Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari
Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………………3
I.BOB Aqliy tarbiya haqida tushuncha
1.1 Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga taʼlim tarbiya berish metodlari……8
1.2 Maktabgacha bolalarning aqliy rivojlanishi. ……………………….………...14
II.BOB Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya yo’llari
2.1 Kuzatish va ko’rgazmali metodlar…………………………………………….18
2.2 Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi…………………………23
Xulos va tavsiyalar …………………………………………………..………….33
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………………35
Kirish
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida: Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning maʼlum maqsad asosidagi taʼsir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uygʼotish, aqliy malaka va koʼnikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni oʼz ichiga oladi. Chunki aql his-tuygʼular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha boʼlgan jarayonlar yigʼindisidir. Аhliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bogʼlanishlarda, munosabatlarda koʼra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon buladi. Undan tashqari prezidentning 2018-yil yil 30-sentabrdagi “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratildi. Yangi vazirlik oldiga maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash vazifalari qo‘yildi.
Yig‘ilishda shu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Hayotimizda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta'lim-tarbiya tizimi haqida gapirganda, Abdulla Avloniy bobomizning dono fikrlarini takror va takror aytishga to‘g‘ri keladi: ta'lim-tarbiya – biz uchun hayot-mamot masalasidir, dedi prezident. Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy yetuk kadrlarni tarbiyalamasdan turib biron-bir o‘zgarishga, farovon hayotga erisha olmaymiz. Bunday kadrlarni, millatning sog‘lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi. Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Mutaxassis va pedagoglarning ilmiy xulosalariga ko‘ra, inson o‘z umri davomida oladigan barcha axborot va ma'lumotning 70 foizini 5 yoshgacha bo‘lgan davrda oladi. Ana shu dalilning o‘zi bolalarimizning yetuk va barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida bog‘cha tarbiyasi qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bunga qo‘shimcha isbot qidirib uzoqqa borishning hojati yo‘q. Bog‘cha tarbiyasini olgan bola bilan bog‘chaga bormagan bolani solishtirganda, ularning fikrlash darajasi o‘rtasida yer bilan osmoncha farq borligini sezish qiyin emas. Shuning uchun ham biz maktabgacha ta'lim tizimini qayta ko‘rib chiqish masalasini davlat siyosati darajasiga ko‘tarib, bu borada katta ishlarni boshladik. Agar shu ishni har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshirmasak, butun ta'lim tizimida sifat o‘zgarishiga erishishimiz, ta'limning uzluksizligini ta'minlashimiz qiyin bo‘ladi, deya ta'kidladi Shavkat Mirziyoyev. Bugungi kunda maktabgacha ta'lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi bog‘chalar qurish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilinib, amalga oshirilmoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi hisobga olinib, nodavlat ta'lim muassasalari, jumladan, nodavlat bog‘chalar tarmog‘ini kengaytirishga ham katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu esa tizimda sog‘lom raqobatni shakllantirish hamda ta'lim xizmatlari turini ko‘paytirishga xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim sohasiga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Biz qabul qilayotgan barcha-barcha qarorlarni amalga oshiradigan, farzandlarimizga bilim asoslarini, eng zarur hayotiy tushuncha va ko‘nikmalarni o‘rgatadiganlar yuqori malakali tarbiyachi va murabbiylardir, deya ta'kidlandi yig‘ilishda.Bu sohada zamonaviy talablarga javob beradigan ilg‘or pedagogik usul va uslublarni ishlab chiqish, o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodini yaratish va nashr etish ham g‘oyat dolzarb vazifadir. Yana bir muhim masala – bu maktabgacha ta'lim muassasalarida malakali tibbiy xizmatni tashkil etish, sanitariya me'yorlari va gigiyena qoidalariga to‘la javob beradigan sog‘lom ovqatlanish tizimini yo‘lga qo‘yish zarur. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari va boshqa tegishli idoralarga har bir masala yuzasidan aniq muddatlari ko‘rsatilgan holda muhim topshiriq va vazifalar berildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi, Toshkent shahar, viloyatlar maktabgacha ta'lim boshqarmalari hamda tumanlar (shaharlar) maktabgacha ta'lim bo‘limlarini binolar va yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash zarurligi qayd etildi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida maktabgacha ta'lim tizimidagi pedagog kadrlar malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-reja va dasturlarni takomillashtirish, oliy ta'lim muassasalari maxsus sirtqi bo‘limlarining “Maktabgacha ta'lim” yo‘nalishi bo‘yicha 2018-2023 yillar uchun kvotalar ajratish masalasiga e'tibor qaratildi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasalariga qabul qilish va navbatga qo‘yish bo‘yicha elektron dastur”ni joriy etish bo‘yicha topshiriq berildi. Shuningdek, davlat maktabgacha ta'lim muassasalarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan ta'minlanganlik va internet tarmog‘iga ulanganlik holati tanqidiy o‘rganilib, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi bilan ta'minlash va internet tarmog‘iga ulash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |