Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari Mundarija: Kirish


Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi



Download 62,36 Kb.
bet5/6
Sana10.03.2022
Hajmi62,36 Kb.
#488499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nafisa tt

2.2 Maktabgacha yoshdagi bola shaxsining rivojlanishi
Malakali kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati shaxsni intellektual va maʼnaviy-axloxiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs sifatida namoyon boʼlishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning amalga oshirilishi har bir fuqaroning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yoʼnalishi boʼyicha mehnat qilish huquqini kafolatlaydi. Individning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit sharoitlari va tarbiya kerak boʼladi. Аna shular taʼsirida individ inson sifatida rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. Rivojlanish shaxsning fiziologik va intellektual oʼsishida namoyon boʼladigan miqdor va sifat oʼzgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayondir. Mohiyatan rivojlanish oddiydan murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi holatlarga oʼtish, yangilanish, yangining paydo boʼlishi, eskining yoʼqolib borishi, mikdor oʼzgarishining sifat oʼzgarishiga oʼtishini ifodalaydi. Rivojlanishining manbai qarama-qarshiliklarni oʼrtasidagi kurashdan iboratdir. Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy taʼlimotga asoslanadi. Аyni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyaglari ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda taʼsir etadi, ularni bir-biridan ajratib boʼlmaydi. Chunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham taʼsir etadi. Inson butun umri davomida oʼzgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq boʼlsa, u jamiyat aʼzosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar tizimida uziga munosib oʼrin egallaydi. Chunki rivojlanish tarbiya taʼsiri ostida boradi. Shaxsning fazilatlarini toʼgʼri koʼrish va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. Demak, shaxsni rivojlantirshi vazifasini toʼgʼri xal etish uchun uning xulqiga taʼsir etuvchi omillar, shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. Tarbiya bolaga samarali taʼsir etishi uchun oʼsish va rivojlanish qonuniyatlarini bilish hamda hisobga olish maqsadga muvofiq. Shunday qilib, rivojlanish va tarbiya oʼrtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. Maktabgacha yoshdagi bola shaxsi rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar. Fanda, individning shaxs sifatida rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning taʼsiri oʼrtasidagi munosabatni belgilashga oid munozara koʼpdan buyon davom etmoqda: insonning shaxs sifatida, rivojlanishida ijtimoiy xodisalarning taʼsiri kuchli boʼladimi, yoki tabiiy omillar yetakchi oʼrin tutadimi? Balki tarbiyaning taʼsiri yuqoridir? Ular oʼrtasidagi oʼzaro munosabat qanday? Fanda biologik yoʼnalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi oʼrinlardan birini egallab, uning vakillari Аristotelь, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori qoʼyadi. Ular tugʼma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi oʼrnini belgilab bergan, degan gʼoyani iltari suradi. XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyondalari esa shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va tarbiyanint rolini inkor etadi. Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim - bixeviorizm XX asr boshlarida yuzaga kelgan boʼlib, uning namoyondalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga oʼtib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur taʼlimot vakili amerikalik olim E.Torndaykdir. Pragmatizm oqimi va uning vakillari D.Dьyui, А.Kombelar ham shaxs rivojlanishini biologik nuqtai nazardan asoslaydi. Ular rivojlanishni faqat miqdoriy oʼzgarishdan iborat, deb qaraydi. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladi. Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga bogʼlaydi. Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil bilan belgilaydi. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik rivojlanishi u yashaydigan muhitta bogʼlik deb koʼrsatadi. Muhit deganda inson yashaydigan sharoitdagi barcha tashki taʼsir tushuniladi. Shu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani oʼzi yashaydigan ijtimoiy sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chikadi. Ular ijtimoiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydi. Demak, odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, tarakkiy etib borishi, uning shaxs boʼlib kamolga yetishida nael (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga ega. Bu omillarning taʼsirini aniqlashda ilgʼor pedagogik olimlar, psixolog va faylasuflar taʼlimotiga suyaniladi. Falsafada shaxsni jamiyat bilan bogʼliq boʼlgan ijtimoiy hayotdagi murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning maʼnaviy boyligi uning munosabatlariga bogʼliq, deb xisoblaydi. Xakikatdan ham, shaxs mehnat faoliyati taʼsirida rivojlanadi, kamolga yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa oʼz navbatida inson faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs maʼlum ijtimoiy hayot maxsulidir. Jamiyat shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ruyobga chiqarishi yoki yoʼq qilishi mumkin. Shaxsning shakllanishiga ijtimoiy muhit ham taʼsir koʼrsatadi. Ijtimoiy muhitning shaxsning shakllanishiga taʼsiri tarbiya asosida kechadi. Zero, birinchidan, tarbiya taʼsirida muhit bera olmagan bilim, maʼlumot egallanadi, mehnat va texnik faoliyat bilan bogʼlik koʼnikma va malakalar hosil boʼladi. Ikkinchidan, tarbiya tufayli tugʼma kamchiliklar ham bartaraf etilib, shaxs kamolga yetadi. Uchinchidan, tarbiya yordamida muhitning salbiy taʼsirini ham yoʼqotish mumkin. Toʼrtinchidan, tarbiya kelajakka qaratilgan maqsadni belgilaydi. Demak, tarbiya bilan rivojlanish bir-biriga taʼsir etadi, bunday tarbiya doimiy va uzluksizdir. Shunday qilib, bola shaxsining rivojlanishida tarbiya ham yetakch oʼringa ega boʼlib, tarbiya tufayli nasl-nasabi, oila muhiti, ijtimoiy muhit taʼsirida har tomonlama rivojlanishga qodir, degan xulosani chiqarish mumkin. Zamonaviy pedagogikada shaxs shakllanishiga doir toʼrt yondashuv qaror toptan:
1.Biologik yondashuv - inson tabiiy mavjudot boʼlib, uning butun xatti-harakatlari tugʼma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga boʼysunishga majbur, shu bilan birga tabiiy ehtiyojlarini ham namoyon qilib boradi.
2.Ijtimoiy yopdashuv - inson biologik mavjudot sifatida tugʼiladi, faqat hayotiy faoliyati davomida boshkalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy guruhlarning taʼsiri ostida ijtimoiylashadi
3.Psixologik yondashuv - insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy tavsifga ega, insonning yoʼnalganligi - kizikishlari, qobiliyatlari ijtimoiy hodisa sanaladi.
4.Yaxlit yondashuv - shaxs yaxlit tavsifga ega boʼlib, uning rivojiga nafaqat uning faoliyatidagi oʼziga xosliklar, balki turmush tarzi ham taʼsir koʼrsatadi. Shu bilan birga ijtimoiy hayot natijalari - motiv, maqsad, qiziqish kabilar ham uning rivojlanishida muhim rolь uynaydi.
Rivojlanishning yosh va oʼziga xos xususiyatlari. Muayyan bir yosh davriga xos boʼlgan anatomik, fiziologik (jismoniy) va psixologik xususiyatlar yosh xususiyatlari deb ataladi. Аna shu yosh xususiyatlarni hisobga olgan holda taʼlim va tarbiya ishi tashkil etiladi. Shunda bola rivojlanishiga tarbiya taʼsiri kuchli boʼladi. Bolalarning tarbiyasiga toʼgʼri yondashish, uni muvaffaqiyatli oʼqitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga xos xususiyatlarni bilish va uni hisobga olish muhimdir. Chunki bola organizmining oʼsishi ham, rivojlanishi ham, psixik taraqqiy etishi ham turli yosh davrlarida xilma-xil boʼladi. Аbu Аli ibn Sino, Yan Аmos Komenskiy, K. D. Ushinskiy, Аbdulla Аvloniylar ham bolani tarbiyalash zarurligini uqtirib oʼtgan. Bolaning oʼziga xos xususiyatini hisobga olish juda murakkab. Chunki bir xil yoshdagi bolalar ham psixik jihatdan turlicha boʼlishi mumkin. M: koʼrish va eshitish qobiliyati, faolligi, tez anglash, sust fikr yuritishi, xovliqma yoki vazminligi, sergap yoki kamgapligi, sergʼayrat yoki gʼayratsizligi, yalqov yoki tirishqoqligi, pala-partish va chala ishlaydigan, yigʼinchoqligi yoki ishga tez kirishib ketishi kabilar nerv faoliyati tizimining taʼsiri boʼlib, tarbiyachi ularni bilishi zarur. Bolaning individual, oʼziga xos xususiyatini bilish uchun temperamentning umumiy tiplari va bolaning oʼziga xos xususiyatini oʼrganish metodikasini bilish muhim. Temperament (lot. “temperamentum' - qismlarning bir-biriga munosabati) shaxsning individual psixologik xususiyatlari majmuidir. Maktabgacha yoshdagi bolaning jismoniy va psixik kamoloti shartli ravishda quyidagi davrlarga boʼlinadi:
 goʼdaklik (1 yoshgacha);
 bolalik yoshi (1-2 yosh);
 ilk yosh guruhi (2-3 yosh);
 kichik yosh (3-4 yosh);
 oʼrta yosh (4-5 yosh) ;
 katta yosh (5-6 yosh);
 maktabga tayyorlov davri (6-7 yosh)
Goʼdaklik davri bolalariiing rivojlanishidagi uziga xosliklar. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida toʼqqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini oʼtaydi. Bu davrda ham bola maʼlum darajada tashqi muhit taʼsirida boʼladi. Shuning uchun ham bu taʼsirning ijobiy boʼlishini taʼminlash lozim. Bir yoshgacha boʼlgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti taʼsirida boʼlib, u ona suti bilan ozikdanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega boʼlmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila aʼzolarini tanish qobiliyatiga ega boʼladi. Shuning uchun ham goʼdaklik davridan boshlab uch yoshgacha boʼlgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha boʼlgan davrda dastlabki soʼzlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila aʼzolari goʼdakni toʼgʼri parvarish qilishni yoʼlga qoʼyishlari lozim. Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola oʼrtasida qalban yaqinlikka erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani oʼz xoliga tashlab qoʼymasligi, yaʼni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani oʼrganadi, kuzatadi va oʼzini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini oʼrganadi. Bola nimaga oʼrgatilsa, uni aniq, hayotiy misollar bilan mustaxkamlash zarur, yaʼni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini taʼminlaydi.
Ilk yosh guruh (2-3 yoshli (bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari). Bu davr oʼziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha boʼlgan davr mobaynida bolaning nutqi va oʼzgalar tomonidan aytilgan soʼzlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan boʼlsa, 2-3 yoshga kelib, oʼzgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy soʼz taʼsiriga tez beriladi. Shuning uchun ham unta xuddi shu davrdan boshlab sheʼrlar aytish hamda raqsga tushishni oʼrgatish lozim. Ularda kattalarga joʼr boʼlib qoʼshiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish koʼnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida oʼzaro muloqotga kirishish koʼnikmalari shakllana boshlaydi. Taʼlim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu koʼnikmalarni rivojlantirishta va ularni malakalarga aylantirishga yoʼnaltirilmogʼi lozim. Kichik gurux; (3-4 yoshli bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola 3 yoshga qadam qoʼyganda jismoniy oʼsishi bir qadar sekinlashadi. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, xissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa boʼlib uynash koʼnikmalari shakllanadi. Oʼyin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda koʼrish-yasash faoliyatining dastlabki koʼrinishlari namoyon boʼladi. Uch yoshli bolalarning diqqati kisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda oʼyin faoliyati yetakchi rolь uynaydi. Mazkur dastur xuddi mana shu faoliyatni kengaytirishga va rivojlantirishga keng yoʼl ochadshan taʼlimiy mashgʼulotlar tizimini belgilab berishga yunaltirilgan. Oʼrta guruh (4-5 yosh bolalar)ning rivojlanish xususiyatlari. Bola toʼrt yoshga yettach, uning jismoniy oʼsishi bir muncha jadallashadi. Bu davrda bolaning miyasi tez rivojlanadi. Katta yarim sharlar pustlogining faoliyati takomillashib boradi. Boladagi asosiy harakatlarning rivojlanishida jiddiy-sifat oʼzgarishlar sodir boʼladi, ularni bajarishda tabiiylik ortib boradi, bolalarda qiyoslash koʼnikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarning nutqi ravon, xotirasi ancha teran, mustaqil fikrlash darajasi bir qadar rivojlangan boʼladi.
Xulosa
Maktabgacha yoshdagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolani faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalarning ma'lum maqsad bilan ta'sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg'otishni, aqliy malaka ko'nikmalarini tarkib toptirishni, bilish qobilyatlarini rivojlantirishni o'z ichiga oladi.
Bolalarni 6-7 yoshdan boshlab maktabda o'qishga o'tishi munosabat bilan ularning maktab ta'limiga tayyorlash uchun aqliy rivojlantirish yetarli darajada bo'lishini ta' minlash tartibiyachilarning javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot-bu yoshning o'sib tajribaning boyib borishi munosabati bilan tarbiyaviy ishlar ta'sirida bolaning aqliy faoliyatida ro'y beradigan miqdor va sifat o'zgarishlarining majmuasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim jarayonlari takomillashadi. Xullas bola eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta'minlash ularning kelajakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega. Bola ijtimoiy muhit ta'sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar bilan muomila qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan tushunchalar sistemasini o'zlashtiradi. Natijada maktabgacha ta’lim yoshdagi bola tilini shunchalik egallab oladiki, unda muomila vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo'lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikrning tengligiga voealarni har xil bog'lanishlarida, munosabatlarda ko'ra bilish, umumiylashtirish qobilyatida namoyon bo'ladi. Ta'lim-maktabgacha yoshdagi bolaning bilish qobiliyatlarining muntazam rejali ravishda rivojlantirib borishi, MTMning ta'lim-tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar sistemasi bilan qurollantirish, malaka va ko'nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berishda ta'lim yetakchi rol o'ynaydi. Ta'lim jaroyonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim jaroyonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta'lim-bolalarga izchilik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va sistemalashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi.
Ta'lim kuzatuvchanlik qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim jismoniy, estetik va mehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarurdir. MTMda bolalarga madaniy-gigiyenik ko'nikmalarni, asosiy harakatlar o'rgatiladi, ular madaniy aqloqiy qoidalarini o'zlashtirib oladilar.

Download 62,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish