Maktabgacha tarbiya maxsus metodikasi



Download 3,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/66
Sana12.07.2022
Hajmi3,6 Mb.
#783422
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
Maktabgacha-tarbiya-maxsus-metodikasi.Хамидова-М

b ir g a l ik d a g i
o‘yinlari ustidan maqsadli kuzatuv o‘tkazish 
кегак, bunday jarayon pedagogga bolalar xulqining yakka xususiyatlarini 
ochib berish imkonini beradi.
Defektolog gumhdagi har bir tarbiyalanuvchining o‘yin faoliyati 
ustidan toia tekshiruv o‘tkazganidan keyin u chorak rejasini tuzishga 
kirishadi, hamda « 0 ‘yin» dasturining boiim i bo‘yicha nazarda 
kutilayotgan ish usullari va vazifalarini shakllantiradi.
Defektolog chorak rejalaridan tashqari haftalik rejalar ham tuzadi 
va o‘yin o‘ynashni o‘rgatishga bagishlangan mashg‘ulotlar hisobini olib 
boradi, mashg‘ulotlaming qisqa natijasini izohlaydi, qiyinchiliklami, 
yutuqlami belgilaydi va kelajak uchun izohlar qiladi.
Tajribaning ko‘rsatishicha, defektologlar « 0 ‘yin» boiimining tub 
mohiyatini har doim ham to‘g‘ri tushunmaydilar. Ba’zi maktabgacha 
tarbiya muassasalarida defektologlar umuman bu boiim bo‘yicha ish 
olib bormaydi. Bunda uning ishi ko‘pligi hamda shu boiimning ikkinchi 
darajali ekanligi bahona qilinadi. Shu munosabat bilan yana ta’kidlab 
o ‘tm oqchim iz, maxsus m aktabgacha tarbiya m uassasasida 
o‘tkazilayotgan butun korreksion-tarbiyaviy ishning markaziy vazifasi 
b o iib o‘yin o ‘ynashga o‘rgatish hisoblanadi, shuning uchun 
o‘zboshimchalik bilan bir ish turini ikkinchisi bilan almashtirish butun 
korreksion jarayonni buzadi va anomal rivojlanayotgan bolaga yaxlit 
pedagogik ta’sir qilish sharoitini yaratmaydi.
«0‘yin» boiimi bo‘yicha defektolog ishining asosiy maqsadi shundan


iboratki, uning rivojlanishining oliy pog‘onalarida vaziyatni anglashini, 
narsa-o‘rinbosarlar harakatini, rolli axloqni o‘z ichiga oladigan o‘yinning 
murakkab mexanizmi bolada o‘rgatish jarayonida shakllantirishdir.
0 ‘yin faoliyatiga o‘rgatish, masalan, bolalarni qo‘l mehnatiga 
o‘igatishga qaraganda maxsus sharoitda o‘tkazilishi kerak. Pedagog o‘yin 
bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazar ekan, agar u hayajonli va qiziqarli qilib 
harakat qilmasa, uning bolalarda o‘yin faoliyatini shakllantirishga 
qaratilgan hamma harakatlari oldindan barbod bo‘lishi mumkin.
0 ‘yinga o‘rgatish mashg‘ulotlarini xonada, stol atrofida emas, bolalar 
o‘zlarini ancha erkin va bemalol his qiladigan guruh xonasida, o‘yin 
burchagida o‘tkazish mumkin. Bunda pedagog bolalar uchun muayyan 
bilim va mohirlikni beruvchi vosita bo‘lib emas, balki yindagi ko‘p 
ishni qila oladigan va bunga o‘rgatishi mumkin bo‘lgan ancha tajribali 
do‘st sifatida chiqishi kerak. Pedagog uchun bolalar bilan boshqa 
mashg‘ulotlarda odat bo‘lib qolgan qattiqqo‘llik va ishchanlik 
ko‘rinishida emas, balki m uloqot usuli yumshoq, hayajonli, 
ishonuvchanlik ko‘rinishiga almashtirilishi kerak. Bolalar pedagogni 
o‘yindagi sheriklari sifatida qabul qilishlari, ulardan esa ishtirokchilar 
sifatida va pedagogning o‘yindan manfaatdorligini his qilishlari muhim.
Pedagog turli yosh guruhlarida o‘zini shu bosqichda qanday masala 
hal qilinayotganiga qarab har xil tutadi. Dastlabki o‘yinga o‘rgatish 
bolalarda o‘yinchoqlarga va ularning harakatiga faol qiziqishni 
shakllantirish masalasini qo‘yar ekan pedagog mashg‘ulotlarda bolalar 
faoliyatining tashkilotchisi hisoblanadi, undan o‘yinchoqlar tanlash 
tashabbusi va ular bilan harakatlami amalga oshirish kelib chiqadi. 
Bolalar hali bunday mashg‘ulot!arda pedagog bilan o‘yindagi teng 
huquqli sheriklar sifatida emas, balki ularni boshqarib turuvchi 
hamishtirokchilari bo‘lib qatnashadilar. Pedagog bolalami o‘yin bilan 
shunday qiziqtirishi kerakki, ularga o‘rgatilgan harakatlar majburiy deb 
qabul qilmasin. Bunga eng oldin pedagogning o‘yin harakatlarini 
hayajonli bajarishi sabab bo‘ladi, uning o‘yinga o‘ta qiziqishi, ma’lum 
ma’noda «ikkiga bo‘linish» qobiliyati, bir tomondan, bolalarni 
boshqaruvchi, ularga o‘rgatuvchi katta odam bo‘lib qoladi, boshqa 
tomondan, o‘zi aqli zaif bolaning o‘mida turadi, sodir boMayotgan 
voqealarga uning ko‘zi bilan qarashga harakat qiladi.
Katta yoshdagi bolalarni o‘yinga o‘rgatishda pedagogning holati 
birmuncha o‘zgaradi. Pedagogning keyingi vazifasi bolalarda o‘yin 
personaji obrazlarini gavdalantirish mahoratini shakllantirish bo‘ladi,


buning uchun turli o‘yin usullari va vositalaridan foydalaniladi. Bolalar 
endi o‘yin tajribasiga ega bo‘lganlarini va o‘yinni mustaqil ochib berishga 
qodirliklarini hisobga olib, pedagog o‘ziga sherik, o‘rtoq vazifasini oladi. 
Pedagog bolalarni turli usul, yangi o‘yin turlariga o‘rgatar ekan, bolalar 
uchun o‘yin o‘yinligicha bo‘lib qoladi, o‘yinga o‘rgatish o‘yinning 
ma’lum qisminigina tashkil etishni pedagog unutmasligi kerak. Masalan, 
pedagog uchun bolalarga o‘yinning muayyan usullarini o‘rgatish — qayiq 
inshooti uchun «qurilish» belgisidan, karton bo‘laklari va boshqa 
materiallardan foydalanish muhim. U o‘yin jarayonida bolalarga turli 
o‘rinbosar-narsalardan foydalanish usullarini namoyish qiladi. Bolalar 
o‘yindagi katta sherikdan, katta o‘rtoqdan yangi o‘yin usullarini qabul 
qiladilar, qiziqarli, maroqli o‘ynashga o‘rganadilar.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalar kattalar harakatini qaytarishga 
moyildirlar. Tashqaridan qaraganda bu bola tomonidan faoliyatning 
muayyan usullarini egallash bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Masalan, pedagog 
«haydovchi» o‘yini uchun katta bo‘lmagan diametrdagi chambaraklami 
moslash mumkinligini ko‘rsatadi. Bolalar xursandlik bilan o‘yinning 
yangi usulini o‘zlashtirib oladilar, o‘zlari chambaraklarni ml sifatida 
qo‘llab ko‘radilar. Biroq bu hali ularda o‘yinda o‘rinbosar-narsalardan 
foydalanish ko‘nikmalarini paydo bo‘lganini ko‘rsatmaydi va pedagog 
tom onidan o ‘rin bosish funksiyasining paydo b o ‘lishi deb 
bahonlanmasligi kerak. Bu faqat bolalami aniq o‘yin vaziyatida aniq 
narsadan foydalanishni egallaganligini bildiradi. Agar, maktabgacha 
yoshdagi aqli zaif bolalar ularga tanish bo‘lgan chambarakdan, 
qo‘g‘irchoqning dala hovlisini devori sifatida foydalana olganlarida edi, 
bu o‘yin faoliyatida o‘rinbosar-narsalar bilan harakat qilish qobiliyatining 
paydo bo‘lishini ko‘rsatadi.
Maktabgacha yoshdagi aqli zaif bolalami o‘yinga o‘rgatishni tashkil 
qilish bilan birga defektolog hamma bolalarning bu turi uchun umumiy 
faoliyat xususiyatlarini hamda shaxsiy sifatlarini hisobga olishi kerak. 
Bolalami katta jamoalarga birlashtirish (uch kishidan ko‘proq) har doim 
ham qiyinchilik bilan amalga oshiriladi. Shaxsiy xususiyatlarini 
ko‘rsatishda xulqlaridagi farqlarni bartaraf etish qiyin bo‘ladi. Shuning 
uchun o‘yin jarayonida bolalarning to ‘g‘ri o‘zaro munosabatini 
shakllanishiga alohida e’tibor ko‘rsatish kuzatiladi. Pedagog bolalami 
diqqat bilan kuzatar ekan, ular orasida o‘yin paytida doim yetakchi 
sifatida o‘zini ko‘rsatgan liderlami ajratib oladi. Ular intellektual jihatdan 
ancha yaxshi saqlangan, boshqa bolalar ustidan «boshchilik qilish»


ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar. Ba’zida, yaxshi o‘yin tashkilotchisi deb, 
ular to‘g‘risida yolg‘on tasawur ham paydo bo‘ladi. Ular aslida bolalarga 
kuch bosimi orqali ta’sir ko‘rsatadilar, ularni qo‘rqitishadi, zo‘ravonlik 
bilan bo‘ysunishni talab qiladilar. Bunday bolalarga bosh rollami o‘zlariga 
olishni taqiqlamagan holda ularda navbatma-navbat odatiga rioya 
qilishni, boshqa ishtirokchilarda ham o‘yinga boshchilik qilish xohishi 
borligini tushunish kerakligini tarbiyalash lozim.
Pedagogning alohida e’tibori bo‘shang va sust bolalarga qaratilishi 
kerak bo‘ladi. Bunday bolalarning tashabbuslarini har tomonlama 
taqdirlash kerak, ular o‘yinning boshqa ishtirokchilari bilan aloqa 
o‘rnatishlari lozim. Pedagog ulaming mhini ko‘tarishi, kichkinagina 
muvaffaqiyatini ilg‘ab olishi, unga guruhdagi o‘rtoqlarining e’tiborini 
qaratishi darkor. Bunday bolalaiga albatta, zamr bo‘lganida yordamlashib 
o‘yinda yetakchi rollarni topshirish kerak.
0 ‘ynayotgan bolalar jamoasini tashkil qilish shuning uchun ham 
qiyinki, unda nutqning rivojlanish darajasi ancha past bo‘lgan o‘yin 
ishtirokchilari har doim bo‘ladi. Ular jim turib o‘ynashni afzal ko‘radilar, 
o ‘yindagi sheriklariga umuman murojaat qilmaydilar. Odatda, 
pedagogning ularda o‘z fikrlarini uyg‘otishga urinishlari, bolalaming 
yakkalanib qolishlariga va umuman o‘ynamay qo‘yishlariga olib keladi. 
Bunday bolalarga nisbatan pedagogning munosabati maksimal darajada 
do‘stona bo‘lishi, ular bilan muloqot o‘matishga intilishi, nutq muloqoti 
sharti asosiy sifatligini mustasno etishi darkor. Bolalardan o‘z o‘yin 
harakatlarida majburiy nutq kuzatuvini hech ham talab qilish, ulaming 
o‘yinlarini «gapdonlik» darajasiga bo‘ysunishini ko‘rsatish kerak emas. 
Pedagog-defektologlar ba’zida bolalar nutqining yuqori faolligi uchun 
o‘yin holatidan foydalanishga harakat qilib, agar bunda ular uning nomini 
aytishmasa, ularga o‘yinchoqlami olishni man etadilar, bola yomon 
gapiradi, deb dramatik o‘yinlardan ham chetlashtiradilar. Nutqida 
qiyinchiliklami boshidan o‘tkazayotgan bolaga pedagogning bunday 
munosabati mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hodisadir. Ular jamoada 
o‘ynayotgan bu bolalaming shusiz ham og‘ir ahvollarini qiyinlashtiribgina 
qolmay, balki psixik buzilishlar uchun sharoit yaratib beradi. 0 ‘yin 
bolalaming sevimli faoliyati bo‘lib, ular intilishlarining predmetini tashkil 
qiladi. Pedagog bolani o‘yindan mahmm qilar ekan, o‘zini u bilan 
aloqasiga zarar yetkazadi. Yuqorida aytilganidek, uni tiklash juda qiyin, 
bunday aloqasiz o‘yinga o‘rgatish mumkin emas.



Download 3,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish