2. RASMIY USLUB. Bu uslub eng ko’p va keng tarqalgan nutq ko’rinishlaridan bo’lib, shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora o’rtasidagi, davlatlar bilan davlatlar orasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladigan rasmiy hujjatlar tilidir.
Ariza, tilxat, adres, xat, telegramma, ishonch qog’ozi, bildirishnoma ma’lumotnoma, tavsiyanoma, tavsifnoma, qaror, tarjimai hol, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari ana Shu nutq uslubining ko’rinishlaridir.
Rasmiy-ish uslubi uchun qisqalik, aniqlik, soddalik kabilar bosh belgilardir. Ibora va jumlalar bir qolipda bo’lib, ushbu hujjatlarda so’zlar ko’chma ma’noda ishlatilmaydi, masalan, “Majlis qaror qiladi”, “Buyuraman”, “Tomonlar quyidagilarga kelishdilar” kabilar (Abdurahmonov, 77; Elmurodov, 39).
Do'stlaringiz bilan baham: |