Maktabgacha ta`lim


  Maktabgacha ta`lim muassasasining bir kunlik ish rejasini



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

8.1.  Maktabgacha ta`lim muassasasining bir kunlik ish rejasini 
tuzish. 
 
Quyidagi talablar asosida gurux tarbiyachisining bir kunlik ish rejasini tuzing. 
 Turli  yoshdagi  bolalar  guruxidagi  ish  rejasi  umumiy  talab  va  chizma 
bo’yicha  tashkil    qilinadi.  Ammo  uning  turli    yoshdagi    bolalarni  birgalikda 
tarbiyalash  xususiyatlaridan    kelib  chiquvchi  ayrim  o’ziga  xosliklari  bor.  Bolalar  
faoliyatining  har  xil  turlarini  tashkil  etish  alohida  e`tiborni  talab  qiladi,  chunki 
bolalarning  yosh  imkoniyatlari  aynan  faoliyatda  yorqin  namoyon  bo’ladi:  turli 
yoshdagi  bolalar  turli  bilim  hajmiga,  zarur  ko’nikma,  malakalarga  egadirlar, 
ularning  mustaqillik  va  uyushganlik,  ishlash  qobiliyatlari,  chidamliliklari  va  shu 
kabilar turlichadir. Bolalarning bu xususiyatlari kundalik hayotini qaror toptirishda 
hisobga olinadi. Ular bolalar faoliyatining mazmuni, tashkil etish shakllari, bolalar 
bilan bo’ladigan barcha tarbiyaviy ishlarni tashkil etish shakllarini belgilaydi. Turli 
yosh  guruhlarda  ta`lim  -  tarbiyaviy  ishning  xilma  -  xil  shakllari:  yalpisiga  kichik 
guruxlar bilan (yoshlarga oid) va yakka tartibdagi shakllardan foydalaniladi. 
Ish yalpisiga tashkil etilganda faoliyatning barcha uchun yagona bo’lgan tur 
aniqlanadi,  ammo  uning  aniq  mazmuni,  bolalarga  tushadigan  yuklama,  raxbarlik 
usullari  yosh  guruxlariga  tatbiqan  tabaqalanadi.  Bunda  turli  yoshdagi  bolalarning 
o’zaro munosabatlariga katta e`tibor beriladi. 
Ish kichik guruhlar bilan tashkil etilganda guruxlar turli yoshdagi yoki bir xil 
yoshdagi  bolalardan  tuzilishi  mumkin.  Birinchi  holatda  bolalar  faoliyatiga  ishni 
yalpisiga  tashkil  etishga  qo’yiladigan  talablar  bilan  bir  xil  talablar  qo’yiladi. 
Ikkinchi holatda bolalarning faoliyatlari yagona mazmunda tashkil etiladi va unga 
rahbarlik umumiy talablardan kelib chiqadi. 
Yakka  tartibdagi  ish  yoshidan  qat`iy  nazar  tashkil  etiladi.  Uning  mazmuni, 
metodi va usullari bolalarning o’ziga xos xususiyatlari, ularning bilim, malaka va 
ko’nikmalarni egallash darajalaridan kelib chiqib aniqlanadi. 


 
86 
Bolalar  faoliyatini  tashkil  etishning  xilma  -  xil  shakllaridan  foydalanish 
tarbiyaviy  ishda  bolalarning  yosh  imkoniyatlari  va  xususiyatlarini  to’liqroq 
xisobga olishni, ularni tarbiyalash va rivojlantirishni qulaylashtirishni ta`minlaydi. 
Turli yosh guruxlaridagi ishning kalendar rejasi bolalar bilan vaqtning asosiy 
bo’laklarida olib boriladigan ta`lim - tarbiyaviy ish mazmuni, shakl va metodlarini 
qamrab oladi. 
Ertalab.  Ertalabki  gimnastika  rejalashtiriladi  (10  -  12  kunga  bir  marta). 
Muayyan  sharoitlarga  ko’ra  u har  bir  yosh  guruhiga  yoki  barcha  bolalar  bilan  bir 
xil  bo’lishi  nazarda  to’tiladi.  Birinchi  holatda  har  bir  kichik  yosh  guruhi  uchun 
alohida  mashqlar  majmui  tuziladi.  Ikkinchi  holatda  mashqlar  majmui  umumiy 
bo’lishi  mumkin,  ammo  ayrim  mashqlarni  har  bir  yosh  guruhida  takrorlash 
miqdori  aytib  o’tiladi.  Kichkintoylar  uchun  mashqlar  ro’yxati  ham  qisqartirilishi 
mumkin.  Bundan  tashqari,  katta  bolalar  uchun  mashqlarni  murakkablashtirish  va 
yuklamani oshirish maqsadlarida gimnastika tayoqchalari, obruch, jismoniy tarbiya 
jihozlaridan foydalanish nazarda to’tiladi. 
Ertalabki vaqt bo’lagida bolalar bilan yakka tartibda bo’ladigan, shuningdek 
bir  yoshdagi  kichik  guruhdagi  bolalar  bilan  ishlash  (dasto’rning  turli  bo’limlari 
bo’yicha:  nutqni  o’stirish,  matematik  tasavvurlarni  shakllantirish  va  boshqalar) 
rejalashtiriladi.  Ertalab  tabiat  burchagida  yashovchilarni  yakka  tartibda  va  kichik 
guruxlar  bo’lib kuzatish  o’tkaziladi.  Navbatchilar ishiga (katta bolalar)  rahbarligi 
rejalashtiriladi.  Ayni  shu  bilan  birga  katta  bolalarga  yordam  berish  yoki  ularning 
mexnatini kuzatishga kichkintoylardan qaysi birini jalb qilish ko’rsatiladi. Xo’jalik 
- turmush ishlari ham xuddi shunday tashkil etiladi. 
Ertalab bolalarga didaktik o’yinlarni taklif etish mumkin. Tarbiyachi rejada 
bolalarni  u  yoki  bu  o’yinlarga  jalb  qilish  usullarini,  o’yinlarni  boyitish  usullarini 
ko’rsatadi  (kichkintoylar  uchun  didaktik  o’yinchoqlar  bilan  o’ynashning  yangi 
usullarini  ko’rsatish,  katta  yoshdagi  bolalarni  stol  -  bosma  o’yinning  yangi  turi 
bilan tanishtirish va shu kabilar) . 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish