Maktabgacha ta`lim



Download 2,1 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/160
Sana15.09.2021
Hajmi2,1 Mb.
#175036
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160
Bog'liq
Raxbarlikkitobipdf

Taqrizchilar: 
Nizomiy nomli TDPU ―Pedagogik 
texnologiyalar‖ kafedra mudiri, pedagogika 
fanlari doktori Sh.S.Shodmonova 
 
 
Maktabgacha muassasa hodimlarini qayta 
tayyorlash va malakasini oshirish Respublika 
O’quv metodika Markazi direktor o’rinbosari
 
p
.f.n., dots. M.Sh.Rasulova  
 
 
 


 

Kirish 
 
 
Jamiyatning  ma`naviy  takomili  unda  amalga  oshiriladigan  ta`lim  –  tarbiya 
ishlarining mazmuni, shakl mohiyatiga bog’liqdir. 
Shu  boisdan  ham  Respublikamizda  bosqichma  –  bosqich  amalga 
oshirilayotgan  ta`lim  tizimini  pedagogik  tahlil  qilish,  bu  jarayonni  samarali 
kechishini  ta`minlash  zarurati  yuzaga  keladi.  O’zbekiston  Respublikasining 
―Ta`lim to’g’risida‖ gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da  – ta`lim 
tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va 
ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab berilgan.  
Bu  vazifalarni  to’laqonli  hal  etishda  o’qituvchi  –  pedagogning  intellektual 
salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.  
Mamlakatimizda  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta`limini  isloh  qilishning  asosiy 
yo’nalishlari  o’z  mutaxassisligi  bo’yicha  malakali  kadrlar  tayyorlash  tizimini 
takomillashtirish,  nazariy  bilimlarni  amaliy  tayyorgarlik  bilan  qo’shib  olib  borish 
zarurligi ko’rsatib o’tilgan.  
Bu  talablar  pedagogika  kollejlarining  maktabgacha  ta`lim  yo’nalishida 
tarbiyachi  uslubiyotchilar  tayyorlashga  ham  taaluqli  bo’lib,  ularda  maktabgacha 
ta`lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan o’quv fani hisoblanadi.  
O’quvchi – talabalarga maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan 
ta`lim  –  tarbiyaviy,  metodik  ishlarga  umumiy  nazariy  yondashish  masalalarini 
ochib berar ekan, maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha 
metodik va ta`lim – tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va 
metodlarini  tanlash  qonunuiyatlarini  belgilovchi  asosiy  fan  sifatida  namoyon 
bo’ladi.  Bu  masalalarni  hal  etishda  u  ―Maktabgacha  ta`lim  pedagogikasi‖,  ―Oila 
pedagogikasi‖  fanlarining  umumiy  ilmiy  -  nazariy  asoslariga,  uning 
metodologiyasiga, ta`lim – tarbiya nazariyasiga tayanadi. 
Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  metodik  ishlar  pedagogika  fanining 
muhim  sohasi  bo’lib,  uslubchi  tomonidan  metodik  ishlarni  tashkil  etish  bilan 
bog’liq  bo’lgan  jihatlarni  yoritib  beradi.  U  ijtimoiy  pedagogika  va  maxsus 
metodikalar bilan umumiy ilmiy – nazariy asoslarga ega.  
Maktabgacha  yoshdagi  bolalarni  tarbiyalash  va  rivojlantirishning  aniq 
qoidalari  mazkur  muammolarga  taaluqli  maktabgacha  pedagogika  fanining 
umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.  
Bu  xol  asosiy  ixtisos  beradigan  kursning  zaruriy  g’oyaviy  –  nazariy 
darajasini ta`minlashga uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan 
ishlab  chiqilgan  asosiy  metodologiya  va  nazariy  qoidalar  negizida  yoritishga 
imkon beradi.  
Maktabgacha  ta`lim  muassasalarida  metodik  ishlar  fanining  asosiy 
qonuniyatlari quyidagilar: 
1.  Maktabgacha  ta`limning  Davlat  xarakteri,  uning  ta`lim  tizimidagi  tutgan 
o’rni,  maktabgacha  ta`lim  muassasasi  uslubchisining  ma`naviy  –  madaniy  va 
umumkasbiy  darajasi,  uning  liderlik  va  boshqaruv  jihatlari,  tamoyillari  va 
xususiyatlari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lish. 


 

2.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasi  ishini  rejalashtirishning  nazariy  asoslari, 
ta`lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka etaklovchi omillar, 
jamoada sog’lom muhitni yaratish. 
3.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasida  bolalar  hayotining  turli  qirralarini 
tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo’llaniladigan metod va usullar, 
nazorat shakllari va uni o’tkazish metodikasi. 
4.  O’quv  faoliyatini  tashkil  etish,  nazorat  va  raxbarlikning  o’ziga  xos 
xususiyatlari. 
5.  Metodik  ishlarning  turlari  –  shakllari,  pedagogik,  innovatsion 
texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari. 
6.  Maktbgacha  ta`lim  muassasasining  ota  –  onalar  va  jamoatchilik  bilan 
xamkorlik  ishidagi  maktabgacha  ta`lim  muassasasining  bola  tarbiyasidagi 
majburiyatlari,  tarbiya  va  rivojlanish  muammolariga  uzluksiz  yondashish, 
bolalarga  ta`lim  -  tarbiya  berish,  ularni  rivojlantirish  jarayonlarning  birligi  o’zaro 
bog’liqligini  amalga  oshirish,  oilaning  ijtimoiy,  ma`naviy,  iqtisodiy,  demografik, 
amaliy  vazifalari,  ota-onalar  savodxonligini  oshirish  bilan  bog’liq  bo’lgan  ish 
shakllarini tanlash imkonini beradi.  
Boblarning  izchilligi.  Maktabgacha  ta`lim  muassasasida  metodik  ishlar 
kursining  o’quvchi-talabalarni  kasbiy  tayyorlash  tizimidagi  axamiyati  bilan  va 
malakalarini  o’zlashtirish  vaqtida  bolalarni  tarbiyalash  masalalari  ochib  beriladi, 
shuningdek  fanlar  o’rtasida  va  fanlar  ichida  aloqalar  o’rnatishga  imkon  beradi. 
Darslikda  o’quvchi  -  talabalarning  bilimlarni  o’zlashtirish  va  mustahkamlash 
maqsadida  nazorat  savollari,  tayanch  iboralar  va  test  savollari,  boblarga  tavsiya 
qilingan adabiyotlar ro’yxati kiritilgan.  
Ushbu  darslikning  yaratilishida  mustaqillik  yillarda  shu  soha  bo’yicha 
shug’ullanib kelgan olimlar va etakchi mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy 
manbalardan foydalanildi. 
Xulosa o’rnida, maktabgacha ta`lim muassasalarida  metodik ishlarni tashkil 
etish  masalalarini  qarab  chiqishga  yaxlit  psixologik  –  pedagogik  nuqtai  nazardan 
yondashish talab etiladi, bu esa maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshiriladigan 
metodik ishlarni ilmiy asoslarini kengaytiradi. 
 
 
 
 
 


 

I BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining pedagoglar jamoasi 
faoliyatidagi o’rni. 
 
Reja: 
 
1.  Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning xalq ta`limi tizimida tutgan 
o’rni. 
2.  Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va unga 
qo’yiladigan talablar. 
3.  Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari. 
4.  Liderlikka oid nazariyalarning paydo bo’lishi. 
 
 
 II. Mavzuning maqsadi. 
 
 
Maktabgacha ta`limni tashkil etishning maqsad vazifalari, ta`lim sohasidagi 
qonun  xujjatlarida  maktabgacha  ta`limning  yoritilishi,  maktabgacha  ta`lim 
muassasasi  uslubchisi  lavozimi,  uning  ish  faoliyati,  unga  qo’yiladigan  asosiy 
kasbiy  talablar,  uslubchi  tomondan  jamoani  boshqarish  va  liderlik  jihatlari 
to’g’risida nazariy bilimlar berish. 
 
III. Mavzuning vazifalari. 
 
 
O’quvchilarga  maktabgacha  ta`lim  muassasalarini  tashkil  etilishi  haqida, 
maktabgacha  ta`lim  muassasasi  uslubchisi  ishi  bilan  tanishishtirish,  uslubchining 
liderlik    etakchiligi  jamoani  boshqara  olish  jihatlarining  pedagogik  –  psixologik 
qirralarini o’rganish.  
 
IV. Tayanch iboralar: Ijtimoiy – davlat tomonidan tashkil etiladigan                                                          
muassasalar  
                                    ―Lider‖ – ―peshqadam - etakchi‖. 
                                    XTB – Xalq ta`limi bo’limi. 
                                    simpatiya – yoqtirish 
                                    antipatiya – yoqtirmaslik 
                                    destruktiv – buzg’unchi hulqqa ega 
                                    xarizmatik nazariyasi – liderlik sifatlari nazariyasi 
 

Download 2,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish