9.3. Uslubchi tomonidan ta`lim - tarbiyaviy ishlarni nazorat qilish.
Ta`lim - tarbiyaviy ish holatini nazorat qilishning asosiy maqsadi barcha
yosh guruxlaridagi pedagogik jarayonni takomillashtirish va har bir tarbiyachiga
mav-jud kamchiliklarni bartaraf qilishda aniq yordam ko’rsatishdan iboratdir.
Uslubchi gurux hayotining barcha tomonlarini ko’rishi, tarbiyachi ishining, bolalar
xulq - atvorining mohiyatini chuqur bilishi, asosiysini, muhimini farqlay olishi,
faktlarni qayd etish bilan cheklanmay, ularning sabab va oqibatlarini aniqlashi
lozim.
Nazorat agarda uslubchi pedagoglarning ishlarini chuqur tahlil qilsa, uning
kuchli va zaif tomonlarini ko’rsatsa, mavjud kamchiliklarni yo’qotishning aniq
yo’llarini aniqlashda yordam bergan hollardagina tarbiyaviy ishni yaxshilashning
amaliy vositasi bo’lishi mumkin.
Uslubchi ta`lim - tarbiyaviy ishni nazorat qilishni tarbiyachi ishini bevosita
kuzatish va tahlil qilish yo’li bilan amalga oshiradi. Eng yaxshi maktabgacha
ta`lim muassasalar tajribasi nazorat qilishning tematik, frontal, ogohlantiruvchi va
solishtirish turlari samaraliroq ekanligini ko’rsatdi.
Tematik nazorat nazoratning maktabgacha ta`lim muassasalarda eng keng
tarqalgan turidir. Tematik nazorat tarbiyachining ish tizimini dasturda ko’rsatilgan
ma`lum tema doirasida o’rganishni nazarda tutadi..
95
Masalan,
uslubchi
ma`lum
bo’lim
bo’yicha
dastur
qanday
bajarilayotganligini; tarbiyachi mashg’ulotlar o’tkazish metodikasini egallagan-
egallamaganligini bolalarda madaniy - gigienik va mehnat malakalarining darajasi
qandayligini; bolalar o’yinida tarbiyachining roli qandayligini; sayrlardan jismoniy
tarbiya va tevarak - atrof bilan tanishtirish maqsadlarida foydalanilayotganligi yoki
yo’qligini; bolalarni maktabda o’qishga psixologik tayyorlash sifati qandayligini
va shu kabilarni tekshiradi.
Tajribali, pedagoglik mahorati yuqori bo’lgan tarbiyachilar ishlaydigan
guruxlarda uslubchi tematik nazoratni bu tarbiyachilarning ish tizimlarini o’rganish
va ilg’or tajribani yoyish maqsadlarida o’tkazadi.
Frontal – yalpi nazoratning maqsadi tarbiyachining ishi, u yoki bu guruxdagi
butun pedagogik jarayonning darajasi, mazkur tarbiyachining ish uslubi haqida
umumiy tasavvurga ega bo’lishdir. Nazoratning bu turi guruxga butun kun
davomida yoki hatto bir necha kun davomi-da kirishni nazarda tutadi. Bunday
tekshirish tarbiyachining butun gurux va alohida har bir bola bilan qanday
ishlayotganligini, bolalarning uyushgan - uyushmaganligini, ularning nimalarga
kiziqishini, dastur materialini qanday o’zlashtirayotganliklarini, ularning ko’nikma
va malakalari qandayligini, tarbiyachi bolalarni qanday qabul qilishini, ota - onalar
bilan qanday suhbatlashishini, mashg’ulotlar, kun tartibi jarayonlarini qanday
o’tkazishini, bolalar o’yini va mehnatiga qanday rahbarlik qilishini, bolalar hayoti
va ko’ngil ochishlarni qanday uyushtirishini tekshirish imkonini beradi. Bu holatda
u tarbiyachilar ishlaridagi qiyinchiliklarni qayd etadi va ularga tegishli yordamni
ko’rsatadi. Nazoratning bu turi tarbiyachining hujjatlari, bolalarning ishlari,
pedagogik jarayonning jihozlanishi bilan tanishishini nazarda tutadi. Uslubchi
tarbiyachining mustaqil o’qish rejasi va uning borishini ham nazardan chetda
qoldirmasligi kerak.
Frontal – yalpi tekshiruvlar yakunlari pedagoglar kengashi yoki ishlab
chiqarish majlisi muhokamasiga quyiladi.
Yosh tarbiyachilar ishlaydigan guruxlarda ogohlantiruvchi nazorat amalga
oshirilish mumkin. Bu nazorat pedagogik jarayonni kuzatish yoki tarbiyachi bilan
suhbat o’tkazish shaklida o’tkaziladi. Ogohlantiruvchi nazorat tarkibiga
pedagoglarning ish kuniga tayyorgarliklarini, ta`lim va tarbiya metodikasini
qanchalik egallaganliklarini, ilg’or amaliy tajribani qanday joriy qilayotganliklarini
aniqlash kiradi. Nazorat bu turining asosiy maqsadi tarbiyachi, ayniqsa, ishni endi
boshlagan pedagog ishida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan xatolarning oldini olish,
uning faoliyatini yaxshilashga yordam berishdir.
Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ishida qiyosiy nazorat
muhim o’rinni egallaydi. Uning farqlovchi xususiyati bir tarbiyachining pedagogik
jarayonini boshqasining ish tajribasi bilan solishtirib tahlil qilish va baholashdir.
Parallel guruxlar tarbiyachilarining ishlarini solishtirish mumkin. Uslubchi,
masalan, ayni bir dastur mazmunidagi mashg’ulotni ikkala tarbiyachida kuzatadi,
foydalanilayotgan o’qitish metodi va usullarini, mashg’ulotlarda bolalar mustaqil
faoliyatlarining tashkil etilishini, olingan natijalarni, bolalarning aqliy va axloqiy
rivojlanish darajalarini solishtiradi.
96
Qiyosiy nazoratni dasturning ayrim bo’limlarining bajarilishini tekshirishda,
turli tarbiyachilar bolalaridagi bilim, ko’nikma va malakalar sifatini tahlil qilishda
qo’llash maqsadga muvofivdir. Solishtirish natijalari pedagoglar kengashida
muhokama materiali bo’lishi mumkin.
Qiyosiy nazorat guruxlariga kirish va tarbiyachilar ishlarini kuzatish,
rejalarni, bolalar ishlari va boshqa hujjatlarni tahlil qilish shaklida o’tkazilishi
mumkin.
Uslubchi kun tartibi jarayonlari, o’yinlar, mashg’ulotlarni har xil darajada
o’tkazilish sabablarini, bolalar bilimlarining sifatini tarbiyachilar bilan birga tahlil
qiladi va birgalikda ishning samaraliroq shakllarini izlaydi.
Qiyosiy nazorat eng yaxshi tajribaning tarqalishiga, ta`lim - tarbiyaviy
jarayonning yaxshilanishiga yordam beradi va barcha gurux tarbiyachilarining
umumpedagogik darajalarining oshishiga yordam beradi.
Nazoratning istalgan turi agarda metodist unga jiddiy hamda puxta
tayyorgarlik ko’rgan holdagina samarali bo’lishi mumkin.
Eng avvalo tekshirish maqsadini aniq belgilash lozim. Masalan, kichik
guruxda bolalarning kun davomidagi xilma - xil faoliyatlari uchun sharoitlarning
yaratilishini kuzatish; katta guruxda bolalarning o’yin va mehnatidagi o’zaro
munosabatlarini kuzatish (ular inoq uynay oladilarmi va hamjihatlik bilan mehnat
kila oladilarmi); o’rta guruxda nutqni o’stirishga doir dasto’rning o’zlashtirilishini
tekshirish. Maqsadni belgilab, uslubchi tarbiyachining reja bilan uni «Uchinchi
mingyillikning bolasi dasturi» talablariga solishtirib tanishadi, oldingi tekshiruv
natijalari tahlilining yozuvlari bilan tanishadi, bolalarning ishlarini o’rganadi,
oldindan tarbiyachi va bolalar bilan suhbatlashadi, metodik adabiyot yangiliklari,
ilg’or pedagogik tajribani umumlashtirish materiallari va ilmiy tadqiqotlar
ma`lumotlari bilan tanishadi va nihoyat, tekshirish jarayonida javob olmoqchi
bo’lgan savollarni mo’ljallab tekshirishning qisqa, ammo aniq rejani ishlab
chiqadi.
Guruxga kirish mo’ljallanganligi haqida uslubchi pedagogik, agarda bu
kirish ishda ilgari qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida amalga
oshirilayotgan bo’lsa, oldindan ogohlantiradi. Guruxga kuproq ogohlantirishsiz
kirish yoki kirish haqida tekshirish kuni, ertalab ogohlantirish lozim. Bu
tarbiyachilarda asta - sekin ishda ma`lum ritmni shakllantiradi.
Biror bo’lim bo’yicha dastur talablarining bajarilishini tekshirish haqida
tarbiyachi oldindan (kvartal yoki yarim yil oldin) ogohlantiriladi. Bunday
ogohlantirish pedagoglarni o’z ishlaridagi kamchiliklarni mustaqil aniqlashga,vdr
bir bolaning rivojlanish va dasto’rni o’zlashtirishini ob`ektiv baholash-ga safarbar
etadi. Uslubchi o’z mulohazalarini pedagogga mashg’ulotdan so’ng vaziyatda
aytadi. Agarda mulohazalarni ish vaqtida aytish zaruriyati tug’ilsa, bu bolalarga
bildirmay va o’ta xushfe`llik bilan qilinadi. Tarbiyachi olib borayotgan ishga
aralashish mumkin emas, bola hayotiga biror xavf tahdid qilgan holatlar bundan
mustasno, agarda metodist u yoki bu jarayonni qanday olib borish kerakligini
tarbiyachiga ko’rsatish zarur deb bilsa, oldindan kelishib olinganligiga ko’ra u
tarbiyachining o’rnini, tarbiyachi esa kuzatuvchi o’rnini egallaydi.
97
Shuni unutmaslik kerakki, guruxga bir marta, bir lahzaga kirish
tarbiyachining ishi haqida xulosa chiqarish huquqini bermaydi. Agarda metodist
bir faoliyat turini yoki kun tartibi jarayonini tahlil qilishni maqsad qilib qo’ygan
bo’lsa, u holda faoliyatning bu to’rini boshdan oxirigacha tuliq kuzatib chikishi
kerak bo’ladi.
Kuzatish vaqtida tarbiyachi va bolalar faoliyatidan faktlarni qo’yilgan
maqsadga ko’ra yozib borish tavsiya qilinadi. Olingan faktik materiallardan
uslubchi tekshiruv natijalari bo’yicha pedagog bilan bo’ladigan suhbatda
foydalanadi. Har bir yozuvga sana qo’yiladi kuzatish, tahlil temasi va maqsadi,
xulosa va takliflar qayd etiladi.
Pedagogning ishini kuzatish natijalari haqidagi yozuvlarni uslubchi maxsus
nazorat daftarida taxminan quyidagi jadval bo’yicha yuritadi:
Nazorat
maqsadi
Tarbiyachining
xatti-xarakati
Bolalarning
xatti-xarakati
Ijobiylik,
kamchiliklar
Takomillashtirish
uchun takliflar
Birinchi jadvalda nazoratning maqsadi ko’rsatiladi, ikkinchisida mashg’ulot,
bolalar mehnati o’yini, kun tartibi jarayonining borishi, tarbiyachi foydalanayotgan
vosita, ish metod va usullari qisqacha, izchil yoritiladi, uchinchisida - bolalarning
xatti - harakati, bolalarning tarbiyachi savollariga javoblari, ularning topshiriqlarni
bajarishlari va uning sifati, bolalarda shakllantirilayotgan ko’nikma va
malakalarning darajasi qayd etiladi. To’rtinchi jadvalda foydalanilayotgan metod
va usullarning samarasi, muvaffaqiyatli pedagogik topilmalar, shuningdek
kamchiliklar, ularning sabablari, beshinchisida - kamchiliklarni bartaraf kilish va
tarbiyachining guruxdagi ishini takomillashtirishga doir takliflar beriladi.
Barcha yozuvlar yakunida umumiy xulosa chiqariladi va mashg’ulot yoki
kun tartibi jarayonini o’tkazish darajasi baholanadi hamda tarbiyachi ishini
yaxshilash
va
takomillashtirishga
yo’llangan aniq tavsiyalar beriladi,
kamchiliklarni bartaraf qilish yo’llari ko’rsatib o’tiladi.
Uslubchining pedagog bilan suhbati nazorat qilishning muhim bosqichi
hisoblanadi. Suhbat individual va boshqa tarbiyachilar ishtirokida bo’lishi
mumkin. Suhbat tarbiyachi ish smenasining oxirida yoki ertasiga o’tkaziladi.
Bunday suhbatlarni juda kechiktirib yubormaslik kerak.
Birinchi so’z o’z - o’zini tahlil qilishi uchun tarbiyachiga beriladi. Bu o’z
ishini ob`ektiv baholash ko’nikmasini o’stiradi. So’ngra metodist ko’rilganni
tekshirish oldiga qo’yilgan maqsadga ko’ra tahlil qiladi. Bunda u tarbiyachi
ishidagi barcha qimmatli tomonlarni aytib o’tishni unutmaydi, muvaffaqiyatsizlik
sabablarini tahlil qiladi, ularni bartaraf qilishning mumkin bo’lgan yo’llarini
ko’rsatadi.
Tarbiyachi ishining bunday tahlili uslubchiga pedagoglar ishonchini
qozonish, ular bilan ishga doir printsipial va ayni bir vaqtda iliq o’zaro
munosabatlarni o’rnatishga yordam beradi. Suhbat vaqtida baxsli masala yuzaga
keladigan va tarbiyachi metodistning fikriga qo’shilmaydigan hollar ham bo’ladi.
Bunday holda masalaning tahlili va uning hal qilinishini jamoa muhokamasiga
98
ko’yish kerak. Tarbiyachining ishini siz uylagandek bajarishga oddiygina majbur
qilish emas, balki uni ishontirish yoki agarda u haq bo’lsa, uning fikriga qo’shilish
muhimdir.
Xar qanday nazorat agarda uslubchi qabul qilingan ko’rsatma, tavsiya,
qarorlarning ijrosini tekshirib bormasa, ijobiy samara bermaydi. Ijroni muntazam
nazorat qilib borish kishilarni intizomga odatlantiradi, ularning topshirilgan ish
uchun mas`uliyatlarini oshiradi. Uslubchining ko’rsatma va tavsiyalar berish bilan
cheklanib qolmasligini, ularning qanday bajarilganligini albatta tekshirishini bilar
ekanlar, maktabgacha ta`lim muassasasining tarbiyachilari o’zlarining loqayd
bo’lishlariga yo’l qo’ymaydilar.
Muntazam nazorat — bu faqat ilgari aytilgan ko’rsatma va takliflarning
ijrosini tekshirishgina emas, balki guruxda ma`lum vaqt bo’lagida qilingan ishlarni
solishtirib ko’rish hamdir. Masalan, o’quv yilining boshida bolalarning
mashg’ulotlardagi tafakkur faoliyatlarining faolligini tekshirish tarbiyachilar
muammoli xarakterdagi savol va vaziyatlardan kam foydalanishlarini, bolalarda
mustaqillik hamda fikrlarning tanqidiyligini etarlicha rivojlantirmasliklari va shu
kabilarni ko’rsatdi. Bu kamchiliklar sabablarini pedagoglar jamoasida birgalikda
muhokama qilib va ularni bartaraf qilish yo’llarini belgilab, uslubchi yarim yildan
so’ng boshlang’ich ma`lumotlarni yangi ma`lumotlar bilan solishtirib yana
tekshiradi.
Nazoratning yuqorida ko’rsatib o’tilgan tur va shakllarining amalga
oshirilishi uslubchiga guruxlarda ta`lim - tarbiyaviy ishlarning yo’lga
qo’yilganligini o’rganish, o’z intilishini tarbiyachilarga murakkab ishlarida yordam
berishga aniqroq yo’llash imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |