Maktabgacha ta`lim


 Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

7.1. Mashg’ulotlar maktabgacha ta`lim muassasasida o’qitishning asosiy va 
etakchi shakli sifatida. 
 
O’qitish  shakli  deganda,  ta`lim  beruvchining  (pedagog,  tarbiyachi)  va 
o’quvchilarning belgilangan tartibda hamda muayyan tartibda kechadigan maxsus 
uyushtirilgan  faoliyati  tushuniladi.  O’qitish  shakllari  o’quvchilarning  miqdoriy 
tarkibiga  ko’ra,  o’quvchilar  va  o’qituvchilar  o’rtasidagi  o’zaro  harakatning 
tabiatiga  ko’ra  (faollik  va  mustaqillik  darajasi),  faoliyat  usullariga  ko’ra  (qaysi 
metod va usullar bilan) o’tkazilish joyi, shuningdek, yaxlit o’quv jarayonida tutgan 
mavqeiga  ko’ra  farqlanadi.  Bu  mavqe  ta`lim  jarayonining  u  yoki  bu  shaklida 
tashkil  etishda  hal  etiladigan  ta`lim  -  tarbiyaviy  vazifalarning  tabiatiga  ko’ra 
belgilanadi. 
Maktabgacha ta`lim muassasasisida ta`limni tashkil etishning yalpi guruhli va 
alohida  shakllaridan  foydalaniladi.  Bundan  tashqari  bolalar  bilan  olib  boriladigan 
ta`limiy ish ular hayoti va kundalik muloqotidagi rang - barang o’qishdan tashqari 
faoliyatini  uyushtirish  o’yinlarga  rahbarlik  qilish  jarayoni  bilan  aloqadorlikda 
amalga oshiriladi. 
O’qitishning  tashkiliy   shakli     bo’lmish mashg’ulotlar   uchun   quyidagi   
qator   xususiyatlar xos: 
1.  Bolalar        mashg’ulotda        «Uchinchi  mingyillikning  bolasi  dasturi»  da 
ko’zda tutilgan ta`limning u yokn bu bo’limiga oid ko’nikmalarni o’zlashtiradilar. 
2.  Mashg’ulotlar  muayyan  yosh  guruhi  bolalarning  doimiy  tarkibi  bilan 
o’tkaziladi. 
3.  Mashg’ulotlar  pedagoglar  tomonidan  tashkil  etiladi  va  o’tkaziladi.  Ular 
mashg’ulotlarning  mazmuni  va  vazifasini  belgilaydilar,  metodlar  va  usullarni 


 
66 
tanlaydilar,  bolalarning  bilish  faoliyatini  bilim,  ko’nikma  va  malakalarni 
o’zlashtirishga yo’naltiradilar hamda tashkil etadilar (A. P. Usova). 
Mashg’ulotlarda 
dastur 
mazmunining 
barcha 
bolalar 
tomonidan 
o’zlashtirilishi  amalga  oshiriladi,  shuning  uchun  ham  ular  o’qitishning  asosiy 
shakli  hisoblanadi,  Boshqa  o’qitish  shakllaridan  bolalarning  mashg’ulotlar 
mazmunini o’zlashtirishga oid tajriba va tayyorgarliklarini boyitish yoki bilimlarni 
o’zlashtirish jarayonini alohida - alohida o’zgartirish vositasi sifatida foydalaniladi. 
Sabab  o’tilgan  xususiyatlar  mashg’ulotlarni  o’qitish  shakli  sifatida  maktabdagi 
o’qitish  shakli  -  darsga  yaqinlashtiradi,  bu  bilan  o’qitishdagi  ketma  -  ketlik 
ta`minlanadi.  Dars  va  mashg’ulot  o’rtasidagi  asosiy  farqlar  yuklamaning 
intensivlik  darajasida  o’qitish  ishini  olib  borishda  qo’llaniladigan  tuzilish  va 
metodlardadir. 
Mashg’ulotlar  -  maktabgacha ta`lim  muassasasisida olib  boriladigan ta`lim  - 
tarbiyaviy  ish  tizimida  alohida  o’rin  tutadi.  Ular  vaqt  jihatdan  chegaralangan 
bo’ladi. Sayrlarning mazmuni va tuzilishi (kuzatish, o’yin va mehnatni tanlash va 
navbatlashtirib  turish,  yalpi  yoki  guruhli  faoliyatni  mustaqil  va  alohida  faoliyat 
bilan qo’shib olib borish) mashg’ulotdagi aqliy va jismoniy yuklamalarning tabiati 
bilan muvofiqlashtiriladi. Mashg’ulotlar mazmuni bolalarning’ ertalabki vaqtining 
bir qismi hajmida tashkil etish ko’zda to’tiladi. Mashg’ulotlar miqdori va ularning 
davomiyligi  guruhdan-guruhga  o’tgan  sayin  tobora  ortib  boradi.  Mashg’ulotlarni 
qo’shib  olib  borishda  bolalarning  bu  mashg’ulotlarning  har  biridagi  faoliyatning 
murakkablik darajasi va tabiati hisobga olinadi. 
Mashg’ulotlarning mazmuni va tuzilishk. Mashg’ulotlar o’qitishning quyidagi 
bo’limlari bo’yicha olib boriladi: atrof - muhit bilan tanishtirish va bolalar nutqini 
o’stirish,  elementar  matematik  tasavvurlarni  rivojlantirish,  tasviriy  faoliyat  va 
qurish - yasash, jysmoniy tarbiya musiqaviy tarbiya. 
Mashg’ulotning aniq mazmuni «Uchinchi mingyillikning bolasi dasturi» dagi 
muayyan  bo’limlar  talablari  asosida  bolalarning  o’quv  bilish  faoliyatining 
shakllanganlik  va  dasto’rning  oldingi  mavzularini  o’zlashtirganlik  darajasini, 
shuningdek, 
turli 
yosh 
guruxlariga 
mansub 
bolalarni 
tarbiyalash 
va 
rivojlantirishning umumiy vazifalarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. 
Mashg’ulot dasturi quyidagilarni ko’zda tutadi;  
1)  ob`ekt-larshing  xususiyatlari  va  sifatlari  (tasavvurlar  va  elementar 
tushunchalar),  ularning  tub  o’zgarishlari,  aloqalari,  ha-rakat  usullari  va  hokazolar 
haqidagi bilimlarning muayyan. hajmini, ularni dastlab o’zlashtirish, kengaytirish, 
mustahkamlash, umumlashtirish va tizimlash;  
2)  faoliyatning  mahsuldor  turlarida  qo’llaniladigan  amaliy  ko’nikma  va 
malakalar hajmini (ularning shakllanish darajasini ko’rsatgan holda); 
3) o’quv-bilish faoliyatining ko’nikma va malakalari hajmini, ularning dastlab 
shakllanishi yoki takomillashuvini, qo’llashga oid mashqlarini (vazifani qabul qila 
olish,  rejalashtirish,  faoliyat  natijalarini  nutqda  qo’llay  olish  va  boshqa  umumiy 
hamda maxsus o’quv ko’nikmalari);  
4)  psixik  va  bilish  jarayoni  sifatlarini  rivojlantirish  vaznfalarini  (diqqatning 
jamlanganligi  va  erkinligini,  idrokning  tabaqalashtirilgan-ligini,  solishtirish  va 
tavsiflash malakalarini o’stirishni va hokazolar);  


 
67 
5)  muayyan  mashg’ulotda  beriladigan  (o’zlashtiriladigan)  bilimlarga,  voqea 
va  hodisalarga  bolalar  munosabatini  shakllantirish,  o’z  faoliyatiga  munosabatni 
tarbiyalash,  tengqurlari  o’rtasida  o’zaro  munosabatlarni  o’rnatish,  shuningdek, 
o’qitish  mashg’ulotlari  sharoitida  yurish  -  turish  qoidalari  va  me`yorlarini 
o’zlashtirishni. 
Shunday  qilib,  mashg’ulotlar  mazmuni  ham  ta`limiy,  ham  tarbiyaviy 
vazifalarni ular birligida va o’zaro harakatida hal etishga yo’naltirilgandir. 
Har  bir  mashg’ulotdagi  o’quv  mazmunining  hajmi  uncha  katta  bo’lmaydi.  U 
turli  yosh  guruhlaridagi  bolalarning  xotira  va  diqqati  hajmini,  ularning  aqliy  ish 
qobiliyatlarini  hisobga  olgan  holda  belgilanadi.  Masalan,  kuzatish  chog’ida  yangi 
ob`ektlar  bilan  tanishtirishda  kichik  tarbiya  yoshi  guruhidagi  bolalar  2  -  3  yorqin 
belgini eslab qolish (o’zlashtirish), o’rta tarbiya yoshi guruhiga mansub bolalar 3 - 
4 tagacha, katta tarbiya yoshi guruhidagilar esa 5 - 6 tagacha belgini (rang, shakl, 
tuzilish, proportsiya, ko’lam, nimaga ishlatilishi) eslab qolishga qodirdirlar.  
O’qitishning tashkiliy shakllaridan bo’lmish mashg’ulot uchun ko’proq ushbu 
jarayonning  tugallanganligi  xosdir:  ya`ni,  ta`limning  asosiy  bo’g’inlarining  va 
bilimlar,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirishning  bosqichlarining  mavjudligi. 
Yangi materialni o’zlashtirish unga bevosita birikadigan eski materialni qayta esga 
tushirish  asosida  kechadi.  Yangi  material  «kichik»  miqdorlarda  beriladi.  Bir 
mashg’ulot  davomida  yangi  materialni  dastlabki  idrok  etish  ham,  uni  tushunib 
olish va mustahkamlash ham amalga oshiriladi, bu mashg’ulot tuzilishida ham aks 
etadi.  Takroriy  mashg’ulotlarda  bilimlar,  ko’nikma  va  malakalarni  yanada 
kengaytirish,  tushunib  olish  va  o’zlashtirish  yuz  beradi.  Bilimlarni  rang  -  barang 
faoliyatda va turli sharoitlarda xuddi shunday ko’p martalab idrok etishgina tarkib 
toptiriladigan tasavvurlarning to’laqonli bo’lishini ta`minlaydi. 
SHu  bilan  birga    maktabgacha  katta  yoshdagi  bolalar  guruhlarida  asosiy 
mazmuni ko’nikma va malakalarni ishlab chiqishdan yoki bilimlarni tizimlashdan 
iborat bo’lgan mashg’ulotlarni tashkil etish mumkin. SHunga muvofnq bolalarning 
o’quv 
faoliyati 
uyushtiriladi, 
metodlar 
belgilanadi 
(birinchi 
holda 
mashqlar,ikkinchi  holda  suhbatlar).  Bunday  mashg’ulotlarning  tuzilishi  odatdagi 
namunaviy mashg’ulotlardagidan farq qiladi: unda o’quv jarayoniga tegishli vazifa 
asosiy o’rin tutadi. 
Maktabgacha  ta`lim  muassasasilaridagi  mashg’ulotlarning  tuzilishida  bi-
limlar,  ko’nikma  va  malakalarni  o’zlashtirishni  tekshirish  o’tkazilmaydi.  Bu  ish 
bolalarning  mashg’ulotlardagi  faoliyatini  kuzatish  jarayonida,  bolalar  faoliyati 
natijalarini tahlil qilishda, shuningdek, kundalik hayotda va bolalar yutuqlarini turli 
ilmiy metodikalar yordamida o’rganish chog’ida amalga oshiriladi. 
Mashg’ulotlarni  tashkil  etish  va  bolalar  faoliyatiga  rahbarlik  qilish. 
Mashg’ulotlar barcha bolalar bilan yalpisiga olib boriladi. Bu uni tashkil etilishi va 
bolalar  faoliya-tiga  rahbarlik  qilinishiga  alohida  e`tiborni  talab  qiladi.  Avvalo, 
bolalarning  umumin  yuqori  ish  qobiliyatini  ta`minlaydigan  g’igienik  sharoitlar 
yaratilishi  lozim.  Mashg’ulotlar  toza,  yaxshi  shamollatilgan,  bolalar  bo’yiga  mos 
mebellar bi-lan jihozlangan xonada o’tkazilishi lozim. 
Har  bir aniq  mashg’ulot uchun uyushtiriladigan vaziyat  amalga  oshiriladigan 
o’quv faoliyatining tabiatiga mos bo’lishi kerak. Bolalar xonada ularning faoliyat 


 
68 
ko’rsatishlari  uchun  imkoniyat  juda  yaxshi  bo’ladigan  tartibda  loyixalashtirilishi 
zarur: bolalar stolda tarbiyachiga ro’para bo’lib yoki yarim doira yasab o’tirishlari, 
birlashtirilgan stollar atrofida o’tirib yoki tura olishlari kerak. 
Maktabgacha  yoshidagi  bolalarni  o’qitishda  ko’rgazmali  va  amaliy 
metodlardan  foydalanish  buyumli,  tasviriy,  chizmali  kabi  xilma  -  xil  ko’rgazmali 
materiallarni  qo’llanish  bilan  bog’liqdir.  Ulardan  biri  bolalarning  birgalikdagi 
faoliyatida  foydalaniladi,  boshqalari  tarqatma  material  sifatida  ishlatiladi. 
Mashg’ulotni  tashkil  etishda  materialning  oqilona  joylashishi  ko’zda  to’tiladi, 
undan  foydalanish  izchilligi,  tavsiya  etish  usuli  u  bilan  ishlash  tabiati  belgilab 
olinidi. 
Mashg’ulotning  ichki  mantig’i  va  tuzilishi  uning  asosiy  qismlari,  ya`ni, 
mashg’ulotning boshlanishi, davom etishi, yakunida aks etgan. 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish