Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarga aqliy tarbiya berish usul va metodlari Mundarija: Kirish


II.BOB Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya yo’llari



Download 62,36 Kb.
bet4/6
Sana10.03.2022
Hajmi62,36 Kb.
#488499
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
nafisa tt

II.BOB Maktabgacha ta’lim tashkiloti yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya yo’llari
2.1 Kuzatish va ko’rgazmali metodlar
Maktabgacha pedagogikada metod deb, taʼlim-tarbiya berish maqsadida qoʼllaniladigan pedagogik taʼsir etish uslublari tushuniladi. Metod oʼz ichiga bolalar faoliyatini tashkil etish va unga ragʼbarlik qilishga qaratilgan pedagogik faoliyat usullarini, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning faoliyat turlari va usullarini qamrab oladi. (L.А.Golovchis). Har bir metodda tashqi va ichki tomonlar farqlanadi. Metodning tashqi tomoni bu tarbiyalanuvchi va pedagogning harakat usullarining sistemasidir. Metodning ichki tomoni u yoki bu harakat usullari zamirida yotadigan psixik bilish jarayonlaridan iborat. Metodning u yoki bu aniq elementlarini usullar deb nomlash qabul qilingan. Metodni tashkil etuvchi usullar qanchalik turli-tuman va boy boʼlsa, oʼquv-bilish va oʼquv-amaliy vazifalarni hal etish ham shuncha muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Metod va usul oʼzaro dialektik aloqadadir: metodning tarkibiy qismi boʼlgan usul ayrim hollarda metod sifatidan namoyon boʼladi. Metod va usul oʼrtasidagi farq ular yordamida hal etiladigan oʼquv bilish vazifalarinig hajmi va tabiatiga bogʼliq: metod umumiy oʼquv vazifasini (yoki uning yirik mantiqiy qismini) butunlay hal etishga, usul birmuncha kichikroq vazifani hal etishga qaratilgandir. Zamonaviy didaktikada bolalarning faoliyatini, borliqni bilish yoʼllarini belgilovchi koʼrgazmali, amaliy va soʼzli metodlar qoʼllaniladi. (А.V.Zaporojets, T.А.Markova, V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalarning maktabida uch turdagi Maktabgacha taʼlimda koʼllaniladigan etiladigan koʼrgazmali metodlar guruhiga quyidagilar: kuzatish, rasmlarni tomosha qilish, kinofilm va diafilmlarni namoyish qilish, shuningdek, ayrim hollarda mustaqil metodlari vazifasini bajaradigan baʼzi usullari: vazifa-namunasi, harakat usulini koʼrsatish va boshqalar kiradi (V.I.Loginova, P.G.Samorukova). Oʼrgatish metodlari-pedagogikada qabul qilingan taʼrifga koʼra qoʼyilgan masalani yechish uchun tanlangan yagona yoʼl sifatida taʼriflanadi. U mashgʼulotdagi bolaning va defektologning butun faoliyatini oʼrgatish usullari-ayrim yordamchi vosita boʼlib, mashgʼulotdagi faoliyatning xususiyatini aniqlamaydi, u taʼlimda tor maʼnodagi ahamiyatga ega. Аyrim metodlar mashgʼulot ishining umumiy yoʼnalishini aniqlamay, balki usul sifatida namoyon boʼladi. Maktabgacha taʼlim muassasasida bolalarning mustaqil ishlari katta oʼrin egallaydi, faqat bu mustaqil ishlarga bolalarning murakkab muammoli masalalarni yechishi kirmaydi, chunki bunday murakkab masalalar oʼzoq vaqtni talab qiladi. Qolgan metodlar maktabgacha yoshdagi bolalar uchun murakkablik qiladi, chunki ularning deyarli barchasi muammoli masalalarni yechish bilan bogʼliqdir. Maktabgacha taʼlim muassasasi uchun oʼziga xos boʼlgan asosiy guruxni oʼyin usullari tashkil etadi va bu oʼyinlardan turli metodlar ichida foydalanish mumkin. Koʼrgazmali metod va oʼrgatish usullari. Rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalarning borliqni bilishda kuruv idrokining, koʼrgazmali obrazli tafakurining ahamiyatini hisobga olgan holda, ularning taʼlim tarbiyasida koʼrgazmali metodlarni eng samarali metod deb hisoblash mumkin. Kuzatish- maktabgacha taʼlimning asosiy, yetakchi metodlaridan biridir. Bu metodning yetakchi ahamiyati shundaki, kuzatish jarayonida quyidagilar amalga oshadi: А)buyumlar va atrof- muhitdagi hodisalar haqidagi tasavvurlar shakllanadi; b) bu metod maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning bilish imkoniyatlariga mos keladi;
v) kuzatish metodi koʼpincha boshqa metodlar bilan birga keladi, yoki ular tarkibiga usul sifatida qoʼshiladi.
Bilish vazifalarining xarakteriga koʼra kuzatishning turli koʼrinishlaridan foydalaniladi:
1. Buyum va hodisalarning xususiyatlari hamda sifatlar (kattaligi, qurilishi, shakli, rangi va hokazo), shuningdek, kuzatiladigan obʼektning boshqalari bilan aloqasi haqidagi bilimlarni shakllantiruvchi kuzatishlar;
2. Obʼektlarning oʼzgarish va qayta oʼzgarishini kuzatish materiallarning mehnat faoliyati davomida buyumga aylanishi, oʼsimlik va hayvonlarning oʼsishi va rivojlanishi, tabiatdagi, odamlar mehnati va turmushidagi mavsumiy oʼzgarishlar va hokazo). Bu kuzatishlar mavjud borligʼdagi jarayonlar, obʼektlarning dinamikasi, oʼzaro harakati haqidagi bilimlarni beradi;
3. Hodisalar va obʼektning belgilari oʼrtasidagi mantiqiy aloqadorligini oʼrnatishga yordam beruvchi kuzatishlar (chunochi, bolalar barglar rangiga qarab yil faslini, mevaning rangiga qarab pishganpishmaganini, yerning rangiga qarab uning namligini aniqlaydilar) Kuzatish metodi bolalar bilan olib boriladigan barcha taʼlimiy ishlarda, chunonchi mashqulot va ekskursiyalarda, sayr va kundalik qayotda, shuningdek, bolalar bilan alohida-alohida ish olib borilganda foydalaniladi. Kuzatish metodining samaradorligi quyidagi shartlarga amal qilingandagina taʼminlanadi:
1. Kuzatish obʼektlarini tanlashda, shakllanadigan tushuncha va tasavvurlarni belgilashda bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olish. Bir qancha obʼektlaroni baravariga kuzatish, bolalarga yaxshi tushunarli boʼlmagan obʼektlarni kuzatish maqsadga muvofix emas.
2. Bolalar oldiga qoʼyiladigan kuzatish vazifalari maqsadining loʼnda va aniqligi (vazifani qabul qilish malakasining shakllanganlik darajasiga qarab) kuzatish maqsadi asoslangan boʼlishi kerak. Bunda kuzatish obʼektinng yorqinligi, koʼrkamligi va harakatchanligi bevosita qiziqish uygʼotadi va beixtiyor diqqatni tortadi.
3. Kuzatish jarayonining rejali, izchil olib borilganligi tufayli kuzatish jarayonining muayyan stereotipini ishlab chiquvchi yagona chizmaga amal qilishga eqtiyoj yoʼq. Kuatish mantiqi qoʼyilgan vazifaning tabiati, kuzatiladigan obʼektlarning koʼrinishlariga, bolalarning yoshiga, obʼekt bilan tanishganlik darajasiga bogʼliq.
4. Bolalarning yuksak aqliy faolligi va mustaqilligi. Bunga kuatish maqsad va vazifasini aniq-ravshan qoʼyish, uning rejalanganligi bilan, bolalarni kuzatish uchun vaziyat yaratishga jalb etish, shuningdek, tekshiruv, izlanish mehnat va oʼyin harakatlarini tashkil etish bilan erishiladi. Kuzatish davomida tasdiqlovchi va izlanish tabiatidagi savollarni birga qoʼshib olib borish, shuningdek, qiyoslash usullarini keng qoʼllanish ham bolalarda aqily faollik uyqotadi.
5. Kuzatishni aniq va loʼnda gaplar bilan olib borish. Kuzatish davomida obʼektlarni koʼrsatib, ularning qismlari, sifat va hossalarini ogʼzaki bayon etadi, yozuvli kartochkalarni koʼrsatadi. Kattaroq yoshdagi bolalarga nomlarni ogʼzaki-daktil bayon etish mumkin boʼladi. Kuzatish davomida bolalar bilan suhbatlashish obʼektlarni bir muncha aniq idrok etishga, tasavvurlarning bir qadar toʼla va ongli tarzda shakllanishiga, lugʼat boyligi va nutq aloqalarining rivojlanishiga yordam beradi. Kuzatish davomida defektolog tushuntiradi, bolalar tomonidan kuzatilgan narasalarni qisqacha hikoya yoki axborot bilan toʼldiradi. Kuzatish olib borish chogʼida kuzatiladigan narsaga qiziqish uyqotishga harakat qilinadi, kuzatishni hikoya, rasmlarni koʼrib chiqish bilan toʼldiradi. Kuzatishdan avval, bollaring diqqati predmetga jalb etiladi, "qarang" degan koʼrsatma berilib, qoʼl bilan koʼrsatiladi.
Kattaroq yoshdagi bolalarga nimaga qarash, nimani kuzatish kerakliga tushuntiriladi. Pedagog kuzatish davomida bolalar oldiga ularning yoshiga mos eslash, izlanish, umumlashtiruvchi tabiatdagi savollar qoʼyadi, oʼyin, mehnat, tekshiruv va izlanishga oid harakatlarni qoʼllanishni tashkil etadi. Kuzatishni barcha uchun umumiy obʼekt bilan ham, har bir bolaning qoʼliga berilgan alohida-alohida obʼektlar bilan ham olib borish mumkin. Rasmlarni koʼzdan kechirish (namoyish qilish) maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar taʼlim-tarbiyasida ular bilan rasmlarni koʼzdan kechirish alohida ahamiyatga ega boʼladi. Shuningdek, diapozitiv, diafilmlar va kinofilmlarni koʼrish alohida ahamiyatga ega boʼladi. Bunday hol maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan taʼlimiy ishlar mazmuni, shuningdek, ular bilish faoliyatining asosiy shakllar bilan belgilanadi.
Taʼlim-tarbiya jarayonida rasmlarni koʼrib chiqish metodidan
- xilma-xil didaktik, oʼquv vazifalarni hal etish uchun;
- buyumlar va atrof - muxitdagi hayot hodisalari haqidagi tasavvurlarini aniqlashtirish va boyitish uchun;
- bilimlarini umumlashtirish va sistemalashtirish uchun;
- lugʼat boyligini faollashtirish va bogʼlanishli nutqini rivojlantirish uchun;
- estetik idrokni shakklantirish, estetik taassurot va histuygʼularni boyitish uchun foydalaniladi.
Shuni taʼkidlash joizki, rivojlanishida nuqsoni boʼlgan bolalar har doim ham rasmlar mazmunini toʼgʼri idrok eta olmaydi, tasvirni real buyum, hodisa, harakatlar bilan taqqoslay olmaydi. Shu sababli rasmlarni koʼzdan kechirish bilan birga, rasm mazmuni bola uchun tushunarli ekanini rasm chizish, tegishli harakat va predmetlarni koʼrsatish vositasida aniqlash mumkin. Maktabgacha tarbiya amaliyotida rasmlar asosida suhbat oʼtkazishMaktabgacha tarbiya amaliyotida rasmlar asosida suhbat oʼtkazish, hikoya tuzish, ijodiy hikoya, rasmlarga nom oʼylab topish kabi ish turlari tashkil etiladi. Defektolog zarur hollarda tushuntirish beradi, bolalarning hikoyalari yoki fikr-muloqazalarini toʼldiradi. Diapozitivlar, diafilьm va kinofilmlarni namoyish qilish Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan olib boriladigan taʼlimiy ishda oʼquv ekranidan foydalanish uchta vazifani hal etishga yordam beradi: bolalar bilimini kengaytiradi, ular nutqini rivojlantiradi va filmni ongli ravishda chuqurroq idrok qilishga qodir boʼlgan madaniyatli tomoshabinni tarbiyalaydi. Oʼquv filmlarni namoyish etish quyidagi tartibda olib boriladi:
1.Namoyishdan oldin suhbat oʼtkazilib, unda bolalarning koʼrsatladigan hodisa haqidagi tajribalari, bilimlari jonlantiriladi. Muhokama soʼngida bolalar oldiga bilishga oid yangi vazifa qoʼyiladi. Keyin film koʼrsatiladi. 2.Film namoyishidan soʼng bolalar qisqa suhbatda tengqurlari va ustozla orasida oʼz taassurotlari bilan oʼrtoqlashadilar. Pedagog oʼrtaga faqat bolalarning film mazmunini qay darajada oʼzlashtirganini aniqlashga imkon beruvchi savollar tashlaydi, bu bilan u ularga film gʼoyasini aniq tushunib olishga, bogʼlanishlar oʼrnatishga yordam beradi. 3.Bir necha kundan (3-4 kun) soʼng filmning qayta namoyishi oʼtkaziladi, bunda defektolog namoyish oldidan bolalar diqqatini filmning yetarlicha idrok qilinmagan yeki tushunilmagan jihatlariga qaratadi. 4.Takroriy namoyishdan soʼng suhbat oʼtkaziladi. U oʼz ichiga film mazmunini qayta hikoya qilib berishni, uning taqlilini muhim hodisa va ular oʼrtasidagi aloqalarni ajratib koʼrsatishni oladi. Shunday qilib, maktabgacha tarbiya muassasalarida qoʼllaniladigan barcha koʼrgazmali metodlarning maqsadi bolalarda buyumlar va atrof-muhitdagi voqelik haqidagi aniq tasavvurlarni shakllantirishdan iboratdir. Koʼrgazmali metodlardan foydalanish idrokning yetakchi bilish jarayoni sifatida rivojlanishni, shuningdek, nutq va tafakkurning koʼrgazmali -harakat va koʼrgazmali-obrazli shakllarining, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyat turlarining, tasviriy va mehnat faoliyatining rivojlanishini taʼminlaydi. Kuzatish metodi tasviriy faoliyatga oʼrgatish tizimining umumiy asosini tashkil qiladi. Chunki u atrof-muhitni oʼrganishda, bilish, hamda uni aks ettirishda muxim omil sifatida xizmat qiladi. Bolalarda qanchalik kuzatish, atrof-olam koʼrinishi bilan aloqa oʼrnatish, umumiylik va yakkalikni ajratish malakasi rivojlangan boʼlsa, shuncha bolalar ijodiy qobiliyatining rivojlanishi bogʼlik boʼladi. Lekin kuzatishning oʼzi koʼrganni tasvirlab berishga toʼla imkon bermaydi. Bolalarni tasvirlashning muxim usullariga, turli tasvirlash materiallardan foydalanish yoʼllariga oʼrgatish zarur. Koʼrgazmali metod va oʼrgatish usullariga naturadan, rasm reproduktsiyalaridan, namunadan, boshqa koʼrgazmali qoʼllanmalardan foydalanish, aloxida predmetlarni koʼrib chiqish, defektolog tamonidan tasvirlash usullarini koʼrsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashgʼulot yakunida koʼrsatish, ularni baxolash kiradi. Naturadan foydalanish. Tasviriy sanʼatda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki koʼrinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining koʼziga nisbatan naturaning qay holatda turganini xisobga olgan holda maʼlum bir nuqtai nazardan turib, predmet koʼrinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasvirlash xususiyati mashgʼulot mobaynida oʼzgacha idrokning rivojlanishiga koʼmak beradi. Bunda asosiysi tomashabinning idroki boʼlib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tamondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda naturani oʼgirib qurish, hamda xajm-shaklni turli xil burilishda taxlil qilish imkoni boʼlishi kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning ayrim xususiyatlarini koʼrib chiqamiz. Natura xotiraning ishini yengillashtiradi, negaki tasvirlash jarayoni idrok bilan birlashadi, yana esa u predmetning shaklini, tuzilishini, rangini toʼgʼri tushinib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 yoshdagi maktabgacha taʼlim bolalarining qobiliyatlaridan qatʼiy nazar, maktab oʼquvchisi yoki rassomning natura bilan ishlashiga nisbatan qaraganda, bolalarning tasvirlangan obʼektni tahlil kilishlari, shu natura bilan ishlashlarining oʼziga hos farqi bor. Maktabgacha taʼlim yoshdagi bolalar uchun sodda shaklli, aniq chizmali va qilishlari kerak. Masalan: Bolalar mashinani yon tomonidan, qoʼgʼirchoqni oldidan chizadilar va bunda xajmini yetkazib berolmaydilar. Аgar guruhda bolalar soni koʼp boʼlsa, barchasiga teng koʼrinishi uchun 2-3 ta bir xil predmet qoʼyiladi. Defektolog naturani bolalar bilan birgalikda detallarga ajratib koʼrib chiqadi, bunda u taxlil jarayonini osonlashtirib, oʼz soʼzlari, harakatlari bilan yoʼnaltiradi. Bu jarayoni maʼlum bir idrok madaniyatini, rivojlangan analitik fikr yuritishni talab qiladi. Bunday koʼnikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga urinadilar. Masalan: katta guruxda naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikalika yoki qiya holatda) va shoxdagi shoxchalarning sonini, oʼlchamlarini chap va oʼng tamondan, toʼq yoki och rang bilan chizadilar. Natura sifatida tirik qushlar, xayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning harakatlari, tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalgʼitadi, bolalarning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga, diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga xalaqit beradi. Shunday qilib, oʼrgatish metodi sifatida naturadan foydalanish tasvirlashning butun jarayonini oʼz ichiga mujassamlashtiradi: Natijadagi rasm va naturani taqqoslash yoʼli bilan baxolash: Mashgʼulotda predmetlarni koʼrib chiqish. Kichik va oʼrta guruxlarda koʼpincha mashgʼulot boshida aloxida predmetlar koʼrsatiladi. Bolalar diqqatini topshiriqqa qaratish va tasavvurlarini jonlantirish maqsadida bolalarga koptok, lenta (tasma), belkurak va shu kabilar koʼrsatiladi. Mashgʼulotning qolgan vaqti mobaynida esa bolalar oʼz tasavvurlari asosida chizadilar. Ular rasmlarini koʼrgan predmetlariga nisbatan taqqoslay olmaydilar va predmetlarni idrok qilishlariga qaytib murojat qilmaydilar. Katta guruxda ham predmetlarni koʼrib chiqish uchun imkon boʼladi. Masalan: «Uch ayiq» ertagi mavzusi boʼyicha rasm chizishdan yoki buyum yasashdan avval, defektolog bolalarga oʼyinchoq ayiqni koʼrib chiqishni, predmet shaklining asosiy hususiyatlarini va ayrim qismlarning proportsiya nisbatlarini aniqlashni, soʼng predmetning burilishiga nisbatan shu ayrim qismlarning oʼzgarishini kuzatishni taklif qiladi. Bolalar rasm chizishda ertakning qaysi epizodini tanlasalar, ayiqni ham shu epizodga nisbatan mos holatda tasvirlaydilar. Namunadan foydalanish. Namunadan foydalanish koʼproq oʼrgatish usuliga taalluqlidir. Namuna oʼrgatish metodi sifatida tasviriy faoliyatining shunday turlarida foydalaniladiki, qaerda atrofni idrok qilish taassurotini mustaxkamlash maqsadi esa, balki shu faoliyatning ayrim alohida momentlarini rivojlantirish masalasi tursa. Koʼproq dekorativ va konstruktiv (applikatsiya) ishlarida foydalaniladi. Dekorativ–naqshni hosil qilish usuliga oʼrgatish va badiiy didni rivojlantirishdir. Bolalarning umumiy estetik didlarini oshirish uchun chiroyli predmetlarni tomosha qildirish kerak. Masalan: gilamlar, vaʼzalar, vishivkalar, va xokazo.
Dekorativ rasm chizish mashgʼulotlarida bolalar koʼrgan predmetlarini aks ettirib, ulardagi naqshlarni qayta chizibgina qolmay, balki mustaqil ravishda naqshlarni aks ettirib, yorqin rang va shakllarni moslashtirib chizishni ham oʼrganadilar. Shuning uchun boshlangʼich bosqichda bolalar namunadan naqsh elementlarini chizib oladilar, keyinchalik elementlarni oʼrnini va rangini oʼzgartirib boradilar. Bolalar maʼlum bir malakaga ega boʼlganlaridan keyin, bir necha xil namunalarni bolalar ihtiyoriga koʼrsatish mumkin. Baʼzi mashgʼulotlarda defektolog namunani qoʼyadi va bolalar koʼrib chiqib, tanishib, defektolog ning koʼrsatmasisiz mustaqil ravishda ishlaydilar. Predmetli rasm chizish yoki buyum yasashda namuna 29 koʼchirib olish uchun emas, balki tasvirlanayotgan predmet haqidagi tasavvurni aniqlash uchun qoʼyiladi. Rasmlardan foydalanish. Rasmlar asosan bolalarning atrof-muxit haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun va tasviriy usullarini, vositalarini tushuntirish uchun xizmat qiladi. Pedagog va psixologlarning tashviqotlari shuni koʼrsatadiki, 2 yoshdagi bolalar rasmni predmet tasviri sifatida tushunib yetadilar. Lekin rasmdagi personajlarning oʼrtasidagi bogʼliqlikni, yaʼni harakatlarni tushunish kechroq, 4-5 yoshlarda yuzaga keladi. Masalan: 2 yoshli bola rasmdagi hayvonlarni «turibdi» deydi, 4-5 yoshligisi esa «gapiryapti», «yuryapti», «kelyapti» va xokazo. deydi. Bolalarning kuzatishlari koʼpincha qisqa muddatli boʼladi (masalan: shahar sharoitida xayvonlarni kuzatish). Shuning uchun rasmlardan foydalanish qayta idrok qilishga va keyingi tasvir uchun harakterli boʼlgan eng asosiysini aniqlashga yordam beradi. Rasmlar ana shunday sharoitlarda kerak boʼladi: kerakli predmet qoʼl ostida yoʼq paytida, yoki boʼlmasa tekislikda tasvirlashning ayrim usullari bilan tanishtirish uchun xizmat qiladi. Masalan: defektolog bolalarga uzoqlashgan predmetni tushuntirish uchun rasmni koʼrsatadi. Hayotda bolalar shu uzoqdagi predmetlarni bir chiziqda joylashgan deb idrok qilsalar, rasmda defektolog uzoqlashganini koʼrsatib, tushuntirib beradi, 6 yoshdan boshlab shu maqsad bilan rasmdan foydalanish mumkin. Rasmni koʼra turib, bola yerni bir chiziq bilan emas, balki keng yer boʼlagi bilan chizishni, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari pastroqda va qogʼoz chetiga joylashishini tushunib yetadi.

Download 62,36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish