O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Buxoro davlat universiteti
Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti
4-4 MT-18 guruh talabasi Usmonova O’giloyning
KURS ISHI
Tekshirdi: Eshova. D. SH
Buxoro 2020
MAKTABGACHA TA’LIMDA KICHIK YOSHDAGI O’QUVCHILAR NUTQINI O’STIRISH YO’LLARI
MUNDARIJA :
KIRISH
BOB. NUTQNI RIVOJLANTIRISH DASTURIDA SHAXSINI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHGA QARATILGAN ISHLAR TIIZMI.
I.1. Maktabgacha ta'limda nutqning grammatik tomonini shakllantirish metodikasi.
I.2. Talabalarning nutq o’stirishga o’rgatishning usullari haqidagi nazariy bilimlarining mavjud holatini aniqlash.
I.3.Muloqotga bo`lgan ehtiyoj, predmetli harakatlarni o`zlashtirish bolaning o`z faol nutqini ham talab qilishi haqida.
BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA GRAMMATIK KO’NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING AHAMIYATI.
II.1. 2. Grammatik ko’nikmalarni shakllantirish usullari va yo’llari.
II.2.Kichik guruhlaridagi bolalarda grammatik jihatdan to`g`ri nutqni n shakllantirishda tarbiyachi va ota-onalar hamkorligi.
XULOSA
FOYDANALILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH
Grammatika, morfologiya, sintaksis, leksik ma'no, grammatik ma'no, shakl, qo‟shimcha, grammatik kategoriya, kelishik, ko`plik, shaxs, zamon, uyushiq bo`lak, sodda gap, qo‟shma gap.
Grammatika tilning grammatik qurilishi haqidagi ta'limot bo‟lib, unda so‟zlarning shakllari, bog`‟lanishi, gap qurilishi va uning turlari o‟rganiladi. Grammatika morfologiya va sintaksisdan tarkib topadi.
Morfologiya so‟zning grammatik shakllari, so‟z turkumlari, grammatik o‟zgarishlar haqidagi ta'limot bo‟lib, so‟z leksik va grammatik ma'noga ega bo`ladi. Sintaksis so‟zlarning o‟zaro bog`‟lanishi, gap uning ma'no turlari va tuzilishi jihatdan turlarini o‟rgatadi.
Tilda so‟zning obyektiv borlik haqidagi tushunchani ifodalashi uning leksik ma'nosidir. So‟zning morfologik tuzilishi, ularning o‟zaro bog`‟lanishiga ko‟ra ifodalangan ma'nosi esa so‟zning grammatik ma'nosi hisoblanadi. Grammatik ma'no so‟zning leksik ma'nosini o‟zgartirmaydi, so‟zga qo‟shilgan qo‟shimchalar- grammatik shakl yoki yordamchi so‟zlar orqali grammatik ma'no ifodalanadi. Masalan, olma, qalam, o‟yinchoq so‟zlarining leksik ma'nosi meva turi, yozuv quroli, o‟ynaladigan narsa nomini ifodalashi bo‟lib, ularning birlikda va bosh kelishikda ekanligi grammatik ma'no ifodalashidir. Olmani, qalam bilan, o‟yinchoqlar kabi so‟zlarning tushum kelishikda ekanligi, ko`plikni bildirishi ham grammatik ma'noni ifodalaydi. Demak, grammatik ma'no grammatik shakl bilan bir butunlikni hosil qiladi, bu esa grammatik kategoriyalarni tashkil etadi, grammatik kategoriyalar xilma- xil bo‟lib, tilshunoslikda ular son kategoriyasi, egalik kategoriyasi, kelishik, zamon kategoriyalarini tashkil etadi. So‟z shakllari esa so‟zning asosiy va shakl qismga bo‟linishi xususiyatini ifodalaydi, so‟zning morfologik tuzilishini ifoda etadi. Ya'ni so‟zning grammatik qismga bo‟linmas qismi morfema deyiladi, u o‟zak morfema yoki asosiy morfema hisoblanib, so‟zga qo‟shimcha qo‟shish yoki yordamchi so‟z qo‟shish yordamchi morfemani ifodalaydi. Masalan, quyoncha, mushukni, kanddon kabi so‟zlarda asosiy va yordamchi morfemalar mavjuddir. Masalan, quyon-asosiy morfema, -cha esa
qo‟shimcha morfemadir. So‟zning grammatik shakli ikki xil bo`ladi: sintetik shakl va analitik shakl.
Sintetik shaklda so‟zga qo‟shimcha qo‟shiladi: Masalan, quyidagi misolda so‟zga bir necha qo‟shimchalar qo‟shilgan bo‟lib, u sintetik shakldir;
Kapalaklar gulzorda, Qanot qoqib uchishar. Xursand bo‟lib gulzordan, Guldan gulga qo‟nishar.
Do'stlaringiz bilan baham: |