Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi


 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

0 ‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Maktabgacha yoshdagi bolaiarda elementar matematik tasavvurlami
shakllantirish metodikasiningyuzaga kelishi va rivojlanishi haqida aytib bering.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlami
shakllantirish metodikasining yuzaga kelishi va rivojlanishiga hissa qo ‘shgan
olimlami sanab bering.
3. Elementar matematik tasavvurlami shakllantirish metodikasi qandav
masalalami hal etadi?
4.2. Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarning miqdoriy
tasawurlarini shakllantirish
Maxsus maktabgacha tarbiya muassasalari sharoitida matematika 
o‘qitishning umumtaiimiy, korreksion-tarbiyaviy va amaliy vazifalarini 
hal qilish defektologning kasbiy tayyorgarligiga bogiiq.
Matematika qitish aqli zaif bolalarning maium bilim, knikma 
va malakalarni o‘zlashtirib olishlarinigina emas, balki ulaming psixik 
jarayonlarini korreksiyalash uchun ham imkoniyat yaratadi. Kuzatishlar 
shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar uchun aqliy 
yetishmovchilik xarakterli xususiyatlardandir. Bu hol ularda mavhum


umumlashtirishga, atrof-muhitdagi narsalarva voqealar o‘rtasidagi aloqa 
hamda bog‘liqlikni belgilay olmaslikka, tahlil va sintez qilishga qobiliyat 
yo‘qligida ifodalanadi. Aqli zaif bolaning tafakkuri yaqqol-obrazli 
situatsion xarakterda bo‘ladi va bir qancha o‘ziga xos xususiyatlarga 
ega bo‘ladi.
Aqli zaif bolalaming matematikani muvaffaqiyatli o‘zlashtirishlari 
ko‘pincha bir tomondan, ulaming matematik bilimlami o ‘zlashtirish 
xususiyatlariga va qiyinchiliklarni hisobga olishga, ikkinchi tomondan 
aqli zaif bolalaming mavjud imkoniyatlarini hisobga olishga, shuningdek, 
matematika o‘qitishni to‘g‘ri rejalashtirish va tashkil qilishga bog‘liq.
Bu bo‘limda quyidagi masalalar hal qilib boriladi:
— maxsus bolalar bog‘chasining har bir guruhida elementar matematik 
tasawurlami rivojlantirishga oid ishlami tashkil qilish;
— maxsus bolalar bog‘chasida mashg‘ulotlami rejalashtirish va tashkil 
qilish;
— matematika mashg‘ulotlariga qo‘yiladigan didaktik talablar;
— elementar matematik tasawurlami shakllantirish usullari.
Bu bo‘limda maxsus bolalar bog‘chasi sharoitida matematika 
o‘qitishning tashkiliy masalalari ochib berilgan.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalarga ushbu o‘quv yilida bir 
turdagi, keyinchalik esa har xil turdagi buyumlar ichidan taqlid qilish, 
namunaga qarab, so‘z instruksiyasi bo‘yicha bitta va ko‘p buyumlami 
ajratishga o‘rgatishdan ish boshlanadi.
Bir xil va har xil turdagi buyumlar ichidan ikkita va uchta buyumni 
ajratib, «qancha?» degan savolga javob berishga o‘rgatiladi. 1, 2, 3 ta 
buyumni barmoqlar soniga moslashtirish bo‘yicha mashqlar bajartiriladi. 
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar 3 ichida buyumlar guruhini 
ustma-ust qo‘yish yoki yonma-yon qo‘yish usulidan foydalanib 
taqqoslaydilar. 3 ichida buyumlarni sanash va «hammasi nechta?» degan 
savolga javob berishga o‘rgatiladi.
Kattaligi bo‘yicha keskin farq qiluvchi buyumlarni taqqoslash, 
geometrik jismlardan shar, kub (kubik), uchburchakli prizma (tom), 
parallelepiped (brusok), geometrik shakllardan kvadrat, doira, to‘g‘ri 
to‘rtburchaklami nomlamasdan farqlashga o‘rgatiladi. Kichik guruhda 
sutkaning keskin farq qiluvchi boMaklari (kun va tun) bilan tanishtiriladi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar bilan ishni tashkil qilishda 
didaktik materiallar bilan ishlashi, vazifalarni ma’lum tartibda bajara 
olishi katta ahamiyatga ega. Mashg‘ulotga tayyorlanayotgan material


bola uchun amaliy-hayotiy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. Maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar mashg‘ulotda o‘zlashtirayotgan bilimlar o‘yin 
va amaliy faoliyatda, kundalik turmushda zarurligini anglab yetishlari 
lozim.
Matematika o‘qitishda defektolog suhbat, ekskursiya, kuzatish, 
taqqoslash usullari bilan bir qatorda, mo‘yqalamda aylantirib chiqib 
yelimlash, plastilindan berilgan miqdorda sharchalar, kubiklar yasash 
kabi amaliy ishlami va didaktik o‘yinlami keng qo‘llaydi.
0 ‘qitish jarayonida didaktik o‘yinlarning ahamiyati shundan 
iboratki, ular o‘rgatish maqsadlarida o‘ylab topiladi, bolalami o‘qitish, 
tarbiyalash va rivojlantirishga xizmat qiladi. 0 ‘yinlar vaqtida paydo 
bo‘ladigan ijobiy tuyg‘ular bolalar faoliyatini faollashtiradi. 0 ‘yinda 
bolalar o‘zlari payqamagan holda matematik tushunchalami o‘zlashtirib 
boradilar.
0 ‘rta guruhda ko‘p buyumlar ichidan taqlid qilish, namunaga qarab 
so‘z instruksiyasi bo‘yicha 4 ta buyumni ajratish, uni sanash, sanalgan 
buyumlaming natijasini aytish (masalan, hammasi 4 ta quyoncha), 4 
ichidagi buyumlar sonini barmoqlar soniga mos keltirishga o‘rgatib 
boriladi. Rasmda turli joyda tasvirlangan buyumlarni idrok etib, 
miqdorini aytish byicha mashqlar olib boriladi.
4 ichida ikkita guruh buyumlami yonma-yon va ustma-ust qo‘yish 
usuli orqali taqqoslash malakalari shakllantiriladi. Buyumlaming miqdori, 
ulaming fazoda joylashishi, rangi, shakli, kattaligiga bog‘liq emasligini 
bolalarga misollar asosida tushuntiriladi.
Kattalik bo‘yicha buyumlami taqqoslashga o‘rgatiladi. Geometrik 
shakllar haqida olgan bilimlarini tasviriy faoliyat, o‘yin jarayonida 
qo‘llaydilar.
Mashg‘ulotlar davomida guruh xonasidagi buyumlami o‘ziga nisbatan 
mo‘ljal olishga o‘rgatiladi. Sutka bo‘laklaridan ertalab, kunduzi, 
kechqurunni farqlash bo‘yicha mashqlar olib boriladi. Yil fasllaridan 
kuz, qish, yozning asosiy belgilarini tabiat qo‘ynida kuzatish orqali 
tanishtiriladi va mustahkamlanadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar tomonidan bilimlar turli 
darajada o‘zlashtirilishini va materialning asta-sekin o‘rganilishini 
hisobga olish uchun defektolog materialni to‘g‘ri rejalashtirishi muhim. 
Shuningdek, defektolog aqli zaif bolalaming bilim imkoniyatlarini hamda 
ulaming bilimlari holatini, ko‘nikma va malakalarini aniq, tasawur 
qilishi shart.


Katta guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalaiga 5—6 ichida 
buyumlaming sanash va natijasini aytish, ko‘p buyumlar ichidan so‘z 
instruksiyasi bo‘yicha 4 ta, namuna va taqlid qilish asosida 5 ta buyumni 
sanab ajratish, 5—6 ichida buyumlar sonini barmoqlar soniga 
moslashtirishga o‘igatiladi.
Buyumlar guruhini miqdori bo‘yicha taqqoslash: kattaligi va miqdori 
bo‘yicha teng, kattaligi bo‘yicha bir xil, ammo miqdori bo‘yicha turlicha 
(ko‘p, kam), kattaligi va miqdori bo‘yicha turli xil 5 ichida ochiq natija 
bilan 4 ichida yopiq natija bilan arifmetik misollami yechish bo‘yicha 
mashqlar beriladi. Katta guruhda maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar 
sodda masalalar tuzish va yechishga o‘rgatiladi.
Buyumlarni balandligi, uzunligi, qalinligi bo‘yicha solishtirish 
malakalari shakllantiriladi. Bolalarning turli faoliyatlarida tanish 
geometrik shakllardan foydalanishga o‘rgatish davom ettiriladi hamda 
ulami qo‘lda paypaslab ko‘rib, nomlash bo‘yicha didaktik o‘yinlar 
qo‘llaniladi. Mashg‘ulotlarda, kun tartibining barcha vaqtlarida va turli 
faoliyat jarayonlarida aqli zaif bolalarga fazoda mljal olish byicha 
ishlar olib boriladi.
Sutka bo‘laklarini bir-biridan farqlashga, hafla kunlarining nomini 
to‘g‘ri aytishga, to‘rt faslning asosiy belgilarini bilishga o‘rgatiladi.
Maktabga tayyorlov guruhida kuchli o‘zlashtiruvchi bolalar guruhi 
bilan 10 ichida, kuchsiz o‘zlashtiruvchi bolalar bilan 7 ichida sanash 
malakalari rivojlantirib boriladi.
Ko‘p buyum lar ichidan so‘z instruksiyasi bo‘yicha beshta 
buyumni ajratish, beshdan birgacha teskari sanash, 7 ichida 
berilgan sondan berilgan songacha sanash, 10 ichida to ‘g‘ri sanash 
malakalari shakllantiriladi. 5 raqami bilan tanishtirib, buyumlar 
miqdorini ko‘rsatilgan raqamlarga, har qaysi raqamni buyumlar 
miqdoriga moslashtirish bo‘yicha amaliy mashqlar olib boriladi. 
4—5 sonlar doirasida sodda m asalalar yechishga o ‘rgatiladi. 
Buyumlarni teng ikki qismga bo‘lish bo‘yicha amaliy mashqlar 
o ‘tkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhida geometrik shakllar haqidagi tasawurlari 
mustahkamlanadi va kengaytiriladi. Bolalar tevarak-atrofdan o‘ziga 
tanish shakllarni topadilar, geometrik shakllarni shakli bo‘yicha 
guruhlarga ajratadilar.
0 ‘ziga, boshqa buyum, boshqa odamga nisbatan hamda qog‘oz 
varag‘ida mo‘ljal olishga o‘rgatiladi.


Sutka bo‘laklari, hafta kunlari, yil fasllarining asosiy belgilarini aytib 
berish malakalari shakllantiriladi.

Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish