9.1. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ta`lim - tarbiyaviy
ishlarni tashkil etishga raxbarligi.
Respublikada ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, Ta`lim
to’g’risidagi qonunva Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi
maktabgacha ta`lim muassasalar ishini tubdan yaxshilashni talab etadi. Ta`lim -
tarbiyaviy ishni takomillashtirishning muhim yo’llaridan biri uslubchining ilg’or
fan va amaliyot maktabgacha ta`lim muassasalar oldiga qo’yadigan dolzarb
psixologik - pedagogik muammolarni bilishidir. Uslubchi yosh guruxlarida
bolalarning hayoti va faoliyatlari qanday uyushtirilishini, ularni uyushtirish
xususiyatlari qandayligini bilishi zarur.
Bugungi davrda bolalarning mustahkam sog’lig’iga va bola shaxsining har
tomonlama rivojlanganligiga asos solishi lozim bo’lgan maktabgacha ta`lim
muassasa oldiga ko’yiladigan talablar ortib boradi. Keyingi yillarda maktabgacha
ta`lim muassasaga qatnovchi bolalar salomatligining holati sezilarli. yaxshilandi.
O’tkazilgan tadqiqotlar bolalarda kasallanishning yuqori bo’lishi ularning
maktabgacha ta`lim muassasa sharoitlariga moslashish davrlariga to’g’ri kelishini
ko’rsatdi. SHuning uchun uslubchining muhim vazifasi oila va maktabgacha ta`lim
muassasining intilishlarini bolalarni, ayniqsa ilk yoshdagi bolalarni bolalar
jamoasidagi hayot va faoliyat sharoitlariga moslashishlari uchun qulay sharoitni
yaratishga yo’llashdan iborat bo’lishi kerak.
Uslubchi tarbiyachilarning guruxdagi bolalarning emotsional ijobiy tonusini
yaratishga doir faoliyatlarini tahlil qiladi. Afsuski, bolaga iliqlik, e`tibor, muhabbat
etishmaydigan oilalar uchrab turadi. Bunday bola bog’chada kamdan - kam
quvonadi, ko’pincha ezilgan holatda bo’ladi. Ruhiy holatdagi bunday badastur
emaslik to’rejab borar ekan, vaqti kelib bola psixikasida va jismoniy sog’lig’idagi
patologik o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin. Bu guruxlarda bolalar hayoti va
90
faoliyatlarini ortiqcha chegaralash ham emotsional-ijobiy tonusning pasayishiga
olib keladi. Bolalar jamoada, nisbatan guruxning kichik xonasida va uchastkada
bo’lishdan charchaydilar. Bundan tashqari bolalarni ortiqcha chegaralash va ularga
g’amxo’rlik qilish ham ularning mustaqilliklari, tashabbuslarining usishiga yordam
bermaydi, bolalarda faol faoliyatga bo’lgan ehtiyojni pasaytiradi. Kun tartibida
harakatli o’yinlar va jismoniy tarbiya mashg’ulotlari vaqtining anchagina
oshirilishi bolalarning toliqishlarini sezilarli kamaytirib, ularning mehnat
qobiliyatlarini oshirgan va shu orqali jismoniy rivojlannishlari uchun sharoitni
yaxshilagan. Biroq buning o’zi kifoya qilmaydi, bolalar faollik, mustaqillik hamda
tashabbusni ko’proq namoyon qiladigan, ularning erkin harakat qilishiga imkon
beradigan xilma - xil faoliyatlarini uylab topish va ta`minlash zarur bo’ladi. Bu
uning faol yaxshi kayfiyatini, quvnoqligini oshiradi, bolaning jismoniy va psixik
salomatligida ijobiy aks etadi.
Guruxlarda ta`lim - tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi va uni nazorat
qilinishi bola shaxsini z;ar tomonlama va garmonik rivojlanishini ta`minlashga
hamda tarbiyachilarga kasb mahoratlarini ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni
pedagogik tahlil qilish asosida oshirishlariga aniq va amaliy yordam ko’rsatishga
yo’l-langan.
Maktabgacha ta`lim muassasadagi metodik ish kompleks va ijodiy jarayon
bo’lib, unda tarbiyachilarni bolalar bi-lan ishlashning aniq metod va usullariga
amaliy o’rgatish amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta`lim muassasadagi hamma tomonidan e`tiborga olingan
an`anaviy ish shakli tarbiyachilarning guruxlardagi pedagogik faoliyatlarini
kuzatish, tahlil qilish va baholashdir. Ishni tahlil qilishda uslubchi pedagoglar
ishidagi kuchli va kuchsiz tomonlarni ko’rsatadi, mavjud kamchiliklarni bartaraf
qilishning aniq tadbirlarini belgilaydi.
Guruxlardagi ta`lim - tarbiyaviy jarayonlarni kuzatishni uslubchi aniq
belgilangan maqsadni ko’zlab amalga oshiradi. Masalan, bolalarda mustaqillikni
tarbiyalash darajasini o’rganar ekan, kuzatishning taxminan quyidagi rejani
belgilaydi: bolalarda mustaqillik malakalarini tarbiyalash uchun guruxdagi
sharoitlar qanday, ular nimalarda aniq ifodalanadi, ularning darajasi dastur
talablariga muvofiq keladimi, bolalar pedagogga, enagaga qanday holatlarda,
qanday yordam surab murojaat qiladilar, tarbiyachi va enaga bolalarning yordam
haqidagi iltimoslariga qanday javob beradilar (yordam beradilar, bolaga ishni o’zi
bajarishini taklif qiladilar, o’rtog’iga yordam so’rab murojaat kilishni tavsiya
kiladilar), bolalar bir - birlariga yordam berish ishtiyoqini bildiradilarmi, tarbiyachi
bolalarning individual xususiyatlarini, ularning temperamentlarini qanday hisobga
oladi? Guruxdagi mehnat faoliyatini o’rganish, kuzatish va tahlil qilish rejaga
uslubchi quyidagi masalalarni kiritadi: mehnat turi va yoshlariga ko’ra bolalar
qanday mehnat malakalarini egallaganlar, bu malakalarning darajasi va dastur
talablariga muvofiqligi, mehnat topshiriqlarini bajarishda bolalar mustaqillik va
tashabbuskorlikni
namoyish
qiladilarmi,
bolalarning
mehnat
faoliyatiga
munosabatlari qanday, salbiy munosabat sabablari, guruxda olib boriladigan
tarbiyaviy ishda bolalarni kattalar mehnati bilan tanishtirish, ularda mehnatga,
kattalar mehnati natijalariga hurmatni tarbiyalash qanday o’rinlarni egallaydi,
91
bolalar mehnati uchun zarur inventar bormi, ular qaerda va qanday saqlanadi,
bolalar ulardan erkin foydalana oladilarmi? (Sayrlarni kuzatish va tahlil qilish
uchun uslubchi quyidagi masalalarni nazarda tutishi mumkin: kun tartibiga ko’ra
sayrga chiqish vaqti, uning davomiyligi, maydonchada bolalarning o’yin
faoliyatiga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish uchun sharoitlar qanday, bolalar
o’yinlarining tematikasi, syujeti va mazmuni, o’yinlarga rahbarlik qilish usullari,
bolalarning maydonchadagi harakat faolliklarining yuqori darajasi ta`minlanganmi,
ularning bilish faolliklari qondirilganmi, har bir bolaning mehnat faoliyati uchun
sharoit yaratilganmi, sayr mazmuni yil fasli va ob - havo holatiga muvofiqmi?
Ko’pgina maktabgacha ta`lim muassasalarda metodik ishning eng yaxshi
tarbiyachilarning o’z ishlari xaqidagi ijodiy hisobotlari kabi shaklidan
muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Bunday hisobotlar tematikasi eng dolzarb hamda
maktabgacha ta`lim muassasalar ish praktikasida hali etarlicha hal etilmagan
muammolar, masalan, ilk yoshdagi bolalarning maktabgacha ta`lim muassasasidagi
hayot va tarbiyaning yangi sharoitlariga muvaffaqiyatli moslashuvlarini
ta`minlash; bolalarni maktabda o’qishga sotsial va maxsus tayyorlash;
maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyalanganliklarini baholash mezoni
va shu kabilarni qamrab oladi.
Tarbiyachi nazariy jihatdan qanchalik yaxshi tayyorlangan, shu sohadagi
tadqiqotlar bilan tanish bo’lsa, u o’z ishini shunchalik chuqur tahlil qiladi, uning
asosli xulosalar chiqarishi va tavsiyalar berish uchun etarli bo’lgan axboroti
shunchalik ob`ektiv bo’ladi. Uslubchi tomonidan tajribasi o’rganilayotgan
tarbiyachiga yordam tarzida pedagogik o’z ish tizimini pedagogika fani nuqtai
nazaridan o’rganishga yo’llovchi xotiranomalar tuziladi, o’rganilishi shart bo’lgan
asosiy adabiyotlar ruyxati tavsiya qilinadi. Amaliyot tarbiyachining o’z faoliyatini
o’rganish unga aqliy hamda ma`naviy kamol topishda, pedagoglik faoliyatining
sayqal topishiga yordam beradi. Bu o’rinda pedagogning bolalarga ta`lim va
tarbiya berishning eng samarali shakllarini ularning psixologik - fiziologik
xususiyatlarini hisobga olib tanlay bilishiga, bolalarning mustaqillik darajalariga,
pedagogning ayrim bola, beradigan yordami xarakteriga alohida e`tibor qiladi.
Masala tayyor bo’lganiqan so’ng tarbiyachi, uslubchi yoki maktabgacha
ta`lim muassasasining mudiri tajribaning mohiyati, tarbiyachi qo’llayotgan ish
metod va usullarining pedagogik qimmati haqida og’zaki axborot beradi, ularning
ishning boshqa metodlariga nisbatan afzalliklarini tushuntiradi, tarbiyachi o’z
ishida duch keladigan, hal etilmagan masalalar, qiyinchiliklarni sanab o’tadi. Ilg’or
pedagogik tajribani o’rganishning keyingi bosqichi uning afzalliklarini amalda
ko’rsatishdir. SHundan so’ng amaliy tavsiyalar, xotiranomalarga ishlov beriladi.
Joriy qilish faqat ilg’or tajribani bilishnigina emas, balki yangicha ishlay bilishni
xam talab qiladi, bu esa o’zidan-o’zi bo’lmaydi, tarbiyachilarga pedagogik
texnologiyani o’rgatish lozim. SHu maqsadda maktabgacha ta`lim muassasasida
seminarlar, seminar - mashg’ulotlar, ko’rgazmalar, murabbiychilik tashkil qilinadi.
Uslubchi pedagoglarni novatorlik tajribasidan ijodiy foydalanishga yo’llaydi va uni
amaliy ruyobga chiqarishda yordam beradi.
Maktabgacha ta`lim muassasalari ishida metodik ishning pedagoglar
jamoasa metodik o’quvining nazariy seminarlar va ayniqsa, turli eng dolzarb
92
muammolari bo’yicha seminar - mashg’ulotlar kabi shakllari keng tarqalgan.
Masalan, «Ilk yoshdagi bolalarni o’stirish va tarbiyalashning dolzarb muammolari»
seminarida tarbiyachilar bolalarning jismoniy va psixik rivojlanishlarini medik -
pedagogik nazorat qilish tajribasi bilan o’rtoqlashadilar, ilk yoshdagi bolalar
guruxlaridagi ishni rejalashtirish, mashg’ulotlarni tashkil qilish va o’tkazish
metodikasi, madaniy - gigienik malakalarni tarkib toptirish malakalarini
egallaydilar, zaif, rivojlanishda vaqtincha orqada qolgan bolalar bilan ishlash
xususiyatlarini o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim muassasasi kun
tartibida bolalar harakat faolligi» seminar - mashg’uloti jarayonida tarbiyachilar
asosiy harakatlarni qomatni yaxshilovchi gimnastika elementlaridan foydalanib
bajarishning malaka va ko’nikmalarini egallaydilar; sport element-lari kiritilgan
o’yinlar texnikasini, xronometraj qilish, bolalarning sayr vaqtidagi harakat
faoliyatlarini rejalashtirishni o’zlashtiradilar. Yoki «Maktabgacha ta`lim
muassasasidagi mashg’ulotlarga maktab islohoti nuqtai nazaridan qo’yiladigan
zamonaviy talablar» seminar - mashg’uloti. Metodik ishning bu shakli orqali
uslubchi dasto’rning eng qiyin mavzularining ilgarilovchi ishlanmalarini sinab
ko’radi.
Seminar - mashg’ulotlar ilg’or tarbiyachilarning ishlarini amaliy ko’rsatish
bilan xarakterlanadi. Bo’lar ishning kerakli usul va metodlarini ko’rilgandan
keyingi tahlili hamda muhokamasi bilan ishonarli va aniq ko’rsatish imkonini
beradi. Metodik o’qishning bu shakli shuningdek bolalarning ishtirokisiz ishning u
yoki bu metodlariga ishlov berilishini ham nazarda tutadi. Uslubchi yoki tarbiyachi
ishning bu usullarini tarbiyachilar seminar - mashg’ulot qatnashchilari
xarakatlarini boshqarib ko’rsatadi.
«Yoz davrida tabiatdagi kuzatishlarni tashkil qilish va o’tkazish
xususiyatlari» seminarida muammo muhokama qilinadigan savollar tarbiyachilarga
oldindan beriladi. Masalan, mashg’ulotlar (ekskursiyalar), sayrlar, kundalik
hayotda tabiat ob`ektlarini kuzatishni qanchalik ko’p o’tkazasiz? Kuzatishlarni
uyushtirish va o’tkazish metodikasida nimani asosiy deb hisoblaysiz? Kuzatishlar
metodikasida qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz? Bolalarda tabiatga qiziqishni
o’stirish va kuzatuvchanlikni tarbiyalash uchun qanday usullardan foydalanasiz?
Tabiatdagi qanday kuzatishlar bolalar tashabbusi bilan yuzaga keldi? Bolalarning
sinchkovligini, qiziquvchanligini qanday qo’llab - quvvatlaysiz, uyg’otasiz? Tabiat
bilan munosabatda bo’lishlari bolalarning xulq - atvorlariga qanday ta`sir
ko’rsatadi? Bolalar bilan tabiatshunoslikka doir ishlarda ekologik tarbiya
elementlaridan foydalanasizmi?
Nazariy seminarlar va seminar - mashg’ulotlarning qarorlari aniq xamda real
bajarilishi mumkin bo’lgan tavsiyalar tarzida rasmiylashtirilishi, ularni qo’llanish
esa uslubchi va maktabgacha ta`lim muassasasi mudirining nazorati ostida bo’lishi
muhimdir.
Ayrim
pedagoglarga
dasto’rning
murakkab
mavzulari
bo’yicha
mashg’ulotlar va bolalar faoliyati boshqa turlarining rejalarini ishlab chiqishni
topshirish, ularni seminarlarda jamoa bo’lib muhokama qilishda eng kulay
variantlarni tanlash lozim.
93
Do'stlaringiz bilan baham: |