5.1. Maktabgacha ta`lim muassasasi yillik ish rejasini tuzish
Kirish qismi.
I.
Maktabgacha ta`lim muassasa ishining asosiy vazifalari.
II.
Tashkiliy - pedagogik ish.
III.
Kadrlar bilan ishlash.
IV.
Ta`lim - tarbiyaviy ishga rahbarlik va uni nazorat qilish.
V.
Ota - onalar bilan ishlash.
VI.
Ma`muriy - xo’jalik ishi.
Rejaning har bir bo’limi mazmunini ko’rib chiqamiz.
Kirish qismida maktabgacha ta`lim muassasaning o’tgan davr - dagi
ishining quyidagi yo’nalishlari bo’yicha qisqacha, ammo har tomonlama
tahlili beriladi;
bolalarning hayotini saqlash va sog’lig’ini mustahkamlash bo’yicha
ishning samaradorligi;
Ta`lim - tarbiya jarayonining va natijalarining umuman va yosh
guruxlari bo’yicha darajasi hamda samaradorligi, bolalarning maktabga
tayyorlanganlik, darajasi;
Ota - onalar bilan ishlash darajasi va samaradorligi;
metodik bo’linmalar: pedagogik kengashlar, seminarlar, pedagogik
maslahatlar, ochiq ko’riklar va shu kabi faoliyatining samaradorligi;
maktabgacha ta`lim muassasa o’quv - moddiy bazasining holati;
maktabgacha ta`lim muassasani kadrlar, bolalar bilan komplektlashda
yuz bergan o’zgarishlar;
pedagoglar jamoasi ishida qanday qiyinchiliklar qayd etilgan, qanday
kamchiliklar aniqlangan.
Maktabgacha ta`lim muassasasining o’tgan davrdagi fabliyatini mana
shunday har tomonlama tahlil qilishgina keyingi o’quv yili uchun
mazmunliroq kompleks reja tuzish va shu orqali butun ish samaradorligini
oshirish imkonini beradi.
50
1.
Maktabgacha ta`lim muassasasi ishining asosiy vazifalari.
Tarbiyalash va o’qitishning asosiy vazifalarini aniqlashda tarbiyachilarning
pedagoglik mahorati darajasini, maktabgacha ta`lim muassasa tipini, undagi
ta`lim - tarbiyaviy ishning holatini hisobga olish zarur.
Bir yilga 3—5 vazifani mo’ljallash tavsiya etiladi: vazifalardan 1-2 tasi
yangi, maktabgacha ta`lim muassasaning o’sish istiqbollarini aks ettiradigan,
2—3 tasi oldingi o’quv yilida boshlangan ishni davom ettiruvchi vazifa
bo’lishi mumkin. Mo’ljallangan vazifalar yillik reja bo’limlarida aniq
tadbirlar bilan tasdiqlanishi kerak.
Masalan:
1. Pedagoglar jamoasining g’oyaviy - siyosiy va ilmiy - metodik darajasini
davlatimiz tomonidan jamiyatning iqtisodiy va siyosiy sohalarida qabul
qilingan materialar, psixologiya pedagogika fani va amaliyotining eng yangi
yutuqlari, ta`lim tarbiya sohasida qo’llanilayotgan pedagogik va innovatsion
texnologiyalar, maktabgacha ta`lim sohasi bo’yicha ishlab chiqilgan va
amaliyotga tadbiq etilgan barcha qonun xujjatlarini o’rganish asosida amalga
oshirish.
2. Maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasida va
oilada yangi dastur talablariga muvofiq mehnat tarbiyasini yaxshilash.
2. Oilaga
yordamni
ko’chaytirish, oila va maktabgacha ta`lim
muassasasisining kelishib harakat qilishini ta`minlash.
3. Ilk yoshdagi bolalar guruxlarida jismoniy tarbiya bo’yicha ish
shakllarini
takomillashtirish,
bolalarning
kasallanishlarini
kamaytirishga erishish.
4. YOsh tarbiyachilarga murabbiylnk tizimi orqali metodik yordam
ko’rsatish.
II. Tashkiliy - pedagogik ish.
Bu
bo’lim pedogogik kengash, nazariy seminarlar, seminar-
mashg’ulotlar, maslahatlar, pedagogik jarayonlarni, ilg’or tajribani o’rganish
va umumlashtirish bo’yicha pedagogik kabinetining ishlarini jamoa bo’lib
ko’rish va hokazolarni qamrab oladi.
a) Pedagogik kengash ikki oyda bir marta o’tkaziladi. Pedagogik
kengashlarda partiya - hukumat hujjatlari: Xalq ta`limi Davlat qo’mitasi va
respublika Xalq ta`limi Vazirligi, xalq ta`lim bo’limlarining buyruq va
ko’rsatmalari, buyruqlari, yo’l – yo’riq xujjatlarini o’rganish va bajarish
masalalari muhokama qilish uchun qo’yiladi;
bolalarnint hzyotini saqlash va sog’lig’ini mustahkamlash, ularni
jismoniy rivojlantirish va takomillashtirish masalalari;
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» ning
faoliyat turlari, bolalar bilan olib boriladigan o’quv ishlari bo’limlari
bo’yicha bajarilishi;
ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish va bolalar maktabgacha
ta`lim muassasasisi amaliyotiga joriy qilinishi;
51
psixologik - pedagogik adabiyotda va vaqtli nashrlarda e`lon qilingan
maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o’qitish masalalariga doir
dolzarb ilmiy - nazariy va metodik muammolarni muhokama qilish;
ilmiy - amaliy anjumanlar, yig’ilishlar materiallarini ularda qabul
qilingan tavsiyalarni. bajarish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqib muhokama
qilish;
tarbiyachilar tomonidan bolalar maktabgacha ta`lim muassasasisi ichida
foydalanish va metodik birlashmalar, anjumanlar, pedagogik o’qishlar va shu
kabilarda, chiqish uchun tayyorlangan metodik materiallar va ma`ruzalarni
muhokama qilish;
b)
seminarlar,
seminar
-
mashg’ulotlar. Nazariy muammoli
seminarlar tarbiyachilarning maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va
o’qitishning psixologik - pedagogik muammolari. bo’yicha ilmiy - nazariy
darajalarini oshirish maqsadlarada o’tkaziladi. Seminarlarni o’tkazishga
pedagogik kabinetlari, o’qituvchilar malakasini oshirish institutlari yuqori
malakali mutaxassislari, pedagogika ilmiy tekshirish institutining ilmiy
xodimlari, pedagogika institutlarning o’qituvchilari jalb qilinadi.
v)
maslahatlar barcha tarbiyachilar uchun ilk va maktabgacha
yoshdagi bolalarni tarbiyalash va o’qitishning ayrim masalalari bo’yicha,
yosh mutaxassislar, ayrim pedagoglar uchun ularning tayyorgarliklariga,
xodimlar toifalariga ko’ra - (tarbiyachilar, muzika rahbarlari, logopedlar)
rejalashtarilishi mumkin.
g)
pedagogik jarayon (mashg’ulotlar, kun tartibi, sayrlar, o’yin va
mehnat faoliyati va shu kabilar) ni jamoa bo’lib ko’rish. Ularning tematikasi
pedagogik kengashlar, seminarlarda muhokama qilinadigan masalalar,
pedagogik tajribani o’rganish va joriy qilishga bog’liq tarzda yuzaga
keladigan vazifalarga ko’ra aniqlanadi. Ochiq ko’riklar uchun pedagogik
jarayonning eng murakkab masalalarini tanlash, faqat mashg’ulotlarni emas,
bolalar faoliyatining barcha turlarini, bo’sh vaqtlar, sport ko’ngil ochishlarini
kuzatish va tahlil qilish maqsadga muvofiqdir;
d)
ilg’or tajribani o’rganish, umumlashtirish, tarqatish va joriy
qilish. Bu o’rinda tarbiyachilar, muzika rahbarlari va shu kabilar tajribasini
o’rganish rejalashtiriladi. Bu maqsadda ko’riklar, ayrim masala, bir -
birlarining mashg’ulotlarga kirishlar amalga oshiriladi;
e)
pedagogik kabinetining jihozlanishi - maktabgacha ta`lim
muassasasisidagi metodik ishni rejalashtirishning eng muhim qismidir.
Rejada bolalarni tarbiyalash va o’qitishning ayrim masalalari bo’yicha
metodik
ishlanmalarni,
rejalar,
ishlanmalar,
ma`ruzalar,
tematik
ko’rgazmalar, o’quv - ko’rgazmali qo’llanmalar, atributlarni tayyorlash va
jihozlash nazarda tutilishi mumkin.
III. Kadrlar bilan ishlash.
Quyidagilar rejalashtiriladi:
a) kadrlarni tanlash va joylash;
b) xodimlarning g’oyaviy - siyosiy darajasini oshirish;
v) yashga doir malakani oshirish.
52
Pedagog va texnik xodimlardan iborat kadrlarni tanlash hamda
joylashtirish ularning kasb tayyorgarliklari, ish tajribalari, ishchanligi,
individual - psixologik hususiyatlari, qiziqishlar va mahoratlariga ko’ra
amalga oshiriladi. Shuningdek xodimlarning psixologik bir - birlariga
mosliklarini ham hisobga olish kerak (psixologik bir - biriga mos kelmaslik
faktlarini etarlicha baholamaslik jamoada nizolarning kelib chiqishiga,
ma`naviy - psixologik muhitning buzilishiga olib keladi).
Rejada boshqaruv apparati (mudira, uslubchi, katta meditsina
hamshirasi, xo’jalik ishlari mudiri va boshqalar) ning vazifalari aniq
ko’rsatilgan va faoliyatlari koordinatsiya qilingan bo’lishi kerak.
Xodimlarning g’oyaviy - siyosiy saviyasini oshirish. Bu bo’limda
maktabgacha ta`lim muassasasisi har bir xodimining siyosiy o’qishi, qaysi
to’garak, seminarlarda qatnashishi rejalashtiriladi. Pedagoglarning siyosiy
o’qishlarida asosiy o’rnini I.A.Karimov asarlarini, Davlatimizning barcha
sohalarda qabul qilgan materiallarini, xalqimiz va boshqa mamlakatlar
xalqlari hayotidagi yorqin siyosiy hodiralarni-o’rganish egallashi kerak.
Bo’lar milliy istiqlol g’oyasini chuqurroq egallashga va maktabgacha ta`lim
muassasasidagi barkamol qilib tarbiyalash masalalarini muvaffaqiyatliroq hal
etishda foydalanish imkonini beradi. Xuddi shu bo’limda texnik xodimlar
bilan o’tkaziladigan siyosiy o’qish: suhbat, ma`ruza, gazetalarni o’qish,
siyosiy hodisalarni muhokama qilish rejalashtiriladi.
Ish malakasini oshirish. maktabgacha ta`lim muassasasilarida bunday
ishning shakllari xilma - xildir: seminarlar, pedagogik kengashlar, ochiq
ko’riklar, maslahatlar, shuningdek tarbiyalash va o’qitishning eng yaxshi
tajribasini o’rganish;
maktabgacha ta`lim muassasadan tashqari o’qituvchilar malakasini
oshirish kurslari orqali pedagoglarning malakalarini oshirish shakllari,
metodik
birlashmalar,
ilg’or tajriba maktablari, muammoli ijodiy
seminarlarda qatnashish;
IV. Ta`lim - tarbiyaviy ishga rahbarlik va uni nazorat qilish.
Mazkur bo’lim rejasida maktabgacha ta`lim muassasasi pedagoglari
faoliyatini nazorat qilishning har xil turlari: frontal, tematik, qiyosiy,
ogohlantiruvchi turlarini amalga oshirish mo’ljallanadi. Tarbiyachilar ishini
o’rganish va uni nazorat qilishning asosiy maqsadi pedagoglarga yordam
berish, xatolarning oldini olish va to’g’rilash, ilg’or tajribani umumlashtirish
va tarqatnshdir. Rejada nazoratning asosiy yo’nalishlari, mazmuni va turlari
belgilanadi, yakunlarni chiqarish muddat va shakllari ko’rsatiladi.
Quyidagilarga rahbarlik va nazorat qilishda alohida e`tibor berish
lozim:
XTV va XTB ning maktabgacha ta`lim masalalariga doir qarorlarining
bajarilishi;
Xalq ta`limi Davlat qo’mitasi va respublika Xalq ta`limi Vazirligi, xalq
ta`lim bo’limlarining buyruq va ko’rsatmalarining bajarilishi;
maktabgacha ta`lim muassasasi va bola bilan to’ldirish bo’yicha xalq
xo’jalik rejasning bajarilishi;
53
inspektorlik tekshiruvlarining takliflari, pedagogik kengashlar, ishlab
chiqarish majlislarining qarorlari, maktabgacha ta`lim muassasasisi bo’yicha
buyruq va ko’rsatmalarning bajarilishi;
«Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`lim - tarbiya dastursi» ning
bajarilishi;
guruxlarda bolalar hayoti va ularni tarbiyalash uchun sharoitning
yaratilishi.
kadrlar bilan metodik ishning va ularning malakasini oshirishning
tashkil etilishi va uning mazmuni;
hujjatlar, o’quv - ko’rgazmali qo’llanmalar va o’yin materiallarining
holatini;
ota - onalar, maktab, korxona bilan ishlash;
Xavfsizlik texnikasi va mehnatni muhofaza qilish, bolalar-travmatizmi
va ular uchrashi mumkin bo’ladigan baxtsiz hodisalarning oldini olish
ishining holati.
Rejada har bir yosh guruxsidagi ishni frontal tekshirish nazarda tutilgan
bo’lishi kerak. Frontal tekshirishlarning yakunlari pedagoglar kengashi va
ishlab chiqarish majlisi muhokamasiga qo’yiladi.
Har oyda pedagogik ishning alohida bo’limlarini tematik nazorat qilish
rejalashtiriladi. Tematik nazoratni ilg’or tajribani o’rganish, tarqatish bilan
birga qo’shib olib borvsh maqsadga muvofiqdir. Rejada xoh bir, xoh bir
varakayiga bolalar byg’chasidagi bir necha yosh guruxlarida tematik
nazoratdan foydalanish belgilanishi mumkin.
Nazoratning qiyosiy va ogohlantiruvchi turlari ishni endi boshlayotgan
yosh pedagoglar ishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarni oldini olish
maqsadida rejalashtiriladi.
Amaliyot ko’rsatishicha, maktabgacha ta`lim muassasasi ichidagi
nazoratni kompleks rejalashtirish juda yaxshi samara beradi. U jadval
ko’rinishiga ega bo’lib, unda kim, qachon, kimning pedagogik jarayoni
holatini, qaysi faoliyat turlarida o’rganishi, nazoratning qaysi turi, metodlari,
axborot to’plashning qaysi usullari (kuzatish, kalendar rejalarining, bolalar
faoliyatlari natijalarining tahlili va shu kabilar) ko’rsatiladi.
VI.Ota - onalar bilan ishlash.
Bu bo’limda:
ota - onalarning pedagogik madaniyatlarini oshirish, pedagogik umumiy
ta`lim (maslahatlar, pedagogik bilimlar universitetlari, oiladagi tarbiya
bo’yicha tajriba almashish anjumanlari, savol va javob kechalari, pedagogik
mavzulardagi disputlar, munozaralar) ni ta`minlash;
keng ota - onalar faoliyatini maktabgacha ta`lim muassasa ishlarida
qatnashishiga, umumiy va guruxiy ota - onalar majlislarini o’tkazishga jalb
qilish;
turli yosh ona, ota, buvi, buvalar to’garak va maktablarning faoliyati;
oilaviy tarbiya tajribasini o’rganish, nobob oilalar bilan ishlash;
oilaviy tarbiyaning dolzarb masalalari bo’yicha ota-onalar uchun
maslahat;
54
ko’rgazmali propaganda oilaviy tarbiyaning dolzarb tematikasi, oiladagi
tarbiyaning eng yaxshi tajribasini propaganda qilish bo’yicha ko’rgazmalarni
bezash;
pedagog va ota - onalarning mahalliy matbuot, radio, va televideniya
orqali chiqishlari;
otaliqqa olgan korxonalarga, ota - onalarga pedagogik bilim berishda
yordam ko’rsatish (maslahatlarni tashkil qilish va ma`ruzalar o’qish)
rejalashtiriladi.
VI. Ma`muriy - xo’jalik ishi.
Bu bo’limda:
maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini, ularni tarbiyalash va o’qitish
uchun eng yaxshi sharoitlarni yaratishga (xonalarni ta`mirlash, mebellar
olish, maydoncha va boshqa joylarni jihozlashga) yo’llangan byudjet
mablag’laridan ratsionalroq foydalanish tadbirlarini;
xona va maydonchadagi sport zonalarini jihozlash;
maktabgacha ta`lim muassasasisi territoriyasini obodonlashtirish va
ko’kalamzorlashtirish;
maktabgacha ta`lim muassasasining - yoritish, isitish va havo iqlimini,
yong’in xavfsizligiki yaxshilashta doir tadbirlarni nazarda tutish lozim.
Yillik reja barcha bo’limlarining mazmuniga qo’yiladigan muhim talab
bu ularning aniqligidir. Faqat ana shundagina u mudir, uslubchi va butun
pedagoglar jamoasining amaliy ishida foydali qo’llanma bo’lishi mumkin.
Shu bilan birga reja juda katta va o’ta mufassallashtirilgan bo’lmasligi
kerak. Rejaga o’z - o’zidan tushunarli bo’lgan kundalik ishlarni yozmaslik
kerak. Bu uning hajmini oshirib yuboradi va undan asosiyni aniqlashni
qiyinlashtiradi.
Yillik rejaga qo’yiladigan eng muhim talablardan biri uni barcha bo’lim
va bandlarining to’liq muvofiqlashganligi va bir - birini to’ldirishidir.
Tabiiyki, maktabgacha ta`lim muassasaning o’ta mufassal tuzilgan yillik
rejasi ham maktabgacha ta`lim muassasasisi faoliyatining butun xilma -
xilligini qamrab ololmaydi, hayotning taqozosi yuzaga keltiruvchi ob`ektiv
sabablar tufayli bo’lishi mumkin o’zgarishlarni nazarda tutolmaydi.
Yillik rejaning dastlabki qoralamasini mudira va uslubchi maktabgacha
ta`lim muassasasisining o’tgan yilga ishini tahlil qilish asosida tuzadi.
So’ngra yillik rejaning mazmunini jamoa bilan ishlab chiqarish majlisida,
pedagogik kengashda va individual; suhbatlarda keng muhokama qilada.
Shunday qilib, yillik rejani tuzishga butun jamoa jalb qilinadi: yangi o’quv
yilida qanday pedagogik masalalarni muhokama qilish lozimligin hal qiladi,
qo’shimchalar, o’zgartirishlar kiritadi. Bu yillik rejaning realligi va
amaliyligini ta`minlaydi. Shundan so’ng yillik reja o’quv yili boshlanishidan
oldingi pedagogik kengashlarning birida batafsil muhokama qilinadi va
tasdiqlanadi.
Yillik reja xodimlar uchun qulay joyda, masalan, pedagogik kabinetda
saqlanishi kerak, bu mo’ljallangan - tadbirlarni amalga oshirish uchun mas`ul
bo’lgan har - bir kishi kerak bo’lganiqa uni olib ko’rishini ta`minlaydi.
55
Nazorat savollari:
1. Maktabgacha ta`lim muassasasining yillik ish rejasining kirish qismiga
qanday masalalar rejalashtiriladi?
2. Yillik ish rejasining metodik ishlar bo’limida qaysi masalalar
rejalashtiriladi?
3. Maktabgacha ta`lim muassasasida qanday to’garaklar faoliyat ko’rsatadi va
bo’lar qaysilar?
4. Yillik rejadagi vazifalarini bajarilishini nazorati kim tomondan olib boriladi?
Adabiyotlar:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Toshkent 1992 y
2. Ta`lim to’g’risidagi qonun. Toshkent 1997 y.
3. Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi. Toshkent. 1997 y.
4. O.U.Xasanboeva, M.X. Tadjieva, SH.K.Tashpulatova va boshqalar
―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖ ―Ilm Ziyo‖. T.: 2006 y.
5. B.Ziyomuhamedov, Sh.Abdullaeva ―Pedagogika‖ ―O’zbekiston Milliy
entsiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti‖. T.: 2000 y.
6. Sh.K.Tashpulatova ―Maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tashkil etish va
boshqarish usullari‖ TDPU.T.: 2001 y.
7. A. I.Vasileva, L.A. Baxturina, I.I.Kobitina ―Bolalar bog’chasining katta
tarbiyachisi‖ T.: ―O’qituvchi‖1991 y.
8. Maktabgacha ta`lim kontseptsiyasi. Toshkent 2008 y.
9. Maktabgacha ta`lim muassasasi to’g’risidagi Nizom. Toshkent 2007 y.
10. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim-tarbiyasiga qo’yiladigan davlat
talablari. Toshkent 2008 y.
11. J.G’.Yo’ldoshev. Ta`lim yangilanish yo’lida. Toshkent ―O’qituvchi‖ 2000y.
56
VI BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi yosh guruxlarida ta`lim - tarbiyaviy
ishlarni rejalashtirish mazmuni.
Reja:
1. Ta`lim tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish mazmuni.
2. Yosh guruxlar bo’yicha bolalarda hulq-atvor va madaniy-gigienik
malakalarni tarbiyalash ishini rejalashtirish.
3. Bolalar o’yinlarini rejalashtirish.
4. Bolalarni mehnat faoliyatlarini rejalashtirish.
Mavzuning maqsadi: Maktabgacha ta`lim muassasasiga ta`lim - tarbiyaviy
ishlarni, bolalarda hulq-atvor, o’yin, mehnat va madaniy – gigienik malakalaini
rejalashtirish bo’yicha bilim va tushuncha berish.
Mavzuning vazifalari:
1. Yosh guruxlar bo’yicha tarbiyachi tomonidan ta`lim tarbiyaviy
ishlarni rejalashtirish.
2. Bolalarni hulq-atvor, madaniy-gigienik malakalarni tarbiyalash
ishlarini rejalashtirish, o’yin, mehnat faoliyatlarini rejalashtirish
bo’yicha malakalarni shakllantirish.
Tayanch iborolar:
- syujetli – rolli – mazmunli – rolli.
- bilvosita ta`sir ko’rsatish – bilimlar tizimi orqali ta`sir ko’rsatish.
- bevosita ta`sir ko’rsatish – pedagogik jarayonlarda ta`sir ko’rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |