Maktabgacha ta`lim


  Yosh guruxlar bo’yicha bolalarda hulq-atvor va madaniy-gigienik



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

6.2.  Yosh guruxlar bo’yicha bolalarda hulq-atvor va madaniy-gigienik 
malakalarni tarbiyalash ishini rejalashtirish. 
 
Bolalarda  madaniy  gigienik  malakalar  tarbiyalash.  Bolaning  bir  yarim 
yoshga  to’lishi  davomida  unda  o’zi  mustaqil  suratda  stulda  o’tirish,  piyolada 
mustaqil suratda ichish malakasini mustahkamlab borish lozim. 1 yosh - u 2 oy - 1 
yosh  -  u  3  oydan  boshlab,  bolalarda  qoshiqdan  foydalanish,  suyuq  ovqatni  non 
bilan  eyish  malakasini  tarbiyalash,  turli  xil  ovqatlarni  mustaqil  suratda  eyishga, 
ovqatni yaxshilab chaynashga odatlantirish; ovqat eb bo’lgandan so’ng stulini surib 
qo’yishga;  echinishda  ishtirok  qilishga  (paypog’ini,  oyoq  kiyimini),  yuvinishda 
qatnashuvga (qo’lini oqib tushayotgan suvga tutishga) o’rgatish lozim. 
1  yosh  -  u  6  oylikdan  boshlab,  bolalarni  qo’lini  o’zi  yuvishga,  ovqatni 
mustaqil  suratda  eyishga.  Ovqatlanish  vaqtida  ozodalikka  rioya  qilishga, 
salfetkadan (sochiqdan) foydalanishga odatlantirish lozim. Bola kattalar bog’ichini 
chiqarib  va  ipini  echib  qo’ygan  kiyimlarini  (paypog’ini,  botinkasini)  echib  ola 
bilishi, qaysi kiyimning nimaga xizmat qilishini tushunishi, u kiyim nomini aytishi 
kerak.  Bola  2  yoshga  to’lganiqa  stol  yonidagi  o’z  o’rnini,  sochig’i  bilan  kiyimi 
qaerda  osig’liq  turishini  shkafchada  (turg’ichda),  uyqu  xonasida,  stol  atrofida 
o’zini tinch tuta bilishi zarur.  
Bolalarga  tanish  buyumlarning  eng  xarakterli  xususiyatlari  bilan  ularni 
tanishtirish kerak.  
Kattalarning  talabini  e`tibor  bilan  tinglashga  va  ularni  bajarishga  o’rgatish 
zarur. 
Bolalarda gigienik malakalari va mustaqillik tarbiyalash. 
Ilgari  egallangan  ko’nikma  va  malakalarni  mustahkamlash;  yangilarini 
tizimli  suratda  tarkib  toptirish;  tartibli  ovqatlanish,  ovqatni  yaxshilab  chaynash, 
qoshiqni  o’ng  qo’lda  ushlash,  ovqatlanib  bo’lgandan  keyingina  o’rindan  turish, 


 
59 
kattalarning  eslatishi  va  yordamida  ovqatlanishdan.  Kir  bo’lganiqa  yuz-  qo’lni 
yuvish,  qo’lni  sochiq  bilan  artish,  o’zining  sochig’idan,  salfetkasidan, 
dastro’molchasidan foydalanish. Bolalarni ma`lum tartibda kiyinish va echinishga, 
tugmachalarni  taqish  va  echishga,  botinka  ipini  bog’lashga,  kiyimlarni  taxlab 
qo’yishga, kiyimdagi betartiblikni sezishga, kattalar yordamida tartibga keltirishga 
o’rgatish.  
Bolalarni  kattalar  tomonidan  berilgan  oddiy  topshiriqlarni  bajarishga 
o’rgatish: o’yinchoqlarni maydonchaga olib chiqishda tarbiyachiga yordamlashish, 
mashg’ulot  uchun  kerakli  materialni  olib  kelish  va  yig’ishtirib  qo’yish,  poldagi 
qog’ozlarni yoki maydonchadagi barglarni yig’ish, ovqatlanish oldidan stulchalarni 
stol atrofiga, non atrofiga, non solingan tarelkalarni stol ustiga qo’yishda enagaga 
yordamlashish. 
Bolalarni  mustaqil  ravishda  va  tartib  bilan  ovqat  eyishga,  ovqatni 
shoshmasdan,  og’izni  ochmay  yaxshilab  chaynashga,  qoshiqni,  vilkani  to’g’ri 
ushlay bilishga, uvoq to’kmaslikka, eslatmasdan salfetkadan foydalanishga, lab va 
barmoqlarni  artishga  odatlantirish  kerak.  Stol  yonidan  turib  ketayotganda  stulni 
sekingina surib qo’yishlari, tashakkur bildirishlari lozim. 
Bolalarni  engchalarini  shimirib  qo’ya  olishga,  qo’llarini,  betlarini  mustaqil 
suratda,  suvni  sachratmasdan  yuvishga,  kiyim  -  boshlarini  ho’l  qilmaslikka, 
sovundan  foydalanishga  o’rgatish  zarur.  Bolalar  sochiq  bilan  yaxshilab  artina 
bilishlari,  uni  muayyan  joyiga,  eslatmasdan  osib  qo’yishlari,  faqat  o’z  sochiqlari, 
salfetkalari, ro’molchalaridangina foydalanishlari lozim.  
Tarbiyachining  yoki  boshqa  bolalarning  salgina  yordami  bilan  mustaqil 
suratda, muayyan tartibda kiyinish va echinishlari keraq kiyim - kechaklarini tartib 
bilan  taxlash  va  osishlari  zarur;  kostyumlarida  biron  nuqson  sazsalar,  uni 
tuzatishga harakat qilishlari, zarur hollarda esa kattalarga murojat qilishlari lozim. 
Xonaga kirishga oyoqlarni artish yoki boshqa oyoq kiyimi kiyib olish zarur. 
Bolalarda  gurux  xonasi  va  maydonda  (hovlida)  tartib  saqlashda  ishtirok 
etish,  stolga  kattalar  bilan  birga  dasturxon  yoyish,  mashg’ulot  uchun  kerakli 
materiallarni  (qalamlar  solib  qo’yilgan  qalamdon,  mo’yqalam,  loy  yoki 
plastilindan  buyumlar  yasash  uchun  taxtacha  va  boshqa  shu  kabilarni)  tayyorlab 
qo’yish istagini tarbiyalash.  
Uyda va maktabgacha ta`lim muassasasisida o’yinchoqlar, kitoblar, qurilish 
materiallarini yig’ishtirib, joy - joyiga qo’yishga odatlantirish zarur.  
Yil oxirida oshxonada navbatchilik qilish joriy etiladi: navbatchilik, enagaga 
yordamlashib,  qoshiqlarni,  salfetkalarni  va  non  idishlarini  qo’yib  chiqadilar, 
ovqatdan  keyin  choynak  -  piyolalarni  xo’jalik  stoliga  yig’ishtirib  qo’yadilar, 
narsalarni ehtiyot qilishga, tartib va ozodalikka rioya qilishga odatlantiriladilar. 
Bolalarni  kattalarni  topshiriqlarini  bajarishga:  tarbiyachining  yordamida 
baliq,  qush  va  quyonlarga  ovqat  berish,  gullarga  suv  quyish,  gulning  katta 
barglaridagi  changlarni  artish,  gullarning  yirik  urug’larni  sepishga,  sabzavotlarni 
yig’ib olish, qorni supurib tashlashga o’rgatish lozim. 
4  -  5  yashar bolalar hayotining  bundan oldingi davrlariga  qaraganda o’ziga 
o’zi  xizmat  qilishga  ko’proq  o’rgatiladi  (ular  o’zlari  echina  va  kiyina  olishlari, 
tugmachalarni  taqa  bilishlari,  botinkalari  ipini  o’zlari  taqib  va  bog’lab  olishni 


 
60 
bilishlari kerak). Bu yoshdagi bolalarni kiyimlaridagi biron betartiblikni sezishga, 
uni  mustaqil  ravishda  yoki  kattalar  yordami  bilan  bartaraf  qilishga,  ust  kiyim  va 
oyoq  kiyimlarini  ehtiyot  qilib  tutishga,  yuvinish  ovqatlanish  vaqtida  kiyimlarini 
ho’l va iflos qilmaslikka, kiyimlarini taxlash va o’z joyiga ilib qo’yishga o’rgatish 
lozim.  
Bolalarni ertalab va uxlash, ovqatlanish oldidan va kir bo’lgan vaqtlarida bet 
-  qo’llarini  yaxshilab  yuvishga,  ovqatlanib  bo’lgandan  keyin  og’izlarini 
chayqashga, 
uxlash 
oldidan 
tishlarini 
tozalashga, 
sochlarini 
tarashga, 
boshqalarning  eslatuvisiz,  mustaqil  suratda  burunni  o’z  vaqtida  dastro’mol  bilan 
artishga,  dastro’molcha  bilan  og’izni  berkitib  va  yuzni  chetga  o’girib  turib 
yo’talish va aksa urishga odatlantirish kerak. 
Ular  ovqatlanishni  mustaqil  ravishda  eya  bilishlari:  taomni  og’zilariga 
ozginadan olishlari, og’izni ochmay  yaxshilab chaynashlari; ovqatlanish asboblari 
(qoshiq  va  vilka)  dan,  salfetkalardan  to’g’ri  foydalanishlari  lozim.  Ovqatlanib 
o’rindan turgach, o’tirgan stullarini yana o’z joyiga sekin surib qo’yishlari, ovqat 
uchun rahmat aytishlari kerak. 
Bolalarni  uyqu  xonasida  gaplashmaslikka,  o’rtoqlarining  uyqusiga  halavit 
bermaslikka, o’rnini mustaqil ravishda tuzatishga o’rgatish kerak.  
Ularni  xushmuomalali  bo’lishga,  katta  yoshdagi  kishilar  hamda  o’rtoqlari 
bilan  salomlashish  va  xayrlashishga,  o’zlaridan  katta  kishilarning  gaplariga 
aralashmaslikka,  boshqalarning  gapini  bo’lmaslikka,  kattalarga  yordamlashishga 
odatlantirish lozim. 
Bolalarni  bir  -  birlariga,  o’zlaridan  kichiklarga  g’amxo’rlik  qilish,  ularga 
biror yo’l bilan shodlik keltirishga intilish ruhida tarbiyalash kerak.  
Bolalarda  mehnat  malakalari  va  g’ayrat  bilan  mehnat  qilish  odatlarini 
vujudga  keltirish  muhim  vazifadir.  Bolalar  yilning  dastlabki  oylarida 
tarbiyachining  nazorati  ostida,  yil  oxirida  esa o’zlari  mustaqil holda gurux xonasi 
va uchaskada tartibni saqlaydilar, gurux xonasi va uchastkani supurib – sidirishda 
ishtirok  etadilar:  stullarni,  qurilish  materiallarini  ho’l  latta  bilan  artadilar, 
o’yinchoqlarni  yuvadilar,  qo’g’irchoqlarning  kiyimlarini  yuvib  tozalaydilar, 
o’simliklarning  katta  barglarini  artib,  ularning  kir  va  changini  ketkazadilar, 
tarbiyachiga  kitoblarning  yirtilgan  va  to’zib  ketgan  joylarini  tuzatishda  yordam 
beradilar.  Bolalar  o’yinchoqlarning  qaerda  va  qanday  tartibda  saqlanishini 
bilishlari,  o’yinchoqlarni  o’ynab  bo’lgandan  so’ng  o’z  joyiga  eltib  qo’yishlari 
kerak. 
Yil  boshidan  guruxda  navbatchilik  joriy  qilinadi.  Har  bir  stolga  bolalardan 
bitta  navbatchi  tayindanadi,  u  stol  ustiga  tarelka,  qoshiq  va  piyolani  keltirib 
qo’yadi.  
Yilning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  esa  bolalar  mashg’ulotga  tayyorlanish 
yuzasidan navbatchilik qilishga jalb etiladilar.  
Bu  guruxda  mehnat  topshiriqlari  keng  qo’llaniladi:  bolalar  gullarni 
sug’oradilar,  erni  yumshatadilar,  hayvonlarni  boqib  parvarish  qiladila,  ularning 
suvini yangilab turadilar va hakozo. 
Butun  yil  bo’yi  bolalarga  enaganing  toza  salfetkalarni  stollarga  qo’yib 
chiqishiga va sochiqlarni ilib qo’yishiga yordamlashish topshirig’i ham beriladi.  


 
61 
Kuzda  bolalar  er  maydonchadagi  xazonlarni  kattalar  bilan  birgalikda 
to’playdilar,  sabzavotlarni  yig’ishtirib  oladilar,  qishda  yo’lchalarni  qordan 
tozalaydilar,  qor  tepachalar  yasashda,  uchastkada  bezatishda  qatnashadilar. 
Bahorda  poliz  -  gulzorni  chopib  yumshatib  vaqtida  uni  har  xil  tosh  va  cho’p  - 
xaslardan tozalaydilar. YOzda jo’yaklarga, gulpushtalarga muntazam ravishda suv 
berib turadilar, erni yumshatadilar. 
Bolalar  katta  yoshli  kishilarning  mehnatini  xurmat  qilishga  o’rgatib  borish 
rejalashtiriladi. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish