog‘i bilan taxtachaning teshigi (kesigi)
atrofida aylantirib chiqib, bolalarni predmetlar shaklini ushlab ko‘rib
tekshirish usuliga o‘igatadi. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming
mayda qo‘l muskullari yaxshi shakllanmaganligini hisobga olib
bolalaming qo‘lini ushlab kerakli harakatlami qilib unga yordam beriladi.
Maxsus mashg‘ulotlarda orttirilgan sensor tajribalarga tayanib,
bolalami doira, kvadrat, uchburchaklami shakllar nomini aytishmasdan
farq qilishga o‘rgatiladi.
Geometrik shakllar juftlab taqqoslanadi. Masalan, kub bilan kvadrat,
shar bilan doira, uchburchakli prizma bilan uchburchak.
Geometrik shakliar birinchi marta taqqoslanayotganda, ko‘rsatish
uchun tarqatma material sifatida rangi va hajmi bir xil boigan shakllar
modelidan foydalaniladi. Keyinchalik bolalarga awal rangi, keyin esa
hajmi ham farq qiladigan shakllar beriladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarni geometrik shakl
modellarining konturlari bo‘ylab barmoq yurgizib chiqish va q o i
harakatini ko‘z bilan kuzatishni o‘rgatishga katta e’tibor beriladi.
Defektolog shaklni ko‘rsatadi, uning nomini aytadi, xuddi shunday
shaklni ko‘rsatishlarini bolalardan so‘raydi, keyin esa bolalami «havoda»
o‘zi bilan birga harakat qilishga jalb etib, shakl konturini ko‘rsatkich
barmogi bilan bii necha marta aylantirib chiqadi. Kontur atrofidagi
barmoq harakati shaklning butun yuzi bo‘ylab q o i yurgizib chiqish
bilan yakunlanadi. Bolalar defektologning q o i harakatini kuzatib
turadilar, keyin esa o‘zlari shakl modeli bylab yurgizib chiqib uning
nomini aytadilar. Defektolog 2—3 shakl tasviri solingan rasmlardan
foydalanib, bolalarga konturlardan barmoq yurgizib chiqishni mashq
qildiradi.
Shakl xususiyatlari bolalarga biror harakat qilishni taklif etish yoii
bilan anglatiladi. Masalan: bolalar shakllami yumalatib ko‘rib, doiraning
yumalashini, kvadratning esa yumalamasligini aniqlaydilar. «Nima uchun
kvadrat yumalamaydi?» — «Burchaklari xalaqit beradi. Doiraning
burchaklari yo‘q shuning uchun doira yumalaydi».
Bolalar geometrik shakllami bir-biridan farq qilish va nomini aytishni
mashq qiladilar. Buning uchun ularga, masalan, mana bunday
topshiriqlar beriladi: «Doirani o‘ng qo‘lingga, kvadratlami esa chap
qoMingga ol», «Sening o‘ng qo‘lingda qancha shakl bor?». «Xuddi mana
shunday shaklni top» bolalar defektolog qo‘lidagi shaklga o‘xshash
shaklni topadilar, « 0 ‘z uyingni top» (uychalar turli shakldagi belgilar
bilan ko‘rsatiladi), «Mashina va poyezd uchun g‘ildiraklar tanlab ol»
(bolalar turli shakllar to‘plami ichidan doiralar tanlab oladilar),
«Domino», «Ornament terish» o‘yinlaridan foydalaniladi.
Doira, kvadrat va uchburchaklar modelidan to‘plamlar miqdorini
taqqoslashni mashq qildirish uchun namuna va tarqatma material sifatida
foydalaniladi.
Natijada o‘quv yili oxiriga kelib bolalar xilma-xil shakllar orasidan
doira, kvadrat va uchburchaklami modellaming rangi va kattaligi har
xil bo‘lsa ham topa oladilar.
Bundan tashqari, ikkita bir xildagi geometrik shakldan boshqa
geometrik shakl yasashga o‘rgatiladi: ikkita uchburchakdan kvadrat
yasash, ikkita yarim aylanadan — aylana yasash, ikkita kvadratdan to‘g‘ri
to‘rtburchak yasash.
Geometrik shakl haqidagi tasawurlami o‘stirish sanashga o‘rgatish
bilan va buyumlarning oMchamlarini taqqoslash mashqlari bilan paral-
lel ravishda amalga oshiriladi va uzviy suratda bog‘lab olib boriladi.
Bu ishni tasviriy faoliyatning turli xillariga o‘rgatish bilan bog‘lab
olib borish katta ahamiyatga ega, chunki buyum yasash (rasmini
chizish, loy yoki plastilindan yasash, konstruksiya qilish) ehtiyoji
uning shaklini aniq alohida-alohida qismlarga bo‘lib idrok etish
zaruriyatini tug‘diradi.
Ushbu guruhda bolalarda doira, kvadrat, to ‘g‘ri to ‘rtburchak,
uchburchaklarni farqlash ko‘nikmasi mustahkamlanadi va ularni
nomlashga o‘rgatiladi. Mazkur shakllarning modelidan bolalarga
buyumlar yig‘indilari o‘rtasidagi miqdoriy nisbatlami aniqlashni va
sanashni mashq qildirish uchun tarqatma material sifatida keng
foydalaniladi. Defektolog bolalami sanashga o‘igatishda yo‘l-yo‘lakay
ulaming mazkur shakllar haqidagi tasawurlarini mustahkamlab boradi.
U bolalaiga shakl konturi atrofidan qo‘l yurgizib chiqishni, uni ushlab
ko‘rishni, ko‘rsatilgan shakldagi shakllami tanlab olishni (chunonchi,
hamma kvadratlami tanlab olishni) taklif qiladi. Bolalar har xil yoki bir
xil, ammo rangi yoki o‘lchamlari har xil bo‘lgan shakllar miqdorini
taqqoslaydilar («Qaysinisi ko‘proq — kvadratlarmi? yoki uchbur-
chaklarmi? Katta uchburchaklar ko‘pmi yoki kichkina uchburchaklar
ko‘pmi?» va h.k.).
0 ‘qitishning bu davrida «Xuddi shunday shaklni ko‘rsat», «Sizlarda-
chi?» kabi o‘yin mashqlaridan foydalanish mumkin.
Defektolog ko‘rgazma materialni doimo o‘zgartirib turadi. U ayni
bir shaklning turli rang va o‘lchamlardagi modellarini ko‘rsatadi. Har
gal bolalarga bu buyumlarning rangi va o‘lchamlarini aytib berishni
taklif qiladi.
Shakllaming muhim xususiyatlari bilan bir qatorda ulaming muhim
bo‘lmagan xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish shakllar haqidagi bilimlami
umumlashtirish uchun shart-sharoit yaratadi. Shakllarning rangi va
o‘lchami o‘zgaradi, ammo shaklning belgilari o‘zgartirilmaydi. Bolalar
shu belgilarga qarab shakllami taniydilar.
Bolalarni yangi geometrik shakllar bilan tanishtirishda bolalarga
oldindan tanish blgan shakllar bilan taqqoslanadi yoki ikkita yangi
shakl bir-biri bilan, shar aylana bilan, kvadrat prizma, uchburchak
bilan, parallelepiped to‘g‘ri to‘rtburchak bilan taqqoslanadi. Awal ular
juftlab taqqoslanadi, keyin esa geometrik shakllarning guruhlari bir-
biri bilan, masalan, kvadrat guruhi uchburchaklar guruhi bilan
taqqoslanadi va h.k.
Geometrik shakllami ko‘rib chiqish va bir-biriga qiyoslash ma’lum
tartibda olib boriladi: «Bular nima? Rangi qanaqa? 0 ‘lchamlari qanday?
Nimadan yasalgan? Bir-biridan nima bilan farq qiladi? Qaysi tomonlari
bilan bir-biriga xshaydi?»
Savollaming ma’lum tartibda berilishi bolalami shakllami izchillik
bilan ko‘rib chiqishga va tekshirishga, bir xil belgilariga qarab taqqoslashga,
muhim belgilarini ajratib ko‘rsatish, nomuhim belgilari (rangi, o‘lchamlari,
materiali, fazoda joylashishi)ga e’tibor bermaslikka o‘rgatadi. Bolalami
shakllaming modellari bilan turli ish bajarishlarini tashkil etish muhim
ahamiyatga ega, chunki bu modellar haqidagi tasawurlar darajasi shaklni
idrok etish tajribasining boyligi bilan belgilanadi.
Geometrik shakllami sezgi-harakat vositasida tekshirib chiqish katta
ahamiyatga ega. Ko‘rib idrok etishda qo‘lning ishtirok qilishi geometrik
shakllarni yaxshiroq idrok etishga yordam beradi. Bolalarni modelni
barmoqlarining uchi bilan ushlab ko‘rib, shakl konturi bo‘ylab barmoq
harakatini kuzatib borishga undaydi: «Qaranglar, barmoq uning atrofidan
qanday aylanadi?» Geometrik shakl konturi atrofidan barmoq yuigizish
uning sathi bylab qo‘l yurgizib chiqish bilan tugallanadi.
Bolalar geometrik shakllami yumalatib, turli holatlarda qo‘yadilar
va ulaming qanchalik to‘g‘ri yoki to‘g‘ri emasligini aniqlaydilar.
Masalan, bolalarni oval bilan tanishtirishda defektolog ovaldan
barmoqni yurgizib chiqishni taklif qiladi, u qanday shaklni eslatishini
so‘raydi. Shunda defektolog doira va ovalda burchaklar yo‘qligini, uni
stolda yumalatishni so‘raydi.
Oval doiradan nimasi bilan farq qilishini ko‘rsatish uchun ovalni
doirani ustiga qo‘yishni, doira har xil tomonga yuqoriga, pastga o‘ngga,
chapga bir xil kengayishini, oval esa uzunchoq, cho‘zinchoq kengayishini
ta’kidlab to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatadi.
Geometrik shakllami xususiyatlariga qarab guruhlarga ajratishni,
shakllarni o‘lchamlarining oshib va kamayib borishi tartibida terib
qo‘yishni mashq qildirish katta ahamiyatga ega. 0 ‘rta guruh bolalarga
mashg‘ulotdan tashqari vaqtda shakllami farq qilishni mashq qildirish
uchun «Nima yo‘q bo‘lib qoldi?» yoki «Nima o‘zgardi?» kabi o‘yin
mashqlari va didaktik o‘yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar qaysi
shaklni yashirganlari yoki almashtirib qo‘yganliklarini aytadilar.
«Ajoyib qopcha» o‘yini turli variantlarda o‘tkaziladi. Bolalar shakllami
taniydilar, ko‘rib idrok etiladigan namunaga qarab uni paypaslab ko‘rib
topadilar, yoki aksincha, ushlab ko‘rib idrok etilgan namuna asosida
shaklni ko‘rib topadilar.
Individual mashqlar o‘tkazish uchun «Juftingni top», «Rasmga mos
shaklni top» va boshqa shu kabi o‘yinlardan foydalaniladi. Bolalar
shakllami rangi va kontur tasvirlarini taqqoslab, tegishli shakllami
topadilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar mashg‘ulotlarda geometrik
shakl jihatidan bir-biriga yaqin shakllar (doira va oval bilan chegaralangan
shakllar)ni farq qilishni, idrok etiladigan shakllarni elementar tarzda
tahlil qilishni, ulaming ba’zi bir xossalarini ajratib ko‘rsatib tasvirlashni
o‘iganadilar. Bolalar har xil ko‘rinishdagi uchburchaklar, oval shaklidagi
shakllar bilan tanishtiriladi, shakl bo‘yicha o‘zgarishlami ko‘rish, o‘xshash
shakllami topishga o‘rgatiladi Bolalar asta-sekin shakllami tekshirish
va tasvirlashga, uning geometrik namunaga o‘xshash va farq qiladigan
tomonlarini topishga o‘rgatib boriladi. Geometrik shakl haqidagi
tushuncha faqat mashg‘ulotlardagina o‘stirib borilmaydi. Didaktik
o‘yinlaming qo‘llanishi muhim ahamiyatga ega. Didaktik o‘yinlar
bolalarning faqat shakl haqidagi tasawurlarini aniqlab va mustah-
kamlabgina qolmay, balki ulaming ana shu tasawurlarini boyitadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan ishlash jarayonida
ko‘rsatma materiallardan keng foydalanish geometrik shakllar haqida
umumlashgan tasawurlarning paydo bo‘lishiga yordam beradi. Katta
guruh bolalarga har bir shakl, har xil rangda, turli o‘lchamda va tomonlari
turli nisbatda, turli materialdan (qog‘oz, karton, faner, plastelin va
boshqa narsalardan) yasalgan model shaklida ko‘rsatiladi. Individual
ishlash uchun jadval va kartochkalar qo‘llaniladi, bunda bir xil yoki har
xil ko‘rinishdagi shakllaming rasmi turli holatda joylashtirilgan bo‘ladi.
Barcha ish geometrik shakllar modelini solishtirish asosida olib
boriladi. Shakllar bilan ulaming modellari o‘rtasidagi o‘xshashlik hamda
farqni aniqlash uchun awalo juft holda (doira bilan oval, kvadrat bilan
to‘g‘ri to‘rtburchakni), so‘ngra bir yo‘la har xil shakllaming 2—3 tasini
taqqoslaydilar. Geometrik shakllar har birining xarakterli xossalari, rangi,
o‘lchami, materiali bilan bir-biridan farq qiladigan uning 4—5 modelini
taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Kichik guruhda defektolog aqli zaif
bolalar bilan shakllar modelini ko‘rib chiqayotganida quyidagi savollar
beriladi: «Bu nima? Qanday rangda? Qanday o‘lchamda? Nimadan
qilingan?». Endi shakllar modelini ko‘rib chiqayotganda bolalarni
shakllaming elementini ajratib ko‘rsatish, ular o‘rtasidagi nisbatlami
aniqlash uchun undovchi savollar beriladi. Masalan, to‘g‘ri to‘rtburchak
ko‘rib chiqilayotganda defektolog «To‘g‘ri to‘rtburchakning nechta
tomoni bor? Nechta burchagi bor? Tomonlaming o‘lchami haqida nima
deyish mumkin?» kabi savollami beradi.
Modellarni ma’lum tartibda ko‘rib chiqish va solishtirish bolalarda
geometrik shakllaming shaklini aniqlash, ulaming bir xil belgilarini
taqqoslash, muliim belgilari (qismlar soni, ulaming miqdori, o‘lcham
nisbatlari)ni ajratib ko‘rsatish hamda muhim boimagan belgilari (rangi,
oichami, materiali va h.k.) ga e’tibor bermaslik ko‘nikmasini asta-
sekin rivojlantirib borishga xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning tafakkurini rivojlantirish
maqsadida mashqlar tavsiya etiladi. Qizil kvadratning tomonlari teng.
Ko‘k kvadratning tomonlari teng, yashil kvadratning tomonlari ham
teng, demak barcha kvadratning tomonlari teng.
Kvadratning ayrim belgilari (rangini) o‘zgartirish kvadratga xos
tomonlarning teng boiishi haqida umumiy xulosa chiqarishga imkon
beradi.
Defektolog geometrik shakllami taqqoslash bilan bolalarga mustaqillik
ko‘rsatish uchun imkon beradi. Katta guruh bolalari uchun shakllami
muskul harakat sezgilari yordamida tekshirish usulidan foydalanib
qllanish hali ham muhim ahamiyat kasb etadi. Defektolog bolalarga
geometrik shakl konturi bo‘ylab barmoq yurgizib chiqishni eslatib, barmoq
yoki ko‘rsatkichning konturi bo‘yicha harakat qilishini kuzatib borishlarini
taklif etadi. Shakllaming bir-biridan farqini ajratish uchun buyumlami
bir-birining ustiga qo‘yish hamda yoniga qo‘yish usullarini qo‘llash davom
etadi. Bolalar shakllaming elementlarini sanaydilar, bir turdagi, lekin
har xil rang yoki o‘lchamdagi geometrik shakllar modelning tomonlari
va burchaklari sonini, shuningdek, kvadrat, uchburchak va to ‘g‘ri
to‘rtburchakning tomon hamda burchaklari sonini taqqoslaydilar.
Katta guruhda buyumlami guruhlashga oid mashqlar oldingi guruhlarga
qaraganda quyidagi usulda murakkablashtirib boriladi: taqqoslanadigan
shakllar va shakl turlarining soni oshirib boriladi, belgilar sonining (rangi,
o‘lchami, materiali) ko‘pligi bilan farq qiladigan modellar qo‘llaniladi;
ayni bir xil rnodellar har xil belgilari: shakli, rangi, o‘lchami bo‘yicha
guruhga ajratiladi; guruhlashga oid mashqlar tartib bo‘yicha sanashga
o‘igatish bilan biiga qo‘shib olib boriladi. Bunda birliklarda hosil bo‘lgan
sonlar hamda sonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik o‘igatiladi.
Bolalarni doira bilan ovalni, prizma bilan uchburchakni, to‘g‘ri
to‘rtburchak bilan parallelepipedni taqqoslashga o‘rgatishda bu shakllar
har xil oichamda, rangda, har xil fazoviy joylashishda tasvirlangan
jadvallardan foydalaniladi. Bolalar karton, qog‘oz, plastilindan
tayyorlangan shakllar bilan ishlaydilar.
Kundalik hayotda loy va plastelindan narsalar yasash mashg‘ulotlarida
bolalar hajmli geometrik shakllar (shar, kub, silindr)ni yasaydilar. Bu
geometrik shakllami yaxshilab o‘zlashtirish uchun ushbu o‘yinlardan
foydalanish tavsiya etiladi: «Xaltachadagi nima?», «Top va jim tur»,
«Xonadan shaiga o‘xshash buyumlarni top», «Kim dumaloq jismlami
ko‘p topadi?», «Geometrik loto» va boshqalar.
Bu o‘yinlar jarayonida tuzilishi bo‘yicha yaqin shakllarni ham (oval
va doira), hajmli va yassi shakldagi shakllami ham (shar-doira, kub-
kvadrat) farq qilish malakalari takomillashadi.
Maktabga borish oldidan bolalar quyidagi geometrik shakllaming
asosiy xossalari va belgilarini bilishlari hamda nomini aytishlari shart:
doira, oval shaklidagi shakllar, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak,
to‘rtburchak, shar, kub, silindr. Predmetlar orasidan o‘zlariga tanish
geometrik shaklni topa bilishlari kerak. Muayyan ishga odatda
mashg‘ulotning bir qismi ajratiladi.
0 ‘quv yilining boshida defektolog bolalaming shakl haqidagi bilim
darajalarini aniqlaydi. Agarda bolalar oval shaklini doira shakli bilan,
kvadratni to‘g‘ri to‘rtburchak bilan va boshqa shakllarni adashtirsalar,
u holda geometrik shakllami ko‘rib chiqish va solishtirish zarur.
Geometrik shakllar juft-juft qilib solishtiriladi, sezgi harakat va ko‘z
bilan ko‘rib tekshiriladi. Bolalar kontur atrofidan qo‘l yurgizib chiqib,
uning sirtini paypaslaydilar. Shaklni idrok etadilar.
Geometrik shakllaming xossa va elementlarini ajratish ulaming sonini
aniqlash, ustiga, yoniga qo‘yish, rasmini chizish, shartli o‘lchovlar bilan
sanash va ayrim elementlarni (tomonlarini) oichash usullaridan
foydalanish imkonini beradi. Bolalaming shakllar o‘rtasidagi o‘xshashlik
va farq qiluvchi belgilarni mustaqil ajrata bilishlari muhimdir,
defektologning roli esa xossalaming to‘g‘riligini tasdiqlashdan iboratdir.
Bilimlarni mustahkamlash va aniqlash uchun shakllarni esga
tushirishga oid har xil topshiriqlar beriladi. Bolalar qog‘ozdan yassi
shakllar qirqadilar, plastelindan hajmdor buyumlarni yasaydilar,
shakUardan qaytadan yangi shakllar yasaydilar. Shakllarni tuzishga oid
mashqlar ko‘p qoilaniladi.
Geometrik shakllar nimasi bilan bir-biriga o‘xshashi, nimasi bilan
farq qilishi aniqlangach, umumiy belgilar, hamma uchburchaklarda
uchtadan tomon, uchtadan burchak borligi ko‘rsatiladi. Muayyan shakl
nomi bilan uning tuzilishi o‘rtasidagi bogiiqlik aniqlanadi. «Nima uchun
bu shakl uchburchak deb ataladi?» — deb so‘raydi defektolog. Bolalar
geometrik shakllar haqida olgan bilimlaridan tevarak-atrofdagi shakllami
tahlil qilishda foydalanishlari zarur. Bolalarga quyidagi topshiriqlar
bexiladi: deraza, quticha qopqoi, shkafdevori, rmol qanday shaklda
ekanligini aniqlash; uchburchak shakliga ega boigan predmetlar yoki
predmetlarning qismini aytish va h.k. Kundalik hayotda: «Qatorga
yettita», «Geometrik loto», «Sabzavotlar ekamiz», «Quvnoq bolalar»
o‘yinlarini mashq qilish foydalidir.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaming geometrik shakllar
haqidagi bilimlarini mustahkamlash va aniqlash maqsadida quyidagi
mashqlar taklif qilinadi. Masalan, plastilindan kub, silindr, shar yasash,
qog‘ozdan kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak va uchburchaklar qirqish, shaklni
ikki qismga boiish, va aksincha, qismlardan butun tuzish, bir xil
shakllardan boshqa shakllar tuzish (ikkita kvadratdan to‘g‘ri to‘rtburchak,
ikkita uchburchakdan kvadrat tuzish, kvadratni diagonali bo‘yicha boiib,
ikkita uchburchak hosil qilish, doirani ikki yarim doiraga boiish va
ikkita yarim doiradan bitta doira yasash va boshqalar) cho‘plardan u
yoki bu shakllarni yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |