Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Download 3 Mb.
bet23/124
Sana21.09.2021
Hajmi3 Mb.
#181067
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124
Bog'liq
МAKTABGACHA ta'limda nutq madaniyati fanidan o'quv-uslubiy majmua

Қўшимча адабиётлар

  1. Бегматов Э. ва бошқалар. Адабий норма ва нутқ маданияти. Т., Фан, 1973.

  2. Бегматов Э. ва бошқалар. Ўзбек нутқи маданияти очерклари. Т., Фан, 1988.

  3. Қиличев Э., Қиличев Б. Нутқ маданияти ва услубият асослари. Бухоро, 2002.

  4. Бегматов Э., Маматов А. Адабий норма назарияси. 3 та китоб.Т., 1997, 1998, 2000.

  5. Ўзбек нутқи маданияти масалалари, тўпламлар: 1973, 1975, 1978 йиллар ва бошқалар.


Fanning maqsad va vazifalari

“Мактабгача таълимда nutq madaniyati” fani o‘tilishidan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad universitetning tegishli fakultetini tugatib, oliy ma’lumotga ega bo‘ladigan va kelajagimiz egasi bo‘lmish yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan izchil shug‘ullanadigan o‘qituvchilar va murabbiylarimizning o‘z fikrini erkin, to‘g‘ri, ifodali, mantiqli va lo‘nda bayon eta oladigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishlariga yaqindan yordam berishdir.

Mazkur fan gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar majmuasiga taalluqlu bo‘lib, ikkinchi kurs talabalari uni to‘rtinchi semestrda o‘rganadilar. Bu fanning asosiy vazifasi talabalarning oliy o‘quv yurtida o‘qish davomida o‘zbek tilining ichki imkoniyatlaridan kengroq foydalanish, o‘z yozma va og‘zaki nutqining ravon, to‘g‘ri, mantiqli, ta’sirli, jozibali, bo‘lishishiga erishishlariga yo‘llanma berish kabilardan iborat.

“Jonli so’z mo’jizalar yaratar” (I.Burdenko). Bu gap beistisno nutq madaniyatida eng yuqori pog’onalarga ko’tarilgan notiqlar nutqiga qarata aytilgan.

Juda qadim zamonlardan buyon nutq madaniyatiga katta e’tibor berib kelinmoqda. Chunki davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etishni, rahbarlik lavozimlarida ishlashni, el orasida hurmat qozonishni xohlagan har qanday shaxs mazmunli va mantiqli so’zlash san’atini egallashi lozim bo’ladi. O’tgan asrlarda ham hukmdorlar, vazirlar, hokimlar, lashkarboshilar va boshqa shu kabi yuqori tabaqa odamlari uchun notiqlik san’atini egallash majburiy hisoblangan. Hamma vaqt bu sohani o’rganish nafaqat ehtiyoj, balki aristokratlik va ziyolilik belgisi sifatida ham ko’zga tashlanib kelgan.

Sharqda voizlar, G’arbda oratorlar – notiqlar tayyorlaydigan maxsus maktablar bo’lib, ularni bitirib chiqqanlar xalq orasida ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda qatnashganlar, mamlakat hayotida faol ishtirok etganlar. Ularning ma’ruzaviy chiqishlari hamda targ’ibot ishlarida ishtiroklari beqiyos bo’lgan. Hamisha xalq orasida alohida hurmatda bo’lganlar.

Bugungi kunga kelib nutq madaniyati hamda uning og’zaki va yozma shakllariga e’tibor qaratish masalasi orqali nafaqat notiqlik san’ati, balki, o’zbek adabiy tili va tilshunoslik fanlarining ham ba’zi muammolarini hal qilish masalasi ko’zga tashlanmoqda. Zotan, nutqning fonetik, grammatik, orfografik, orfoepik, stilistik va leksik qoidalariga amal qilmay turib, nutq va notiqlik borasida muvaffaqiyat qozonib bo’lmaydi..

Respublikamizning “Davlat tili” hamda “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqа hujjatlarda ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaga, til masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Shunga ko’ra har bir mutaxassis, eng avvalo, o’z ona tilining chinakam sohibi bo’lmog’i lozim. Shuning uchun Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining tegishli ko’rsatmasiga binoan pedagogika yo’nalishidagi oliy o’quv yurtlarining o’quv rejalariga “Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fani ham kiritildi, bu esa uni egallash va mavjud muammolarni bartaraf etish imkoniyatini yanada kengaytirdi.

“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanini o’rgatishdan maqsad universitetni tugatib, oliy ma’lumotga ega bo’lib, maktabgacha ta’lim muassasalariga ishga boradigan, yoki umumiy o’rta ta’lim muassasalariga borib yosh avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanadigan tarbiyachi-murabbiylarimizning o’z fikrini to’g’ri, ravon, mantiqli, jozibali va lo’nda bayon eta oladigan yetuk mutaxassislar bo’lib yetishishlariga ko’maklashishdir.

“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan mazkur o’quv rejasi universitetlarning pedagogika yo’nalishidagi, pedagogika institutlarining esa barcha fakultet, bo’lim va yo’nalishlarining bakalavriat talabalari uchun mo’ljallab tuzilgan.

O’quv rejasidagi ma’ruza va seminar mashg’ulotlari uchun belgilangan soatlarda farq bo’lgan hollarda ular ushbu o’quv rejasida keltirilgan mavzular bilan moslashtiriladi hamda qo’shimcha kiritilgan manbalardan foydalaniladi.

“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fani fonetika, leksikologiya, morfologiya, sintaksis, uslubshunoslik, adabiyot kabi filologik, pedagogika, psixologiya fanlari bilan bevosita, oliy ta’lim o’quv rejasidagi barcha fanlar bilan bilvosita bog’liqdir.

Tarbiyachi pedagog-murabbiylar nutqi ravon, tushunarli, ta’sirli, jozibali bo’lishi uchun bu fanni o’rganish orqali o’zbek tilining boy imkoniyatlaridan imkon qadar to’liq foydalanish, o’zbek xalqining boy tarixi, madaniyati, an’analari, dunyo ilm-faniga ulkan hissa qo’shgan shoirlari, adiblari, olimlari, tarixiy siymolari qoldirgan ilmiy, badiiy merosdan, xalq og’zaki ijodi namunalaridan bahramand bo’libgina qolmasdan, ulardan o’z nutqida o’rinli qo’llashni ham o’rganadilar.

“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fani ma’ruza va seminar mashg’ulotlar tarzida o’qitiladi. Mashg’ulotlarda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimediali vositalardan foydalanish, talabalarni o’ylantiradigan, fikrlashga undaydigan muammolarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, talabalar bilan individual ishlash, talabalarni erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb etish va boshqalar.

Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash, ularni topish, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garaklar yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib, maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabi faoliyat talabalarning darslardan olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning ilmiy fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi.

O’tilgan materiallarning o’zlashtirilishi, konspektlar, uy vazifalarini tekshirish va baholash mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har bir dars davomida olib borilsa, referatlar jadval asosida himoya qilinadi.

“Maktabgacha ta’limda nutq madaniyati” fanidan mustaqil ish majmuasi semestr davomida o’tiladigan materiallarni qamrab oluvchi quyidagi o’n ikki mavzuga bo’lib berildi.


Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish