1. SO’ZLASHUV USLUBI. Bu uslub o’z leksikasi, fonetikasi, morfologiyasi va sintaksisi bilan xalqning oddiy so’zlashuv tilini aks ettiradi. Uning uchun oddiylik, soddalik, betakalluflik, hayajonlilik xos belgilardir. Xalqimiz ongiga singib ketgan “qosh qorayguncha”, “qovog’ini uyub”, “ko’zini olaytirib”, “uchchiga chiqqan”, “ilonning yog’ini yalagan” kabi iboralardandir; ona, xola, momo, bobo, amaki, mullaka, Ibrohim aka, Qumri opa, osh, tuz, yer, bola, kun, jo’ra, og’ayni, jonginam, oqshom kabi so’zlardan; -uvdi (boruvdi), -chiydi (qigichiydi), -chi (mashinachi), -qira (oqarinqiramoq) kabi yasovchilardan, gapning dialogik, to’liqsiz, bir tarkibli, so’z-gap kabi shakllardan foydalanish so’zlashuv uslubida ko’proq uchraydi (Qudratov, 29-30).
Do'stlaringiz bilan baham: |