Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua


–topshiriq: “Tushunchalar tahlili” jadvalini to’ldiring



Download 3 Mb.
bet49/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

4–topshiriq: “Tushunchalar tahlili” jadvalini to’ldiring.




Tushuncha nomi

Izohi

Tog’ri/notog’ri

1

Nutq uslublari







2

Badiiy uslub







3

Ilmiy uslub







4

Rasmiy uslub







5

Publitsistik uslub







6

So’zlashuv uslubi









4-MAVZU:

NUTQ MADANIYATI VA ADABIY ME’YOR, UNING ASOSIY TAMOYILLARI VA XUSUSIYATLARI. TARBIYACHI NUTQI

Reja:

1. Mavzuga doir asosiy tayanch so’zlar, terminlar va iboralar.

2. Nutq madaniyatining asosiy me’yorlari:

2.1. Fonetik me’yorlar.

2.2. Lug’aviy me’yorlar.

2.3. Morfologik me’yorlar.

2.4. Sintaktik me’yorlar.

2.5. Imloviy me’yorlar.

2.6. Uslibiy me’yorlar.

3. Nutq madaniyati va me’yorlararo aloqa.

4. Nutq madaniyatini egallashning usul va yo’llari

Mavzuga doir asosiy tayanch so’zlar, termin va iboralar:

Me’yor, fonetik me’yor, lug’aviy me’yor, morfologik me’yor, sintaktik me’yor, imloviy me’yor, uslibiy me’yor, talaffuz me’yori.






Til me’yori – me’yorini ilmiy nuqtayi nazardan o’rganish o’zbek tili nutq madaniyati muammolarini nazariy jihatdan asoslashning muhim shartlaridan biridir. Chunki “til me’yori–nutq madaniyati nazariyasining markaziy tushunchasidir”. “Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me’yorlarining umumiy holatini, undagi turg’un va noturg’un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish, adabiy-me’yoriy tavsiyalar berish aslo mumkin emas”. Adabiy til xalq tili negizida yuzaga keladi. Uning paydo bo’lishi va uni yaratishdan maqsad umumxalq, ommaviy aloqa vositasini yaratishdir. Adabiy tilning ko’p qirralari va murakkab vazifa (funksiya)lari uning usluban tarmoqlanishiga, adabiy til doirasida xilma-xil nutqiy uslublarning yuzaga kelishiga olib keladiki, bu milliy adabiy tillarga xos muhim xususiyatlardan biridir. Shu sababli adabiy til tilning boshqa ko’rinishlariga nisbatan boy lug’aviy tarkibi, takomillashgan grammatik strukturaga ega ekanligi hamda uslubiy tarmoqlarning rivoj topganligi bilan xarakterlanadi. Bularning barchasi, dialekt va shevalardan farqli ravishda, muayyan qonun-qoidalarga bo’ysinadi, ular ongli ravishda saralangan, ishlangan, baholangan va ma’lum bir me’yorlarga solingan bo’ladi.

Me’yor adabiy til uchun ham, dialekt va shevalar, turli ijtimoiy jargonlar uchun ham xos belgidir. Ammo adabiy til me’yorlangan–muayyan me’yorlarga solingan tildir. Bu me’yorlar muayyan grammatik qoidalar, leksikografiyaga asosan jamlangan, ma’lum talaffuz qoidalariga amal qilgan bo’ladi. Yozuvchi va har qanday ziyoli kishi mana shu qoidalar-me’yorlar asosida adabiy tilni o’rganadi, uning me’yorlarini egallaydi. Adabiy tilning me’yorlanishi, bu me’yorlarning muayyan qoidalarga olinishi aslida adabiy tilning umumxalq mulki ekanligi bilan bog’liqdir. Chunki adabiy til barcha tomonidan milliy tilning namunali va ishlangan shakli deb qabul qilinadi va tan olinadi (Begmatov,8).

Binobarin, har bir madaniy nutq sohibi o’zining nutqiy faoliyati davomida yuqoridagi qonun-qoidalarga bo’ysingan holda ish ko’radi. Odatda nutqiy faoliyatni uchga bo’lishadi: so’zlash, mutolaa va eshitish. So’zlash deyilganda so’zlovchining ma’lumot, maslahat berishi, buyurishi, o’ziga noma’lum narsalar haqida so’rashi anglashiladi. So’zlaganda so’zlovchining bilimi, madaniyati, odobi yuzaga chiqadi. So’zlash monologik va dialogik ko’rinishlarga ega.

Mutolaa o’quvchining yozma nutq orqali asar muallifi, obrazlari bilan muloqotidir. Mutolaa ma’lumot olishning eng muhim yo’lidir. Kishi o’qish orqali manaviy yetuklikka erisha oladi.

Mutolaa oddiy o’qish va ilmiy o’qish (muhim narsalarning tagiga chizib o’qish, parchalar ko’chirib olish, qisqa konspekt olish, asar ustida mulohaza qilib o’qish)dan iborat. Oddiy o’qiganda o’quvchi uchun yozma nutq mazmuni bilan tanishuvning o’zi maqsad qilib qo’yiladi. Ilmiy o’qishda esa o’quvchi asarni tahlil qilishni, undan boshqa biror maqsad uchun foydalanishni, uning mazmunini qayta bayon qilish kabilarini nazarda tutadi (Qudratov, 22).

O’zbek tilining nutq madaniyatiga bag’ishlangan ishlarda gapko’pincha nutqimizda uchraydigan kamchiliklar haqida boradi. Lisoniy birliklarni xuddi shu shaklda qo’llash kamchilik ekanligini nimaga asoslanib aytamiz? Tilshunoslikda mana shunday qo’llanishning to’g’ri yoki noto’g’ri ekanligini ko’rsatuvchi ma’lum o’lchov bo’lishi kerak. Bu o’lchov adabiy til me’yoridir. Qo’llangan til birligini to’g’ri yoki noto’g’ri deyilganda ana shu me’yor nuqtayi nazaridan ish tutiladi.

Xo’sh, me’yor nima? Bunga tilshunoslar turlicha ta’rif beradi. Me’yor–til unsurlarining xalq o’rtasida ko’pchilikka ma’qul bo’lgan variantini qo’llash. Shuning uchun ham me’yor tushunchasi til qurilishi, umuman til taraqqiyoti bilan bog’liq bo’lib, tilda turg’unlik kasb etadi va uzoq muddat yashaydi. Ammo bu me’yor o’zgarmas hodisadir degan gap emas. Davr o’zgarishi bilan odamlarning bilimi, dunyoqarashi, hayotga bo’lgan talabi o’zgarishi bilan me’yor ham o’zgarib borishi mumkin. Masalan, o’tgan asrning boshlarida muxtoriyat, jumhuriyat, baynalmilal, yo’qsil, firqa, kashshof kabi so’zlarni ishlatish me’yor hisoblangan bo’lsa, asr oxirlariga kelib ular iste’moldan chiqib, ular o’rnida avtonomiya, respublika, internatsional, proletar kabi ruscha-baynalmilal so’zlar qo’llanadigan bo’ldi. XXI asrga kelib avvalgi atamalar tilimizga yana qaytib kirmoqda.

Xullas, me’yortivlik adabiy tilning yashash shartlaridan biridir. Adabiy tilda mavjud bo’lgan tovushlar, so’zlar va so’z birikmalari, turli qo’shimchalar, sintaktik qurilma nutq jarayonida ma’lum qonun-qoidalarga, aytaylik, kelishilgan, ko’pchilik tomonidan ma’qullangan, me’yor deb tan olingan ko’rsatmalarga bo’ysungan holda amal qiladi. Mana shu qonun-qoidalarning buzilishi yoki ulardan chetlashish tilda me’yorning buzilishi, unga amal qilmaslik deb baholanadi. Demak, “adabiy til muayyan konkret me’yortiv vositalar, imkoniyatlar, ularni qo’llash bilan bog’liq bo’lgan qonun-qoidalar, ko’rsatmalar yig’indisidan iboratdir”.

Ilmiy asarlarda o’zbek adabiy tili me’yorlari quyidagicha tasnif qilinadi:



    1. Leksik – so’z qo’llash me’yorlari.

    2. Orfoepik – talaffuz me’yorlari.

    3. Aksentologik – urg’uni to’g’ri qo’llash me’yorlari.

    4. Fonetik me’yorlar.

    5. Grammatik–morfologik va sintaktik me’yorlar.

    6. So’z yasalish me’yorlari.

    7. Imloviy me’yorlar.

    8. Grafik–yozuv me’yorlari.

    9. Punktuatsion–tinish belgilarini qo’llash me’yorlari.

    10. Uslubiy me’yorlar.

Quyida ushbu me’yorlar haqida qisqacha ma’lumot beramiz.

Fonetik me’yor. Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun 6 ta unli va 25 ta undosh tovushning qo’llanishi me’yor hisoblanadi. Bu tovushlar yig’indisi o’zbek tilida so’zlashuvchilarning talaffuz va yozishdagi ehtiyojlarini qondirib kelayotgan bo’lsa ham, u ayrim kamchiliklarga egadir. O’zbek adabiy tili me’yorsining takomillashuviga to’sqinlik qilib kelgan bu kamchiliklar nutq madaniyatiga bag’ishlab o’tkazilgan respublika konferensiyasida haqli ravishda qayd qilib o’tildi. Konferensiyada o’zbek alifbosini turkiy xalqlar alifbosiga yaqinlashtirish masalasi qo’yildi. Bu muammolarning bir qismi lotin yozuviga asoslangan yangi o’zbek alifbosiga o’tilishi bilan hal etila boshladi. Bu jarayon hali davom etadi.


Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish